Бундан 40 йиллар олдин собиқ Ҳамза номидаги театрда Саид Аҳмад қаламига мансуб "Уфқ" спектакли саҳналаштирилган. Ҳар сафар шу спектакл видеосини кўрганимда жонли эмоцияни орзу қилардим. Ўзбекистон давлат драма театрида 9 май куни шу спектаклнинг премьераси бўлиб ўтди. Ҳақиқий спектакль кучини ҳис қилдим. Жаннат хола ролида Тамара Мирмақсудова актриса сифатида бир неча поғонага кўтарилганининг гувоҳи бўлдим.Саҳна безаклари, жонли нолалар, ҳар сафар бундай оғир пьесани ўйнаш актриса учун қанчалик оғир, лекин бундан завқ олаётгани томошабинни ҳам бефарқ қолдирмайди.
Албатта, спектакль премьера бўлишига қарамасдан зал тўлмагани, айрим актрисаларнинг ҳаддан ортиқ гримм қилганини инобатга олмаса, қайта-қайта кўришга арзийди.
Яна бир ўй. Асарнинг кулминацияси ота ўз ўғлини отган пайтда "Ишқилиб тегмаган бўлсин" деган жойи. Ота ролидаги актёр биринчи марта ўйнагани учунми, ўша ҳиссиётни чиқариб бера олмади. Тажриба ортидан бу томони ҳам ёпилиб кетади, албатта.
Умуман олганда, Ўзбекистон давлат драма театрини муваффақиятли спектакль билан табриклайман. Яна бир марта айтаман, спектаклга ҳеч бўлмаса Тамара Мирмақсудованинг ролини кўриш учун ҳам тушиш керак.
@diaryexpert

👍2
Forwarded from «Халқ сўзи» | Расмий канал
Халқ демократик партияси фракцияси ўзини парламентдаги мухолифат фракцияси дея эълон қилди
Партия электорат овозини парламент ва ҳукуматга етказиш, уларнинг манфаатларини самарали ҳимоя қилиш, мамлакатда кучли ижтимоий сиёсат юритишни давом эттириш мақсадида ана шундай қарорга келган.
👉 https://xs.uz/uzkr/128716
Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram|Instagram|Youtube|Facebook

Forwarded from Kitobdan parcha
Inson taglik almashtira olishi, rejalashtira olishi, sigir so‘ya olishi, kemani boshqara olishi, bino loyihalashi, sonet yoza olishi, hisob-kitobni muvozanatlashtira olishi, devor qura olishi, siniqni bog‘lashi, o‘layotgan odamni yupata olishi, buyruq ola bilishi, buyruq bera bilishi, jamoada ishlay olishi, yolg‘iz harakat qila olishi, tenglamalarni yecha olishi, yangi muammoni tahlil qila olishi, go‘ng tashiy olishi, kompyuter dasturlay olishi, mazali ovqat pishira olishi, samarali kurasha olishi va mardona o‘la olishi kerak. Mutaxassislik — bu hasharotlar uchun.
Robert Heinlein
@kitobiyiqtibos
Robert Heinlein
@kitobiyiqtibos
🔥2🤯1💯1
ИГНАНИНГ ҲАСРАТИ
Игна айтар эмиш инсонга,
Қадримга ет, кўзни оч, дермиш.
Кийим тикдим жумла жаҳонга,
Ўзим эса - яланғоч дермиш.
Асли унга либос нима ғам,
Бу ҳасратнинг сабоғи бордир.
Шу беминнат игначанинг ҳам
Раҳматга зор қулоғи бордир.
Эркин Воҳидов
@diaryexpert
Игна айтар эмиш инсонга,
Қадримга ет, кўзни оч, дермиш.
Кийим тикдим жумла жаҳонга,
Ўзим эса - яланғоч дермиш.
Асли унга либос нима ғам,
Бу ҳасратнинг сабоғи бордир.
Шу беминнат игначанинг ҳам
Раҳматга зор қулоғи бордир.
Эркин Воҳидов
@diaryexpert
👍5
8-sinf yangi nashrdan chiqqan Adabiyot darsligini bir sidra koʻzdan kechirib chiqdim. Umuman olganda yangilik yaxshigina sezilgan, asarlar tanlanishi ham juda yoqdi. Savol va topshiriqlar, tushuntirishlar — hammasi risoladagidek. Ayniqsa, adabiy laboratoriyaning qoʻshilganligi hammasidan ham xursand qildi. Asarlar tanlanishida ham oʻziga xos nozik did sezilib turibdi. Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda”si, Chingiz Aytmatovning “Oq kema”si, Xayriddin Sultonovning “Saodat sohili”, Alfons Dodening “Soʻnggi saboq”i, Xurshid Doʻstmuhammadning “Mirkomilboyning qazo boʻlgan namozi”, O.Henrining “Yigirma yildan soʻng”i, Shukur Xolmirzayevning “Oʻzbeklar”i, Robindranath Thakurning “Shubxa”si — bularning hammasi nasriy bir jipslikni hosil qilgan, kitob mundarijasining oʻziyoq kitob saviyasini bildirib turibdi. Yuksak saviyali darslik hammamizga muborak boʻlsin.
@diaryexpert
@diaryexpert
👍3🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuvi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlari nomidan Emomali Rahmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti kuni bilan samimiy tabrikladi.
@diaryexpert
@diaryexpert
👍4
AQSH sobiq prezidenti Reyganning doʻstlari — soʻl qarashdagi er-xotin — mehmonga keladi. Ular bilan birga ularning qizi ham keladi. Soʻrab qolishadi:
— Katta boʻlsang, kim boʻlmoqchisan?
— AQSH Prezidenti, — deydi qizaloq.
— Prezident boʻlsang, birinchi nima qilasan?
Qizaloq javob beradi:
— Uysiz va och odamlarga uy va ovqat beraman.
Ota-onasi faxrlanib turishibdi: “Qara, bolamiz qanday mehribon, qanday sotsial adolatparvar!”
Reygan esa boshqacha yoʻl tutdi:
— Juda yaxshi niyat, — deydi. — Lekin bu ishni Prezident boʻlguncha kutmasdan ham qilib qoʻyish mumkin. Masalan, ertaga mening uyimga kelasan: gazonni oʻrasan, oʻt-oʻlanlarni tozalaysan, yoʻlakni supurasan. Men senga 50 dollar toʻlayman. Keyin oʻsha uysiz odam turgan doʻkon oldiga boramiz, va sen shu 50 dollarni unga berib, uy va ovqatga yordam qilasan.
Qiz biroz oʻylab turadi-da, savol beradi:
— Nega oʻsha uysiz odamning oʻzi kelib, oʻsha ishlarni qilmaydi? Unga toʻgʻridan-toʻgʻri 50 dollar bersangiz boʻlmaydimi?
Shunda Reygan kulganicha deydi:
— Respublikachilar partiyasiga xush kelibsan, qizaloq!
Shundan keyin qizaloqning soʻl qarashdagi ota-onasi Reygan bilan gaplashmay qoʻyishgan, deyishadi.

🤩4👏1🤔1
ILTIMOSNOMA
Tafakkur sohibi mana bu odam,
U aslo sinmaydi, qancha egmagin.
Biroq banda u ham, insondir u ham,
Hurmatli xudbinjon, unga tegmagin.
Mana bu odamda qalb bordir goʻzal,
Hislari oʻxshaydi yoyilgan kunga.
Iltimos qilaman, rahm aylagil sal,
Azizim dilozor, tegmagin unga.
Bunda-chi porlaydi yorqin isteʼdod,
Aql-u his birlashib, unda boʻlmish jam.
Xudo haqqi, uni qilmagil barbod,
Qadrli hasadgoʻy, tegma unga ham.
Yaxshisi, barchangiz marhamat aylab,
Keling huzurimga, mehmon qilgayman.
Axir ayon menga sizdagi talab,
Har nechuk, men sizni koʻpdan bilgayman.
✍️ Abdulla Oripov

👍1