Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
329 photos
22 videos
1 file
288 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
AI MAANG kompaniyalardagi “ko‘rinmas muhandislar”ga qarshi kurash boshladi!

Mashhur texnologik kompaniyalarda (MAANG — Meta, Apple, Amazon, Netflix, Google) ba'zi dasturchilar oyiga atigi 1-2 marta kod yozib, yuqori maosh olib kelayotgan edi. Endi esa sun’iy intellekt (AI) bu holatni butunlay o‘zgartirishi mumkin.

Faktlar:
- AI hozirda ishlab chiqaruvchanlikni 15% ga oshiryapti. 6 oy ichida bu ko‘rsatkich 50% ga yetishi kutilmoqda.
- “Ghost engineer”lar – ya’ni deyarli hech narsa qilmaydigan, lekin “band” ko‘rinadigan muhandislar AI yordamida oson aniqlanadi.
- Tesla va X (Twitter) tajribasi shuni ko‘rsatdiki, hatto 80% xodim qisqartirilganda ham platforma ishlashda davom etdi.

Xulosa:
AI dangasa dasturchilar davrini tugatmoqda. Ishda qolish uchun tezda moslashish va haqiqiy qiymat yaratish talab qilinadi.
Batafsil ushbu maqolada o'qishingiz mumkin.

@digitalitvacancy
6👍1
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mentorlarni ishga taklif etamiz

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi "Al-Xorazmiy vorislari loyihasi"ning 9 ta hududda olib borilayotgan mashg'ulotlari uchun front-end, back-end, mobil dasturlash, sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, oʻyin yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni izlamoqda.

Mentorlikka talablar:
➡️Mobile App Development - Mobil ilovalar ishlab chiqish bo'yicha chuqur bilim va tajribaga ega bo'lishi, shuningdek, Java, Kotlin, Sql dasturlash tillari bo'yicha tajribasi;
➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi;
➡️Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba;
➡️Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
➡️Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
➡️Front-end -Veb-interfeyslar yaratish bo‘yicha chuqur bilim va tajriba. HTML, CSS, JavaScript, va zamonaviy front-end freymvorklar (React, Vue, Angular) bilan ishlash malakasi. UI/UX dizayn asoslarini tushunish, adaptiv dizayn yaratish, Figma va Adobe XD bilan ishlash ko‘nikmasi;
➡️Back-end — Server tarafdagi tizimlar va API’lar ishlab chiqish bo‘yicha mustahkam tajriba. Python Django, Flask, va Spring Boot kabi freymvorklar bilan ishlash. MySQL, PostgreSQL, MongoDB kabi ma’lumotlar bazalari bilan samarali integratsiya qilish. REST ful va GraphQL API yaratish va xavfsizligini taʼminlash ko‘nikmalari.


⬇️Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati;
➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
➡️Tahliliy ko‘nikmalar.


⚜️Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

➡️Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/euLafsByU3bp4erZ8

🚀Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JavaScript Full Stack Developer

🏢 Tashkilot: Sigma Sweden Software
📚 Talablar: Node.js, ReactJS, TypeScript, ...
💼 Ish tajribasi: 1-2 yil
🌐 Hudud: masofaviy
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: Suhbat natijasiga ko'ra
📞 Bog'lanish: team.group@sigma.software
vakansiyaga havola

@digitalitvacancy
4
Forwarded from KARYERIST_UZ
❗️Obyektivka, Rezyume va CV — bularni farqlay olmasangiz, ish topshirishdan oldin shu postni o’qing.

Ko’pchilik talabalar ishga hujjat topshirayotganda aynan qaysi hujjat kerakligini bilmaydi. Bu esa nomuvofiqlik va salbiy taassurotga olib kelishi mumkin.

🔍 Keling, uchtasining farqini tushunib olaylik:

📌 Obyektivka (Ma’lumotnoma) – Davlat tashkilotlariga kerak bo’ladigan hujjat. Unda ishlagan joylaringiz, oila-a’zolaringiz va faxriy unvonlaringiz haqida qisqacha faktlar bo’ladi. Emotsiyasiz, rasmiy shakl.

📌 Rezyume – Oddiy va zamonaviy ish beruvchilarga topshiriladigan hujjat. Unda qisqa, ammo lo‘nda tarzda tajriba, yutuq va natijalaringiz yoziladi. Minimalistik dizayn va samaradorlikni ko‘rsatadi.

📌 CV (Curriculum Vitae) – Ko‘proq akademik yoki xalqaro tashkilotlarda talab qilinadi. Sizning ilmiy maqolalaringiz, izlanishlaringiz, grantlaringiz, konferensiya ishtiroklari va boshqa ilmiy faoliyatingiz yoritiladi.

📥 Ishga hujjat topshirishdan oldin, aynan sizdan qaysi biri talab qilinayotganini bilib oling. Har birining o’z o’rni bor.
👍3👏1
IT Project/ Sales Manager

🏢 Tashkilot: Stylemix themes
💼 Ish tajribasi: 1-3 yil
🌐 Hudud: gibrid formatda
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: 600 - 2000 $
📞 Bog'lanish: vacancy@stylemix.net
vakansiyaga havola

@digitalitvacancy
APIO 2025 - yakuniy natijalarni e'lon qilamiz!

Bugun, 27-may kuni 40dan ziyod mamlakat yoshlari bellashgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO 2025) ning rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi!

Marosim onlayn tarzda jonli efir orqali namoyish etiladi. Tadbir davomida olimpiada natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar medallar bilan taqdirlanadi.

🔗 Marosimni tomosha qilish: havola
Boshlanish vaqti: 27-may, soat 14:00da

Barchangizni ushbu esda qolarli daqiqalarda ishtirok etishga va yosh dasturchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz!

@xalqaro_it_olimpiada
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak hozirdanoq boshlandi: nega AI va avtomatlashtirish ko‘nikmalari endi majburiy?

🔗 Texnologiyalar yildan-yilga emas, oy sayin o‘zgarmoqda. Siz dasturchi, mahsulot menejeri yoki UX dizayner bo‘lishingizdan qat’iy nazar — AI bilan ishlash qobiliyati endi “plus” emas, shartga aylangan.

💻 2025-yildan ish beruvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega nomzodlarni izlashadi:

- Ish jarayonlariga AI vositalarini qo‘sha oladiganlar va ish samarasini oshiradiganlar (masalan: ChatGPT, GitHub Copilot, Notion AI)
- Prompt engineering va avtomatlashtirilgan test jarayonlarini tushunadiganlar
- Avtomatlashtirishni inson markazidagi dizayn bilan muvozanatlashtira oladiganlar

💡 Maslahat: AI bo‘yicha ekspert bo‘lish shart emas. Kichik qadamlardan boshlang — bugunoq yangi AI vositalarini sinab ko‘ring!

@digitalitvacancy
31👍1
IT Junior Project Manager

🏢 Tashkilot: Cambridge group projects
💼 Ish tajribasi: 1-3 yil
🌐 Hudud: Toshkent shahar
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9 soat
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: sultonboevafarangiz@gmail.com, +998908257901

@digitalitvacancy
2
Forwarded from EDU.DIGITAL
Kelajakda qaysi kasblar eng kerakli bo‘ladi?

⚜️Jahon iqtisodiy forumining “Future of Jobs 2025” hisobotiga ko‘ra, eng yuqori talab quyidagi yo‘nalishlarga bo‘ladi:
➡️Data Analysis (Ma’lumotlarni tahlil qilish);
➡️Data Science & ML/AI (Ma’lumotlar Ilmi va sun’iy Intellekt);
➡️Data Engineering (Ma’lumotlar muhandisligi).


💡Nega bu yoʻnalishlar muhim?
➡️Qaror qabul qilish – kompaniyalar muhim strategik qarorlarni haqiqatga yaqin ma’lumotlarga asoslab qabul qiladi;
➡️Tejamkor strategiyalar – ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni avtomatlashtiriradi;
➡️Shaxsiylashtirilgan yondashuv – har bir mijozga moslashtirilgan takliflar yaratadi;
➡️Kelajakni bashorat qilish – yangi imkoniyatlar va tendentsiyalarni boshqalardan ilgari aniqlashga imkon beradi.


⬇️Ushbu yoʻnalishlarda quyidagi oʻquv markazlarida tahsil olish mumkin:
➡️Mohirdev;
➡️MAAB Innovation;
➡️Astrum akademiyasi.

👨‍👦‍👦Tobora rivojlanib borayotgan mehnat bozoridagi kunlik oʻzgarishlar, yoʻnalishlar kesimida aynan nimalarni oʻrganish kerakligi haqida uzbekcoders.uz saytida batafsil tanishib olishingiz mumkin.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Graphic Designer

🏢 Tashkilot: Technology Development
💼 Ish tajribasi: 1-3 yil
🌐 Hudud: Toshkent shahar
🕰 Ish vaqti: 6/1, 8 soat
💰 Maosh: 6 000 000 - 7 000 000
📞 Bog'lanish: niliufar.rakhimova@mail.ru

@digitalitvacancy
3
Cover Letter (Motivatsion xat) yozishni bilasizmi? Ishga topshirayotganda qanchalik ahamiyatga ega?

💼 Ish uchun hujjat topshirilayotganda ko‘pchilik faqat rezyume yuboradi. Aslida esa cover letter orqali Siz o‘zingizni shaxsiy yondashuv bilan tanishtirish imkoniga egasiz. Bu – ish beruvchiga Sizni ushbu lavozim va kompaniya uchun bo'lgan qiziqishnigizni namoyon qiladi.

🧩 Cover letter nima uchun kerak?
- Sizning motivatsiyangizni tushuntiradi
- Pozitsiyaga qanchalik mos ekanligingizni ko‘rsatadi
- Rezyumedagi quruq faktlarga hayot bag‘ishlaydi

Qanday yoziladi?
Kiruvchi qism — O‘zingizni tanishtiring va nima uchun yozayotganingizni ayting
Asosiy qism — Nega aynan shu kompaniya va lavozimga qiziqyapsiz? Sizda qanday tegishli tajriba bor?
Xulosa — Suhbatga tayyor ekanligingizni bildiring va bog‘lanish uchun info qoldiring

📌Yodingizda bo‘lsin:
▪️ 1 sahifadan oshmasin
▪️ Har bir kompaniya uchun alohida yozing
▪️ Qisqa, aniq va samimiy bo‘lsin

Savol: Cover letter yozish bo'yicha yana qanday foydali ma'lumotlarni ulashishimizni hohlaysiz?

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Back-end Developer

🏢 Tashkilot: SkillHub
📚 Texnologiya: Python, Java, Node.js
🌐 Hudud: masofaviy
🕰 Ish vaqti: 6/1 yoki 5/2, 7 soat
💰 Maosh: 600 - 1 200 $
📞 Bog'lanish: +998958024947, bonukabilova05@gmail.com

@digitalitvacancy
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Bugun mehr, bag‘rikenglik va ezgulik tantana qiladigan muborak kun! Ushbu ulug‘ ayyom har bir yurakka quvonch, har bir oilaga fayzu baraka olib kelsin. Yaqinlar davrasida totuvlik, uyingizda fayz, hayotingizda esa tinchlik doimiy bo‘lsin.

Bu go‘zal kunda o‘zaro kechirim, mehr va muruvvat ila yuraklar birlashadi. Barchangizni Hayit bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz!

@digitalitvacancy
7
AI va zamonaviy IT kasblari: bugunning trend sohalari

🌐 Bugungi kunda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari IT sohasining markaziga aylandi. AI faqatgina algoritmlar emas — u butunlay yangi kasblar, talablar va imkoniyatlarni yaratmoqda.

Quyidagi zamonaviy IT kasblari aynan AI va texnologik transformatsiya tufayli yuqori talabda:

1. AI/Machine Learning Engineer
Algoritmlar va neyron tarmoqlar asosida tizimlarni ishlab chiqadi. Python, TensorFlow va PyTorch kabi vositalarni bilish muhim.

2. Data Scientist

Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, biznes qarorlar uchun prognozlar yaratadi. Statistik tahlil, Python va SQL — asosiy ko‘nikmalar.

3. AR/VR Developer
Sun’iy intellekt bilan birga ishlaydigan immersiv tajribalarni yaratadi. O‘yinlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash — barcha sohalarda qo‘llaniladi.

4. Cybersecurity Specialist (AI-assisted)
Kiberxavfsizlik AI yordamida yangi bosqichga chiqdi. AI asosidagi tahdid aniqlovchi tizimlar — dolzarb yo‘nalish.

5. Prompt Engineer
AI modellar (masalan, ChatGPT) bilan samarali ishlash uchun maxsus “prompt”lar yozadi. Yangi, ammo tobora ommalashib borayotgan kasb.

🔴 Nega bu kasblar muhim?
AI asosidagi texnologiyalar barcha sohalarni o‘zgartirmoqda. Ushbu yo‘nalishlarda o‘zini rivojlantirgan mutaxassislar global darajadagi loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📈 IT ni AI bilan uyg‘unlashtirish — bu faqat kelajak emas, bu bugunning imkoniyati.

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2
AI Product Owner

🏢 Tashkilot: TBC
📚 Talablar: IT loyiha va mahsulotlarni rivojlantirishda 4+ tajriba, SDLC jarayoni va AI texnologiyalar bo'yicha tajriba
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: +995593388310, gvantsa.arevadze@space.ge

@digitalitvacancy
3
🎮 EXPRESS GAMEDEV bilan 8 modulda o'yin yarating!

🕹Onlayn tarzda o‘yinlar olamiga ilk qadamni biz bilan tashlang. Express GameDev kursida Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
🔹 Unity interfeysi bilan ishlash
🔹 Oddiy obyektlar va ularni boshqarish
🔹 Level design asoslari
🔹 Shartli operatorlar va ularning imkoniyatlari
🔹 Diggit Body bilan harakat mexanikasi
🔹 UI komponentlari (tugma, menyu, skorlash)
🔹 Prefab nima va undan qanday foydalaniladi?
🔹 O‘yinga Player qo‘shish va sozlash

💻 Format: to'liq onlayn
🕒 Qulay va qisqa darslar

🔗 Havola: Express GameDev kursi

🚀 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va o‘yin yaratish san’atini o‘rganing – interaktiv dunyolarni birga quramiz!

@digitalitvacancy
👍3🔥2
Компания: T4DATA
👨🏻‍🎓 Кого: выпускников университетов или студентов последнего курса
Приглашает в летнюю Академию T4DATA-2025.

Когда: в июле 2025 года
Где: онлайн, нужно только иметь компьютер/ноутбук и доступ в интернет.
Продолжительность: с ПН по ПТ 4 недели по 8 часов.
Направления: внедрение ERP систем и бизнес-аналитики, разработка приложений.
Стоимость: бесплатно только для студентов последних курсов, выпускников
Язык обучения: русский.

О нас:
Более 10 лет мы занимаемся внедрением ERP-систем, систем аналитики и разработкой приложений.
В процессе работы мы постоянно ищем различные инструменты для повышения эффективности наших клиентов и предлагаем интересные задачи, возможности нашим сотрудникам для профессионального и карьерного роста.

➡️ Пройди обучение в T4DATA академии и получи возможность практиковаться на реальных задачах под руководством опытных преподавателей и наставников из России.
➡️ Мы отбираем лучших выпускников Академии и приглашаем их на работу в нашу компанию с оплачиваемым испытательным сроком.
➡️ По завершению испытательного срока мы оформляем официально в нашу компанию на постоянную работу.
➡️ Просто оставь свою заявку по ссылке QR кода, и получишь уникальную возможность расширить горизонты своего блестящего будущего.

✔️Оставить заявку на обучение
🚩Подписаться на канал в Телеграм
🔗 Перейти на сайт