Digital Generation Uzbekistan
8.48K subscribers
2.67K photos
307 videos
1 file
902 links
O’zbekistondagi eng katta IT hamjamiyati!🇺🇿

Keling safimizga qo’shiling, bilimingizni oshiring, dasturlashni o’rganing, dunyoni o’zgartiring!


Facebook.com/digitalgeneration.uz
Instagram.com/DGUzbekistan
Telegram.me/digitalgeneration_uz
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi

Bugun "Raqamli avlod IT haftaligi — 2025" tadbirining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Unda haftalik doirasida tashkil etilgan musobaqa g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: mazkur tadbir an'anaviy tarzda 5-marta o‘tkazilmoqda. Bu galgi jarayonlarda 2 ming nafardan ortiq yoshlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
1🔥75🤯1😱1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Izdosh

“Bizdan yana Beruniylar, Ibn Sinolar, Xorazmiylar chiqadimi?”, degan savol tez-tez qulogʻimizga chalinadi. Shu masalada ayrim mulohazalarimni bildirmoqchiman.

Abu Rayhon Beruniy 18 yoshida yer radiusini hisoblashni boshlagan edi. Yurtdoshimiz Mirjahon shu yoshida Dubay shahrida bo’lib o’tgan 57-xalqaro Kimyo olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritdi.

Aynan xalqaro Kimyo olimpiadasida ketma-ket ikki marotaba oltin medalga egalik qilgan Daler ham bugun 18 yoshda. Abu Ali ibn Sino bu yoshida Buxoro amiri saroyiga tabib sifatida qabul qilingan edi.

Nodirabegim 24 yoshida olim va shoirlarni saroy atrofiga to’plab, adabiyot va ma’rifatni rivojlantirish yo’lida xizmat qilgan. Kimyo fani bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining treneri Mohira Boltayeva ham aynan shu yoshida o’nlab o’quvchilarni nufuzli olimpiadalarga tayyorladi va ilm-fan sohasida millioner oʻqituvchiga aylandi.

Aristotel asarlariga sharhlar yozishni boshlagan vaqtida Farobiy 17 yoshda edi. Shu yoshni qarshilagan Behruz esa Avstraliyada o‘tgan 66-xalqaro Matematika olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shu olimpiadaning yana bir kumush medalini qoʻlga kiritgan Elbek esa 16 yoshda tarixiy natija qayd etdi. Al-Xorazmiyning Bag’dodda “Baytul hikma”ga kirib borgan yoshini eslang.

Nazarimda bu yoshlarimiz buyuk ajdodlarimiz bosib o‘tgan tarixning munosib va haqli izdoshlariga aylanmoqda.

“Najot” loyihasi doirasida tasvirga olingan navbatdagi “Izdosh” filmimizda aynan mana shu yoshlar haqida hikoya qilinadi. Men ishonaman davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’lim-ilmga e’tibor, qoʻllab-quvvatlash mana shu yoʻsinda davom etsa bizdan buyuk ajdodlarimizning munosib izdoshlari chiqadi. Muhimi har bir iste’dod, yuksak bilim egasi boʻlgan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash, munosib sharoit yaratishdan bir on boʻlsa-da toʻxtamasligimiz kerak!

Ma’lumot uchun, 2025-yilda Xalqaro fan olimpiadalaridagi ko‘rsatkichlarimiz tarixdagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi.

Yoshlarimiz Xalqaro kimyo, matematika, informatika va fizika olimpiadalarida 2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Ertaga bu qahramonlarimizni taqdirlaymiz. Nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin – 1 mlrd 30 mln so‘m (BHMning 2500 baravari);
2-oʻrin – 618 mln soʻm (BHMning 1500 baravari);
3-oʻrin – 412 mln soʻm (BHMning 1000 baravari).


Tarixiy natijalar uchun ota-onalarga va ustozlarga cheksiz rahmat aytaman.

Filmni barchangiz, albatta, tomosha qiling:
https://youtu.be/Mk5a8Fv4HZQ

@hilola_umarova
115🔥4👏4😱1
🤖 AI DAY – bilim va innovatsiyalar kuni!

🔴 AI Day deb nomlangan tadbirimiz muvaffaqiyatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida malakali spikerlar sun’iy intellektdan to‘g‘ri va samarali foydalanish, AI vositalari yordamida kundalik ishlarni yengillashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim bilim va tajribalarini ulashdilar.

📌 Ishtirokchilar:

🔹sun’iy intellekt bilan ishlash asoslari;

🔹AI yordamida kontent yaratish;

🔹prompt yozish ko‘nikmalari;

🔹real hayotda AI’dan foydalanish usullari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

📊Mavzular qiziqarliligi sabab berilgan savollar soni mo‘ljaldagidan 3 baravar ko‘payib ketdi.

AI Day — bu nafaqat tadbir, balki kelajak texnologiyalariga tashlangan muhim qadam bo‘ldi 🚀


#AIDAY #SuniyIntellekt #AI #RaqamliAvlod #ITevent #DigitalFuture

Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
20👏74👍1🔥1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | "Raqamli avlod IT haftaligi - 2025" yopilish marosimi
#15dec

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
10🔥3
Forwarded from IHMA Samarqand viloyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓Inklyuziv ta’lim — kelajakka ochilgan eshik!

💿 “Raqamli avlod” loyihalari doirasida Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qoshidagi Inklyuziv rivojlanish markazida yana bir muhim marraga erishildi — joriy yilda 449 nafar o‘quvchi-yoshlar zamonaviy kasblar bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlar bilan taqdirlandi.

👫 Bu yoshlar safida 60–61-sonli ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar farzandlari hamda nogironligi bo‘lgan yoshlar borligi ushbu tashabbusning naqadar ahamiyatli ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

💻 Tinglovchilar bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar:
🔹 Kompyuter tizimlari va komplekslariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
🔹 Robototexnika
🔹 Foto va video bilan ishlash (texnik videograf)
🔹 Konstruktorlash va 3D modellashtirish

🖋 Kurslar yakunida bitiruvchilarga mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Eng muhimi, ular ishga joylashish, o‘zini-o‘zi band qilish va mustaqil daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu loyiha — shunchaki o‘quv kurslari emas. Bu yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, salohiyatini yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladigan inklyuziv kelajak sari tashlangan ishonchli qadamdir.

↗️ Ayni vaqtda keyingi mavsum uchun kurslarga 170 nafar o‘quvchilarni jalb etish maqsadida arizalar qabul qilingan.

↗️ Bilim — imkoniyat, imkoniyat esa kelajakdir!

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏93🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟 RAQAMLI AVLOD IT HAFTALIGI — HISOBOT VIDEOROLIGI 🌟

📌 Haftalik davomida:

💻 IT va raqamli texnologiyalar bo‘yicha seminar va master-klasslar

🤖 Robototexnika va texnologik musobaqalar

🧠 Sun’iy intellekt bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar

🏆 Iqtidorli va faol yoshlarning yutuqlari

🎬 Ushbu videoroligimiz orqali “Raqamli Avlod IT Haftaligi”ning eng muhim, ilhomlantiruvchi va esda qolarli lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin

#RaqamliAvlod#ITHaftaligi#DigitalGeneration##Innovation

Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
416👍2🔥1😍1
❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2026 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tishni boshladik!

Yangi yilni biz bilan texnologiyalar olamida boshlang! Loyiha 2026-yil, 5-yanvardan 9-yanvarga qadar onlayn formatda bo'lib o'tadi.

🔵 Onlayn yo'nalishlar:
❄️Promt (AI Video)
❄️Vibe coding
❄️No coding
❄️Data analytics
❄️AI
❄️.net
❄️Phyton


📝Ro‘yxatdan o‘tish:Online.raqamliavlod.uz


Har bir ishtirokchiga sertifikat taqdim etiladi. Faol ishtirokchilarni esa sovgʻalar ham kutmoqda.🎁
___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2819👍5👏3🆒3😱2😍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️ “Raqamli Avlod” jamoasi sizni 2026-yil bilan samimiy tabriklaydi!

Yangi yil sizga va yaqinlaringizga qut-baraka, mustahkam sog‘liq, yuksak marralar va omad olib kelsin!

2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
Bilan hammangizni muborakbot etamiz.
___

Digital Generation Uzbekistan
🚀Telegram | 📷Instagram | 🎬Youtube | 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2518👍6😍6👏3🤯2
❄️Online darslar jadvali

🔵 Qoʻshilish uchun:
❄️Promt (AI Video)
❄️Vibe coding
❄️No coding
❄️Data analytics
❄️AI
❄️ .net
❄️Python

Darslar 5-9-Yanvar kunlari.
10:00 dan 12:00 gacha 14:00 dan 16:00 gacha



❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2026 – Qishki mavsumi uchun roʻyxatdan oʻtish:online.raqamliavlod.uz
___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍13🔥7😱3🤯2😍2
#RaqamliAvlod
#WinterCamp
#Fotoreportaj

"Raqamli avlod Inklyuziv IT oromgohi - 2026" 1-kuni🔥
Dars jarayonlaridan FOTOREPORTAJ

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥168😍7🆒3