Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
329 photos
22 videos
1 file
288 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Forwarded from ICT4ALL
✔️ IT sohasida rivojlanishni xohlaysizmi? Yangi tajribalar orttirish va mutaxassislar bilan ochiq muloqot qilishnichi?

🚀 ITea loyihasining navbatdagi uchrashuvi aynan Siz uchun! 22-fevral kuni Amity universitetida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvimiz tashkil etiladi!

🔍 Uchrashuvda Siz:
- IT mutaxassislarining ish tajribasi bilan tanishasiz
- Professional rivojlanish bo‘yicha foydali tavsiyalar olasiz
- Netvorking orqali yangi tanishuvlar orttirasiz

Bu safar biz bilan:
👨🏻‍💻Temurjon Ibrohimov – Product Manager at Click
👩🏻‍💻 Jasur Sherbaev – Scrum Master at Payme
👩🏻‍💻Gulnur Esova – Product Marketing Manager at Moneff

❗️ Uchrashuvdan maksimal foyda olish uchun ushbu mutaxassislarning professional hayot yo‘li bilan tanishib, savollaringizni oldindan tayyorlashni maslahat beramiz.

‼️ Ishtirok etish uchun
ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati – 20-fevral.

⚡️ IT olamining yetakchilari bilan choy ustida samimiy suhbatni o‘tkazib yubormang!

Telegram | Instagram | YouTube
📣 Eng nufuzli informatika olimpiadalari

Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadalar – yosh dasturchilar va algoritmlar ustalarining eng muhim bellashuv maydonlaridir.

Informatika bo‘yicha eng yirik xalqaro olimpiadalar:

🔹 EGOI – European Girls' Olympiad in Informatics (o‘quvchi qizlar uchun)
📍 Rasmiy sayt: egoi2025.de
📌 2025-yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadi! 2024-yil O‘zbekiston ilk bor qatnashib, terma jamoasi a’zosi Zarnigor Raximova bronza medalini qo‘lga kiritdi!

🔹 IOI – International Olympiad in Informatics (maktab o‘quvchilari uchun)
📍 Rasmiy sayt: ioinformatics.org
📌 Dunyoning eng nufuzli informatika olimpiadasi 2026-yilda ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi! Bu yurtimizdagi dasturchilar uchun katta imkoniyat!

🔹 ICPC – International Collegiate Programming Contest (OTM talabalari uchun)
📍 Rasmiy sayt: icpc.global
📌 Dasturlash bo‘yicha bir necha yillar davomida o'tkazib kelinayotgan yirik jamoaviy musobaqa bo‘lib, dunyoning eng kuchli universitet jamoalari ishtirok etadi.

🔹 APIO – Asia-Pacific Informatics Olympiad (onlayn olib boriladi)
📍 Rasmiy sayt: https://apio2025.uz/
📌 2025-yilda O‘zbekiston mezbonlik qiladi! Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng iqtidorli yosh dasturchilar bilan bellashish uchun yana bir ajoyib imkoniyat.

🔔 Olimpiadalar to'g'risida yanada batafsil ma'lumot olishni istasangiz @xalqaro_it_olimpiada kanaliga obuna bo'lishni unutmang!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1
✍️ AI dizaynerlarga qanday yordam beradi?

✔️ Sun’iy intellekt nafaqat kod yozishda, balki dizayn sohasida ham katta o‘zgarishlar qilmoqda. AI vositalari dizaynerlarga vaqtni tejash, kreativ jarayonlarni tezlashtirish va ilg‘or vizual yechimlar yaratishda qanday yordam beradi?

Ushbu mavzuda Graphic and AI Visual Designer sifatida faoliyat yuritayotgan Xusan Jemilov bilan qiziqarli vebinar tashkil etmoqdamiz! AI texnologiyalaridan maksimal darajada foydalanish, yangi tendensiyalar va samarali usullar haqida bilib oling.

🗓 22.02.2025 - 20:00
📍 Havola: Join Zoom Meeting

⚠️ Dizayn sohasidagi imkoniyatlaringizni kengaytirmoqchi bo'lsangiz, vebinarni o'tkazib yubormang!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6😍31
🌎 AI va zamonaviy IT kasblari: raqobatda ortda qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Sun’iy intellekt (AI) tobora ko‘proq IT sohasiga kirib kelmoqda va turli kasblarni o‘zgartirmoqda. AI dasturchilar, dizaynerlar, ma’lumotlar tahlilchilari va boshqa IT mutaxassislarining ish jarayonlarini osonlashtirib, samaradorlikni oshirmoqda. Lekin bu texnologiyalar odamlarning o‘rnini egallaydimi yoki ularga yordam beradimi?

🔹 Dasturchilar uchun AI – kod yozish, xatolarni topish va takomillashtirishda yordamchi vosita.
🔹 Dizaynerlar uchun – AI grafik yaratish, rang tanlash va vizual yechimlarni optimallashtirishni tezlashtiradi.
🔹 Kiberxavfsizlik sohasida – AI kiberhujumlarni oldindan aniqlash va tizimlarni himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda.

⚡️ AI har bir sohada yangi imkoniyatlar yaratadi, faqat ulardan unumli foydalanishni o'rganish lozim.

🔔 Hafta oxirida AI va uning dizayndagi roli haqida Xusan Jemilov bilan vebinar o'tkazamiz. Yangiliklarni yo'qotib qo'ymaslik uchun bizni kuzatib boring!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1
PHP Developer

🏢 Tashkilot: Micros Development
📚 Texnologiya: PHP, MySQL, JS
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: +998 (90) 1871052, radiy.allamov@micros.uz

@digitalitvacancy
👍5🔥321
Forwarded from ICT4ALL
🔗 Scrum metodologiyasi real IT dunyosida qanday ishlaydi?

Agar Siz IT jamoalarida ishlash yoki ularni boshqarishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Scrum Master kim va nima uchun kerakligini tushunishingiz muhim. Bu faqat nazariya emas – bu IT kompaniyalari muvaffaqiyatining kaliti!

🗓 22-fevral kuni Payme kompaniyasida Scrum Master bo‘lib ishlayotgan Jasur Sherbaev bilan suhbat quramiz.

💡 Agar Sizda IT jamoalarini boshqarish, Scrum metodologiyasidan foydalanish yoki jamoada samarali ishlash bo'yicha savollaringiz bo'lsa, oldindan tayyorlab kelishingizni maslahat beramiz!

➡️ Hoziroq
ro'yxatdan o'ting! Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati – 20 - fevral.

Telegram | Instagram | YouTube
Digital.edu IT Career
✍️ AI dizaynerlarga qanday yordam beradi? ✔️ Sun’iy intellekt nafaqat kod yozishda, balki dizayn sohasida ham katta o‘zgarishlar qilmoqda. AI vositalari dizaynerlarga vaqtni tejash, kreativ jarayonlarni tezlashtirish va ilg‘or vizual yechimlar yaratishda…
🔔 Eslatma: ertaga AI va Dizayn haqida vebinarimiz bo'lib o'tadi!

Dizaynerlar uchun AI qanday imkoniyatlar yaratmoqda? Siz uchun eng foydali jihatlar haqida gaplashamiz!

🗓 22.02.2025 - 20:00
📍 Zoom havola: Join Zoom Meeting

O‘tkazib yubormaslik uchun eslatmani yoqib qo‘ying va do‘stlaringizni ham taklif qiling!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍211🎉1
Go Developer

🏢 Tashkilot: Andersen
📚 Texnologiya: MySQL, Redis, GraphQL, Docker/Kubernetes
🌐 Hudud: Toshkent shahri (masofaviy ishlash mumkin)
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: @TarasVasylenko1, t.vasylenko@andersenlab.com

@digitalitvacancy
3
AI dizayn vositalari va ijodkorlik: Vebinardan asosiy qaydlar

22-fevral kuni Graphic & AI Visual Designer bilan bo‘lib o‘tgan vebinarda sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berildi.
AI vositalari ijodkorlikni oshiradimi yoki cheklaydimi?
Eng samarali AI dizayn jarayoni qanday quriladi?
Grafik dizayner sifatida AI’dan qanday foydalangan ma’qul?

📌 Bu va boshqa qiziqarli fikrlarni vebinar yozuvidan bilib olishingiz mumkin: YouTube havola

💡 Sizningcha, AI dizayn jarayonida eng katta o‘zgarish nima bo‘lishi mumkin? Fikrlaringizni bo‘lishing!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍311
Sales Manager for IT products (AI)

🏢 Tashkilot: Business Robots AI
🌐 Hudud: Masofaviy
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9 soat
💰 Maosh: 7 000 000 - 20 000 000
📞 Bog'lanish: +998 (95) 0978267, valeriybushuev1995@gmail.com

@digitalitvacancy
👍3👏2🤩2💯1
Barchaga salom! Kanalimizdagi aynan qaysi rubrikalar Siz uchun qiziq bo'lyapti?
Anonymous Poll
34%
Foydali resurslar
86%
Bo'sh ish o'rinlari haqidagi e'lonlar
30%
Vebinar va uchrashuvlar
5%
Yangi takliflarim bor (izohlarda yozaman)
Forwarded from ICT4Girls
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Siz kutgan ICT4Girls olimpiadasiga qabul boshlandi: Eng kuchli to‘rttalikka kiring va Germaniya sari yo‘l oling!

Sport dasturlash va informatika bo‘yicha iqtidorli qizlarni kashf etuvchi ICT4Girls O‘zbekiston o‘quvchi qizlar olimpiadasiga arizalar 23-mart soat 23:59ga qadar qabul qilinadi. Olimpiada joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tadi.

⁉️ Kim ishtirok etishi mumkin:
- 20 yoshgacha bo‘lgan maktab, kasb-hunar maktabi, akademik litsey va kollej o‘quvchi qizlari;
- Ro‘yxatdan o‘tish formasidagi birlamchi saralashdan o‘tgan qizlar.

Dasturlash tillari: C++, Python
Olimpiada bosqichlari: hududiy va Respublika bosqichlari. Respublika bosqichida yuqori ball to‘plagan 12 nafar qiz olimpiada g‘olibi deb topiladi va munosib taqdirlanadi.

✍️ Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g‘oliblari uchun sport dasturlash bo‘yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so‘ngida saralangan 4 nafar qiz 14-20-iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI 2025) da O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi.

❗️ Olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida test ko‘rinishida birlamchi saralash o‘tkaziladi. To‘liqroq ma’lumot olish uchun olimpiada nizomi bilan tanishib chiqing.

🔗 ICT4Girls olimpiadasida qatnashish uchun 23-mart 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘ting!

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52
🧠 Sun’iy intellekt yuksalishi davom etmoqda: 2025-yil ilk oylarida nimalar o‘zgardi?

🌎 Texnologiyalar olamidagi muhim o‘zgarishlar haqida xabardor bo‘lishni xohlaysizmi?
Yanvar oyida sun’iy intellekt bozorida katta harakatlar kuzatildi. “OpenAI” va “Microsoft” kabi gigantlar yirik infratuzilma loyihalariga milliardlab sarmoya kiritayotgan bo‘lsa, Xitoy kompaniyalari ham o‘z kuchli modellarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

✍️ Yanvar oyidagi AI yangiliklarini bir joyga jamlagan mazmunli maqola bilan tanishishni tavsiya qilamiz.
➡️ Batafsil: startupbase.uz

💬 Sizningcha, kelajakda sun’iy intellekt bozorida kim ustunlik qiladi? Fikringizni izohlarda qoldiring!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍2
Interface testing specialist

🏢 Tashkilot: Litez Services
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: 6 000 000 - 8 000 000
📞 Bog'lanish: info@litez.uz, +998 (97) 1551641

@digitalitvacancy
🌙 Ramazon muborak!

Bugun muborak Ramazon oyining boshlanishi bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🕌 Ushbu fazilatli oy barchamizga tinchlik, baraka va mehr-oqibat olib kelsin.

Ramazon oyi — sabr, saxovat va yaxshilik fasli. Yaxshi niyatlar, ezgu amallar va duolar qabul bo‘lsin. Sizga mustahkam sog‘lik, oilangizga baxt, faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
2025-yilda IT olamida qaysi kasblar dolzarb bo'ladi?

Texnologiyalar yildan-yilga tez rivojlanmoqda, bu esa IT sohasidagi kasblarning ham doimiy o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 2025-yilda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va ma’lumotlar bilan ishlash eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

🔹 Sun’iy intellekt bilan ishlay oladigan mutaxassislar – chatbotlar, tasvir va ovoz generatsiyasi, avtomatlashtirish kabi sohalarda AI mutaxassislariga talab ortmoqda.

🔹 Kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish – raqamli dunyo kengaygani sari, xavfsizlik muammolari ham ko'paydi. Hujumlarning oldini olish va ma’lumotlarni himoya qilish IT mutaxassislarining asosiy vazifasiga aylanadi.

🔹 Bulut texnologiyalari va DevOps – korxonalar an’anaviy serverlardan voz kechib, AWS, Azure kabi bulut xizmatlariga o‘tmoqda. Bu esa bulut muhandislari va DevOps bo‘yicha mutaxassislarning ahamiyatini oshiradi.

Siz qaysi IT yo‘nalishida rivojlanmoqchisiz? Fikringizni yozib qoldiring!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5💯21
Project Manager

🏢 Tashkilot: Litez Services
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat
💰 Maosh: 6 000 000 - 8 000 000
📞 Bog'lanish: +998 (97) 1551641, yuriy.li@litez.uz

@digitalitvacancy