Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
322 photos
22 videos
1 file
281 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Forwarded from EDU.DIGITAL
O‘zbekistonda AT mutaxassislar soni 10 barobar ko‘paydi

📊So‘nggi yillardagi islohotlar o‘z mevasini bermoqda. Mamlakatimiz “Government AI Readiness Index 2025” reytingida 8 pog‘onaga yuqorilab, 62-o‘ringa ko‘tarildi! Raqamli ta’lim va sun’iy intellektga bo‘lgan e’tibor tufayli, O‘zbekiston “inson kapitali” bo‘yicha 58,21 ball qayd etdi. Bu natija Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada baland.

📈Soʻngi 5 yil ichida dasturchilar soni 10 barobardan ortiq oʻsib, GitHub faolligi 1-chorakda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan 436 mingdan ortiq kodlar yuklanishi amalga oshirildi.

Loyihalaringizni shunchaki kompyuterda saqlamang, GitHub platformasiga joylashni hoziroq boshlang. Bu sizga jamoada ishlash va mahoratingizni koʻrsatishda yordam beradi.

❗️Quyidagi havolalar orqali Github’dan samarali foydalanishni o‘rganing!

➡️Github ko‘nikmalarini oʻrganish uchun havola: https://skills.github.com/
➡️Yangi boshlovchilar uchun Githubdan foydalanish darslari: https://www.youtube.com/playlist?list=PL0lo9MOBetEFcp4SCWinBdpml9B2U25-f

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5🤔2
Forwarded from Dr. Algorithm
Dasturchining odatlari

O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!


Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.

Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat?


1. Daraja.

O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.

Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi?


Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.

Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi?


Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.

2. Soft skill

Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...

Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi.


1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish. 
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.

3. Jamoada ishlash.

Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.

Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.

"Menga nima?" - deyishmagan ekan-a?


Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.

Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish 
+ Hashar
+ Ehson

Manimcha, biz nimanidir xato qildik.


Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.

~~~

Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz?


Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani. 

Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan? 

+ Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi. 
+ Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak. 
+ Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni.
+ Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi. 

bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?

Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda. 

Yechim

Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak. 
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz. 
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.

#dasturlash #odatlar

30.12.2025 London
@DrAlgorithm
👍64🔥2
Forwarded from Adkham Zokhirov
"Xarita.ai" loyihasi...

Bu shunchaki kurs emas. Sun'iy intellekt olamida o'z yo'lingizni topish uchun interaktiv yo'l xaritasi.

Platformada 2 ta asosiy yo'nalish bor:
- Dasturchilar uchun
- Oddiy Foydalanuvchilar uchun

Eng muhimi — bu Community (Hamjamiyat) loyihasi va BEPUL!

Hozir kirib, o'z yo'lingizni tanlang va kelajak kasbini egallashni boshlang. 👇

Saytga o'tish: https://xarita.ai
Intro Video: https://www.youtube.com/watch?v=mowRFviNXDU

Postni ilmga chanqoq do'stlaringiz bilan ulashing!

(P.S. Sayt haqida fikringizni izohlarda kutaman, bu beta versiya!)

@adkham_zokhirov
👍4🔥31
SMM mutaxasslari uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: Beeline O‘zbekiston ❤️
💼 Lavozim: SMM mutaxassisi
Ish turi: To‘liq ish kuni
🟡 Manzil: Toshkent shahri, IT Park (Mirzo Ulug‘bek tumani)

✍️Talablar:
— Ijtimoiy tarmoqlar marketingi (SMM) sohasida tajriba;
— Rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish (ingliz tili afzallik);
— SMM strategiyalari va marketing kommunikatsiyalarini tushunish;
— Muzokara olib borish qobiliyati va o‘z pozitsiyasini asosli himoya qila olish;
— Turli bo‘limlar bilan samarali hamkorlik;
— Jamoada ishlash ko‘nikmalari;
— Ijtimoiy tarmoqlarda kommunikatsiya prinsiplari va algoritmlarini tushunish;
— Ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiyalar, ta’lim, xalqaro aloqalar va tashqi aloqalar hamda kompaniya obro‘sini boshqarish bilan bog‘liq qonun va qoidalarni bilish.

I Ish sharoitlari:
—Faol jamoa va o‘sish imkoniyati;
— DMS yoki “Chekhov” fitness klubi abonementi;
—27 kunlik tashkilot tomonidan to‘lanadigan ta’til;
— Xizmat telefoni;
— Maosh suhbat davomida kelishiladi.

🔖 Ariza topshirish: @Darya_Borovskaya

Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🥰1
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juniorlarga tizimni to‘liq ishonib topshirmang — Saidolim Jo‘rayev

UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi.

⚜️Mutaxassisning ta’kidlashicha, junior mutaxassislar kuch va o‘sish istagiga boy bo‘lsa-da, nozik tizimlarni “to‘liq topshirib qo‘yish” xavfli. Chunki arxitektura, xavfsizlik, monitoring va barqarorlik kabi masalalar tajriba talab qiladi.

⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Buyuk Britaniyaning Jizzaxdagi EmotivCorp kompaniyasi jamoasini kengaytirmoqda!

🏢Tashkilot: EmotivCorp
💼 Lavozim: Backend Developer (Java + Spring Boot)
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Jizzax shahri

✍️ Asosiy vazifalar:
— REST API va backend servislar yaratish
— PostgreSQL (AWS RDS) bilan ishlash
— Marketplace API’lari bilan integratsiya
— Xavfsiz va samarali backend jarayonlarni joriy etish

Talablar:
✔️ Java & Spring Boot mustahkam bilish
✔️ REST API va ma’lumotlar bilan ishlash tajribasi
✔️ PostgreSQL amaliy tajriba
Plus: Python/Node.js, CI/CD, microservices, ML/NLP

📞 +998 94 000 20 94 | 📱 @emotivemarketplace

Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏31
EmotivCorp (Jizzax) jamoasiga E-Commerce Account Manager kerak!

🏢Tashkilot: EmotivCorp
💼 Lavozim: E-Commerce Account Manager
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Jizzax shahri

👨‍💼Asosiy vazifalar:
— Biriktirilgan e-commerce akkauntlari bo‘yicha asosiy aloqa nuqtasi bo‘lish
— Mijozlar bilan mustahkam va samarali munosabatlar o‘rnatish
— Mahsulot kartochkalarini yaratish va optimallashtirish
— Ko‘rsatkichlarni kuzatish, tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha takliflar berish
— Marketing, dizayn va logistika jamoalari bilan hamkorlik.

✍️Talablar:
✔️ Marketing, Biznes, E-commerce yoki tegishli sohada bakalavr darajasi
✔️ E-commerce akkauntlarini boshqarish bo‘yicha tajrib
✔️ Amazon, eBay, Shopify, Walmart kabi platformalarni bilish
✔️ Raqamli marketing va e-commerce platformalarini yaxshi tushunish.
✔️ A’lo darajadagi kommunikatsiya va tashkiliy ko‘nikmalar
✔️ Uzum, Yandex Go yoki Olcha kabi platformalarda sotuvchi akkauntlarini 1–2 yil boshqarish tajribasi
✔️ Turk tili (C1) va ingliz tili (kamida B1) darajasida og‘zaki muloqot

Takliflar:
🔹Raqobatbardosh ish haqi
🔹Doimiy treninglar va martaba o‘sishi
🔹Ingliz tilida ishlovchi qo‘llab-quvvatlovchi jamoa
🔹Muntazam jamoaviy tadbirla

📞 +998 94 000 20 94 | 📱 @emotivemarketplace

🌐 Agar Siz dinamik kompaniyada e-commerce akkauntlarini boshqarishni xohlovchi, tashabbuskor mutaxassis bo‘lsangiz, ingliz tilidagi rezyumengiz bilan murojaat qiling!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1🤔1
Jizzaxlik yoshlar diqqatiga: Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operator kerak!

🏢Tashkilot: EmotivCorp
💼 Lavozim: Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operator
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Jizzax shahri

EMOTIV Corp jamoasi turk tilini C1 darajada biladigan faol va kommunikativ Sales Development Representative’larni ishga taklif etadi. Nomzodlar mijozlar bilan bog‘lanadi, mahsulotlarni tanishtiradi hamda savdo jamoasi uchun uchrashuvlar tashkil qiladi.

📞Asosiy vazifalar:
— Mijozlar bilan aloqa (qo‘ng‘iroq, email, xabarlar)
— Mahsulot taqdimotlari va uchrashuvlarni tashkil etish.
— CRM tizimida ma’lumotlarni yuritish

Talablar:
✔️ Turk tili – C1 (majburiy)
✔️ Savdo yoki cold calling tajribasi (afzallik)
✔️ Kuchli kommunikatsiya hamda motivatsiyaga ega, tartibli va o‘rganishga intiluvchan.

👨‍💼 Taklif etiladi:
🔹 Raqobatbardosh maosh
🔹 Treninglar va professional rivojlanish
🔹 Do‘stona, xalqaro jamoa

⚠️ Eslatma: faqat turk tilida erkin so‘zlasha oladigan nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

📞 +998 94 000 20 94 | 📱 @emotivemarketplace

Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😍2👍1
Buyuk Britaniyaning Jizzaxdagi EmotivCorp kompaniyasi jamoasini kengaytirmoqda!

🏢Tashkilot: EmotivCorp
💼 Lavozim: Software Engineer / Shopify Developer
Ish turi: To‘liq ish kuni (masofadan ishlash imkoniyati mavjud)
📍 Manzil: Jizzax shahri

👨‍💼Asosiy vazifalar:
— Shopify va Shopify Plus do‘konlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash
— Liquid, HTML, CSS, JavaScript va Shopify API’lari bilan ishlash
— Sayt tezligi va mobil moslashuvchanlikni optimallashtirish
— Integratsiyalar va yangi funksiyalarni joriy etish
— Kodlarni ko‘rib chiqish, QA sinovlari va Git orqali versiyalarni boshqarishda ishtirok etish.

Talablar:
✔️ Shopify / Shopify Plus bo‘yicha 2+ yil tajriba
✔️ Liquid, HTML5, CSS3, JavaScript (ES6+), jQuery bo‘yicha bilim
✔️ Shopify mavzularini moslashtirish, ilovalar integratsiyasi va REST/GraphQL API’lar bilan ishlash tajribasi.
✔️ Moslashuvchan dizayn, UX va SEO tamoyillarini yaxshi tushunish.
✔️ Git, JSON, AJAX va Shopify metafields bilan ishlash tajribasi.
Plus: React, Next.js, Headless Shopify

📞 +998 94 000 20 94 | 📱 @emotivemarketplace

🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥2
Ingliz tilini yaxshi biladigon yosh mutaxassislar uchun imkoniyat!

🏢Tashkilot: EmotivCorp
💼 Lavozim: Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operator
Ish turi: To‘liq ish kuni
🟡 Manzil: Jizzax shahri

EMOTIV Corp jamoasi ingliz tilini C1 darajada biladigan faol va kommunikativ Sales Development Representative’larni ishga taklif etadi. Nomzodlar mijozlar bilan bog‘lanadi, mahsulotlarni tanishtiradi hamda savdo jamoasi uchun uchrashuvlar tashkil qiladi.

📞Asosiy vazifalar:
— Mijozlar bilan aloqa (qo‘ng‘iroq, email, xabarlar)
— Mahsulot taqdimotlari va uchrashuvlarni tashkil etish.
— CRM tizimida ma’lumotlarni yuritish

Talablar:
✔️ Ingliz tili – yuqori darajada bilish (IELTS Speaking 7+)
✔️ Savdo yoki "cold calling" tajribasi (afzallik)
✔️ Kuchli kommunikatsiya hamda motivatsiyaga ega, tartibli va o‘rganishga intiluvchan.

👨‍💼 Taklif etiladi:
🔹 Raqobatbardosh maosh
🔹 Treninglar va professional rivojlanish
🔹 Do‘stona, xalqaro jamoa

📞 +998 94 000 20 94 | 📱 @emotivemarketplace

Bugunoq arizangizni topshiring va qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52🤔1
Forwarded from Pivot.uz | Rasmiy kanal
AI "asal oyi" tugadi: 2026-yilda biznes IT rahbarlaridan nimani talab qiladi?

Sun’iy intellekt (SI) atrofidagi "romantik davr" o‘z nihoyasiga yetib, o‘rnini qat’iy iqtisodiy talablar egallamoqda. TNW tahliliga ko‘ra, 2026-yilda moliya direktorlari (CFO) va investorlar quruq va’dalarni emas, aniq raqamlarga asoslangan natijani so‘rashadi.

Asosiy paradoks shundaki, SI yordamida kod yozish tezligi 55% ga oshgan bo‘lsa-da, bu loyihalarning tezroq bitishini kafolatlamayapti.

Xo‘sh, bu tuzoqqa tushmaslik va byudjetni himoya qilish uchun nima qilish kerak?

👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing

Telegram | Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥71👍1
Backend Developer (Node.js) mutaxassislar uchun imkoniyat!

🏢 Kompaniya: DataGaze
💼 Lavozim: Middle + Backend Developer (Node.js)
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Toshkent shahri

✍️ Talablar:
— Node.js (Express.js / NestJS) bilan kamida 3 yil tajriba;
— PostgreSQL va MongoDB bilan samarali ishlash;
— RESTful va GraphQL API ishlab chiqish;
— Event-driven architecture, Queue’lar (BullMQ, RabbitMQ, Kafka);
— Jest, Mocha yoki boshqa frameworklar bilan test yozish tajribasi;
— Git, CI/CD (GitLab, GitHub Actions), Docker bilan ishlash;
— Mikroservis va monolit arxitekturalar tushunchasi;
— JWT, OAuth2, RBAC.

Qo‘shimcha ustunliklar:
🔹 Redis, Elasticsearch yoki Kafka tajribasi;
🔹 AWS, GCP yoki Azure;
🔹TypeScript bilan chuqur ishlash;
🔹 Scaling va performance optimizatsiyasi.

💰 Oylik: 1500$+ (tajribaga qarab)

🔖 Ariza topshirish: @datagaze_pm

⚠️ Ushbu vakansiya Middle+ darajadagi mutaxassislar uchun!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
Forwarded from Sariq Dev
"SI kimlarni ishsiz qoldiradi?" ming marotaba qayta-qayta so'ralgan savol.

3 yil avval shu savolga javob bera turib, buni aniqlashning eng oson yo'li biror kasb egasi aynan nima vazifalarni bajarishi va ulardan qanchasini SI qila olishini hisoblash kerak degan edim.

Qarangki, Microsoft aynan shunday tadqiqot o'tkazibdi. Bilmaganlar uchun, O*NET portali har bir kasblarni tizimlashtirib, kasb egasining konkret vazifalarini yozib chiqqan (masalan dasturchi 17 ta vazifa bajarar ekan). Microsoft esa 200 mingdan ortiq SI muloqotlarni tahlil qilib turli kasb egalari o'z vazifalaridan qay birini SI qay darajada topshirayotganini tahlil qilgan.

Natijalar nima deydi.

Eng avvalo foydalanuvchilarini 2 guruhga ajratish mumkin: SI dan yordamchi sifatida foydalanuvchilar va SI ga o'z vazifalarni yuklovchilar.
Birinchi guruhga matematiklar, data sayntistlar, veb dasturchilar, AyTi qo'llab-quvvatlash xizmati kabi kasblar kirgan. Bu insonlar SI'dan o'z samaradorligini oshirish, vaqtini tejash, xatolarni to'g'rilash, savollarga javob izlash uchun foydalanib, loyiha arxitekturasi, uning ortidagi mantig'i kabi murakkab jarayonlarni o'zlari nazorat qilishadi.

Ikkinchi guruhga biznes analitiklar, bozor analitiklari, moliyaviy maslahatchilar, imtihon oluvchilar kabi kasblar kirgan. Bu insonlar ma'lumotlar bilan ishlashni SIga topshirib, o'zlari inson omili talab qilinadigan vazifalarga fokusni qaratishgan (mijoz bilan muloqot, ma'lumotlar asosida murakkab qarorlar qabul qilish va hokazo).

Endi eng muhim savolga qaytamiz, SI qaysi kasblarni egallayapti?

Birinchi navbatda "information heavy" ya'ni ma'lumotlar bilan ko'p ishlaydigan kasblarni. Bularga tarjimonlar, mualliflar, texnik dokumentasiya yozuvchilar, muharrirlar, tahrirchilar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, turli analitiklar, jurnalistlar, soliqchilar, maslahatchilar va hokazo kasblar kiradi. Ular orasida ham asosiy vazifasi o'rganish, yozish va tushuntirishdan iborat bo'lganlar yuqori risk guruhini tashkil qiladi (SI bu vazifalarni yaxshiroq bajarib boshlayapti).

Aksincha, jismoniy mehnat talab qiluvchi kasblar esa hozircha omonda.

"Data bilan gaplashaylik, iltimos" ©

Sonlarda gapiradigan bo'lsak, Microsoft kasblarni 3 ta o'lchov bo'yicha baholagan:
Coverage - SI kasbga tegishli vazifalarning necha foizini bajara olishi.
Completion - Yuqoridagi vazifalarni muvaffaqiyatli tamomlash foizi.
Scope - SI yuklangan vazifaning necha foizini "yaxshi" va undan yuqori natija bilan tamomlagani.

Top kasblarda bu ko'rsatkichlar qanday, masalan Tarjimonlar uchun:
Coverage 0.98 - ya'ni tarjimonlarning 98% vazifasini SI bajara oladi.
Completion 0.883 - bu vazifalarning 88% foizini muvaffaqiyatli tamomlaydi
Scope 0.568 - 57% holatda yaxshi va undan yuqori natija qaytaradi.
Ya'ni SI tarjimonlarning deyalri barcha (98%) vazifasini, yakuniga yetkazib (88%), aksar holatda (57%) yaxshi va undan yuqori natija beradi.

Veb dastruchilar uchun esa bu ko'rsatkichlar quyidagicha:
Coverage 73%, Completion 86%, Scope 50%

Agar SI hozircha egallashi murakkab kasblarni qarasak natijalar quyidagicha:
Vulkanizasiya (shinomontaj) ustalari: Coverage 4%, Completion 97%, Scope 35%. Bu yerda completion va scope katta ko'ringani bilan, SI bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar 4% tashjkil qiladi xolos.
Huddi shu kabi qurilish ishlari, zavod va fabrikalardagi qora ishlar (5%), og'ir mashina operatorlari (3%), uy tozalovchilar, farroshlar (3%), jarrohlar (3%) ham omonda. Quyi kategoriyadagi kasblarda SI bajarishi mumkin bo'lgan vazifalar 8-9% ga ham yetmagan.

Yuqoridagilardan qanday xulosa qilamiz?
Xulosani ijobiy ham salbiy ham qilish mumkin. Bu insonning o'ziga bog'lqik. Eng avvalo, SI juda ko'p vazifalarni egallashi aniq, bu degani kasb yo'qolib ketadimi? Yo'q, kasb takomillashib, biz bilmagan qo'shimcha vazifalar qo'shilib boradi. Ba'zi kasblar esa birlashib ketadi. Backend dasturchi frontni "vibe coding" qiladi. Biznes egasi moliyaviy hisob kitobni SI ga topshiradi.
🔥4👍1🤔1
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

📖Ushbu kun munosabati bilan barcha harbiy xizmatchilarni hamda yurtimiz tinchligi va Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barchaga mustahkam sog‘liq va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Digital.edu IT Career jamoasi nomidan samimiy tabriklar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🎉2🔥1
Ma’lumotlar tahlili (Data Analysis) yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: Milliy Banki (NBU)
💼 Lavozim: Data Analysis Team Lead
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Toshkent shahri

👨‍💼 Talablar:
— Data Analytics / Business Intelligence yo‘nalishida kamida 3+ yil tajriba;
— Team Lead yoki Senior Analyst lavozimida ishlash tajribasi;
— SQL va munosabatli ma’lumotlar bazalari bo‘yicha chuqur bilim;
— Data visualization vositalari (Power BI, Tableau, Looker) bilan ishlash tajribasi;
— Katta hajmdagi ma’lumotlar va murakkab analitik modellarda ishlash qobiliyati;
— Biznes ko‘rsatkichlari, KPI’lar va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish bo‘yicha kuchli tushuncha;
— Dashboard’lar, hisobotlar va analitik tushunchalarni yaratish tajribasi;
— Statistika va A/B testing bo‘yicha bilim.

Qo‘shimcha ustunliklar:
🔹 Data tahlili uchun Python yoki R bilan ishlash tajribasi;
🔹 Data warehouse’lar bilan tushuncha (BigQuery, Snowflake, Redshift);
🔹 Banking yoki fintech sohasida tahlil tajribasi.
🔹 Analitiklar jamoasini boshqarish va rivojlantirish qobiliyati;
🔹 Biznes stakeholderlariga analitik tushunchalarni taqdim etish uchun kuchli muloqot ko‘nikmalari;
🔹 Mahsulot, marketing va moliya jamoalari bilan yaqin hamkorlik tajribasi.

💰 Oylik: Suhbat asosida (tajribaga qarab)

🔖 Ariza topshirish: @nbu_recruitment

🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥321
Toshkent shahridagi Milliy Bank jamoasiga yangi tajribali mutaxassislar izlanmoqda!

🏢 Tashkilot: Milliy Banki (NBU)
💼 Lavozim: DevOps Team Lead
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Toshkent shahri

👨‍💼 Talablar:
— DevOps / SRE / Infrastructure Engineering yo‘nalishida kamida 3+ yil tajriba;
— Team Lead yoki Tech Lead sifatida ishlash tajribasi;
— Linux tizimlari bilan kuchli amaliy tajriba;
— CI/CD pipeline’lar (GitLab CI, Jenkins, GitHub Actions) bilan ishlash;
— Cloud platformalar (AWS / GCP / Azure) bilan tajriba;
— Docker, Kubernetes (containerization va orchestration);
— Infratuzilmani kod orqali boshqarish (Terraform, Ansible, Helm);
— Monitoring va logging tizimlari (Prometheus, Grafana, ELK);
— Microservice arxitekturalari bilan ishlash tajribasi;
— Nosozliklarni boshqarish va muammolarni tezkor bartaraf etish ko‘nikmalari

Qo‘shimcha ustunliklar:
🔹 Fintech yoki high-load tizimlar bilan tajriba;
🔹 Axborot xavfsizligi bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar (IAM — identifikatsiya va kirishni boshqarish, maxfiy ma’lumotlarni boshqarish, zaifliklarni skanerlash)
🔹Xarajatlarni optimallashtirish va quvvatni rejalashtirish (capacity planning) bo‘yicha tajriba.
🔹 DevOps muhandislarni yetaklash va mentorlik qilish qobiliyati;
🔹 Dasturchilar, axborot xavfsizligi hamda mahsulot bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash tajribasi;
🔹 Kuchli muloqot, qaror qabul qilish ko‘nikmalari.

💰 Oylik: Suhbat asosida (tajribaga qarab)

🔖 Ariza topshirish: @nbu_recruitment

🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
Milliy Bank jamoasiga yangi tajribali mutaxassislar izlanmoqda!

🏢 Tashkilot: Milliy Banki (NBU)
💼 Lavozim: ML Team Lead
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Toshkent shahri

👨‍💼 Talablar:
— Machine Learning / Data Science yo‘nalishida kamida 3+ yil tajriba;
— ML yoki AI jamoalarini boshqarish tajribasi;
— Python va ML framework’lari (PyTorch, TensorFlow, scikit-learn) bo‘yicha chuqur bilim;
— ML modelining (ma’lumotni tayyorlash, trening, validatsiya, ishga tushirish);
— ML modelini ishga tushirish va MLOps amaliyotlari bilan ishlash tajribasi;
— Statistika, ehtimollar nazariyasi va chiziqli algebra tushunchalari;
— Katta hajmdagi ma’lumotlar va xususiyatlarni ishlab chiqish bilan ishlash tajribasi;
— Modelni monitoring qilish, qayta trening qilish va samaradorligini baholash bo‘yicha bilim.

Qo‘shimcha ustunliklar:
🔹 NLP, Kompyuter ko‘rish (Computer Vision) yoki tavsiya tizimlari (Recommendation Systems) bilan tajriba;
🔹 Bulutdagi ML platformalari bo‘yicha bilim (AWS SageMaker, GCP Vertex AI);
🔹 Fintech, risk yoki firibgarlikni aniqlash (fraud detection) tajribasi.
🔹 Biznes muammolarini ML yechimlariga aylantirish qobiliyati;
🔹 ML muhandislari va data scientist’larni mentorlik qilish tajribasi;
🔹 Kuchli stakeholder management va taqdimot ko‘nikmalari.

💰 Oylik: Suhbat asosida (tajribaga qarab)

🔖 Ariza topshirish: @nbu_recruitment

🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2
Java Developer dasturchilar uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: UzInfocom
💼 Lavozim: Java Developer
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Toshkent shahri, Muminov ko‘chasi 7/1
🧑‍💻 Daraja: 5+ yil tajriba

👨‍💼 Talablar:
— Java Core (8+) bo‘yicha mustahkam bilim;
— Ma’lumotlar tuzilmalari va algoritmlarni tushunish;
— Enterprise Patterns va Microservice Patterns bilimlari;
— System Design tushunchasi;
— 12 Factor App metodologiyasini bilish;
— Relyatsion ma’lumotlar bazalari bilan ishlash: PostgreSQL yoki Oracle;
— Spring Web, Spring Security, Spring Data JPA, Spring AMQP;
— SOLID va Clean Code tamoyillariga amal qilish;
— Taqsimlangan tizimlar bilan ishlash tajribasi (Kafka yoki RabbitMQ).

Ish sharoitlari:
🔹 O‘zbekiston raqamli ekotizimini rivojlantirayotgan milliy IT-kompaniyada ish;
🔹 Ish grafigi: 5/2, 09:00–18:00;
🔹 Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
🔹 28 kunlik pullik ta’til;
🔹 Qattiq dress-code yo‘q;
🔹 Kuchli va professional jamoa;
🔹 Yirik milliy va xalqaro loyihalarda ishtirok;
🔹 Professional o‘sish va malaka oshirish imkoniyatlari;
🔹 Zamonaviy ofis va qulay ish muhiti.

💰 Oylik: Suhbat asosida (tajribaga qarab)

🔖 Ariza topshirish uchun: havola

🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1
Fullstack Engineer (Backend-focused, AI) dasturchilar uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: UzInfocom
💼 Lavozim: Fullstack Engineer (Backend-focused, AI)Data Analysis Team Lead
Ish turi: To‘liq ish kuni
📍 Manzil: Toshkent shahri, Muminov ko‘chasi 7/1
🧑‍💻 Daraja: 5+ yil tajriba

👨‍💼 Vazifalar:
— AI-yechimlarning backend qismini ishlab chiqish va rivojlantirish;
— LLM, AI-agentlar va RAG arxitekturalari bilan ishlash;
— LangGraph va Qdrant asosidagi yechimlarni integratsiya qilish va sozlash;
— API va gRPC servislarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash;
— Tizim arxitekturasini loyihalash va texnik yechimlarni tanlashda ishtirok etish;
— Git versiya nazorati tizimi bilan ishlash;
— (Ixtiyoriy) Vue.js asosidagi frontend vazifalarda ishtirok etish.

Talablar:
— Backend ishlab chiqishda kuchli tajriba;
— Python — asosiy va majburiy dasturlash tili;
— LLM bilan amaliy ish tajribasi;
— (AI agent, RAG, LangGraph, Qdrant, MCP) texnologiyalar bo‘yicha bilim va tajriba
— REST API va gRPC prinsiplari tushunchasi;
— Git bilan ishonchli ishlash.

Qo‘shimcha ustunliklar:
🔹 Modellarni fine-tuning qilish tajribasi;
🔹 DevOps / MLOps amaliyoti;
🔹 Vue.js bilan ishlash tajribasi;
🔹 Prodakshen darajasidagi AI-yechimlarni yaratish tajribasi.

💰 Oylik: Suhbat asosida (tajribaga qarab)

🔖 Ariza topshirish uchun: havola

🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👏1
Frontend dasturchilar uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: FUROR PROGRESS
💼 Lavozim: Frontend Developer
Ish turi: To‘liq ish kuni (5/2)
📍 Manzil: Toshkent shahri (ofisda yoki gibrid)
🧑‍💻 Daraja: 1-3 yil tajriba
💰 Oylik: 10 000 000 so‘mdan boshlanadi (tajribaga qarab)

👨‍💼 Vazifalar:
— AI-yechimlarning backend qismini ishlab chiqish va rivojlantirish;
— JavaScript bilan kamida 2 yil tajriba;
— Vue3JS, NodeJS, Quasar bilan ishlash tajribasi;
— HTML5, CSS3 va boshqa front-end texnologiyalarga yaxshi tushuncha;
— Unit va integratsion testlar bilan ishlash tajribasi;
— Kross-brauzer va adaptiv dizayn bo‘yicha tajriba;

Ish sharoitlari:
— Zamonaviy ofis va qulay ish muhiti;
— Qulay lokatsiya;
— Yaxshi jamoa;
— Ovqatlanish imkoniyati;
— Maosh kelishilgan holda;.

🔖 Ariza topshirish: @Furor_Progress

🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🤔3🔥2
Senior Backend (Python) dasturchilar uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: UzInfocom
💼 Lavozim: Senior Backend Developer (Python)
Ish turi: To‘liq ish kuni (5 kun/hafta, 09:00–18:00)
📍Manzil: Toshkent shahri, Muminov ko‘chasi 7/1
🧑‍💻 Daraja: 6+ yil tajriba

✍️ Talablar:
— Python bo‘yicha chuqur bilim va Django/DRF yoki FastAPI bilan tajriba;
— Mikroservis arxitekturasi bilan ishlash tajribasi;
— PostgreSQL, Django ORM/SQLAlchemy bo‘yicha ekspert darajadagi tajriba;
— Kafka, RabbitMQ yoki Celery kabi xabar almashish tizimlari bilan ishlash;
— Docker, CI/CD (GitHub Actions), Linux/Bash bo‘yicha DevOps tajribasi;
— Monitoring va loglash vositalari: Prometheus, Grafana, Sentry, ELK;
— Yuqori sifatli kod yozish tajribasi: pytest/unittest, mypy, black, flake8 bilan ishlash;

Vazifalar:
🔹 Backend arxitekturasini loyihalash va ishlab chiqish (mikroservislar, API, DB sxemalari);
🔹 Ishlab chiqarishga tayyor, yuqori samarali servislar yaratish;
🔹 Tizim performansini optimizatsiya qilish (DB so‘rovlar, caching, yuk va kechikishlarni kamaytirish);
🔹 API xavfsizligini ta’minlash (avtorizatsiya, ruxsatlar, xavfsiz dizayn);
🔹 Murakkab muammolarni diagnostika va hal qilish;
🔹 Mahsulot menejerlari va jamoalar bilan hamkorlik;
🔹 Junior dasturchilarni o‘qitish va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.

💼 Shartlar:
🔸 Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy ish; 28 kunlik ta’til;
🔸 Qattiq dress-kod yo‘q;
🔸 Professional va bilimli jamoa;
🔸 Katta va ahamiyatli loyihalarda ishtirok;
🔸 Mustaqil qarorlar va kompaniya rivojiga ta’sir imkoniyati.

💰 Oylik: Suhbat asosida (tajribaga qarab)

🔖 Ariza topshirish: @digital_recruitment

🌐 Bugunoq arizangizni topshiring, global e-commerce loyihalarida ishlash va professional rivojlanish imkoniyatini q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥72