Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
336 photos
22 videos
1 file
293 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
🌐🇺🇿 Hurmatli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi vakillari!

Sizlarni 7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Zamonaviy raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli islohotlar, innovatsion yechimlar va texnologik taraqqiyot aynan siz – sohaga fidokorona xizmat qilayotgan mutaxassislar mehnati bilan bog‘liq.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishi, davlat boshqaruvida ochiqlik va samaradorlik hamda fuqarolarimiz hayot sifatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Sizlarning mehnatkashligingiz, professionalligingiz va yangilikka intilishingiz tufayli bu yo‘nalishda katta yutuqlarga erishilmoqda.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, yangi g‘oyalar va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎯 Job&Edu Fest 2025: Yarmarkadan maksimal darajada qanday foyda olish mumkin?

14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida o‘tkaziladigan yarmarkada ishtirok etishni rejalashtiryapsizmi? Quyidagi 3 muhim ko'rsatma bilan tanishib chiqing:

🔖 1. Rezyumengizni tayyorlab keling!
Ish beruvchilar bilan tanishuvda rezyume – bu Siz haqingizdagi ilk taassurot hisoblanadi.
- Rezyumeni chop etilgan va elektron shaklda o‘zingiz bilan olib keling.
- Qisqa, aniq va dizayni tartibli bo‘lishiga e’tibor qarating.
- Rezyume tayyorlashda tez-tez uchraydigan xatolar va rezyume tashqi ko'rinishining mohiyati bo‘yicha tavsiyalarni oldingi postlarimizda ko‘rib chiqishingiz mumkin.

🔖 2. Maqsadingizni oldindan aniqlab oling!
Yarmarkaga kelishdan avval quyidagilarni rejalashtiring:
- Qaysi kompaniyalar bilan tanishmoqchi ekanligingizni rejalashtiring va ushbu kompaniyalar faoliyatini ko'rib chiqing;
- Ish yoki amaliyot uchun o'zingizga mos vakansiyalarni o'rganib chiqing;
- Yangi imkoniyatlarga ochiq bo'ling, chunki yarmarkada Siz uchun kutilmagan qiziqarli takliflar bo'lishi mumkin.

🔖 3. Seminar va treninglarda faol ishtirok eting!
Yarmarka davomida tashkil etiladigan vorkshoplar va sessiyalar nafaqat bilim olish, balki professional doirangizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun:
- Savollar berishdan tortinmang, o'z qiziqishingizni namoyish qiling.
- Vorkshop ishtirokchilari va spikerlar bilan aloqada bo'lish uchun tashrif qog'ozingiz yoki LinkedIn profilingizni tayyorlab qo'ying.

ℹ️ Bonus Maslahat:
Muloqot qilishda do'stona va ochiq bo'ling. Bu nafaqat ish topishingizga, balki Sizning professional tarmog'ingizni kengaytirishga ham yordam beradi!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Job&Edu Fest 2025 boshlanishiga atigi 2 kun qoldi!

🗓 14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida o'tkaziladigan mazkur tadbirda 80 dan ortiq kompaniyalar 400 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari va o‘quv dasturlarini taqdim etadi.

Sizni nimalar kutyapti:
➡️ Eng yirik IT kompaniyalar va ta'lim tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv;
➡️ Eng so‘nggi vakansiyalar va dolzarb yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar;
➡️ Tajribali spikerlardan amaliy ko‘nikmalar va qimmatli tavsiyalar

⚡️ Diqqat: Tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42❤‍🔥1👍1
Job&Edu Fest 2025: Spikerlar bilan tanishing!

💡 14-may kuni bo‘lib o‘tadigan Job&Edu Fest 2025 doirasida Sizni ajoyib seminar-treninglar kutmoqda.

Demak, birinchi trening “Dasturlashdan biznesgacha: muhandislar uchun AI yordamida tezkor MVP ishlab chiqish” mavzusida bo'lib, u orqali Siz:
muhandislar uchun zamonaviy ish yondashuvlari
sun’iy intellekt orqali g‘oyalarni mahsulotga aylantirish yo‘llari
MVPni qisqa fursatda ishlab chiqish bo‘yicha foydali tavsiyalarni bilib olasiz.

👩🏻‍💻 Trener: Toptal kompaniyasining senior dasturchisi va hamjamiyat lideri - Munira Begmuratova

Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://talent.it-istedod.uz/

🔔 Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍511
Job & Edu Fest 2025: Spikerlar bilan tanishishda davom etamiz!

Navbatdagi treningimizda loyiha boshlovchilari uchun juda muhim bo‘lgan mavzu – “Startaplarni boshlashda doimiy yo'l qo'yiladigan xatolar” batafsil tahlil qilinadi. Ushbu sessiyada Siz real tajribalarga asoslangan xatolar, ularning oldini olish strategiyalari va muvaffaqiyatli startap qurish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishasiz.

👨🏻‍💻 Trener: Ilxomjon Aliev – UEnter innovatsion markazida direktor o‘rinbosari, bir nechta muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi

Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://talent.it-istedod.uz/

🔔 Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring va IT kelajagingizni biz bilan yarating!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1
IT karyerada xalqaro sertifikatlar muhim ahamiyatga ega ekanligini bilarmidingiz?

🌐 Job&Edu Fest 2025 doirasida tashkil etiluvchi maxsus treningda xalqaro IT sertifikatlar, ularning karyera rivojiga ta’siri va ularni qo‘lga kiritish yo‘llari haqida ham suhbatlashamiz.

👨🏻‍💻 Trener: Mirabbos Anvarov – Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i, IT ta’limi va xalqaro sertifikatlash tizimlari bo‘yicha tajribali mutaxassis.

Tadbirda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://talent.it-istedod.uz/

🔔 Yana qanday mavzularda seminarlar tashkil etilmoqda, deb o'ylaysiz? Yangiliklarni kuzatib boring!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🚀 Startapingizni keyingi bosqichga olib chiqmoqchimisiz?
Unda grantlar, akseleratorlar va inkubatorlar haqida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish vaqti keldi!

📌 Job&Edu Fest 2025 doirasida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi treningda mazkur mavzuda amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz.

👨🏻‍💻 Trener: Muhammadsaid MamasaidovTahrirchi|Tilmoch startapi asoschisi

📚 Trening davomida Siz quyidagilarni bilib olasiz:
— Startapingizga mos grantlar va ularni topish yo‘llari
— Akselerator va inkubatorlar qanday ishlaydi?
— Ariza topshirishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://talent.it-istedod.uz/

🔔 Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1🎉1
Forwarded from Rustam Karimjonov
💖💖💖💛💛💛

🔵 Ertaga 100 ga yaqin IT kompaniyalar 1 000 dan ortiq yuqori daromad ish o'rinlarini yoshlarimizga taklif etishadi!

👥 Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan "Job&Education Fest-2025" yarmarkasiga 3-4 kurs talabalarini hamda ish qidirayotgan yoshlarni taklif qilamiz.

📌 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, ish beruvchilar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotga kirishing!

🚪 Batafsil ma'lumot quyidagi havolada.

⬇️ Manzil: Inha universiteti va School 21 majmuasi;
🪧 Vaqt: 14-may, 14:30-17:00.

👩‍💻 Imkon qadar ertaroq kelish harakatini qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
💼 Click kompaniyasida qanday ko‘nikma va fazilatga ega kadrlar qadrlanadi? Click kompaniyasi bilan real tajriba asosida bilim oling!

📌 Job&Edu Fest 2025 doirasidagi navbatdagi trening kompaniyalarda ishga qabul qilish jarayonlari, ish muhitini yaratish va jamoani boshqarish borasida foydali ma'lumotlar ulashiniladi.

👩🏻‍💻 Trener: Elina Umanova – HR mutaxassis, Click
👨🏻‍💻 Trener: Nikolay Zadorojniy – Rivojlanish bo'limi boshlig'i, Click

Trening rus tilida olib boriladi.


Ma'lumot o'rnida: Click kompaniyasi Job&Edu Fest 2025 tadbirining rasmiy homiylaridan biri hisoblanadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://talent.it-istedod.uz/

🔔 Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Job&Edu Fest 2025 yarmarkamiz boshlandi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikkinchi binomiz haqida ham unutmang 😉

🔗 Talaba va o'quvchilar uchun ajoyib ta'lim imkoniyatlari

@digitalitvacancy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Seminarlarimiz boshlandi, o'z joylaringizni egallashingiz mumkin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Digital.edu IT Career
Video message
AI yordamida MVP ishlab chiqish mavzusidagi treningimiz boshlandi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Digital.edu IT Career
Video message
Startplarizni 0 dan qurish uchun foydali seminar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM