Curious coder
92 subscribers
675 photos
221 videos
51 files
522 links
𝓣𝓱𝓲𝓷𝓴 𝓭𝓲𝓯𝓯𝓮𝓻𝓮𝓷𝓽... ! 𝗘=𝗺𝗰²
Download Telegram
Reallik va Xomxayollar: IT Bozori, Xorijda O'qish va Muhandislik Kayfi.

Oxirgi paytlarda o'rganishim kerak bo'lgan narsalar va o'zimga beradigan savollarim odatdagidan ikki barobar ko'paydi. Ingliz tilini o'rganish jarayoni davom etmoqda, ammo reja qilingan 10 ta ishdan atigi 5 tasi bajarilmoqda. Shu bilan birga, yo'l qo'ygan xatolarimni va so'nggi paytlardagi ish suhbatlarini chuqur tahlil qilib chiqdim - masalan, EPAM'dan taklif oldim, Zehn Mind AI'da esa yiqildim.Do'stlarim bilan bo'lgan suhbatlar va bozor tahlili asosida hayotiy bir nechta xulosalarga keldim:
1. Mahalliy mehnat bozori va raqobat:Hozirgi kunda O'zbekiston IT bozorida ahvol havas qilgulik emas. Bitta ochiq vakansiyaga 100 dan ortiq nomzod topshirmoqda, raqobat bir necha barobar kuchaygan. Aksariyat hollarda kuchli tanishlarsiz yoki tavsiyalarsiz yaxshi joyga ishga kirish qiyinlashib bormoqda.
2. Xorijda o'qish: Balandparvoz maqsadlar va moliyaviy tavakkalchilik:Magistratura o'qish haqida gap ketganda, hamma ro'yxatning eng yuqorisidagi top-universitetlarni orzu qiladi. Lekin reallik shuki, hamma oila ham farzandini u yerlarda o'qitishga qurbi yetmaydi. Ba'zilar maqsadlari haqida balandparvoz gapirib, ota-onasining yillar davomida yiqqan $10,000 – $30,000 pullarini xavf ostiga qo'yadi. Natijada nima bo'ladi? Birinchi semestr oxirida navbatdagi kontrakt to'lovi chiqadi, pul topilmasa, viza bekor qilinadi va talaba quruq qo'l bilan ortga qaytadi.
3. Yevropadan qaytganlarning oltin maslahati: Yevropaga talaba bo'lib ketib, qaytib kelganlar bilan gaplashganimda, ular juda to'g'ri bir fikrni uqtirishdi "Qo'lingda tayyor hunaring (kuchli texnik mutaxassisliging) bilan borganing eng yaxshisidir"*. AQSh, Yevropa yoki BAA bozorlarida IT xodimlariga juda katta pul to'lashadi, lekin bu pullar shunchaki havodan berilmaydi. Katta tavakkal qilib ketishdan oldin, texnik jihatdan juda kuchli tayyorgarlik ko'rish shart.
4. Ota-onani ayblash kerak emas :"Ota-onam pul qizg'ondi" deb ularni ayblash mutlaqo noto'g'ri. Ota-ona sizni hech qanday sabablarsiz, borligingizcha yaxshi ko'radigan insonlardir; siz ularning hayoti mazmunisiz. Faqatgina quruq xohishning o'zi hamma narsani hal qilmaydi. Katta qadam tashlashdan oldin sabablarni to'g'ri qilish kerak. Bekorga "Avval tuyangni bog'la, keyin tavakkal qil" deyilmagan.
5. Haqiqiy muhandislik "kayfi": Agar siz o'z sohangizni chuqur o'rgansangiz, yozayotgan kodingizni "hard" (apparat va tizim) darajasida qanday ishlashini his qilsangiz - bu haqiqiy kayf. Texnik bilimlar (Hard skills) va shaxsiy ko'nikmalar (Soft skills) o'zaro simbioz darajasiga yetganda, siz shunchaki dasturchi emas, balki qadrli muhandisga aylanasiz. Va aynan mana shu narsa global eshiklarni ochadi.
P/s: Xullas, hammasini sekin, bitta-bitta qilish kerak. Bularning barchasini bir vaqtning o'zida qilib bo'lmaydi.
@devspaceuz
2
🔥4
Claude /doctor duxturni kim ishlat projecti davolab turarkan o'zi siklga tushuritirib
Шахсий автобусимда кетяпман 🤣
😁3
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti

😁 Turkiyalik muzqaymoqchi dasturlashni o'rganib olganida...

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4
Yoshlgiz sizni qachon tashab ketgan 🤣
Рюкзак гулугулудан оригинал
3😁3👍2😱1
Marketing 🕷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Student paytim universitet, ish va English kursini bemalol ulgurardim. Kerak bo’lsa soat 01:00 gacha ishlab, ertasi kuni yana darsga borardim. Eng qizig’i — umuman charchamasdim.
Hozir esa faqat ish va English qoldi…
Lekin kechki 9 dan keyin organizm:
“Yopamizmi endi? Men bugunga ishladim.” 🤣
Oldin vaqt kam edi, energiya ko’p edi.
Hozir vaqt ko’proq, energiya esa qayergadir deprecated bo’lib qolgan.
@devspaceuz
😁3
Reliz chiqandan so'ng odam bir baxtli his qiladi o'zini
🤨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁21
Forwarded from MobilDasturchi.Uz (Azizbek Asqaraliyev)
Universitet tanlashda adashmang 🤦‍♂️

Bular ham 1Fit yo’lidan ketyaptimi hayronman 🤦‍♂️
Forwarded from Tune Hunt Bot
youtube video #YpaXTOOaWgo
GAZ LIVE
​​​​🔊 Баста - Кинолента

@TuneHuntBot orqali istagan musiqangizni tez va oson toping!
AI hamma narsani hal qiladi" degan xayol va IT bozoridagi achchiq haqiqat
Hozirgi kunda IT olamiga kirish qanchalik to'g'ri? Hamma yoqda shovqin- "Bozorda ishlar ko'paymoqda, lekin ish beruvchilar kamayib bormoqda","Eski stacklar yo'qolib ketyapti, hamma Full-Stack bo'lishi shart", "AI bir zumda hamma narsani o'rniga qo'yib yuboradi". Hamma og'zini to'ldirib: "AIga prompt yozasan, u butun tizimni o'zi qurib beradi", deb baqirmoqda. Afsuski, real hayotda ishlar bunday emas. AI sizi siklga tushirib qo'yishi hech gap emas. AI qayta-qayta yoziladigan qismlarda adashadi, kodni o'zingiz tushuntirib, to'g'rilab tursangizgina ishlaydi. "MCP serverlar bilan UI chizasan" deysizu, natija 100% o'zingiz o'tirib chizgandek chiqmaydi.
Project ownerlar tezlashishni xohlaydi. Ular "sizdan oldingi razrabotchiklar ham shunaqa degandi", deyishadi. Lekin bu xatolar uchun javob beradiganlar yana o'sha dasturchilarning o'zi. QA tekshiradi, qaytaradi; QA yana tekshiradi, yana qaytaradi.

Rahbariyat miyasiga esa - "Claude AI sendan zo'r ishlaydi" degan fikr o'rnashib qolgan.
Unutmang AI - bu shunchaki matematik model. U o'qilgan ma'lumotlar bazasiga asoslanib, keyingi so'z yoki ketma-ketlik ehtimolligini hisoblaydi, xolos.
To'g'ri yondashuv qanday bo'lishi kerak?
1)AIni shunchaki mayda-chuyda, rutin ishlarga ishlatish kerak. Asosiy arxitektura va mantiq o'zingizda qolgani ming marta yaxshi.
2)"Automode"ni yoqib qo'yib, JSON tashlab, UI chizib ber deyish bilan mukammal mahsulot chiqmaydi. Hozir hamma startuplar bir-biridan o'zib ketaman deb shuni qilyapti. Natija-chi? Performance'i rasvo, foydalanuvchilar ishlatmaydigan, chala loyihalar.

Xulosa o'rnida:
AI — bu zo'r instrument. U ishingizni ma'lum bir darajada tezlashtiradi, lekin 100% ko'ngildagidek, mukammal app faqat inson tomonidan qilinadi. Chunki bu AIning o'zini ham inson yaratgan!
Texnologiya va inson mehnati o'rtasida har doim sog'lom kompromiss bo'lishi shart. Shoshilmang, tahlil qiling va asosiysi - o'z ustingizda ishlashdan to'xtamang.
P/s: Dasturlashni o'rganishni boshlaganda asosiy maqsad "tezroq ishga kirib, katta pul topish" bo'lmasligi kerak. Asl maqsad - kasbni sevish, uni tushunish va puxta mutaxassis bo'lish bo'lsin. Qolgani o'z-o'zidan keladi, sizni tasavurizdagi mablag' hechnima ....
@devspaceuz
❤‍🔥1🤝1
Array (Massiv): Biz uni qanday tasavvur qilamiz va kompyuter uni qanday tushunadi?


Dasturlashda Array — bu bir nechta ma'lumotlarni bir joyda saqlaydigan eng asosiy tuzilmalardan biri. Lekin biz bilan kompyuter uni mutlaqo har xil tushunamiz.
1. Biz uni qanday tushunamiz?
Inson miyasi arrayni do'konga borib mahsulotlarni terib qo'yadigan savatcha yoki bir qatorga terilgan qutilar sifatida tasavvur qiladi. Masalan, let numbers = [10, 20, 30, 40] dedikmi, biz shunchaki to'rtta son bir joyda turibdi deb o'ylaymiz. Unga numbers[2] deb murojaat qilsak, uchinchi elementni (ya'ni 30 ni) olib berishini tushunamiz. Biz uchun bu mantiqiy va sodda ro'yxat.
2. Kompyuter uni qanday tushunadi?
Kompyuter uchun array — bu RAM (operativ xotira) ichidagi qat'iy ketma-ket joylashgan kataklar (bloklar).
Kompyuter xotirasi minglab adreslardan iborat ulkan omborxonaga o'xshaydi.
Array yaratilganda, kompyuter xotiradan ma'lum bir uzluksiz joy ajratadi.
Masalan, birinchi element 0x7ffee manzilida tursa, qolgan elementlar darhol ketma-ket joylashadi.
Shuning uchun ham kompyuter index (numbers[2]) orqali murojaat qilganda uni juda tez topadi: u shunchaki boshlang'ich manzilga element hajmini va index raqamini qo'shib, to'g'ridan-to'g'ri o'sha katakka sakraydi (O(1) vaqt murakkabligi).
Lekin bu yerda kichik bir "lekin" bor:

Array xotirada qat'iy ketma-ket joylashgani uchun, uning hajmini o'rtadan kattalashtirish yoki o'chirish qiyin. Agar o'rtaga yangi element qo'shmoqchi bo'lsangiz, kompyuter butun boshli massivni xotiraning boshqa joyiga ko'chirib chiqishiga to'g'ri keladi. Bu esa resursni ko'p talab qiladi.
Xulosa:
Dasturlashda yozayotgan har bir oddiygina kodimiz ostida kompyuter xotirasi bilan bog'liq katta fizika va mantiq yotadi. Arrayni shunchaki ma'lumotlar ro'yxati emas, balki xotirani boshqarish vositasi sifatida tushuna boshlasangiz, yozayotgan kodingiz ham optimallashib boradi.
@devspaceuz
❤‍🔥11
Motivatsiya ortidan quvishdan charchadim.

Har kuni kimdir "mana shunday qilsang muvaffaqiyat", "mana shu yo'l eng to'g'risi" deb chiqadi. Lekin vaqt o'tgani sayin bitta narsani tushundim: motivatsiya uzoqqa olib bormaydi.Nasibingizdagi narsaga erishish uchun baribir harakat qilishingiz kerak. Sekin bo'lsa ham, bosqichma-bosqich. Har kimning yo'li har xil. Kimdir 20 yoshida natija qiladi, kimdir 30 yoshida. O'zingizni birovning yo'li bilan o'lchamang.Maqsad aniq bo'lsin. Keyin esa shunchaki ishlang. Ko'proq ishlang. Natija bir kunda kelmaydi, lekin har kuni qilingan mehnat yig'ilib boradi. Yana bir narsa hech kim siz uchun ideal "case" emas. Sizning sharoitingiz, imkoniyatingiz va hayotingiz boshqacha. O'zingizni boshqalar bilan emas, kechagi o'zingiz bilan solishtiring. Oxir-oqibat, o'zingiz o'zingizning eng yaxshi "case"ingiz bo'lasiz.Rostini aytsam, oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardan ham charchadim. Hamma muvaffaqiyatni sotyapti, hamma motivatsiya ulashyapti. Lekin buning katta qismi chiroyli qadoqlangan illyuziya. Ekranda ko'rgan narsangizning yarmi haqiqiy hayot emas.
Ba'zan telefonni chetga qo'yib, jim ishlash eng kuchli motivatsiya bo'ladi.
P/s: Ishlashdan odamdan o'lmaydi , xozir manga qiyin man depresiyadaman kulaman foydasi yoq turib ishlash kerak hichkim sizni qutqarmaydi batar bo'ladi bundan keyin o'zi payt keladi kimdir sabab bo'ladi , kimnidir sabab qiladi shu ishni topishizga .
@devspaceuz
2🔥6💯2❤‍🔥1🆒1💘1😘1