Акрам Хамрақулов
29 subscribers
71 photos
17 videos
11 links
Филолог, журналист Акрам Хамрақуловнинг telegram канали. Барча фикрлар шахсий.

Алоқа — @akram_xamraqulov
Download Telegram
AQSH sobiq prezidenti Reyganning doʻstlari — soʻl qarashdagi er-xotin — mehmonga keladi. Ular bilan birga ularning qizi ham keladi. Soʻrab qolishadi:
— Katta boʻlsang, kim boʻlmoqchisan?
— AQSH Prezidenti, — deydi qizaloq.
— Prezident boʻlsang, birinchi nima qilasan?
Qizaloq javob beradi:
— Uysiz va och odamlarga uy va ovqat beraman.
Ota-onasi faxrlanib turishibdi: “Qara, bolamiz qanday mehribon, qanday sotsial adolatparvar!”
Reygan esa boshqacha yoʻl tutdi:
— Juda yaxshi niyat, — deydi. — Lekin bu ishni Prezident boʻlguncha kutmasdan ham qilib qoʻyish mumkin. Masalan, ertaga mening uyimga kelasan: gazonni oʻrasan, oʻt-oʻlanlarni tozalaysan, yoʻlakni supurasan. Men senga 50 dollar toʻlayman. Keyin oʻsha uysiz odam turgan doʻkon oldiga boramiz, va sen shu 50 dollarni unga berib, uy va ovqatga yordam qilasan.
Qiz biroz oʻylab turadi-da, savol beradi:
— Nega oʻsha uysiz odamning oʻzi kelib, oʻsha ishlarni qilmaydi? Unga toʻgʻridan-toʻgʻri 50 dollar bersangiz boʻlmaydimi?
Shunda Reygan kulganicha deydi:
— Respublikachilar partiyasiga xush kelibsan, qizaloq!
Shundan keyin qizaloqning soʻl qarashdagi ota-onasi Reygan bilan gaplashmay qoʻyishgan, deyishadi.

@diaryexpert
👍4
— Kuyov nima ish qiladi?
— Shu, toza havoga direktor.
— Biz rozi:)

@diaryexpert
🤩4👏1🤔1
Ahvolimiz...

@diaryexpert
👍6
Musaffo osmon.

1-rasm: 13.11.2025
2-rasm: 24.11.2025

@diaryexpert
😢6🔥1
ILTIMOSNOMA

Tafakkur sohibi mana bu odam,
U aslo sinmaydi, qancha egmagin.
Biroq banda u ham, insondir u ham,
Hurmatli xudbinjon, unga tegmagin.

Mana bu odamda qalb bordir goʻzal,
Hislari oʻxshaydi yoyilgan kunga.
Iltimos qilaman, rahm aylagil sal,
Azizim dilozor, tegmagin unga.

Bunda-chi porlaydi yorqin isteʼdod,
Aql-u his birlashib, unda boʻlmish jam.
Xudo haqqi, uni qilmagil barbod,
Qadrli hasadgoʻy, tegma unga ham.

Yaxshisi, barchangiz marhamat aylab,
Keling huzurimga, mehmon qilgayman.
Axir ayon menga sizdagi talab,
Har nechuk, men sizni koʻpdan bilgayman.

✍️ Abdulla Oripov

@diaryexpert
👍1
Forwarded from BOOK.UZ
🔥 Oldindan buyurtma

📘 Kazuo Ishiguro
"Ko‘milgan dev"


✍️ Kazuо Ishiguro 2017 yilda Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan zamonaviy jahon adabiyotining eng buyuk yozuvchilaridan biri. “Nobel adabiyoti kutubxonasi” seriyasida chop etiladigan ikkinchi kitob aynan ushbu muallifning “Ko‘milgan dev” romanidir. Asar markazida asosan bitta savol turadi: xalq yoki inson o‘tmishdagi og‘riqlarini unutishi kerakmi yo uni tan olish orqali kelajakni barpo qilishi mumkinmi?

📆 "Ko‘milgan dev" asarini 25-dekabrdan kitob do'konimizdan xarid qiling!

⚡️24-dekabr, soat 23:59 ga qadar oldindan to'lov qilib 20% lik chegirmada 48 000 so'mga xarid qilishingiz mumkin.

✍️ Tarjimon: Akram Hamroqulov
🖨 Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
📔 Muqova: Qattiq, 384 bet
💸 Narx: 60 000 so'm

Buyurtma berish:
@bookuzbot | +998712300050

🌐 Sayt orqali xarid: book.uz

📍 Filiallar manzili

📚 @bookuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
“Yangi asr avlodi” nashriyoti jamoasi kamina tarjimasi ostidagi britaniyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori Kazuo Ishiguroning “Koʻmilgan dev” romanini chop etdi. Shu munosabat bilan, avvalo, nashriyotga alohida rahmatimni aytmoqchiman.

Umuman olganda, kitob haqiqatan ham juda sermazmun yozilgan. Buni uni tarjima qilganim uchun emas, balki asarning badiiy gʻoyasi, ichki falsafiy qatlamlari va inson xotirasiga doir teran mulohazalari yuqori darajada ifodalangani uchun aytyapman. Albatta, mendek tarjima bobida “uquvsiz” odam uchun asar tarjimasida ayrim kamchiliklar kuzatilishi mumkin. Buni esa oʻquvchilarning xolis hukmiga havola qilaman.

Ishiguro hali oʻzbek kitobxonlari uchun toʻliq oʻrganilmagan adabiy olam. Abdulla Qahhor taʼbiri bilan aytganda, qazini qancha koʻp chaynasang, mazasi shuncha koʻp chiqadi. Yaxshi kitob ham xuddi qaziga oʻxshaydi. Xuddi shunday, “Koʻmilgan dev”ni oʻqiganingiz sayin yangi “maza”larni his qila boshlaysiz.

Demoqchi boʻlganim, Kazuo Ishigurodek yozuvchini oʻzbek tilida “gapirtirish” mening chekimga tushganidan, shunday baxt nasib qilganidan chin dildan xursandman. Albatta, izohlarda, adabiy davralarda asar haqidagi fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Umid qilamanki, Ishiguro ham oʻzbek kitobxonlari orasida oʻz muxlislarini topadi.

@diaryexpert
👍5👏2