✾꯭‌⃘⃝♥️⃘꯭꯭⃝✿꯭⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ༅꯭ࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩࣩ✾꯭Yagonam ⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋBirdonam✾꯭‌⸙
274 subscribers
15.8K photos
49.5K videos
47 files
47.1K links
ASSALOMU ALEYKUM
KANALIMIZGA XUSH KELISZLAR
Download Telegram
Satirlarim betartib, toʻzib ketgan xayollar,
Holatim oʻzimga kelmaydi xush.
Qiynadi gohida, javobsiz savollar,
Bu hayot bir tush, bu hayot bir tush.

Oʻygʻanmoq qoʻlimdan hech ham kelmayin,
Ruhim oʻtar arosatda, bir bor kulmayin,
Yashayapman hayotda, oʻzimni bilmayin,
Bu hayot bir tush, bu hayot bir tush.

Boʻrilar toʻdasi uvvosida qolgan qoʻydek,
Umr bir lahzada oʻtib ketar shirin toʻydek,
Na buncha saroblarni chandon sevdik?
Bu hayot bir tush, bu hayot bir tush.

Allalarin aytarlar goʻzallar boladek bilib,
Dushman ayovsiz kurashar toladek ilib,
Gohida qoʻyamiz ,,elovlanib " kulib,
Bu hayot bir tush, bu hayot bir tush.
Oʻldi(rilgan) askar

Oʻlar jangdan tirik chiqdi,
Omon qoldi oʻqlar doʻlidan
Egilmadi sinmadi hech
Sindirdi kim chiqsa yoʻlidan.

Vatan degan oʻgʻlon yuragi but,
Xalq uchun gʻayratli sobit,
Oʻlsa ham oʻligi magʻrur
Shahidni koʻtarardi tobut.

Ammo yon berdi oʻlim guli,
Chamanzor uzra burkaldi rayhon.
Bir goʻzalga maftun boʻlgan dili
Hushlaridan ayirib qildi hayron...

Askarni qaytarishdilar uyiga,
Turli boʻhtonlar bilan qildilar tilim.
Jangdan yenga olmaganlar, kuyiga
Mazaxlab kulayotgandek edi oʻlim...

Birlari yuzida tukidan ayblar topsa,
Katta jinoyatdek qoʻymas qoʻyishga.
Ne qilibdi ayting ayoli avratin yopsa,
Yashamay, qoʻymas yashab oʻtishga.

Begonalar qarindosh, qarindosh begona,
Dilga yaqin olganlari(ng), dilni ogʻritar.
Yolgʻonchi kazzoblar qilib devona,
Eng yaqindek tutib, keyin jim ketar...

Oʻgʻlon mard edi, jangda turardi omon,
Ming dushman tigʻlari tanasin tilmasdi
Oʻzgargandek butun olam bu jahon
Hayot jangi juda ham ogʻirligin bilmasdi.

E.Y.
Sevmasmi 💔

Sizda kunglim borligin
Yuraginggiz sezmasmi
Boyni sevgan qalbingiz
Kambag'alni sevmasmi.

Uzoqmi biz tomonlar
Nima borsa kelmasmi
O'zgani sevgan yurak
Biz g'aribni sevmasmi

Ikki ko'gil bir bo'lsa
Chin sevgi shu emasmi
Boyga boqqan ko'zchalar
Kambag'alni ko'rmasmi

Bildik ko'ngil qo'yibsiz
Mol-u dunyo taxtiga
Chin oshiqlar har doim
Qolar sodiq  axtiga

Qoshi kamon, yuzi oy
Gullardanam gulchiroy
Yoqib qolib  usha boy
Endi bizni sevmasmi.

Sotib oling bir ko'ray
Millionga baxt bermasmi
Bir bechora sevsay-u
Bevafolar sevmasmi.