Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
329 photos
22 videos
1 file
288 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Forwarded from Rustam Karimjonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 250 nafar iqtidorli yoshlarni o’yin yaratish (GameDev) sohasi professionallari tomonidan bepul o’qitish va yuqori daromadli ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihaga GRANT e’lon qilinadi.


Siz GameDeveloper bo'lishni orzu qilasiz, ammo qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? GameDev kasbiga GRANT asosida bepul o’qish imkoniyatidan foydalaning! 🚀

Raqamli texnologiyalar vazirligi o'yinlar ishlab chiqish bo'yicha eng yaxshi ta'lim muassasalarida va kurslarda o'qish uchun GRANT dasturini e'lon qiladi.

Bu nafaqat bilim olish, balki o'yin yaratish hamda yirik o'yin studiyasining bir qismi bo'lish uchun amaliy ko'nikmalarni egallash imkoniyatidir. Ushbu dastur sizga:
➡️ Unity + C# programming;
➡️ 3D modeling;
➡️ Game Design;
➡️ Business in the gaming industry;
kabi 4 xil yo'nalishlarda professional soha vakillaridan ta'lim olish imkonini beradi.

✍️ USHBU HAVOLA orqali ro'yxatdan o'ting va o'zingizni dunyoni o'zgartirayotgan sanoatda ish boshlash uchun yo'lingizni boshlang❗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
Front-end Developer

🏢 Tashkilot: SD Solutions
📚 Texnologiya: React.js/ JavaScript, TypeScript,
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat kuniga
💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra
📞 Bog'lanish: +998 71 207 5995

@digitalitvacancy
🤩41👍1😍1
"IT sohasiga ilk qadam: Yangi boshlovchilar uchun 5 foydali maslahat"

🚀IT sohasida ilk qadamlarni tashlayotgan bo‘lsangiz, bu yo‘lda muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi maslahatlar Sizga yordam beradi:

ℹ️ O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang

IT juda keng soha – dasturlash, dizayn, tarmoq boshqaruvi, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik va boshqalar. Har bir yo‘nalishning o‘ziga xosligi bor, shuning uchun qaysi biri Sizga qiziqarliroq ekanini aniqlab olish muhim. Bu yo‘lda bepul kurslar yoki qisqa taqdimotlarni ko‘rib, qaror qabul qilishingiz mumkin.

ℹ️ Kichik qadamlar bilan boshlang

Dasturlashni o‘rganmoqchimisiz? HTML, CSS, yoki Python kabi oddiy tillardan boshlang. Agar dizayn sohasini xohlasangiz, Figma yoki Canva bilan ishlashni sinab ko‘ring. Oddiy loyihalar yaratish orqali o‘zingizga bo'lgan ishonchni hosil qilasiz.

ℹ️ Mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘ying

IT sohasida muvaffaqiyatga erishishning siri – o‘z ustida ishlash. Bepul resurslar va platformalardan foydalaning:
Kurslar: Coursera, Udemy, Codecademy
Amaliy mashg‘ulotlar: LeetCode, HackerRank
Videodarslar: Khan Academy, YouTube’dagi IT kanallar

ℹ️ Loyihalarda ishtirok eting va amaliyot o'tang

O‘z bilimingizni mustahkamlash uchun kichik loyihalarda ishtirok eting yoki stajirovka dasturlariga qo‘shiling. Tajriba orttirish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari ITda juda muhim.

ℹ️ Networking va hamjamiyatlarga qo‘shiling

IT olami doimo yangilanib boradi. Sizga kerak bo‘lgan maslahat va ilhomni topish uchun professional hamjamiyatlarga qo‘shiling. Telegram guruhlari, LinkedIn’dagi IT mutaxassislar bilan aloqada bo‘ling. Har bir muloqot yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

❗️ Eslatma: Sabrsizlik qilmang. IT – o‘rganish va rivojlanish uchun vaqt talab qiladigan soha. Kichik qadamlaringiz kelajakdagi yutuqlaringizning poydevoriga aylanadi.

⭐️ Maslahatlar Sizga foydali bo‘ldi deb o‘ylaymiz! IT olamiga bo‘lgan sayohatingizda muvaffaqiyat tilaymiz!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥92👍2💯21🥰1
Web Designer UX/UI

🏢 Tashkilot: WebMediaGroup
📚 Texnologiya: Figma, Adobe Photoshop
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 6 000 000
📞 Bog'lanish: +998 (90) 0084660, glotranalytics@gmail.com

@digitalitvacancy
👍42🔥2
SEO Specialist

🏢 Tashkilot: Imkon Uzbekistan
📚 Texnologiya: Google Analytics, Google Search Console
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: Gibrid format
💰 Maosh: 10 000 000 dan
📞 Bog'lanish: +99877 093-00-01, @commeta_hr

@digitalitvacancy
🔥4🎉2👍1🤩1
🖥 Ish topishingizda tajriba va zarur ko‘nikmalarning yetishmasligi Sizga to‘siq bo‘lyaptimi?

Kanalimizdagi so‘nggi so‘rovnomada aksariyat ishtirokchilar ish qidirishda eng katta muammo tajriba yoki zarur ko‘nikmalarning yetishmasligi ekanligini belgilashdi.
Bu muammo nafaqat yangi bitiruvchilar, balki ishini o‘zgartirishni istagan tajribali mutaxassislarga ham taalluqli.

Nima qilish kerak?

➡️ Kichik loyihalarda ishtirok eting
Katta muvaffaqiyat kichik qadamlardan boshlanadi. Volontyorlik, freelance faoliyat yoki startap loyihalarida ishtirok etish – bu nafaqat tajriba orttirish, balki real loyihalar ustida ishlash orqali amaliy ko‘nikmalaringizni mustahkamlash imkoniyatidir.
Kichik bo'lsa-da sifatli va muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar professional mas'uliyat va tashabbuskorlik belgisi sifatida qabul qilinadi.

➡️ Portfolio yarating va uning ustida ishlang
Portfolio bu Sizni nimaga qodir mutaxassis ekanligigingizni ko'rsatuvchi muhim vosita. Ish tajribangiz yetarli bo‘lmasa ham, mukammal darajada bajargan amaliy ishlaringiz yoki mustaqil ravishda qilgan loyihalaringiz Sizni ishga qabul qilinish potensialingizni oshirishi mumkin.

➡️ Rezyumeni yaxshilang
Ish beruvchilar qisqa vaqt ichida Siz haqingizda to‘liq tasavvur hosil qilishlari kerak. Rezyumeni lo‘nda, tushunarli va qiziqarli formatda tayyorlang.
Ish beruvchilar uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar va yutuqlaringizni ajratib ko‘rsating.

➡️ Amaliyot imkoniyatlarini izlang
Birinchi ish tajribangizni stajirovka orqali olish eng yaxshi variantlardan biri. Ko‘plab kompaniyalar boshlang‘ich ishchilar uchun maxsus amaliyot dasturlarini taklif qilishadi. Bu nafaqat tajriba, balki kompaniya madaniyatini tushunishga ham yordam beradi.

➡️ "Networking" qiling
Tajribali mutaxassislar bilan tanishing, konferensiyalar, seminarlar va onlayn tadbirlarda faol ishtirok eting. Har bir yangi tanishuv – Siz uchun yangi imkoniyat eshigi bo‘lishi mumkin.
Maslahat so‘rashdan uyalmang, bu Sizning o‘rganishga ishtiyoqmandligingizni ko‘rsatadi.

🚀 Eslab qoling!
Tajriba orttirish imkoniyatlarini izlab toping, o‘z ko‘nikmalaringizni doimiy ravishda takomillashtiring va har bir kichik qadamni katta marralar sari yo‘l deb biling.

Siz ish qidirishda duch keladigan muammolarni qanday yengasiz? Tajribangiz bilan izohlarda bo‘lishing! 👇

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🙏1
AI Engineer

🏢 Tashkilot: UIC Group
📚 Texnologiya: Python, TensorFlow, PyTorch
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: Dushanba - Juma, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 5 000 000 - 25 000 000
📞 Bog'lanish: +998 71200 70 07, https://uic.group/uz/vacancy/28

@digitalitvacancy
Front-end Developer

🏢 Tashkilot: East Telecom
📚 Texnologiya: JavaScript, HTML5, CSS3, React.js yoki Vue.js
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 15 000 000
📞 Bog'lanish: +998 78 150 00 00

@digitalitvacancy
8👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZTE: Texnologiyalar olami bilan tanishing!

🌐 ZTE — dunyoning yetakchi telekommunikatsiya va texnologiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, global miqyosda innovatsion yechimlarni taqdim etadi. 1985-yilda tashkil etilgan ushbu kompaniya bugungi kunda 160 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritib kelmoqda.

⬇️ ZTE Kompaniyasining asosiy yo‘nalishlari:

5G va Telekommunikatsiya Uskunalari: Global operatorlar bilan hamkorlikda eng so‘nggi avlod tarmoqlarini yaratmoqda.
Mobil Qurilmalar: Arzon va yuqori sifatli smartfonlar, jumladan, Nubia brendi ostidagi mahsulotlar.
Korxona Yechimlari: Bulut texnologiyalari, IoT va katta ma’lumotlar yechimlari.

⬇️ Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari:

➡️ ZTE xodimlar uchun boshqaruv, professional va loyiha boshqaruvi yo‘nalishlarida martaba rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Xodimlar o‘z qiziqishlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, muayyan sohaga ixtisoslashishi yoki ish joyini almashtirish va ichki transferlar orqali malakalarini kengaytirishi mumkin.

➡️ ZTE yangi xodimlarni korporativ madaniyat, kasbiy yo‘naltirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlaydigan murabbiylik dasturini taqdim etadi. Bu dastur xodimlarning kompaniyaga tez moslashishiga, kasbiy mahoratini oshirishga va shaxsiy rivojlanishini tezlashtirishga yordam beradi.

➡️ ZTE javobgarlikka asoslangan rag‘batlantirish tizimi orqali samaradorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Iste’dodlarni baholash natijasida yuqori natija ko‘rsatgan xodimlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi orqali taqdirlanadi.

📍 ZTE haqida yanada batafsil tanishmoqchi bo'lsangiz quyidagi havola orqali videoni tomosha qiling va kompaniyaning texnologiyalar dunyosiga sayohat qiling!

➡️ Havola: https://www.youtube.com/watch?v=8whOIlgP0co

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍31🏆1
Expert in international relations and project management (Xalqaro aloqalar va loyiha boshqaruvi bo'yicha mutaxassis)

🏢 Tashkilot: Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
📚 Talablar: Ingliz tili - B2, Koreya davlatining tashkilotlarida hamkorlik aloqlari hamda oliy ta'lim tashkilotlarida ish tajribasi borligi
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: kelishilgan holda
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: invest@digital.uz

@digitalitvacancy
6👍2🙏1
🎉 Yangi 2025-yil muborak!

🚀 Sizga IT sohasida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi imkoniyatlar tilaymiz!

Digital IT Vacancy kanali bilan yangi yilni yangi marralar bilan boshlang! Bu yerda Siz IT sohasidagi eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va foydali tavsiyalarni topishingiz mumkin. O‘z kasbiy rivojlanishingizni yangi bosqichga olib chiqing va raqamli dunyoda o‘z o‘rningizni yarating. Biz bilan birga muvaffaqiyat sari qadam tashlang!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉5👍43🔥1
PHP Developer

🏢 Tashkilot: AXIS - Tashkent
📚 Texnologiya: Docker, Postgresql, Nova
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: to'liq ish kuni
💰 Maosh: $ 1000 dan boshlanadi
📞 Bog'lanish: @nematoff_work

@digitalitvacancy
🤩21👍1🔥1
💻 Dasturchilar uchun "Must have" platformalar!

📊 Hozirda IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun eng foydali va samarali platformalarni topish, mavjud resurslar ko‘pligi sababli, Sizning rivojlanishingizga katta ta'sir ko‘rsatadi.
🚀 Quyida Sizning ko‘nikmalaringizni yanada boyitishga yordam beradigan 5 ta platformani taqdim etamiz.

1. GitHub
Kod saqlash va versiyalarni boshqarish uchun asosiy platforma. Dasturchilar bilan hamkorlik qiling, open-source loyihalarga hissa qo‘shing va o‘z loyihalaringizni boshqaring.
🌐 GitHub’ga o‘tish

2. Stack Overflow
Kodlashda muammo bormi? Stack Overflow’da javob bor! Eng yirik IT mutaxassislari hamjamiyatiga qo‘shiling va texnik qiyinchiliklarni bartaraf eting.
🌐 Stack Overflow’ga o‘tish

3. LinkedIn Learning
IT ko‘nikmalaringizni rivojlantirish uchun professional kurslar. Bulut texnologiyalari, kiberxavfsizlik va boshqa sohalarda bilim oling.
🌐 LinkedIn Learning’ga o‘tish

4. Coursera
Dunyodagi eng yaxshi universitetlar va texnologik kompaniyalardan o‘rganing. Muhim IT ko‘nikmalarni egallang va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ling.
🌐 Coursera’ga o‘tish

5. LeetCode
Kodlash bo‘yicha muammolarni hal qilish ko‘nikmalaringizni oshiring va texnik intervyularga tayyorlaning. Bu platforma Sizni eng yaxshi texnologiya kompaniyalari darajasiga olib chiqadi!
🌐 LeetCode’ga o‘tish

💡 Sizning sevimli platformangiz qaysi? Izohlarda bo‘lishing!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🔥2
Forwarded from Khumoyun Codes
Shogirdlarimizdan biri yaqinda EPAMdan suhbatdan o'tganlari haqida yuqoridagi aytgan edim. Suhbatda tushgan savollarni boshqalarga ham foydasi tegib qolar deb, yozib olgan ekanlar. Shunga kerak bo'lib qolsa albatta o'zingizga saqlab boshqalarga ham ulashib qo'ying 😉

HTML/CSS:
- Adapive bilan responsive design/verstka nima farqi bor?
- Accessibility nima?
- SEO ni qanday qilib yaxshilasa bo'ladi?
- Positionlarni sanab ber
- SCSS / Less ishlatganmisan? Oddiy CSS dan farqini aytib bering

Javascirpt:
- Closure nima?
- Event loop nima?
- Promise nima ?
- Async Await haqida gapirib ber
- Javascript single threadmi yoki multithread?
- WebWorker nima?
- Set va Map nima ?
- Type turlari va farqlari nimada?
- eventDelegation nima?
- Map bn Object ni farqi
- Hoisting nima ?
- TDZ (Temporary Dead Zone) nima?

TypeScript:
- type bilan interface ni farqi nimada?
- Generics nima ?
- Qaysi holatlarda TypeScript kerak / kerak emas.

React:
- Class componentlar bilan ishlatganmisiz?
- Class component bilan Function Componentning farqi?
- Nega aynan Class component ishlatishim kerak?
- Reconsilation nima?
- Lifecycle methods Class componentlarda va Functional componentda qanday ishlatilinadi?
- Qanday qilib kodni optimize qilgan bo'lardingiz?
- HOC nima?

Umumiy:
- Code reviewda qatnashganmisiz?
- CI/CD nima? foydalanganmisiz?
- Agile / Kanban haqida gapirib bering?
- Cloud servicelar dan foydalanib ko'rganmisiz?
- Docker ni ishlatib ko'rganmisiz?
- Xujumlar haqida gapirib bering.
- RestApi bn Graphql ni farqi?
- Test yozib ko'rganmisiz?
- Tailwind / Bootstrap ishlatib ko'rganmisiz? Ularni qachon ishlatish kerak / kerak emas?

Amaliy savollar:
1. function retryFetch(url, count, delay) {}, response ijobiy kelmaguncha shu funksiya ${count} marta ishlashi kerak.
2. hasDuplicate function yozib ber. Arrayni ichida bir ma'lumot takrorlangan bo'lsa true qaytarishi kerak
3. sum function yozib ber. sum(1, 2, 3, 4, 5, 6)
4. harflar nechta qatnashganini topib beruvchi funksiya yozib bering. test => {t: 2, e: 1, s: 1}
5. Arrayning flat methodini qo'lda yozib bering.

Barcha amaliy savollarda time comlexity bn space complexityni aytish so'raldi

Bundan tashqari 3-4 ta consolega nima chiqishi haqida ma'lumot so'radi

P.S. Suhbat javobi hali chiqqani yo'q, shunga imkoni bo'lsa do'stimiz haqqiga duo qilib qo'ysangiz xursand bo'lar edik 😊

@khumoyun_codes
👍8🔥3❤‍🔥21
Data Solution Architect

🏢 Tashkilot: EPAM Uzbekistan
📚 Texnologiya: Data Platforms, IoT, ML, Backend, Mobile, etc
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: to'liq ish kuni
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: linkedin.com/in/sarvarbek-jaloldinov

@digitalitvacancy
41👍1
✍️ Karyera rivoji uchun qanday sertifikatlar kerak?

📈 Bugungi kunda IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat amaliy ko‘nikmalar, balki xalqaro darajada e’tirof etilgan sertifikatlarga ega bo‘lish ham muhim. Bu Sizga ishga qabul qilinish imkoniyatini yaratibgina qolmay, balki doimiy rivojlanishga bo’lgan qiziqish va harakatingizni namoyon qiladi.

⬇️ Quyida IT mutaxassislari uchun karyera rivojida foydali bo‘ladigan sertifikatlar haqida qisqacha ma’lumotni taqdim etamiz:

AWS Certified Solutions Architect - bulutli tizimlarni loyihalash va boshqarishda yuqori malakaga ega ekanligingizni isbotlab beruvchi vositadir.

Google Certified Professional Data Engineer: Ushbu sertifikat ma’lumotlar tahlili, boshqaruvi va sun’iy intellekt sohalarida ishonchli mutaxassis ekanligingizni tasdiqlaydi.

Coursera Professional Certificates: “Meta Front-End Developer” yoki “Google IT Support” kabi sertifikatlar orqali sohaning turli yo‘nalishlarini masofadan o‘rganishingiz mumkin. Dunyo bo‘ylab tan olingan yirik kompaniyalar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan.

CompTIA Security+ - kibertahdidlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha malakangizni tasdiqlovchi eng muhim sertifikatlardan biri.

Scrum Master Certification (CSM) - IT loyihalar va jamoani samarali boshqarish hamda tezkor dasturlash jarayonlarini mukammallashtirish imkonini bera oladi.

⚠️ Bilarmidingiz? Xalqaro IT sertifikatlar uchun sarflagan xarajatlaringizni qisman yoki to'liq kompensatsiya olish imkoniyati mavjud!

Oramizda xalqaro IT sertifikat olganlar yoki reja qilayotganlar bormi? Kompensatsiya qilganlar-chi?

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍21
Microwave engineer (Telecommunications)

🏢 Tashkilot: ZTE
📚 Texnologiya: Microwave yoki Switch/ipran bilan bog'liq tajriba
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra
📞 Bog'lanish: @ZTEHR_Lola

@digitalitvacancy
👍4🔥21
Senior Fullstack QA Engineer

🏢 Tashkilot: Uzum
📚 Texnologiya: Java/Kotlin, Postman bilan ishlash tajribasi
🌐 Hudud: Toshkent shahri (Tanlash uchun gibrid yoki masofaviy ish formati)
🕰 Ish vaqti: moslashuvchan format
💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra
📞 Bog'lanish: +998 (97) 7539592, e.kobeleva@uzum.com

@digitalitvacancy