Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
325 photos
22 videos
1 file
284 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Samarqand – Job&Edu Fair'dan lavhalar!

💡17-dekabr Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida tashkil etilgan Mehnat va taʼlim yarmarkasi doirasida axborot texnologiyalari mutaxassislari bilan uchrashuv va master-klasslar tashkil etildi. Eng faol ishtirok etgan yoshlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

🏆Shuningdek, koʻrgazma doirasida faol va samarali ishtirok etgan tashkilotlar ham bir necha nominatsiya boʻyicha gʻolib deb topilib, ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.

🔖 "Job&Edu Fair"da ishtirok etgan barcha mehmonlar, spikerlar, kompaniya vakillari va yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Sizning faol ishtirokingiz tadbir muvaffaqiyatida muhim o‘rin tutdi!


🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52🎉1
Samarqand: Back-end dasturchilari uchun yaxshi imkoniyat!

🏢Kompaniya: Easy Technologies
💼Lavozim: Back-end dasturchi
Ish turi: To‘liq ish kuni
🗺Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur kuchasi 162

📝 Lavozim vazifalari:
- Server va API yaratish,
- Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash

📌 Talablar:
- Python, Django/Flask,
- SQL, Git, Github
- FastAPI, Docker, Async, Microservice(kavka)

🔖 Ariza topshirish: @SanjarAdashov

Bugunoq ariza topshiring. Arizalar ko‘rib chiqilgach, mos nomzodlar bilan bog‘laniladi.

🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥31
Samarqand: Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar uchun yaxshi imkoniyat!

🏢Tashkilot: Mahorat IT Academy
💼Lavozim: Kiberxavfsizlik mentori
Ish turi: To‘liq ish kuni
🗺Manzil: Samarqand viloyati, Boyqaro 95(Selskiy)

📝 Lavozim vazifalari:
- Kiberxavfsizlik darslarini o'tkazish
- Talabalarning bilimlarini baholash
- Talabalar bilan murakkab mavzularda individual ishlash

📌 Talablar:
- Axborot xavfsizligi asoslarini bilish
- Ajoyib muloqot va talabalarni qiziqtirish qobiliyati

🔖 Ariza topshirish: @uzmita

Bugunoq ariza topshiring. Ko‘rib chiqish jarayonidan so‘ng, tanlovdan o‘tgan nomzodlar xabardor qilinadi!

🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥2🎉1
Forwarded from Rustam Karimjonov
2025-yilda AQSh (🇺🇸), Buyuk Britaniya (🇬🇧), Germaniya (🇩🇪), Koreya (🇰🇷), Yaponiya (🇯🇵),O'zbekiston (🇺🇿) IT bozorida 200 mingga yaqin bo'sh ish o'rinlari e'lon qilindi.

📌 Talabi yuqori bo'lgan IT kasblar - Data analyst, Backend developer, IT project manager, Network engineer, Data engineer, Data scientist, Dev Ops engineer, AI engineer va boshqalar.

⬅️ O'zbekistondan turib xalqaro IT kompaniyalarda oyiga $1000-$5000 va undan yuqori daromad topish uchun qaysi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish kerak:

🟢Chet tillari - Ingliz, Nemis, Koreys, Yapon tillarini o'rganish;
🟢Texnik bilimlar - SQL, Power BI, R, Tableau, Python, Jira, Google analytics, Azure va boshqalar;
🟢Soft skills - problem solving, decision making, communication, presentation va boshqa.

🔗 Bo'sh ish o'rinlari eng ko'p e'lon qilingan sahifalar:
💻Glassdoor.com, Linkedin.com, cv-library.co.uk, stepstone.de, saramin.co va boshqalar.

🚪 Dunyo bozori IT sohasidagi bo'sh ish o'rinlari real vaqt rejimida ko'rish va tahlil qilish uchun uzbekcoders.uz portaliga kirishingiz va yuqorida keltirilgan bilim va ko'nikmalarni bepul o'rganish uchun portalda mavjud online ta'lim resusrslaridan foydalanishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥321🤩1
Senior/Staff Java Engineer mutaxassisi bo‘lsangiz qulay imkoniyat!

🏢 Tashkilot: Uzum
💼 Lavozim: Senior/Staff Java Engineer
Ish turi: To‘liq ish kuni (masofaviy) 5/2
🗺 Manzil: Toshkent yoki dunyoning istalgan nuqtasidan masofaviy

📝 Vazifalar:
– Biznes maqsadlari uchun texnik yechimlarni ishlab chiqish
– Highload vazifalarni hal qilish va barqaror Java servislari yaratish
– Kod yozish, testlar va code-review o‘tkazish
– Tizim sifatini va ishonchliligini oshirish

📌 Talablar:
– Java 11+, Spring Boot 2/3 bo‘yicha 3+ yil tajriba
– Postgres va navbat tizimlarini tushunish
– Modul va mikroservis arxitekturasi bo‘yicha bilim
– CI/CD va zamonaviy stack (k8s, Docker, Helm) bilan ishlash qobiliyati
– Murakkab vazifalarni jamoada hal qilish istagi

🔖 Ariza topshirish: havola

Bugunoq ariza topshiring. Arizalar ko‘rib chiqilgach, mos nomzodlar bilan bog‘laniladi.

🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3🎉1
Samarqand: SMM mutaxassislari uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: Mahorat IT Academy
💼 Lavozim: SMM&mobilografiya mutaxassisi
Ish turi: offlayn va onlayn (Gibrid)
🗺 Manzil: Samarqand viloyati, Boyqaro 95 (Selskiy)

📝 Lavozim vazifalari:
– Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent rejalar tuzish
– Video va reklama materiallarini yaratish
– Auditoriya faolligi va statistikasini tahlil qilish

📌 Talablar:
Ishga mas‘uliyat bilan yondashish
– Kontent yaratish bo‘yicha kreativ fikrlash
Kopirayting ko‘nikmalarining mavjudligi

🔖 Ariza topshirish: @uzmita

Bugunoq ariza topshiring. Arizalar ko‘rib chiqilgach, mos nomzodlar bilan bog‘laniladi.

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍21
Karyera rivojida netvorkingning o‘rni

📌 Keng professional tarmoq — yangi ish imkoniyatlarini topish, lavozimda o‘sish va kasbiy obro‘ -e’tiborni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Maqsadli va puxta rejalashtirilgan muloqot karyera yo‘lida yangi eshiklarni ochadi.

🔎C-suite (kompaniyaning eng yuqori boshqaruvidagi shaxslar) darajasidagi rahbarlar uchun professional rezyumelar, LinkedIn profillar va ma'lumotlar tayyorlovchi mutaxassis Erica Reckamp netvorking bo‘yicha foydali tavsiyalari bilan ushbu videoda o‘rtoqlashadi.

Videoni ko'rib, kerakli ma'lumotlarni qayd etib qo'yishingizni tavsiya qilamiz!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👏1
O‘zbekistonning birinchi "yakkashox" kompaniyasida amaliyot o‘tash imkoniyati

🏢 Tashkilot: Uzum
💼 Lavozim: UX Research intern / amaliyotchi
Ish turi: Haftasiga kamida 20 soatlik ish va rasmiy ishga joylashuv
🗺 Manzil: Toshkent shahar

📝 Vazifalar:
Excel dasturini yaxshi bilish (pivot jadvallar, asosiy formulalar)
Python va SQL bilimlari
Yuqori matematik konseptsiyalar bilan ishlash qobiliyati (masalan, statistika yoki ehtimollik darajasi)
Murakkab ma’lumotlarni qisqa va mazmunli tarzda ta’riflash ko‘nikmalari

📌 Talablar:
Yaxshi kommunikatsiya ko‘nikmalari
Jamoada samarali ishlash qobiliyati
Diqqatni kichik detallarga qaratish va vazifalarni o’z vaqtida bajarishga mas'uliyat
Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish, ingliz tili bilishi afzallik hisoblanadi

🔖 Ariza topshirish: havola

Bugunoq arizangizni topshiring. Qulay imkoniyatni q’oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥1
Samarqand: Vue.js frontend dasturchilari uchun imkoniyat!

🏢Tashkilot: Easy Technologies
💼Lavozim: Vue.js frontend dasturchi
Ish turi: To‘liq ish kuni
🗺Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur kuchasi 162

📝 Lavozim vazifalari:
Foydalanuvchi interfeysi
Sahifalarni kodga aylantirish
Foydalanuvchi interfeysini sahifalarga kodga aylantirish
Loyihani ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish
Sinov va xatoliklarni aniqlash

📌 Talablar:
HTML, CSS, JavaScript
VueJS
Git, Github

Afzallik sifatida qaraladi:
TypeScript, Animatsiyalar, SEO, Responsive dizayn

🔖 Ariza topshirish: @SanjarAdashov

Bugunoq ariza topshiring. Ko‘rib chiqish jarayonidan so‘ng, tanlovdan o‘tgan nomzodlar xabardor qilinadi!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥421
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from EDU.DIGITAL
“Biz 2030-yilga borib, IT xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olganmiz”,

– dedi Prezidentimiz.

Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu tibbiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bugun minglab iqtidorli yoshlarimiz IT va sun’iy intellekt bo‘yicha izlanish olib bormoqda. Ularning kvant, dron, robototexnika kabi yo‘nalishlardagi konstruktorlik loyihalarini amaliyotga tatbiq qilish uchun “Raqamli texnologiyalar markazi” tashkil etiladi.

“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik.

Bu Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi deb ishonaman”
,

– dedi Prezidentimiz.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍1
QA Engineer uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: Beeline O‘zbekiston ❤️
💼 Lavozim: QA Engineer
Ish turi: To‘liq ish kuni
🟡 Manzil: Toshkent shahri, IT Park (Mirzo Ulug‘bek tumani)

✍️Talablar:
— QA Engineer sifatida 2–3 yil tajriba
— Functional / Regression / Integration / UI/UX / API testlash
— REST API, GraphQL, Postman/Newman bilan ishlay olish
— SQL, PostgreSQL va Oracle bo‘yicha mustahkam bilim
— Git, Jira, Confluence dan foydalanish
— Agile metodologiyalari bo‘yicha mustahkam bilim (Scrum, Kanban)
— Rus tili — C1

Ish sharoitlari:
— Faol jamoa va o‘sish imkoniyati
— DMS yoki “Chekhov” fitness klubi abonementi
— 27 kunlik tashkilot tomonidan to‘lanadigan ta’til
— Xizmat telefoni
— Maosh suhbat davomida kelishiladi

🔖 Ariza topshirish: @Darya_Borovskaya

Bugunoq arizangizni topshiring. Qulay imkoniyatni q‘oldan boy bermang!

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥31
Tashkilotlardagi amaliyot (internship) imkoniyatlari haqidagi postlar Siz uchun qanchalik qiziq?
Anonymous Poll
92%
Juda qiziqarli
9%
Qisman qiziqarli
3%
Qiziq emas
Hurmatli obunachilar,

Kirib kelayotgan yangi yil har biringizga yangi imkoniyatlar, muvaffaqiyat va professional o‘sish olib kelsin!

Umid qilamizki, 2026-yil Sizning professional yo‘lingizni yanada boyitadi va karyerada ulkan yutuqlarga erishishingizga yordam beradi.

Mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab,
Digital.edu IT Career jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉5🔥31😍1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Thank you all for being with us in 2025 and helping turn Uzbekistan into an IT and AI hub!

With strong political will and the strategic vision of the President of Uzbekistan, 2025 was a breakthrough year for our sector in Uzbekistan.

The sector’s contribution to GDP is growing 3.6 times faster than the overall economy - the highest rate in the CIS.

Uzbekistan has emerged as a global IT destination. IT exports now reach 90+ countries, with a total volume of USD 1 billion.

Uzbekistan entered the Top 100 global startup ecosystems.
Tashkent is the fastest-growing startup hub in Central Asia.

Digital government - among the world’s best. Uzbekistan entered the TOP 10 globally for the first time in the World Bank’s GovTech Maturity Index.

Uzbekistan is the only country in Central Asia to reach G3 level in ICT regulation.

Wishing you a Happy New Year! And inviting you to stay with us as our country continues its historic journey.

invest.digital.uz  outsource.gov.uz 
4👍2🔥1
Forwarded from EDU.DIGITAL
O‘zbekistonda AT mutaxassislar soni 10 barobar ko‘paydi

📊So‘nggi yillardagi islohotlar o‘z mevasini bermoqda. Mamlakatimiz “Government AI Readiness Index 2025” reytingida 8 pog‘onaga yuqorilab, 62-o‘ringa ko‘tarildi! Raqamli ta’lim va sun’iy intellektga bo‘lgan e’tibor tufayli, O‘zbekiston “inson kapitali” bo‘yicha 58,21 ball qayd etdi. Bu natija Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada baland.

📈Soʻngi 5 yil ichida dasturchilar soni 10 barobardan ortiq oʻsib, GitHub faolligi 1-chorakda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan 436 mingdan ortiq kodlar yuklanishi amalga oshirildi.

Loyihalaringizni shunchaki kompyuterda saqlamang, GitHub platformasiga joylashni hoziroq boshlang. Bu sizga jamoada ishlash va mahoratingizni koʻrsatishda yordam beradi.

❗️Quyidagi havolalar orqali Github’dan samarali foydalanishni o‘rganing!

➡️Github ko‘nikmalarini oʻrganish uchun havola: https://skills.github.com/
➡️Yangi boshlovchilar uchun Githubdan foydalanish darslari: https://www.youtube.com/playlist?list=PL0lo9MOBetEFcp4SCWinBdpml9B2U25-f

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5🤔2
Forwarded from Dr. Algorithm
Dasturchining odatlari

O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!


Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.

Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat?


1. Daraja.

O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.

Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi?


Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.

Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi?


Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.

2. Soft skill

Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...

Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi.


1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish. 
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.

3. Jamoada ishlash.

Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.

Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.

"Menga nima?" - deyishmagan ekan-a?


Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.

Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish 
+ Hashar
+ Ehson

Manimcha, biz nimanidir xato qildik.


Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.

~~~

Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz?


Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani. 

Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan? 

+ Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi. 
+ Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak. 
+ Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni.
+ Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi. 

bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?

Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda. 

Yechim

Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak. 
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz. 
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.

#dasturlash #odatlar

30.12.2025 London
@DrAlgorithm
👍64🔥2