Digital.edu IT Career
1.17K subscribers
329 photos
22 videos
1 file
288 links
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Download Telegram
Keyingi spikerimiz Xikmatilla Allaberganov GameDev sohasida karyera va ta'lim haqida batafsil ma'lumotlar bilan bo'lishmoqda
🤩72
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3
Eslatib o’tamiz, ayni damda davom etayotgan Job&Edu Fest tadbiri ZTE Investment kompaniyasi homiyligida tashkil etilmoqda.

@digitalitvacancy
5🙏1
Forwarded from Khumoyun Codes
Bugun bo'lib o'tgan "Job & Edu Fest" - IT mehnat va ta'lim yarmarkasida, "Cracking the Frontend interview" mavzusidagi qisqa taqdimotdan lavhalar.

Jonli efirdan yozib olingan taqdimotni YouTube orqali ko'rishingiz mumkin.

@khumoyun_codes
🔥52👍2
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 “JOB& EDU FEST” — IT mehnat va ta’lim yarmarkasida 50 dan ortiq IT kompaniyalar yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi

Bugun 30-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida ZTE kompaniyasi homiyligi ko'magida “Job&Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

🗣 JOB & EDU FEST – IT sohasiga qiziquvchi yoshlarga sohada muvaffaqiyatli taʼlim olish hamda ish oʻrnini topishga yoʻnaltiruvchi mehnat va taʼlim yarmarkasidir.

📖 Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir o‘z nutqida IT sohasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun yangi ko‘nikmalarni egallash muhimligini alohida ta’kidladi.


Vazir sohada mavjud resurslar va davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlardan maksimal darajada foydalanish orqali yoshlarning o‘z kelajagini IT bilan bog‘lashlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, barchani bu yo‘nalishda faol bo‘lishga chorladi.

Batafsil

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍31
Sizning fikringiz muhim!

❗️ Hurmatli Job Fest ishtirokchilari,

Job Festimiz muvaffaqiyatli yakunlandi va endi biz Sizning fikr-mulohazalaringizni bilishni istaymiz. Bu bizga kelgusida yanada sifatli tadbirlarni tashkil etishda yordam beradi.

- Tadbir Sizga qanday taassurot qoldirdi?
- O‘z sohangiz bo‘yicha yangi bilim va tajribalar oldingizmi?
- Ishga qabul qilish imkoniyatlaridan foydalana oldingizmi?

Sizning javoblaringiz biz uchun juda muhim! Quyidagi havola orqali qisqa so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz.

Yana ko‘rishguncha! Birgalikda yangi imkoniyatlarni ochamiz. 🚀

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍631
Microwave engineer (Telecommunications)

🏢 Tashkilot: ZTE
📚 Texnologiya: Microwave yoki Switch/ipran bilan bog'liq tajriba
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra
📞 Bog'lanish: @ZTEHR_Lola

@digitalitvacancy
👍3🔥1🙏1
Cybersecurity Engineer

🏢 Tashkilot: ONESEC
📞 Bog'lanish: +998 (88) 263 77 00, @N_O_PR
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/7, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra

@digitalitvacancy
👍31🙏1
Forwarded from Rustam Karimjonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 250 nafar iqtidorli yoshlarni o’yin yaratish (GameDev) sohasi professionallari tomonidan bepul o’qitish va yuqori daromadli ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihaga GRANT e’lon qilinadi.


Siz GameDeveloper bo'lishni orzu qilasiz, ammo qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? GameDev kasbiga GRANT asosida bepul o’qish imkoniyatidan foydalaning! 🚀

Raqamli texnologiyalar vazirligi o'yinlar ishlab chiqish bo'yicha eng yaxshi ta'lim muassasalarida va kurslarda o'qish uchun GRANT dasturini e'lon qiladi.

Bu nafaqat bilim olish, balki o'yin yaratish hamda yirik o'yin studiyasining bir qismi bo'lish uchun amaliy ko'nikmalarni egallash imkoniyatidir. Ushbu dastur sizga:
➡️ Unity + C# programming;
➡️ 3D modeling;
➡️ Game Design;
➡️ Business in the gaming industry;
kabi 4 xil yo'nalishlarda professional soha vakillaridan ta'lim olish imkonini beradi.

✍️ USHBU HAVOLA orqali ro'yxatdan o'ting va o'zingizni dunyoni o'zgartirayotgan sanoatda ish boshlash uchun yo'lingizni boshlang❗️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
Front-end Developer

🏢 Tashkilot: SD Solutions
📚 Texnologiya: React.js/ JavaScript, TypeScript,
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat kuniga
💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra
📞 Bog'lanish: +998 71 207 5995

@digitalitvacancy
🤩41👍1😍1
"IT sohasiga ilk qadam: Yangi boshlovchilar uchun 5 foydali maslahat"

🚀IT sohasida ilk qadamlarni tashlayotgan bo‘lsangiz, bu yo‘lda muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi maslahatlar Sizga yordam beradi:

ℹ️ O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang

IT juda keng soha – dasturlash, dizayn, tarmoq boshqaruvi, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik va boshqalar. Har bir yo‘nalishning o‘ziga xosligi bor, shuning uchun qaysi biri Sizga qiziqarliroq ekanini aniqlab olish muhim. Bu yo‘lda bepul kurslar yoki qisqa taqdimotlarni ko‘rib, qaror qabul qilishingiz mumkin.

ℹ️ Kichik qadamlar bilan boshlang

Dasturlashni o‘rganmoqchimisiz? HTML, CSS, yoki Python kabi oddiy tillardan boshlang. Agar dizayn sohasini xohlasangiz, Figma yoki Canva bilan ishlashni sinab ko‘ring. Oddiy loyihalar yaratish orqali o‘zingizga bo'lgan ishonchni hosil qilasiz.

ℹ️ Mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘ying

IT sohasida muvaffaqiyatga erishishning siri – o‘z ustida ishlash. Bepul resurslar va platformalardan foydalaning:
Kurslar: Coursera, Udemy, Codecademy
Amaliy mashg‘ulotlar: LeetCode, HackerRank
Videodarslar: Khan Academy, YouTube’dagi IT kanallar

ℹ️ Loyihalarda ishtirok eting va amaliyot o'tang

O‘z bilimingizni mustahkamlash uchun kichik loyihalarda ishtirok eting yoki stajirovka dasturlariga qo‘shiling. Tajriba orttirish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari ITda juda muhim.

ℹ️ Networking va hamjamiyatlarga qo‘shiling

IT olami doimo yangilanib boradi. Sizga kerak bo‘lgan maslahat va ilhomni topish uchun professional hamjamiyatlarga qo‘shiling. Telegram guruhlari, LinkedIn’dagi IT mutaxassislar bilan aloqada bo‘ling. Har bir muloqot yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

❗️ Eslatma: Sabrsizlik qilmang. IT – o‘rganish va rivojlanish uchun vaqt talab qiladigan soha. Kichik qadamlaringiz kelajakdagi yutuqlaringizning poydevoriga aylanadi.

⭐️ Maslahatlar Sizga foydali bo‘ldi deb o‘ylaymiz! IT olamiga bo‘lgan sayohatingizda muvaffaqiyat tilaymiz!

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥92👍2💯21🥰1
Web Designer UX/UI

🏢 Tashkilot: WebMediaGroup
📚 Texnologiya: Figma, Adobe Photoshop
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 6 000 000
📞 Bog'lanish: +998 (90) 0084660, glotranalytics@gmail.com

@digitalitvacancy
👍42🔥2
SEO Specialist

🏢 Tashkilot: Imkon Uzbekistan
📚 Texnologiya: Google Analytics, Google Search Console
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: Gibrid format
💰 Maosh: 10 000 000 dan
📞 Bog'lanish: +99877 093-00-01, @commeta_hr

@digitalitvacancy
🔥4🎉2👍1🤩1
🖥 Ish topishingizda tajriba va zarur ko‘nikmalarning yetishmasligi Sizga to‘siq bo‘lyaptimi?

Kanalimizdagi so‘nggi so‘rovnomada aksariyat ishtirokchilar ish qidirishda eng katta muammo tajriba yoki zarur ko‘nikmalarning yetishmasligi ekanligini belgilashdi.
Bu muammo nafaqat yangi bitiruvchilar, balki ishini o‘zgartirishni istagan tajribali mutaxassislarga ham taalluqli.

Nima qilish kerak?

➡️ Kichik loyihalarda ishtirok eting
Katta muvaffaqiyat kichik qadamlardan boshlanadi. Volontyorlik, freelance faoliyat yoki startap loyihalarida ishtirok etish – bu nafaqat tajriba orttirish, balki real loyihalar ustida ishlash orqali amaliy ko‘nikmalaringizni mustahkamlash imkoniyatidir.
Kichik bo'lsa-da sifatli va muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar professional mas'uliyat va tashabbuskorlik belgisi sifatida qabul qilinadi.

➡️ Portfolio yarating va uning ustida ishlang
Portfolio bu Sizni nimaga qodir mutaxassis ekanligigingizni ko'rsatuvchi muhim vosita. Ish tajribangiz yetarli bo‘lmasa ham, mukammal darajada bajargan amaliy ishlaringiz yoki mustaqil ravishda qilgan loyihalaringiz Sizni ishga qabul qilinish potensialingizni oshirishi mumkin.

➡️ Rezyumeni yaxshilang
Ish beruvchilar qisqa vaqt ichida Siz haqingizda to‘liq tasavvur hosil qilishlari kerak. Rezyumeni lo‘nda, tushunarli va qiziqarli formatda tayyorlang.
Ish beruvchilar uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar va yutuqlaringizni ajratib ko‘rsating.

➡️ Amaliyot imkoniyatlarini izlang
Birinchi ish tajribangizni stajirovka orqali olish eng yaxshi variantlardan biri. Ko‘plab kompaniyalar boshlang‘ich ishchilar uchun maxsus amaliyot dasturlarini taklif qilishadi. Bu nafaqat tajriba, balki kompaniya madaniyatini tushunishga ham yordam beradi.

➡️ "Networking" qiling
Tajribali mutaxassislar bilan tanishing, konferensiyalar, seminarlar va onlayn tadbirlarda faol ishtirok eting. Har bir yangi tanishuv – Siz uchun yangi imkoniyat eshigi bo‘lishi mumkin.
Maslahat so‘rashdan uyalmang, bu Sizning o‘rganishga ishtiyoqmandligingizni ko‘rsatadi.

🚀 Eslab qoling!
Tajriba orttirish imkoniyatlarini izlab toping, o‘z ko‘nikmalaringizni doimiy ravishda takomillashtiring va har bir kichik qadamni katta marralar sari yo‘l deb biling.

Siz ish qidirishda duch keladigan muammolarni qanday yengasiz? Tajribangiz bilan izohlarda bo‘lishing! 👇

@digitalitvacancy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🙏1
AI Engineer

🏢 Tashkilot: UIC Group
📚 Texnologiya: Python, TensorFlow, PyTorch
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: Dushanba - Juma, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 5 000 000 - 25 000 000
📞 Bog'lanish: +998 71200 70 07, https://uic.group/uz/vacancy/28

@digitalitvacancy
Front-end Developer

🏢 Tashkilot: East Telecom
📚 Texnologiya: JavaScript, HTML5, CSS3, React.js yoki Vue.js
🌐 Hudud: Toshkent shahri
🕰 Ish vaqti: 5/2, 9:00 - 18:00
💰 Maosh: 15 000 000
📞 Bog'lanish: +998 78 150 00 00

@digitalitvacancy
8👍41