Hozirgi holatingizni qanday qabul qilasiz? Ya’ni: depressiya, ishsizlik, ertangi kunga ishonch yo‘qligi… yoki sizda qarzlar bor va ular sizni bosim ostida ushlab turibdi. Siz ishdan bo‘shagansiz, resurslaringiz asta-sekin tugab bormoqda. Bu jarayonda kapitalizmning asl mohiyati ko‘rina boshlaydi.
Men bu yerda kapitalizmni ayblamoqchi emasman. Xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham, insondagi resurslar kamayadi, uning “qiymati” (value) tushib boradi — bu ma’lum darajada tabiiy holat. Buni to‘liq to‘xtatib bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, ishonch masalasi bor: Xudo har bir insonga rizqini beradi. Biz esa faqat sabablarini qilamiz. Agar rizq topish uchun harakat qilsak, imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Kun bo‘yi tushkunlikda yurish esa insonni chalg‘itadi va oldinga siljishga to‘sqinlik qiladi.

🔥5❤🔥2
🚀 Flutter ilovalarda xavfsizlik: Flutter Secure Storage
Mobil ilova yaratishda eng muhim masalalardan biri — foydalanuvchi ma'lumotlarini xavfsiz saqlashdir. Ko'pincha biz Shared Preferences-dan foydalanamiz, lekin u nozik ma'lumotlar (tokenlar, parollar) uchun xavfsiz emas. Nega? Chunki u ma'lumotlarni shifrlanmagan holda oddiy XML faylda saqlaydi.
Bu erda bizga Flutter Secure Storage yordamga keladi! 🛡️
🧐 U qanday ishlaydi?
Ushbu kutubxona har bir operatsion tizimning eng himoyalangan qatlamlari bilan ishlaydi:
iOS:Ma'lumotlarni Keychain-ga joylaydi.
Android:AES shifrlashidan foydalanib, kalitlarni Keystore ichida saqlaydi.
Web: Brauzerning local storage-idan shifrlangan holda foydalanadi.
🛠️ Asosiy operatsiyalar:
final storage = const FlutterSecureStorage();
// Saqlash
await storage.write(key: 'auth_token', value: 'your_secret_token');
// O'qish
String? token = await storage.read(key: 'auth_token');
// O'chirish
await storage.delete(key: 'auth_token');
Agar siz Clean Architecture va BLoC bilan ishlayotgan bo'lsangiz,
FlutterSecureStorage ni bevosita UI yoki Data layer ichida ishlatmang. Uni alohida SecureStorageService klassiga o'rab, interfeys (abstract class) orqali Repository qatlamiga kiriting. Bu kodni testlashni osonlashtiradi.⚠️ Android uchun muhim eslatma:
Android-da maksimal xavfsizlik uchun
EncryptedSharedPreferences opsiyasini yoqib qo'yish tavsiya etiladi:
AndroidOptions _getAndroidOptions() => const AndroidOptions(
encryptedSharedPreferences: true,
);
Xulosa: Ilovangizda token yoki shaxsiy ma'lumot bormi? Demak, sizga Secure Storage kerak. Oddiy sozlamalar uchun esa Shared Preferences kifoya.
https://t.me/devspaceuz
Telegram
Curious coder
𝓣𝓱𝓲𝓷𝓴 𝓭𝓲𝓯𝓯𝓮𝓻𝓮𝓷𝓽... ! 𝗘=𝗺𝗰²
Forwarded from Umar Sadullayev | Blog
Ana bo’lmasam
Ko’p ish vakansiyalari ko’rish ta’siri 😁
Bu haqida bir fikrimni yozaman birozdan so’ng, ungacha kommentga marhamat 😅
#hazil
@JoshDeveloper
Ko’p ish vakansiyalari ko’rish ta’siri 😁
Bu haqida bir fikrimni yozaman birozdan so’ng, ungacha kommentga marhamat 😅
#hazil
@JoshDeveloper
🚀 Big O nima? (oddiy va tushunarli)
Dasturlashda eng muhim tushunchalardan biri — Big O.
Bu algoritmning qanchalik tez yoki sekin ishlashini ko‘rsatadi.
📌 Oddiy qilib:
Input (ma’lumotlar) ko‘payganda koding qanday “sekinlashadi” — shuni o‘lchaydi.
🔹Eng mashhur Big O lar:
⚡ O(1) — doimiy tezlik
Har qancha data bo‘lsa ham o‘zgarmaydi
👉
arr[0]📈 O(n) — chiziqli
Elementlar qancha ko‘p bo‘lsa, vaqt ham shuncha oshadi
👉
for i in arr🔥 O(n²) — kvadrat
Ichma-ich loop → juda tez sekinlashadi
👉 nested loop
🧠 O(log n)— juda samarali
👉 Binary Search
⚙️ O(n log n) — optimal algoritmlar (sorting)
💡 Qoidani yoddingizda tuting:
* Eng katta o‘sish muhim (O(n + n²) = O(n²))
* Konstantalar hisobga olinmaydi (O(2n) = O(n))
📊 Tezlik bo‘yicha tartib:
O(1) < O(log n) < O(n) < O(n log n) < O(n²) < O(2ⁿ)
🎯 Nega bu muhim?
* Interviewda 100% kerak
* Katta data bilan ishlaganda muhim
* Yaxshi developer bo‘lish uchun foundation
https://t.me/devspaceuz
Telegram
Curious coder
𝓣𝓱𝓲𝓷𝓴 𝓭𝓲𝓯𝓯𝓮𝓻𝓮𝓷𝓽... ! 𝗘=𝗺𝗰²
Studentlik davridan to‘g‘ri foydalanilsa, natija har doim zo‘r bo‘ladi. Afsuski, ko‘pchilik universitetda “shunchaki yopib ketsam bo‘ldi” degan yondashuv bilan o‘qiydi. Bunga sabablarning biri — o‘tilayotgan fanlarning asl mohiyati va amaliy ahamiyati yetarlicha tushuntirilmasligi. Natijada talabaning oldida aniq maqsad shakllanmaydi, va u faqat diplom olishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Bu esa butun bir avlodning vaqti samarasiz o‘tishiga, malakasi past kadrlar va ishsizlikning ortishiga olib keladi — bu juda achinarli holat.
Agar siz birinchi kursda bo‘lsangiz, har bir faningizni shunchaki o‘qib chiqish bilan cheklanib qolmang. Avvalo, uning mohiyatini tushunishga harakat qiling: bu fan nima uchun kerak, qaysi sohalarda qo‘llaniladi, sizga qanday foyda berishi mumkin? Shu orqali siz o‘zingizga mos yo‘nalishni asta-sekin aniqlay boshlaysiz.
Ikkinchi kursga kelib esa tanlagan sohangizni chuqurroq o‘rganishni boshlang. Nazariy bilim bilan cheklanmasdan, amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantiring. Uchinch kursga borganda esa shu yo‘nalish bo‘yicha yarim stavkali ish topishga harakat qiling. Bu sizga nafaqat tajriba beradi, balki universitetda olgan bilimlaringizni amaliyotda sinab ko‘rish imkonini ham yaratadi.
Shunday qilsangiz, o‘qishni tugatganingizda qo‘lingizda faqat diplom emas, balki real tajriba va aniq yo‘nalish ham bo‘ladi.
P/s: Sinalgan usul

🤝1
Forwarded from Oh, my Flutter (Mikhail Zotyev)
Команда Flutter активно участвует в различных конференциях. Это хорошая возможность пообщаться с ними, посмотреть демо вживую или лично поделиться своим мнением.
📌 Список конференций доступен в статье по ссылке.
https://blog.flutter.dev/come-meet-the-flutter-core-team-on-tour-in-2026-51c3d7190e44
#article #announcement
📌 Список конференций доступен в статье по ссылке.
https://blog.flutter.dev/come-meet-the-flutter-core-team-on-tour-in-2026-51c3d7190e44
#article #announcement
Тоза хаво майин шамолча узингни уйинг тинчлик хамма сани танийди сан улани танийсан…. хулас зур хаёт кайнаяпти базан уйлаб коламан манга шу шахарга бориш керакма деп?
🆒1
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Omading kelgan seni deyishadi.
Bu fikrga qo'shilaman.
Hayotim davomida kuchli ustozlar bilan ishlash nasib etdi.
Shulardan biri Gordo Byrn. Ultraman jahon chempioni. Bugun dunyoda o'z yoshidagi eng tez triatlet.
Unga birinchi marta shaxsiy xabar yozish uchun 4 oy tayyorlangan edim.
U qatnashgan jami podcastlarni 2 martalab eshitib, fikrlarini o'zlashtirib, olgan bilimlarimni yozib chiqqan edim.
Bunga 1 oyc vaqt ketgan edi.
**********************************
Yillar davomida anglab yetgan fikrlarimdan:
• imkoniyatlar har doim bor.
• muvaffaqiyatli insonlar biz o'ylaganchalik "yetishib bo'lmas" odamlar emas.
• ular biz o'ylagandan ko'ra sahiyroq va himmatliroq.
• ular bilimlarini jon deb ulashgisi keladi.
Savol omad yoki imkoniyatlarda emas.
Biz 4 oy sabr bilan izlanishga tayyormizmi?
Asl savol mana shu.
Bek Olimjon
25.04.26
Norvegiya

❤1