Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
329 photos
22 videos
1 file
288 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Sizningcha, 2024-yilda frontend yo‘nalishida frilanserlik bilan shug‘ullangan dasturchilarning o‘rtacha soatlik daromadi qanchaga teng bo‘lgan?
Anonymous Quiz
32%
25 AQSh dollari
40%
48 AQSh dollari
23%
67 AQSh dollari
6%
89 AQSh dollari
👩‍💻Frontend yo‘nalishidagi frilanserlik bozori dasturchilar uchun qator imkoniyatlarni taqdim etadi.

💻2024-yil frontend yo‘nalishida frilanserlik bilan shug‘ullangan dasturchilarning soatlik daromadi o‘rtacha 67 AQSh dollariga teng bo‘lgan. Bozor esa hamon o‘sishda: 2031-yilgacha 23 foiz o‘sish kutilmoqda.

📊Batafsil raqamlar va tahlillar, shuningdek, frilanserlik imkoniyatlarini ushbu platformadan topishingiz mumkin.

🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤔2🔥1🥰1
Forwarded from EDU.DIGITAL
Birlashgan millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi volontyorlarni izlamoqda

⚜️Ijtimoiy rivojlanish, raqamli yechimlar va innovatsion tashabbuslarda ishtirok etishga tayyor faol yoshlar uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Volontyorlik yoʻnalishlari:
➡️Team Lead;
➡️Database Integration;
➡️Data Management & QA;
➡️UI/UX & Visualization;
➡️Software Development.


Talablar:
➡️Tegishli yoʻnalishda kasbiy tajriba;
➡️Ingliz tilini bilish.

Imkoniyatlar:
➡️Barcha volontyorlar tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi;
➡️Xalqaro muhitda ishlash, BMT loyihalarida real tajriba orttirish imkoniyati.

🏷Arizalarni quyidagi havola orqali topshirish mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Frilanser Izzatilla Fayzullayev bilan vebinarni o‘tkazib yubormaslik uchun 3 sabab

1-sabab:
Real bozor narxlari va mijozlar bilan muloqot qilish skriptlari

2-sabab:
Birinchi buyurtmani olish uchun ishlaydigan strategiyalar

3-sabab:
$1000lik loyiha: Qanday qilib narxni 3 baravar ko‘tardim?

🚀
Ertangi vebinarimiz Sizga sohadagi eng samarali va amaliy sirlarni o‘rganish imkonini beradi!

🎁 Aytganday, vebinarda 100% bepul ta’lim olish uchun maxsus vaucherni yutib olishingiz ham mumkin!

⚜️
Vebinar ushbu Telegram kanalda onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.

🚀
Telegram
❤‍🔥3
Forwarded from GDG Tashkent (Asilbek 🐢)
One week left until the Pre-DevFest Meetup!

👨‍💻 Meet our third speaker David Vavra,
CEO & Android Developer "Step Up Labs, GDE for Android"

📫 Topic: "Black Mirror dystopic social network with Firebase and Gemini"

Secure your spots now:👇
https://gdg.community.dev/e/m5k9xd/

🗓 November 15
11:00
📍 Digital education development center

#speaker

Telegram | Instagram | LinkedIn
🔥1
Live stream started
Jonli efir boshlandi!

18 yashar mehmonimiz Izzatilla Fayzullayev bilan vebinar boshlandi.

Frilanser sifatida mijozlar bilan muloqot qilish;
Buyurtma olishda ishlaydigan strategiyalar;
Loyihalar narxini bir necha barobar oshirish sirlarini o'rganish uchun hoziroq ulaning!

📍 Vebinar shu kanalda jonli efirda bo'lib o'tmoqda!
4👏4😍1
Live stream finished (1 hour)
Reminder: Pre-DevFest Meetup is almost here!

Join us for a developer meetup powered by Google Developer Experts in Cloud, Android, and Firebase. Whether you code every day or just started exploring tech – this event will spark new ideas!

📍Location: Conference Hall of the Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan
🕔 Time: 11:00 AM

Register now: link

#DevFest2025 #GDGTashkent #Innovation #Developers #DigitalUz #TechInspires

Telegram
1
Vebinar g‘oliblariga vaucherlar topshirildi

🎤 7-noyabr kuni o‘tkazilgan “Frilanserlikni qanday boshlash mumkin?” nomli vebinarda mehmon spiker Izzatilla Fayzullayev frilanserlik imkoniyatlari haqida ma'lumot berib, mijozlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish usullari va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berib o‘tdi.

🏆Onlayn muloqot davomida frilanserlikka bo‘lgan qiziqishi va faolligi bilan ajralib turgan 3 nafar ishtirokchi bepul ta’lim vaucheri bilan taqdirlandi:
✔️ Sunnatillo Raimov (Toshkent shahri)
✔️ Odamboyev Asadbek (Xorazm viloyati)
✔️ Baltabayev Jamolbek (Xorazm viloyati)

🚀 Shuningdek, vebinar ishtirokchilari orasida o‘zining bilimga chanqoqligi va intiluvchanligi bilan ajralib turgan Mirjahon Abdullayev spiker Izzatilla Fayzullayev tomonidan shaxsiy shogird sifatida tanlandi. Endilikda u Lyra.uz asoschisi bilan birgalikda yangi loyihalar va amaliy topshiriqlar ustida ishlaydi.

Vebinarda faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1🥰1🎉1😍1
Jizzaxlik yoshlar diqqatiga!

📣 Buyuk Britaniyaning EMOTIV kompaniyasi Jizzax shahridagi ofisi uchun Data Analytics va Sales Management yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni izlamoqda.

Nomzodlar uchun talablar:
▫️Data Analyst
▫️Sales Manager

Kompaniya quyidagilarni taklif qiladi:
▫️Raqobatbardosh maosh
▫️Treninglar va malaka oshirish imkoniyatlari
▫️Jamoaviy rivojlanish va teambuilding tadbirlari

❗️Bugunoq ariza topshiring! Saralangan nomzodlar bilan kelasi hafta aloqaga chiqiladi.

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥311
Forwarded from EDU.DIGITAL
Toshkentda “Microsoft Community Conf 2025” konferensiyasi o‘tkaziladi

⚜️Joriy yilning 22-noyabr kuni “Microsoft Community Conf 2025” — Markaziy Osiyoning turli hududlaridan kelgan texnologiya ixlosmandlarini bir platformaga jamlaydigan yirik anjuman bo‘lib o‘tadi.

❗️Spikerlar orasida HP kompaniyasining vitse-prezidenti Mike Kuchkarov, shuningdek, Jahongir Mahkamov va boshqa yetakchi xalqaro kompaniya mutaxassislari ishtirok etadi.

Anjumanda sun’iy intellekt, dasturlash, bulutli texnologiyalar, infratuzilmalar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

🗺Manil: Yoshlar ijod saroyi;
Vaqt: 22-noyabr, soat 09:00 da.

⚡️Ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting!

💡Eslatma, konferensiya davomida mehnat yarmarkasi ham tashkil etiladi. Oʻzingiz bilan yangilangan CVʼingizni olishni unutmang!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🪙Бесплатная программа подготовки специалистов Blue Team от ONESEC

Компания ONESEC объявляет набор на обучающую программу «From Zero to Defender 2.0», направленную на подготовку будущих специалистов по кибербезопасности. Обучение проходит онлайн и построено на практических задачах, с которыми ежедневно работают команды реагирования (Blue Team).

Программа подойдёт тем, кто хочет:
🔵разобраться, как обнаруживаются и расследуются кибератаки
🔵научиться анализировать логи и выявлять подозрительную активность
🔵понять, как работает защита корпоративных систем
🔵получить реальный опыт работы с инструментами Blue Team


В ходе обучения участники будут:
разбирать реальные кейсы и инциденты
выполнять практические задания от экспертов ONESEC
осваивать инструменты мониторинга и реагирования
готовиться к работе в молодой и быстрорастущей отрасли


🌟Лучшие участники получат приглашение на оплачиваемую офлайн-стажировку, с возможностью дальнейшего трудоустройства.

Приём заявок: до 15 декабря 2025
Формат: онлайн
Язык обучения: русский / узбекский
Возраст: от 18 лет
Стоимость участия: бесплатно

🖥Ознакомиться с программой и подать заявку можно: (ссылка)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Forwarded from EDU.DIGITAL
Samarqandlik AT mutaxassislar kerakmi?
Ularni bir kunning o‘zida toping!


🗓17-dekabr kuni TATU Samarqand filialida navbatdagi yirik AT mehnat va taʼlim yarmarkasi – “Job & Edu Fair” bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi ko'rgazmada:
➡️O‘zbekistonning yetakchi AT sohasidagi universitetlarining iqtidorli bitiruvchilari;
➡️Xalqaro AT sertifikatlariga ega yosh mutaxassislar;
➡️ Dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda xorijiy tillarni biladigan yoshlar ishtiroki kutilmoqda.


Agar Sizning tashkilotingiz:
➡️ AT mutaxassislariga ehtiyoj sezayotgan bo‘lsa;
➡️ Ta’lim dasturlarini targ‘ib qilmoqchi bo‘lsa;
➡️ Yoshlar orasida brendini mustahkamlashni istasa - “Job & Edu Fair” bu boradagi eng to‘g‘ri ko'rgazma!


🗺 Manzil: TATU Samarqand filiali
Vaqt: 17-dekabr, 10:30 - 15:00

🔗 3-dekabr soat 23:59gacha havola orqali ro'yxatdan o'ting. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
TOP-5 rezyumedagi xatolar: Ularni bilmaslik Sizni katta imkoniyatlardan mahrum qilishi mumkin

1️⃣ Ortiqcha ma’lumot kiritish:

HR mutaxassislarining fikriga ko‘ra, rezyumening 30% dan ortig‘i aynan keraksiz ma’lumotlar tufayli rad etiladi. Faqat lavozimga mos tajribani qoldiring.

2️⃣ Natijalarni ko‘rsatmaslik:

Ish beruvchilarning 70–75% i raqamlar bilan ifodalangan yutuqlari bor nomzodlarni ustun ko‘radi.
Masalan: “Mijozlar sonini 25% ga oshirdim”, “Ish jarayonini 2 baravar tezlashtirdim.”

3️⃣ Noaniq yoki umumiy jumlalar ishlatish:

“Mas’ul edim”, “Javobgar bo‘ldim” kabi umumiy iboralar e’tiborni tortmaydi. Aniqlik talab qilinadi: qanday jarayonlarga javobgar edingiz va natijasi nima bo‘ldi?

4️⃣ Imloviy xatolar:

59% ish beruvchi imloviy xatoga ega rezyumeni darhol rad etadi (CareerBuilder tadqiqoti). Shu bois rezyumeni oxirida kamida 2 marta qayta tekshirish tavsiya etiladi.

5️⃣ Haddan ziyod uzun rezyume:

Ideal rezyume hajmi — 1 sahifa, katta tajribaga ega nomzodlar uchun — maksimal 2 sahifa. Uzoq matn ish beruvchining diqqatini yo‘qotadi; HRlar o‘rtacha rezyumega 6–8 soniya vaqt ajratadi.

📌 IT mehnat bozoridagi so'ngi yangiliklarni va shu kabi qiziq ma'lumotlarni kuzatib borish uchun Digital IT career kanaliga a'zo bo'lishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1🤔1
Forwarded from Digital.edu IT Career
Raqobatli IT bozorida ajralib turish sirlari!


Jadal rivojlanib borayotgan texnologiya dunyosida o'z o'rningizni topish va yuksak martabaga erishish qiyin vazifa bo'lishi mumkin, ayniqsa, raqobat kuchli bo'lganda. Bugun Sizlar bilan ushbu raqobatda Sizning ajralib turishingizga yordam beradigan bir qancha maslahat bilan bo'lishmoqchimiz:

1️⃣ Rezyume/Portfolioda ko'nikmalarning o'zini sanab o'tishdan tashqari, ular Sizga aynan qaysi loyihalarda as qotganini ham ko'rsatib o'ting!

Ish beruvchilar Sizda nafaqat qanday ko'nikmalar borligiga, balki ulardan qanday foydalana olishingizga ham qiziqadi. Bunda Sizga rezyume/portfolioda amaliy ishlarga ham ham urg‘u berish yordam beradi: bu - kurs, amaliyot yoki shaxsiy loyihalar bo'lishi mumkin. Ular Sizning texnik bilimlaringizdan ish jarayonida samarali foydalana olishingizga isbot bo'la oladi.

2️⃣ Zamon bilan hamnafas bo'ling!

Texnologiya olamida rivojlanish juda tez yuz beradi, shuning uchun zamonaviy tendensiyalar va texnologiyalarni kuzatib borish juda muhim. Bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik kabi yo'nalishlarni o'rganish orqali dolzarb bilimlarni egallab boring. Bu nafaqat bilim va tajribangizni oshiradi, balki Sizni ko'proq e’tiborga loyiq mutaxassis sifatida ko'rsatadi.

3️⃣ Kasbiy profilingizni mustahkamlang!

LinkedIn va GitHub kabi platformalarda kuchli profil yaratish ham Sizning raqobatdoshligingizni oshiradi. LinkedInda o'z tajribangiz, ko'nikmalaringiz va yutuqlaringizni taqdim eting. GitHub profili orqali esa o'zingiz ishlab chiqqan kodlarni ulashing, “open source” loyihalarga hissa qo'shing va turli jamoalar bilan bog‘laning. Bu Sizni texnik jamoa orasida kengroq tanilishingizga yordam beradi.

4️⃣ Texnik bilim bo'lgani yaxshi, ammo yumshoq ko'nikmalarsiz rivojlanish mushkul!

IT sohasida texnik bilimlar juda muhim, ammo muloqot, jamoa bilan ishlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlari ham katta ahamiyatga ega. Ko'pgina ish beruvchilar ushbu ko'nikmalarga ega mutaxassislarni izlaydi. Jamoaviy loyihalarda yoki hakatonlarda ishtirok etib, bu ko'nikmalarni ko'rsatishga va rivojlantirishga harakat qiling.

5️⃣ Rezyumeni har bir ish uchun moslashtiring!

Ishga topshirayotganingizda, rezyume va motivatsion xatning aynan o'sha lavozimga mosligiga ishonch hosil qiling. Ish ta'rifiga mos keluvchi tajriba va yutuqlaringizni ajratib ko'rsating. Bu Sizning aniq va maqsadga yo'naltirilgan mutaxassis ekanligingizni ko'rsatadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
Forwarded from EDU.DIGITAL
17-dekabr: Samarqand viloyatidagi yoshlar uchun IT mehnat va ta’lim yarmarkasi!

🏷IT sohasiga qadam qo‘yayotgan yoki o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lgan yoshlarni Mehnat va ta'lim ko‘rgazmasi — Job&Edu Fair'ga taklif etamiz.


Sizni nimalar kutmoqda:
➡️O‘zbekistonning yetakchi IT kompaniyalari bilan yaqindan muloqot,
➡️ Bo'sh ish o'rinlari, amaliyot va ta’lim dasturlari haqida ma’lumotlar,
➡️ Tajribali mutaxassislar bilan netvorking va master-klasslar.

🗺Manzil: Samarqand shahri TATU binosi
Vaqt: 17-dekabr, 10:00-15:00

🔗Diqqat: Tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

📥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://talent.it-istedod.uz/

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👏1
Forwarded from Digital.edu IT Career
Job&Edu Fest yarmarkasidan maksimal foyda olish uchun 3 ta asosiy ko'rsatma!

🔖Rezyumengizni tayyorlab kelishni unutmang!

Yarmarkada kompaniyalarga taqdim etish uchun rezyumengizni chop etilgan va elektron shaklda tayyorlab kelishni unutmang.

Kompaniyalarda Siz haqingizdagi ilk taassurot Siz taqdim etuvchi rezyume asosida shakllanadi. Avvalgi postlarimizda rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan xatolar va rezyume tashqi ko’rinishining mohiyati bo’yicha ma’lumotlar berib o’tilgan. Buning yordamida ish beruvchilarning e’tiborini tortadigan rezyume tayyorlashingiz mumkin!

🔖Yarmarkadan ko'zlagan maqsadlaringizni oldindan aniqlab oling!

Yarmarkaga kelishdan oldin:


- Qaysi kompaniyalar bilan tanishmoqchi ekanligingizni rejalashtiring va ushbu kompaniyalar faoliyatini ko'rib chiqing;
- Ish yoki amaliyot uchun o'zingizga mos vakansiyalarni o'rganib chiqing;
- Yangi imkoniyatlarga ochiq bo'ling, chunki yarmarkada Siz uchun kutilmagan qiziqarli takliflar bo'lishi mumkin.

🔖Vorkshop va sessiyalarda faol ishtirok eting!

Yarmarka davomida tashkil etiladigan vorkshoplar va sessiyalar nafaqat bilim olish, balki professional doirangizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun:

- Savollar berishdan tortinmang, o'z qiziqishingizni namoyish qiling.
- Vorkshop ishtirokchilari va spikerlar bilan aloqada bo'lish uchun tashrif qog'ozingiz yoki LinkedIn profilingizni tayyorlab qo'ying.

ℹ️Bonus Maslahat:

Muloqot qilishda do'stona va ochiq bo'ling. Bu nafaqat ish topishingizga, balki Sizning professional tarmog'ingizni kengaytirishga ham yordam beradi!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤‍🔥11
📢 Samarqandlik dasturchilar diqqatiga

Vakansiya: Frontend Developer (Middle)

🏢 Tashkilot: IT Sputnik Academy
📚 Talablar: HTML5, CSS3, JavaScript (ES6+) bo‘yicha mustahkam bilim;
React.js, Vue.js yoki Angular bilan ishlash tajribasi (React ustunlik sifatida); REST API bilan ishlash ko‘nikmasi; Git/GitHub yoki GitLab bilan ishlay olish; Responsiv dizayn va cross-browser moslik bo‘yicha tajriba; Component-based architecture bilan ishlash; mas’uliyatli, jamoada ishlay oladigan va deadline’ga amal qiladigan
📍 Hudud: Samarqand shahri, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 72-uy, 23-xonadon
🕰 Tajriba: 3 yil (kamida 1–3 yil Frontend yo‘nalishida)
💰 Maosh: suhbat asosida

📩 Ariza topshirish uchun
Vazifalar:

✔️Web-interfeyslarni ishlab chiqish va joriy dizaynlar bilan ishlash
✔️UI/UX maketlar asosida toza va optimallashtirilgan kod yozish
✔️Backend API’lar bilan ishlash va ma’lumotlarni integratsiya qilish
✔️Web-ilovalarning tezligi, responsivligi va barqarorligini oshirish
✔️Mavjud kodni optimallashtirish va refaktor qilish
✔️Texnik hujjatlarni yuritish
✔️Jamoa bilan Agile/Scrum metodologiyasi asosida ishlash

Afzallik sifatida qaraladi:
TypeScript bilan ishlash tajribasi; Next.js yoki Nuxt.js bilish; TailwindCSS yoki Bootstrap’da ishlash; Figma bilan ishlay olish; Unit testing (Jest, Cypress) tajribasi; Performance optimization bo‘yicha bilimlar; GitHub portfolio mavjudligi

📩 Ariza topshirish:
📎
Rezyume, GitHub link va portfolioni quyidagi manzilga yuboring:

🚀 Telegram:
@asiahall
📧 Email:
sherzod9121212@umail.uz
📞 Telefon:
+998 90 655 66 66

IT mehnat bozoridagi so'ngi yangiliklar IT Karyera kanalida, a'zo bo'lishni unutmang!
🔥42