Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
336 photos
22 videos
1 file
293 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
🔔 Diqqat!

Vebinarimiz boshlandi!
Zoom uchun havola: Join Zoom Meeting

@digitalitvacancy
Bugun bo'lib o'tgan "AI dasturchilar uchun tahdidmi?" mavzusidagi vebinarimiz haqida fikringiz?
Anonymous Poll
31%
Qiziqarli va foydali bo'ldi 🔥
12%
Aytilgan ma'lumotlarni o'zim ham bilar edim 😎
65%
Ishtirok eta olmadim 🥲
4%
Izohlarda yozaman ✍️
👍3👏2🎉2
🕌 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

🌙 Siz va yaqinlaringizga tinchlik-totuvlik, farovon turmush, sihat-salomatlik, hayot yo‘llaringizda hamisha muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilaymiz!

@digitalitvacancy
🥰32🎉2
Data Scientist

🏢 Tashkilot: Click
📚 Texnologiya: Python, ML, MS SQL, ...
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: @erkinovna_ff

@digitalitvacancy
Forwarded from Vohid Karimov
Global IT ish bozoridagi xolat:

1. Ishga topshirish ancha qiyinlashgan. Oldin “og’zinga siqqanini beramiz” deyishgan bo’lsa hozir “qani ko’raylikchi qo’lingdan nima keladi” deyishyapti.

2. Lekin hafsalangiz pir bo’lmasin. 2023-yildan beri tech ish o’rinlari 40% o’sgan va hozirni o’zida FAANG’da ~40 000 ish o’rinlari mavjud.

3. AI eksponentsial o’smoqda va tepadagi ish o’rinlarining katta qismini tashkil qiladi.

4. AI dasturchilar ishini olib qo’yadi degan gaplarga e’tibor bermang. Bizneslarga dasturchilar juda kerak va tepadagi 40% o’sish buni yaqqol ko’rsatadi.

5. Intervyu jarayoni g’alati xolatda: oddiy kompaniyalar/startuplar intervyu jarayonlarini AI’ga moslashmoqda, Big Tech esa deyarli o’zgargani yo’q.

6. Intervyuga sistematik yondashgan va ko’p vaqt ajratgan kandidatlar hali ham yaxshi offer’lar olishyapti.

7. O’yin qiyinlashdi, lekin qoidalar hammaga ochiq va oydin.

8. Yetarlicha mehnat va to’g’ri uslub bilan siz hozirgi ish bozorida ham yutib chiqa olasiz.

Manba: Pragmatic Engineer
Forwarded from АйPulatov
Biz o‘zimiz bilan birga o‘sishni xohlaydigan iste’dodli va shijoatli yoshlardan iborat jamoa tuzmoqdamiz!

Agar siz:
- dizayn bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lsangiz
- sun’iy intellekt vositalari (MidJourney, DALL·E, Runway, Sora va boshqalar) bilan tanish bo‘lsangiz
- o‘rganishga, rivojlanishga va kelajakda rasmiy ishga joylashishni xohlasangiz

unda biz sizni kutamiz!I

@AIMLab_Support ga shaxsiy xabar orqali ushbu ma'lumotlaringizni jo'natishingizni so'raymiz:
- sun’iy intellekt vositalari bilan ishlash tajribangiz haqida
- ishlaringizga havolalar (agar mavjud bo‘lsa)

Har bir javobdan mamnun bo‘lamiz!

@pulatov_kh
👍3
🚀 AI va dasturlash: vebinardan asosiy qaydlar

29-mart kuni Senior Software Engineer Atabekov Farrux bilan bo‘lib o‘tgan AI dasturchilarning o‘rni va kelajagi mavzusidagi vebinarda, sun’iy intellekt dasturlash jarayonini qanday o‘zgartirishi va dasturchilarga qanday imkoniyatlar yaratishi haqida muloqot o'tkazildi.

Vebinarda quyidagi fikrlar muhokama qilindi:
AI dasturchilarni o‘zgartiradimi yoki ularning o‘rnini egallay oladimi?
Dasturlash jarayonida AI'ning qanday vositalari samaraliroq?
O'zbekistonda frilanserlik

✍️ Bu va boshqa qiziqarli fikrlarni vebinar yozuvidan bilib olishingiz mumkin: YouTube havola

💡 Siz AI dasturlash kelajagi haqida qanday fikrdasiz? Fikrlaringizni bo‘lishing!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📁 CV va Rezyume – Qaysi biri kerak?

Ishga kirish jarayonida CV va Resume tushunchalari ko‘p uchraydi. Ko‘pchilik ularni bir-biridan farqlamaydi, lekin ular o‘ziga xos jihatlarga ega.

🔼 CV (Curriculum Vitae) – batafsil ta’lim, ish tajribasi, ilmiy maqolalar, sertifikatlar va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Odatda akademik va ilmiy sohalarda ishlatiladi. Hajmi cheklanmagan.
🔼 Rezyume – ish beruvchi uchun eng muhim ma’lumotlarni qisqa va lo‘nda ifodalovchi hujjat. 1-2 betdan iborat bo‘lib, faqat tegishli tajriba va ko‘nikmalarni qamrab oladi. Ishga kirish uchun keng tarqalgan format.

Qaysi biri kerak?
Agar akademik lavozim, grant yoki ilmiy faoliyatga ariza topshirsangiz – CV
Agar ishga kirish uchun hujjat tayyorlayotgan bo‘lsangiz – Rezyume

🔗 Maslahat: Ish beruvchi Sizdan aynan CV yoki Rezyume talab qilayotganini aniqlashtiring va shunga mos ravishda tayyorlang! Agar ishga hujjat topshirish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, ushbu havolani ko'zdan kechiring: Keling, ishga hujjat topshiramiz!

Tez orada Job & Edu Fest tashkillashtirilishi kutilmoqda, nima deb o'ylaysiz yarmarkada Sizga qaysi biri kerak bo'ladi?

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1
Game Designer

🏢 Tashkilot: UIC company
📚 Texnologiya: Unity, UX/UI
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: @uicgrouphr

@digitalitvacancy
✔️ IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun "Must-have" platformalar

🔵 IT sohasida yangi boshlovchi yoki tajribali mutaxassis bo'lishingizdan qat'iy nazar, bilishingiz kerak bo'lgan va faoliyatingizda qo'l keladigan bir qancha muhim platformalar mavjud.

GitHub – Kodni boshqarish va jamoada ishlash uchun eng yaxshi platforma. Boshqa dasturchilar bilan hamkorlik qilish va ochiq manba loyihalarida qatnashish uchun ideal.
Stack Overflow – Dasturchilar uchun savol-javob platformasi. Dasturlashdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi.
GitLab – Git repozitoriylarini boshqarish va CI/CD jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zarur.
AWS (Amazon Web Services) – Bulutli hisoblash xizmatlari. Dastur yaratish, saqlash va ma'lumotlarni tahlil qilish uchun muhim.
Docker – Ilovalarni konteynerlashtirish uchun kerakli platforma. Ishlab chiqish, testlash va tarqatish jarayonlarini soddalashtiradi.
Notion – Belgilangan vazifalarni va ta'lim materiallarini tashkil etishda yordam beradi.

❗️ Sizningcha, eng samarali IT platformalari qaysilari va qaysi biridan doimiy foydalanib kelmoqdasiz?

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Technical Support Engineer

🏢 Tashkilot: RESURS RECRUITMENT PERSONNEL
📚 Texnologiya: Oracle, .NET, MSMQ,Rabbit MQ
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: 12 000 000 - 15 000 000
📞 Bog'lanish: +998909694911, @Resurs_2009

@digitalitvacancy
2
Junior Flutter Developer

🏢 Tashkilot: MLCommunity
📚 Texnologiya: REST API, Firebase, Dart, ...
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: masofaviy yoki gibrid formatda
💰 Maosh: soatiga $6
📞 Bog'lanish: @shakhriyor_kh, +998 50 100 66 22

@digitalitvacancy
🔖 Portfolio yaratish uchun 5 foydali yo‘l

IT sohasida muvaffaqiyatli ish topish uchun portfolio muhim vositalardan biridir. Agar Sizda hali rasmiy ish tajribasi bo‘lmasa ham, quyidagi usullar orqali mustahkam va professional portfolioni shakllantirish mumkin:

➡️ O‘quv loyihalarni portfolioga aylantiring
Ta’lim kurslari yoki bootcamplar davomida bajargan amaliy topshiriqlaringizni yakunlangan, sifatli ko‘rinishda taqdim eting.

➡️ Shaxsiy loyihalar yarating
O‘z qiziqishlaringiz asosida ishlab chiqqan kichik dasturlar, veb-saytlar yoki ilovalar Sizning tashabbuskorligingiz va texnik salohiyatingizni namoyon etadi.

➡️ Bepul xizmat taklif qiling
Real mijozlar bilan ishlash tajribasi Sizning portfoliongizni amaliy jihatdan boyitadi. Masalan, tanishingiz biznesiga mini sayt, logo yoki Telegram bot. Sizga tajriba, ularga esa foyda!

➡️ GitHub profilini faol yuriting
Loyihalaringiz kodini GitHub’ga joylashtirish, ularni hujjatlashtirish va muntazam ravishda yangilab borish IT mutaxassisi sifatida Sizning rivojlanishingizni ko‘rsatadi.

➡️ Hackathon va ochiq manbali loyihalarda qatnashing
Jamoa bilan ishlash, real muammolarni yechish va keng doiradagi texnologiyalar bilan tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🔹 Xulosa: Portfolio — bu Sizning amaliy bilimlaringiz va ish uslubingizni namoyon etuvchi asosiy vosita. Uni sifatli, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan tarzda shakllantirish bo‘lajak ish beruvchingizga kuchli taassurot qoldiradi.

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Data Analyst

🏢 Tashkilot: Tenge Bank
📚 Texnologiya: REST, Python (Pandas, NumPy)
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra
📞 Bog'lanish: @Gulchekhra_HR_Tengebank

@digitalitvacancy
DevOps dasturchi

🏢 Tashkilot: BRB-TECH
💼 Ish tajribasi: 1-3 yil
📚 Texnologiya: Nginx/Apachem, Docker, Kubernetes
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: Suhbat natijalariga ko'ra
📞 Bog'lanish: +998555130505, isomiddinbrbtech@gmail.com

@digitalitvacancy
Forwarded from KARYERIST_UZ
“Afsuski, siz saralashdan o‘tmadingiz” — endi nima qilasiz?

Ko‘pchilik bu habardan keyin shunchaki e’tibor bermaydi.
Ammo to‘g‘ri yondashuv — kompaniyaga javob yozishdir.

Nega bu muhim?
- Rad etish sababi sizga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin (masalan, ichki tanishlar, vaqtinchalik to‘xtatilgan vakansiya).
- Keyingi vakansiya uchun sizni zahirada saqlashlari mumkin.
- Siz haqingizda professional taassurot qoladi.
- HR mutaxassislari boshqa kompaniyalarga o‘tgach, sizni eslab qolishlari ehtimoli yuqori.

Qanday javob yozish esa rasmda berilgan

Foydali ma’lumotlar bilan, sizning @Karyerist_uz 🫶🏼
👍5👏2🔥1
Front-end Developer

🏢 Tashkilot: SkillHub
📚 Texnologiya: React / Next.js, TypeScript
🌐 Hudud: masofaviy
🕰 Ish vaqti: 6/1, 7 soat
💰 Maosh: 7 000 000 - 12 000 000
📞 Bog'lanish: +998958024947, bonukabilova05@gmail.com

@digitalitvacancy
🔥4
🧠 Soft skill'lar ichida eng muhimi qaysi?

Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovimizda ishtirokchilarning katta qismi muloqot qilish qobiliyatini eng muhim yumshoq ko‘nikma sifatida tanladi. To‘g‘ri, texnik bilimlar muhim, ammo Sizni jamoada ajratib ko‘rsatadigan narsa — bu aynan qanday muloqot qilishingiz.

👥 Muloqot faqat gapirish emas — u tinglash, fikrni aniq ifodalash, tanqidni to‘g‘ri qabul qilish va ijobiy muhit yaratish san’atidir.

📌 Nega bu ko‘nikma IT mehnat bozorida muhim?
— Masofaviy ishda jamoa bilan aloqa doimo ravshan bo‘lishi kerak
— Intervyularda o‘zingizni qanday tutishingiz hal qiluvchi rol o‘ynaydi
— Hamkorlikda ishlayotganingizda konstruktiv fikr almashish muvaffaqiyat kalitidir

Shunchaki professional bo‘lish yetarli emas — o‘zingizni to‘g‘ri ifodalashni o‘rganing, va bu Sizni bir necha qadam oldinga olib chiqadi!

💬 Siz uchun muloqot ko‘nikmasini rivojlantirishda nima yordam bergan? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT liderlarni izlayapsizmi? Ularni "Job & Edu Fest 2025"da toping!

🗓 14-may kuni Inha universitetida navbatdagi yirik IT mehnat va taʼlim yarmarkasi – “Job & Edu Fest 2025” bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi yarmarkada:
➡️ O‘zbekistonning yetakchi IT sohasidagi universitetlarining iqtidorli bitiruvchilari;
➡️ Xalqaro IT sertifikatlariga ega yosh mutaxassislar;
➡️ Dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda xorijiy tillarni biladigan yoshlar ishtiroki kutilmoqda.


Agar Sizning tashkilotingiz:
➡️ IT mutaxassislariga ehtiyoj sezayotgan bo‘lsa;
➡️ Ta’lim dasturlarini targ‘ib qilmoqchi bo‘lsa;
➡️ Yoshlar orasida brendini mustahkamlashni istasa - “Job & Edu Fest 2025” bu boradagi eng to‘g‘ri maydon!


🗺 Manzil: Inha universiteti va School 21 kampusi
Vaqt: 14-may, 15:00 - 17:00

🔗 25-aprel soat 23:59gacha havola orqali ro'yxatdan o'ting. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM