Didox - Foydali axborot|Полезное инфо
5.48K subscribers
225 photos
31 videos
11 files
816 links
Канал в котором публикуется важная и полезная информация для пользователей Дидокс
Контакты:
https://t.me/didox_uz - группа пользователей Дидокс, где можно задавать вопросы

Реклама @Didox_ads
Админ @didox_admin_bot
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

2023-yil 1-yanvardan
:

1. Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi,
▫️soliq hisobotini taqdim etish muddatlari.

2. Pasaytirildi soliq stavkasi 15%dan 12 %gacha

3. Qisqartirildi qoplanadigan (qaytariladigan) QQS summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari 60 kundan 30 kungacha

4. Bekor qilindi:
а) 2023-yilning 1-aprelidan quyidagilar bo‘yicha berilgan imtiyozlar:
▫️budjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan geologiya xizmatlari bo‘yicha aylanma;
▫️pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
▫️budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
b) 2023-yil 1-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar.

5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan QQS to‘lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin.

6. QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilganligi munosabati bilan hisobga qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasiga, guvohnomaning amal qilish muddati tiklangan taqdirda, soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davr uchun tuzatishlar kiritilishi (hisobga qabul qilinishi)ni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi.

7. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turadigan soliq to‘lovchilarga tovarlarni import qilish chog‘ida QQS to‘lovi hisobiga budjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish huquqi berildi.

QQSni o‘zaro hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan soliq to‘lovchi bojxona-yuk deklaratsiyasi (BYD)ni rasmiylashtirayotganda import qilish chog‘ida QQS qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisobidan to‘langani to‘g‘risida belgi qo‘yishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-iyuldan
...

🔹barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimi joriy etiladi;

🔹issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlarga ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish tartibi to‘xtatiladi.
___________
#новое_в_законодательстве

С 1 июля 2024 года
...

🔹для всех хозяйствующих субъектов внедряется система оформления, хранения и учета товарно-транспортных накладных в электронном виде;

🔹порядок возврата налога на доходы физических лиц по доходам в форме оплаты труда своих работников, уплаченных субъектами предпринимательства, специализированными на теплицах, имеющими земельные площади более 25 соток прекращается.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads