Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
322 photos
22 videos
1 file
281 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
❇️ Frontend dasturchi kerak (VueJs)

🏛 Kompaniya: Najot Ta‘lim
💵 Maosh: 8-24 mln so‘m
📍 Manzil: Farg‘ona

Talablar:
- O‘zbek tilini mukammal bilish;
- Vue JS ni amalga oshirishda kamida 2+ yillik tajriba;
- Javascript dasturlash tilini yaxshi bilish;
- Vue JS va VueX bilan amaliy tajriba;
- HTML/CSS bo'yicha yuqori darajadagi tajriba;
- SASS va Bootstrap-ni yaxshi tushunish;

Takliflar:
- Til o'rganish va kitob sotib olish uchun chegirmalar;
- Qarindoshlaringizni IT sohalarida o'qitish uchun chegirma;
- Kontrakt to'lovingizni oylikdan ushlab qolish sharti bilan bir martada, oldindan to'lab beramiz;
- 300 dan ortiq mutaxassislar bilan networking;
- Pedagogik ko'nikmalarni oshirish uchun treninglar;
- Turli mavzularda maxsus master-classlar;
- Samaradorlikka ko'ra oylik maoshning oshishi;
- Kuchli, ahil jamoa!

☎️ Bog‘lanish: Havola

@digitalitvacancy
2👍2🎉1😇1
❇️ Grafik dizayner kerak

🏛 Kompaniya: Socialprime
-Ish grafigi:offline
💵 Maosh: 4.000.000
📍 Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani 12daha Lutfiy.65

— Ish holati - #aktiv

Talablar:
- Kamida 1 yillik tajriba
-O'zining shaxsiy kompyuteriga ega bo'lgan
- ishlarni deadline asosida bajara oladigan Mas’uliyatli

☎️ Bog‘lanish: @Socialprime_uz

@digitalitvacancy
🔥21👏1😱1
❇️ Frontend dasturchi kerak!

🏛 Kompaniya: Tenge Bank
💵 Maosh: 15 mln so'm +
📍 Manzil: Toshkent shahri

Talablar:
• Rus tilini bilish shart*
• HTML, CSS, JavaScript, Git (gitlab) tillarini bilish;
• Frameworklar bilan ishlash tajribasi: Vue 3, Vue 2, Nuxt, TypeScript;
• Boshqa odamlarning kodini o'qish va tushunish qobiliyati;
• Birlik testlarini yozish qobiliyati (Jest);
• REST API bilan ishlash tajribasi;
• Brauzerlar o'rtasidagi muvofiqlikni tushunish;
• Moslashuvchan tartibni bilish;
• Moslashuvchan rivojlanish metodologiyalarini tushunish (Agile).

Takliflar:
• Toshkentda ish bilan to'liq ish kuni,
• Fintech loyihasini ishga tushirishda ishtirok etish imkoniyati,
• Xalqaro ish tajribasiga ega bo'lish imkonini beradigan qiziqarli va qiyin vazifalar,
• Karyera o'sishi.

☎️ Bog‘lanish: Rezyumeni @iamxlex manziliga yuboring

@digitalitvacancy
🔥311
Forwarded from ICT4ALL
Sizningcha, AI kelajakda insonlarning ish o‘rinlarini olib qo‘yadimi?
Anonymous Poll
25%
Ha
45%
Hamkorlik qiladi
24%
Yo‘q, AI inson o‘rnini bosa olmaydi
5%
Bilmayman
👍2🔥211😁1🤓1
Forwarded from EDU.DIGITAL
📖Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi "Job&Edu Fest" loyihasi doirasida "IT karyera" kanalini ishga tushirdi


Kanalda IT mehnat bozoridagi eng talabgir yo'nalishlar bo'yicha vakansiyalar berib boriladi.

Kanalga obuna bo'ling va muvaffaqiyatli IT karyera uchun munosib kasbni tanlang!

➡️Turon Telecom | Project Manager
➡️Turon Telecom | Backend Developer
➡️Turon Telecom | Technical Lead
➡️Mohirdev | Graphic Designer
➡️Uzinfocom | Project Manager
➡️Uzinfocom | Business Analyst
➡️Uzinfocom | Go Developer
➡️Uzinfocom | Senior PHP engineer
➡️Uzinfocom | Senior JAVA developer
➡️Uzinfocom | UI/UX Designer
➡️Uzinfocom | System analyst
➡️Ecoplatinum | Call Operator
➡️T4data | Business Intelligence Systems Developer

❗️ Eng so'nggi vakansiyalar uchun bizni kuzatib boring: @digitalitvacancy


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👏1🤩1
#resume #mistakes

Rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan Top-3 xatolar

1️⃣ Keragidan ortiq ma’lumotlarning kiritilganligi: Rezyumega ortiqcha axborot kiritishdan saqlaning. Faqat muhim va lavozimga mos keladigan ma’lumotlarnigina kiriting. Rezyumeda ish uchun ahamiyatsiz bo’lgan ma’lumotlarni kiritish chalkashlikka olib kelib, yangi savollar tug’ilishiga sabab bo’ladi.

Rezyumeda faqat kerakli ma’lumotlarning kiritilishi o’zingizning ham, ish beruvchining ham vaqtini qadrlashingizni ko’rsatadi.


2️⃣ Aniq natijalar ko’rsatilmaganligi: Faqat lavozimlaringiz va tajribangiz haqida gapirib, yutuqlaringizni esdan chiqarmang. Sizning nomzodingizni o'rganayotgan shaxs yutuqlaringiz bilan ham tanishishni xohlaydi. Yutuqlaringizni aniq miqdorlar yoki ulushlar ko'rinishida taqdim etish orqali o'zingizga bo'lgan qiziqishni oshirishingiz mumkin.

Misol uchun: "Men dizaynini o'zgartirgan platformada foydalanuvchilar soni 30 foizga oshdi".

3️⃣ Imlo va grammatik xatolar: Imloviy xatolar e’tibordan chetda qolishi mumkin bo’lgan keng tarqalgan muammolardan biri. Kichik bo’lsa-da imloviy xatolarning mavjudligi Siz haqingizda ma’suliyatsiz degan taassurot qoldirishi mumkin. Shu sababli har doim rezyumeni sinchkovlik bilan tekshirib chiqish zarur.

Ish beruvchilar "detail-oriented", ya'ni ziyrak insonlarni xush ko'rishadi.

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3👏21
#Vacancy #Vakansiya #Вакансия

‼️ Tajribali UX/UI Dizayner
🏢 Tashkilot: Keypix
💵 Maosh: 400 – 600 $
🌆 Hudud: Toshkent shahar
Bo‘glanish uchun: @Avazov_Jasur

(@digitalitvacancy)
👍52🔥1
#Vacancy #Vakansiya #Вакансия

‼️ Veb dizayner
🏢 Tashkilot: IT kompaniya
💵 Maosh: 3 mln – 10 mln so‘m
🌆 Hudud: Toshkent shahar
Batafsil ma’lumot: havola


(@digitalitvacancy)
👍3🔥2👏1
Siz qaysi tashkilotda faoliyat olib borishni istar edingiz?

Izohlarda yozib qoldiring! ⬇️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1😍1
Forwarded from ICT4ALL
Raqobatli IT bozorida ajralib turish sirlari!


Jadal rivojlanib borayotgan texnologiya dunyosida o'z o'rningizni topish va yuksak martabaga erishish qiyin vazifa bo'lishi mumkin, ayniqsa, raqobat kuchli bo'lganda. Bugun Sizlar bilan ushbu raqobatda Sizning ajralib turishingizga yordam beradigan bir qancha maslahat bilan bo'lishmoqchimiz:

1️⃣ Rezyume/Portfolioda ko'nikmalarning o'zini sanab o'tishdan tashqari, ular Sizga aynan qaysi loyihalarda as qotganini ham ko'rsatib o'ting!

Ish beruvchilar Sizda nafaqat qanday ko'nikmalar borligiga, balki ulardan qanday foydalana olishingizga ham qiziqadi. Bunda Sizga rezyume/portfolioda amaliy ishlarga ham ham urg‘u berish yordam beradi: bu - kurs, amaliyot yoki shaxsiy loyihalar bo'lishi mumkin. Ular Sizning texnik bilimlaringizdan ish jarayonida samarali foydalana olishingizga isbot bo'la oladi.

2️⃣ Zamon bilan hamnafas bo'ling!

Texnologiya olamida rivojlanish juda tez yuz beradi, shuning uchun zamonaviy tendensiyalar va texnologiyalarni kuzatib borish juda muhim. Bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik kabi yo'nalishlarni o'rganish orqali dolzarb bilimlarni egallab boring. Bu nafaqat bilim va tajribangizni oshiradi, balki Sizni ko'proq e’tiborga loyiq mutaxassis sifatida ko'rsatadi.

3️⃣ Kasbiy profilingizni mustahkamlang!

LinkedIn va GitHub kabi platformalarda kuchli profil yaratish ham Sizning raqobatdoshligingizni oshiradi. LinkedInda o'z tajribangiz, ko'nikmalaringiz va yutuqlaringizni taqdim eting. GitHub profili orqali esa o'zingiz ishlab chiqqan kodlarni ulashing, “open source” loyihalarga hissa qo'shing va turli jamoalar bilan bog‘laning. Bu Sizni texnik jamoa orasida kengroq tanilishingizga yordam beradi.

4️⃣ Texnik bilim bo'lgani yaxshi, ammo yumshoq ko'nikmalarsiz rivojlanish mushkul!

IT sohasida texnik bilimlar juda muhim, ammo muloqot, jamoa bilan ishlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlari ham katta ahamiyatga ega. Ko'pgina ish beruvchilar ushbu ko'nikmalarga ega mutaxassislarni izlaydi. Jamoaviy loyihalarda yoki hakatonlarda ishtirok etib, bu ko'nikmalarni ko'rsatishga va rivojlantirishga harakat qiling.

5️⃣ Rezyumeni har bir ish uchun moslashtiring!

Ishga topshirayotganingizda, rezyume va motivatsion xatning aynan o'sha lavozimga mosligiga ishonch hosil qiling. Ish ta'rifiga mos keluvchi tajriba va yutuqlaringizni ajratib ko'rsating. Bu Sizning aniq va maqsadga yo'naltirilgan mutaxassis ekanligingizni ko'rsatadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥421
AI ENGINEER kerak:

🏢 Idora: UIC group
📚 Texnologiya: Python, TensorFlow, PyTorch yoki shunga o'xshash ML Frameworks
📞 Bog'lanish: @hr_3003
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 5 000 000 - 25 000 000
‼️ Qo`shimcha: TTS va STT tizimlarida tajriba
Qo'shimcha ma'lumot uchun: https://uic.group/vacancy/28

@digitalitvacancy
👍311
Middle Flutter Developer kerak:

🏢 Idora: UIC group
📚 Texnologiya: Rest API, GraphQL, WebSocket, Git, Github, Gitlab
📞 Bog'lanish: @hr_3003
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 15 000 000 - 20 000 000
Qo'shimcha ma'lumot uchun: https://uic.group/vacancy/19

@digitalitvacancy
🔥1
Forwarded from Khumoyun Codes
Frontend interviewlarga tayyorgarlik

Suhbatlarga tayyorgarlik ko'rayotganda odatda quyidagi resurslardan foydalanaman, o'ylaymanki foydali bo'ladi bilmaganlar uchun.

Foydali linklar 🔗

Coding savollari va qo'shimchalar:
https://bigfrontend.dev/

JavaScriptdan outputlarni topish bo'yicha savollar (men eng qiynaladigan qismim 😬):
https://github.com/lydiahallie/javascript-questions

Frontend intervyu savollari, deyarli barcha yo'nalishlar bo'yicha (Rus tilida):
https://github.com/YauhenKavalchuk/interview-questions?tab=readme-ov-file

JavaScript intevyu savollari:
https://github.com/sudheerj/javascript-interview-questions

React intervyu savollari:
https://github.com/sudheerj/reactjs-interview-questions

System design va Tier 1 kompaniyalarda tushadigan savollar:
https://www.frontendinterviewhandbook.com/
https://www.greatfrontend.com/

Men ham yaqin orada JoshDeveloper va shahzodcodes o'tkazayotgan interviewlarda chiqib qolsam ajabmas 🌚

P.S. Sharing is caring, foydali bo'lsa, ulashing 😉

#foydali #useful #resources #links

@khumoyun_codes
🔥4👍2
#resume #mistakes

Rezyume tayyorlashda qochish kerak bo’lgan xatolar: 2-qism

Sizning rezyume boshqa yuzlab nomzodlarnikidan ajralib turishi uchun uning dizayniga ham e'tibor qaratish lozim. Bugun Sizlar bilan rezyume tayyorlashda tez-tez takrorlanadigan dizayn bilan bog'liq xatolarga e'tibor qaratamiz.

1️⃣ Keraksiz yoki noto’g’ri formatdagi rasm: Rezyume tayyorlayotganda rasm tanlashga shoshmang. Rezyumega suratingizni joylash har doim ham talab etilmaydi. Rasm qo’yishni istasangiz, u professional ko’rinishda bo’lishi zarur - selfie emas😉

Professional bo’lmagan, sifati past surat Sizni jiddiy qabul qilmasliklariga sabab bo’lishi mumkin.

2️⃣ Rezyume hajmining uzun bo’lib ketishi: Rezyumeda vakansiya uchun muhim bo’lmagan ma'lumotlarni kiritish uning cho’zilib ketishiga olib keladi va biz buni tavsiya qilmaymiz.

Ish beruvchilar rezyumelarga ko’p vaqt sarflamaydi. Ularning ham, o'zingizning ham vaqtingizni hurmat qiling va faqat eng muhim va dolzarb tajriba va yutuqlaringizni qisqa va lo'nda yoritib berishga harakat qiling.

3️⃣ Dizayn va bezaklardan haddan tashqari ko'p va didsiz foydalanish: Juda ko’p grafik elementlar va ranglar rezyumening tushunarlilik darajasini pasaytiradi.

Rezyume bilan tanishayotgan odamga qulaylik yaratish uchun oddiy va professional ko’rinishga ega dizayndan foydalaning.

@digitalitvacancy
🔥51👍1👏1🙏1
Forwarded from Digital.edu IT Career
#Вакансия #Vacancy #Vakansiya

‼️Backend dasturchi
🏢Uzinfocom
Batafsil ma’lumot (https://uzinfocom.uz/uz/company/career/php-razrabotchik-ru-7)

(@digitalitvacancy)

‼️Biznes tahlilchi
🏢Uzinfocom
Batafsil ma'lumot (https://uzinfocom.uz/company/career/analitik-ru-13)
@digitalitvacancy
Back-End Developer

🏢 Tashkilot: Turon Telecom
📚 Texnologiya: Java, Phyton, Ruby, PHP
📞 Bog'lanish: +998 (99) 0302998, mehrangiz.turon.hr@gmail.com
🌐 Hudud: Toshkent shaxri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: Suhbat asosida

@digitalitvacancy
4👍2🔥1
Dasturchilar uchun netvorking qanchalik muhim?

🛠 Ko‘pchilik dasturchilarni introvert sifatida tasavvur qiladi va ular uchun professional aloqa ortiqcha deb o‘ylaydi. Aslida esa IT sohasida muvaffaqiyat qozonish uchun texnik bilimlar bilan bir qatorda keng professional tarmoq ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Netvorking nima?
Oddiy qilib aytganda, bu Sizning professional doirangizni kengaytirish, yangi tanishlar orttirish va bu aloqalar orqali ma’lumot yoki imkoniyatlar olishdir. Ish o‘rinlari bozorining katta qismi – "yashirin bozor" – bu Sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif qilinadigan ish o‘rinlaridan iborat. Ko‘pincha bu takliflar faqat yaqin aloqa doirasi orqali tarqaladi.

Netvorkingning kuchi:
Aloqalar imkoniyatlar eshigini ochadi. Siz bilgan har bir kishi boshqa 10 kishini biladi. Kimdir Sizga kerakli kompaniyada ishlashi yoki kerakli ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.
Ish beruvchilar uchun ishonchli tanlovga aylanasiz. Kompaniyalar ko‘pincha ichki tavsiyalar orqali ishchilarni qabul qilishni afzal ko‘rishadi. Agar Sizni ish beruvchiga ishonchli tanishingiz tavsiya qilsa, bu Sizga katta afzallik beradi.
Bozorni tushunishni osonlashtiradi. Siz sohaning dolzarb yo‘nalishlari, yangi talablar va imkoniyatlarni bilib borasiz.

💡 Ha, aytganday, samimiy bo‘lishni unutmang: netvorking faqat foyda olish uchun emas, o‘zaro yordam va samimiy aloqalar qurish uchun ham o‘rnatilishi kerak.

👨‍💻 Netvorking ish izlab topishda katta yordam beruvchi sinalgan metodlardan.
Tajribangizni oshirish va mehnat bozorida o‘zingizni ko‘rsatish uchun professional doirangizni kengaytirishni bugundanoq boshlang!

@digitalitvacancy
🔥5❤‍🔥1👍1👏1
Professional doirangizni kengaytirish (netvorking) uchun qaysi usulni afzal ko'rasiz?
Anonymous Poll
47%
IT konferensiyalarida qatnashish
19%
Seminarlarda ishtirok etish
34%
IT tadbirlarida faol bo'lish
🤩3