Forwarded from Yusuf Abdullaev | Blog
Junior dasturchi bo'lish kerak(mi?)
TLDR; AI bilan ko'proq kod yozish kerak, qo'lda kamroq emas.
10 yil dasturchilik tajribam davomida Junior va Senior dasturchilar o'rtasida ko'rgan eng katta farq – qanchalik tez izlash. Qanchalik sekin ishlasangiz, shunchalik Senior hisoblanasiz – chunki sekin degani yuqori sifat, sabr va sinchkovlik hislatlarini o'z ichiga oladi. Berilgan vazifani bajarishga shoshilmaslik, batafsil o'rganish, "edge case"lar haqida o'ylash odatda Junior dasturchilarga xos emas. Ular tezroq va ko'proq kod yozishga, build qilishga shoshilishadi. Junior uchun ko'p = yaxshi degani. Senior esa sekinroq va kamroq, lekin sifatliroq kod yozish, uni test qilish va mustahkamroq tizim yaratishni xohlaydi.
Sekin va sifatli tizim yaratish muhim – lekin har doim ham emas. Sizni loyihangizda 5 ta foydalanuvchi bo'lsa, unda senior dasturchi hal qiladigan ko'p muammolar bo'lmaydi. Backend-ga bosim katta emas, bir vaqtda minglab yoki millionlab request kelmaydi, MVP loyiha bugun bunday, ertaga umuman boshqacha – bunday holayda code quality yoki arxitektura ham muhim emas. 1 haftadan keyin yozilgan kod baribir kerak bo'lmasa, uni sifatining nima ahamiyati bor? Kod va mahsulot sifati loyiha haqiqiy biznesga aylanganidagina, undan ko'p odamlar foydalanib, katta pul aylanishni boshlaganidagina muhim bo'ladi. To'g'ri, boshidan yaxshi sifatli mahsulot yaratish yomon emas. Lekin agar bu tezlikka ta'sir qilsa, hali foyda keltirishi noma'lum feature yaratish haftalab vaqt talab qilsa, bu har qanday biznes uchun zarar. Chunki, software bu birinchi navbatda biznes, u pul keltirishi kerak.
Biznes uchun asosiy metrika – bu revenue (daromad). Dasturning crash rate, latency, stability va hokazo ko'rsatkichlari hammasi aynan daromadga ta'sir qilgandagina critical muammoga aylanadi. Aksar tajribali dasturchilar AI-ni hali ham qabul qila olmayapti, undan 100% foydalanishga o'tishga qiynalmoqda (shu jumladan, men ham). Chunki biz uzoq yillar davomida hamma narsani qo'lda qilishga, codebase 100% bizga tegishli bo'lishiga o'rganganmiz. Chunki javobgarlik ham doim bizda bo'lgan. 2026 yilda Claude Code va Codex kabi AI agentlar ishimizni o'n yoki yuz martalab tezroq qilish imkoniyatini beryapti, lekin shu efemer ownership va control tuyg'usi unga 100% ishonishga yo'l qo'ymayapti.
Aksincha, yoshroq va yangi kelgan dasturchilar esa juda tez AI orqali kod yozishga kirishishmoqda, kunlar yoki soatlarda butun boshli loyihalarni yasashyapti. Sababi – ular ortiqcha xavotirlanmaydi, yozilgan koddagi edge caselarni o'ylab o'tirmaydi, chunki bunday xatoliklar keltirishi mumkin bo'lgan muammolarga duch kelmagan. To'g'ri, AI ham xato qiladi, galyutsinatsiya qilishi mumkin, lekin umumiy olganda berilayotgan tezlik va boshqa imtiyozlar potensial kamchiliklarni oqlaydi. Shu uchun ham balki hozir 17-18 yosh founderlar yaratgan multimillion dollarlik startaplar ko'payib, investorlar ham yosh founderlarga ko'proq e'tibor beryotgandir. Chunki ularning miyasi avvalgi tajribasi tufayli hali qotishga ulgurmagan, yangi narsalarni qilishdan qo'rqmaydi. Riski ham, reward ham ko'proq.
@yusufblogs

👻2🆒1
Har kuni qancha token yoqyapsizlar
P/s: Mani jo'ralarim minutiga 10 ming token yoqyapti 😂
P/s: Mani jo'ralarim minutiga 10 ming token yoqyapti 😂
⚡️ Senior Flutter Developer
bo'lish uchun bilishingiz shart bo'lgan 4 ta performance trick
Har kuni ishlatadigan, lekin ko'pchilik e'tibor bermaydigan optimizatsiyalar
1. Rebuild nazorati — BlocBuilder'da buildWhen ishlatib, faqat kerakli qism rebuild bo'lishini ta'minlang. Butun page'ni rebuild qilish — eng katta xato.
2. ListView.builder — ListView barcha itemlarni darhol build qiladi. Builder esa faqat viewport ichidagini. 1000 item bo'lsa, farqni o'zingiz his qilasiz.
3. cacheWidth / cacheHeight — Image.network'da bu parametrlarni bermasangiz, Flutter original hajmda decode qiladi. 4K rasm thumbnail uchun ishlatilsa — RAM'ni yo'q qiladi.
4. RepaintBoundary — Animatsiyali va static contentni alohida layer'ga ajrating. DevTools'dagi Repaint Rainbow buni ko'rish uchun.
Har bir widget'ning lifecycle'ini, render pipeline'ni, va GPU layer'larini tushunish.
@devspaceuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆒1
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Kecha Anthropic yana nimadir qilibdi. O’qimadim. Ishonchim komil qilingan ishlar ichida eng zo’r ish bo’lgan.
Forwarded from Unilance
Yozda Birga Kod Yozamiz ☀️
Dasturchilar uchun yozgi intensiv kurs
🏆 Saralash: 2 bosqichli
⭐ Boshlanadi: 1-iyul
⏳ Davomiyligi: 5 hafta
💸 Qatnashish narxi: $1
Mavzu: Algoritmlar va ma'lumot tuzilmalari
Kurs Python dasturlash tilida o'tiladi!
🔗 Ariza yuboring: arena.anvarsaid.uz
⏰ Deadline: 21-iyun
👨🏫 Mentorlar:
Anvar Abdisaidov @ 42 & HBS
Komronbek Boymuhamedov @ ex-Yandex
@unilance - eng yaxshisi siz uchun

Хатто сиёхтарин шаб пурнуртарин
рузкоро дорад,пас хамеша сабр кун
то хамон нур ба рох расад...
@devspaceuz
рузкоро дорад,пас хамеша сабр кун
то хамон нур ба рох расад...
@devspaceuz
❤🔥2❤1
Sizning super poweriz qaysi sohada o’sha soha bilan keting.
P/s: Mandagi muamo focusimni yo’qotaman
@devspaceuz
P/s: Mandagi muamo focusimni yo’qotaman
@devspaceuz
🤝1
Oxirgi payt focusni ushlash muamo bo’lib qoldi har 40 minutda bita focusni yo’qotish bo’lyapti „ 2021 - yil 3 ta imtihoni topshirdim hammasi zo’r o’qishga qabul qilindim Dilshod aka instagramda o’tirib scrol qilib turardila anashu joyida manga qiziqish paydo bo’ldi manam ochiga qaror qildim .. Ochma bola yaxshi o’qiyapsan sanda hammasi Zo’r Xozir vaqtingni ortiqcha narsaga sarflamaysan degandila ….“bu men uchun eng yaxshi maslahat bo’lgan bunday olib qaralsa man esa boshqa o’z bilganimdah qolmadim….
P/s: Hammasini kech bo’lganda tushunamiz.
@devspaceuz
P/s: Hammasini kech bo’lganda tushunamiz.
@devspaceuz
Tempus Fugit ⏳
Lotin tilidagi "Tempus fugit" iborasi — "Vaqt uchib o'tadi" degan ma'noni anglatadi.Kechagina boshlagandek tuyulgan loyihalar bugun yakunlanmoqda. Kecha o'rgangan texnologiyalar bugun eskirmoqda. Vaqt esa hech kimni kutmaydi.
Shuning uchun:
1)G'oyalarni keyinga qoldirmang.
2)O'rganishni ertaga surmang.
3)Muhim insonlarga vaqt ajrating.
4)Har kuni oz bo'lsa ham oldinga qadam tashlang.
Chunki vaqt sekin o'tayotgandek ko'rinadi, ammo orqaga qaraganingizda uning qanchalik tez uchib ketganini sezasiz.
Tempus fugit. Vaqt uchadi. Uni qadrlang.
@devspaceuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Azim Pulat
Tasavvur
Kod xotiradan emas, tasavvurdan yoziladi.
Tizim qurish ham, muammo yechish ham.
Faang Prepda codes.live ni bosib ishlatyapmiz.
Kod muhim emas, yechimlarni yodlash ham kerak emas.
Uni tushunish, tasavvur qilish muhim va bunda asqotyapti.
Muammoni ko'ra olish = yechimning yarmi.
Tasavvuringizni boyiting, chunki -
Tasavvur qilganingizni qura olasiz.
ps.codes.live bu oy chegirmada.

ps.
❤1
Forwarded from SuniCode
Ko'pchilik tadbirkorlar biznesni boshlaganda hamma jarayonni o'zlari nazorat qiladi: mijozlar bilan gaplashish, sotuv, xizmat ko'rsatish va marketing. Ammo biznes masshtabi kattalashgani sari bu "qo'lda boshqarish" usuli ishlamay qoladi. Xo'sh, nima uchun o'sib borayotgan loyihalarga tizimlashtirish suv va havodek zarur?
Mijozlar oqimi ko'payganda, kimga nima sotilgani, qaysi mijozning qanday talabi borligi yoki qaysi vazifa qachon topshirilishi kerakligi tez-tez esdan chiqadi. Qog'ozdagi yozuvlar yoki turli xil tarqoq messenjerlardagi xabarlar ish jarayonida katta xatoliklarga olib keladi.
Tizim yo'q joyda rahbar faqat yong'in o'chirish bilan ovora bo'ladi. U mayda-chuyda muammolarga shunchalik ko'milib ketadiki, strategik rejalashtirish, biznesni rivojlantirish va yangi xizmatlarni o'ylab topishga umuman vaqti qolmaydi.
Tizim bo'lmasa, mijozlar bazasi xodimlarning shaxsiy raqamlarida yoki xotirasida qolib ketadi. Xodim ishdan ketsa, mijozlar ham u bilan birga ketishi mumkin. Qolaversa, sekin xizmat ko'rsatish va esdan chiqqan qo'ng'iroqlar sababli tayyor mijozlar raqobatchilarga boy beriladi.
Tizimlashtirish biznesga nima beradi?
* Jarayonlarni avtomatlashtirish: Takrorlanuvchi ishlar, so'rovlarni qabul qilish va xabarnomalar yuborish (masalan, maxsus Telegram botlar yoki veb-platformalar orqali) inson omilisiz o'z-o'zidan hal bo'ladi.
* Nazorat va shaffoflik: Zamonaviy CRM va ERP dasturlari yordamida barcha savdo jarayonlari, moliya va xodimlar faoliyati bitta oyna orqali nazorat qilinadi. Qayerda qanday muammo borligini raqamlar o'zi ko'rsatib beradi.
* Cheksiz o'sish imkoniyati: Tizimi to'g'ri qurilgan va avtomatlashgan biznesni yangi bozorlarga olib chiqish, filiallarga bo'lish va masshtab qilish juda oson kechadi.
Tizimlashtirish – bu shunchaki qulaylik emas, balki biznesning yashovchanligi va kelajakdagi o'sishi uchun qo'yilishi kerak bo'lgan eng muhim qadamdir.
Sizning biznesingizda jarayonlar qanchalik tizimlashgan? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM