Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
336 photos
22 videos
1 file
293 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
💼 Job & Education Fest 2025: Minglab yoshlarga kelajak eshiklarini ochib berdi!

Bugun, 14-may kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti va School21 binosida axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, bitiruvchilar va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Job & Education Fest 2025 tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish, xizmatlar eksportini oshirish va yoshlarni bandlik bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar IT sohasidagi yirik kompaniyalar, ta’lim muassasalari hamda istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/54061

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2🎉1
Forwarded from EDU.DIGITAL
“Job&Edu Fest” — mehnat va ta’lim yarmarkasida 100 dan ortiq ish beruvchi va ta’lim tashkilotlari 1000 dan ortiq ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi

Bugun 14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida “Job&Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 1200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

🏷“Job&Edu Fest” – IT sohasiga qiziquvchi yoshlarga sohada muvaffaqiyatli taʼlim olish hamda ish oʻrnini topishga yoʻnaltiruvchi mehnat va taʼlim yarmarkasidir.


⚜️Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Rustam Karimjonov ochib berdi. Vazir oʻrinbosari o‘z nutqida IT sohasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun yangi ko‘nikmalarni egallash muhimligini alohida ta’kidladi.

➡️Qolaversa, yarmarka davomida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar ishtirokida treninglar tashkil etilib unda spikerlar startuplarni boshlash, xalqaro IT-sertifikatlar hamda IT karyera boshlashda muhim boʻlgan mavzularda chiqish qilishdi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizning fikringiz muhim!

❗️ Hurmatli Job&Edu Fest 2025 ishtirokchilari,

Yarmarkamiz muvaffaqiyatli yakunlandi va endi biz Sizning fikr-mulohazalaringizni bilishni istaymiz. Bu bizga kelgusida yanada sifatli tadbirlarni tashkil etishda yordam beradi.

- Tadbir Sizda qanday taassurot qoldirdi?
- O‘z sohangiz bo‘yicha yangi bilim va tajribalar oldingizmi?
- Ishga qabul qilish imkoniyatlaridan foydalana oldingizmi?

Sizning javoblaringiz biz uchun juda muhim! Quyidagi havola orqali qisqa so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz.

Yana ko‘rishguncha! Birgalikda yangi imkoniyatlarni ochamiz. 🚀

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎮 EXPRESS GAMEDEV bilan 8 modulda o'yin yarating!

🕹Onlayn tarzda o‘yinlar olamiga ilk qadamni biz bilan tashlang. Express GameDev kursida Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
🔹 Unity interfeysi bilan ishlash
🔹 Oddiy obyektlar va ularni boshqarish
🔹 Level design asoslari
🔹 Shartli operatorlar va ularning imkoniyatlari
🔹 Diggit Body bilan harakat mexanikasi
🔹 UI komponentlari (tugma, menyu, skorlash)
🔹 Prefab nima va undan qanday foydalaniladi?
🔹 O‘yinga Player qo‘shish va sozlash

💻 Format: to'liq onlayn
🕒 Qulay va qisqa darslar

💰 Narxi: 149 990 so‘m (10-iyungacha)
🔗 Havola: Express GameDev kursi

🚀 O‘yin yaratish san’atini o‘rganing – interaktiv dunyolarni birga quramiz!

@digitalitvacancy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | 100 dan ortiq IT-kompaniyadan 1000 dan ziyod ish o‘rni
#15may

mtrk.uz | Instagram | Facebook | Youtube | Telegram
👍4
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Job&Edu Fest” — mehnat va ta’lim yarmarkasi

Avvalroq, 14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida “Job&Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

⚜️Yarmarkada yetakchi IT kompaniyalar oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Birgina EPAM kompaniyasi hozirgi vaqtda aktual boʻlgan 176 ta ish oʻrni mavjudligi hamda bu ish oʻrinlariga faol tarzda mutaxassislar izlanayotganini bildirdi.

👨‍👦‍👦Shuningdek, yarmarkada 1200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil videolavhada tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🤔1
Forwarded from Paiziev24
Иш бериш — иш ўрни эмас, имконият беришдир

Кўп танишларим: “Яхши ишчи топиш кийин”, “Компаниямга ходим керак”, “Одам йўқ” деган гапларни кўп айтяпти.

Муаммо факат кадрларда эмас. Муаммо — муносабатда.

Иш бериш — фақат маош ва вазифа бериш эмас. Бу — имконият бериш. Эътибор бериш. Ургатиш. Ишониш.

Кимдадир салоҳият бор. Аммо у ўзини кўрсатишга имконият олмаган.

1. Резюмега эмас, салоҳиятга қаранг
Ҳамма ҳам кучли CV ёза олмайди. Лекин баъзилари биринчи имкониятни олса, энг яхши жамоа аъзосига айланади. Савол беринг:
→ “Бу одам нимага қизиқади?”
→ “У қандай вазиятда очилади?”
→ “Уни кучли қилувчи тараф нима?”

2. Хатога тайёр бўлинг
Янги одам билан ишлаш — қийин. У хатолар қилади. Лекин шу жараён орқали у ўсади. Агар ҳар бир хатони жавобгарлик деб қабул қилсангиз, ҳеч қачон кучли жамоа қура олмайсиз.

3. Иш берманг — мақсад беринг
Агар сиз инсонга фақат иш эмас, маъно берсангиз — у сиз билан қолади. Ҳатто бошқа жой кўпроқ тўласа ҳам.
→ “Бу ерда у нимани ўрганади?”
→ “Унинг ҳиссаси қандай натижа беради?”
→ “Унинг иши нима учун муҳим?”

Хулоса
Биз иш эмас, имконият беришни ўрганишимиз керак. Ҳақиқий раҳбар — одамни кўради, ишонади ва ўсишига ёрдам беради.
Ҳатто у ҳали тайёр бўлмаса ҳам.

@paiziev24
👍13💯3👏1🙏1
Oracle DB mentor

🏢 Tashkilot: "IT Loyihalar" MChJ
📚 Talablar: SQL va PL/SQL chuqur bilimlar, Oracle Database arxitekturasi, Oracle Database Administration (DBA),Security va Audit, o'zbek va rus tilida dars o'ta olishi
💼 Ish tajribasi: 1-2 yil
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish formati: onlayn yoki oflayn (o'zbek tilida)
💰 Maosh: Suhbat natijasiga ko'ra
📞 Bog'lanish:@iroda_ex, +998 99 633 12 10

@digitalitvacancy
👍3
AI MAANG kompaniyalardagi “ko‘rinmas muhandislar”ga qarshi kurash boshladi!

Mashhur texnologik kompaniyalarda (MAANG — Meta, Apple, Amazon, Netflix, Google) ba'zi dasturchilar oyiga atigi 1-2 marta kod yozib, yuqori maosh olib kelayotgan edi. Endi esa sun’iy intellekt (AI) bu holatni butunlay o‘zgartirishi mumkin.

Faktlar:
- AI hozirda ishlab chiqaruvchanlikni 15% ga oshiryapti. 6 oy ichida bu ko‘rsatkich 50% ga yetishi kutilmoqda.
- “Ghost engineer”lar – ya’ni deyarli hech narsa qilmaydigan, lekin “band” ko‘rinadigan muhandislar AI yordamida oson aniqlanadi.
- Tesla va X (Twitter) tajribasi shuni ko‘rsatdiki, hatto 80% xodim qisqartirilganda ham platforma ishlashda davom etdi.

Xulosa:
AI dangasa dasturchilar davrini tugatmoqda. Ishda qolish uchun tezda moslashish va haqiqiy qiymat yaratish talab qilinadi.
Batafsil ushbu maqolada o'qishingiz mumkin.

@digitalitvacancy
6👍1
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mentorlarni ishga taklif etamiz

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi "Al-Xorazmiy vorislari loyihasi"ning 9 ta hududda olib borilayotgan mashg'ulotlari uchun front-end, back-end, mobil dasturlash, sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, oʻyin yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni izlamoqda.

Mentorlikka talablar:
➡️Mobile App Development - Mobil ilovalar ishlab chiqish bo'yicha chuqur bilim va tajribaga ega bo'lishi, shuningdek, Java, Kotlin, Sql dasturlash tillari bo'yicha tajribasi;
➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi;
➡️Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba;
➡️Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
➡️Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
➡️Front-end -Veb-interfeyslar yaratish bo‘yicha chuqur bilim va tajriba. HTML, CSS, JavaScript, va zamonaviy front-end freymvorklar (React, Vue, Angular) bilan ishlash malakasi. UI/UX dizayn asoslarini tushunish, adaptiv dizayn yaratish, Figma va Adobe XD bilan ishlash ko‘nikmasi;
➡️Back-end — Server tarafdagi tizimlar va API’lar ishlab chiqish bo‘yicha mustahkam tajriba. Python Django, Flask, va Spring Boot kabi freymvorklar bilan ishlash. MySQL, PostgreSQL, MongoDB kabi ma’lumotlar bazalari bilan samarali integratsiya qilish. REST ful va GraphQL API yaratish va xavfsizligini taʼminlash ko‘nikmalari.


⬇️Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati;
➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
➡️Tahliliy ko‘nikmalar.


⚜️Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

➡️Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/euLafsByU3bp4erZ8

🚀Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JavaScript Full Stack Developer

🏢 Tashkilot: Sigma Sweden Software
📚 Talablar: Node.js, ReactJS, TypeScript, ...
💼 Ish tajribasi: 1-2 yil
🌐 Hudud: masofaviy
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: Suhbat natijasiga ko'ra
📞 Bog'lanish: team.group@sigma.software
vakansiyaga havola

@digitalitvacancy
4
Forwarded from KARYERIST_UZ
❗️Obyektivka, Rezyume va CV — bularni farqlay olmasangiz, ish topshirishdan oldin shu postni o’qing.

Ko’pchilik talabalar ishga hujjat topshirayotganda aynan qaysi hujjat kerakligini bilmaydi. Bu esa nomuvofiqlik va salbiy taassurotga olib kelishi mumkin.

🔍 Keling, uchtasining farqini tushunib olaylik:

📌 Obyektivka (Ma’lumotnoma) – Davlat tashkilotlariga kerak bo’ladigan hujjat. Unda ishlagan joylaringiz, oila-a’zolaringiz va faxriy unvonlaringiz haqida qisqacha faktlar bo’ladi. Emotsiyasiz, rasmiy shakl.

📌 Rezyume – Oddiy va zamonaviy ish beruvchilarga topshiriladigan hujjat. Unda qisqa, ammo lo‘nda tarzda tajriba, yutuq va natijalaringiz yoziladi. Minimalistik dizayn va samaradorlikni ko‘rsatadi.

📌 CV (Curriculum Vitae) – Ko‘proq akademik yoki xalqaro tashkilotlarda talab qilinadi. Sizning ilmiy maqolalaringiz, izlanishlaringiz, grantlaringiz, konferensiya ishtiroklari va boshqa ilmiy faoliyatingiz yoritiladi.

📥 Ishga hujjat topshirishdan oldin, aynan sizdan qaysi biri talab qilinayotganini bilib oling. Har birining o’z o’rni bor.
👍3👏1
IT Project/ Sales Manager

🏢 Tashkilot: Stylemix themes
💼 Ish tajribasi: 1-3 yil
🌐 Hudud: gibrid formatda
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: 600 - 2000 $
📞 Bog'lanish: vacancy@stylemix.net
vakansiyaga havola

@digitalitvacancy
APIO 2025 - yakuniy natijalarni e'lon qilamiz!

Bugun, 27-may kuni 40dan ziyod mamlakat yoshlari bellashgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO 2025) ning rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi!

Marosim onlayn tarzda jonli efir orqali namoyish etiladi. Tadbir davomida olimpiada natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar medallar bilan taqdirlanadi.

🔗 Marosimni tomosha qilish: havola
Boshlanish vaqti: 27-may, soat 14:00da

Barchangizni ushbu esda qolarli daqiqalarda ishtirok etishga va yosh dasturchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz!

@xalqaro_it_olimpiada
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM