NATIJASIZLIKDAN CHARCHASH HAQIDA
Siz web sohaga qadam qo'ydingiz. Siz boshida o'zingizga juda ham ishonar edingiz. Ammo vaqtlar o'tib, dasturlash kodlarini yodlasangiz ham unuta boshladingiz. O'zingiz xoxlagan natijaga umuman erisha olmayapsiz. Hayolingizdagi sayt boshqa-yu, siz tayyorlayotganingiz boshqacha bo'lyapti. Saytni did bilan yarata olmayapsizmi? Unda bu maqola aynan siz uchun.
Sayt bu kim xoxlasa yaratib ketaveradigan narsa emas. Sayt bu yuksak did bilan dizaynlangan, yuksak bilim bilan dasturlashtirilgan, yuksak e'tibor bilan optimizatsiyalangan va eng muhimi pul ishlash uchun emas, balki o'z karierasidan kelib chiqib yaratiladigan mahsulotdir.
Siz kimnidir tayyor dasturini, qo'shimcha modulini yoki saytini topib olsangiz darhol pullashga shoshilmang. Axir u kimningdur necha kunlik, haftalik, oylik mehnati natijasiku...
Siz bir bora bunaqa g'irromlikka o'rgansangiz keyin doim shunaqa bo'lib qolasiz. Bu esa odamlarning sizdan yuz o'girishiga olib keladi.
Siz dasturlashga kirdingizki, kun yoki tun bo'yi shu bilan shug'ullanmang. Sababi dasturlash miyani tez charchatadi. Shunday paytlarda ko'chaga chiqib, aylaning, qo'l-yuzingizni sovuq suvda yuving, yengilgina ovqatlaning. Qisqasi miyangizni charchatib qo'ymang.
Bir paytda murakkab dasturlashga o'tib ketmang. O'zingizni o'zingiz men bu tilni bilaman deb ishontirgandan ko'ra, boshqalarga ayting sizga shu yo'nalishda qiyin qiyin savollardan berishsin.
O'rganishga eng zo'r usul bu savol javobdir. Hech qachon bir dasturlash tilini to'liq o'rganmasdan boshqa dasturlash tiliga o'tib ketmang. Bu dasturlashni o'rganaman deb vaqt yo'qotib natijaga erisha olmaydiganlarning eng buyuk xatolaridan biridir.
Eng kuchli dasturchi bo'lmoqchi bo'lsangiz maqtanishni unuting. Boshqalarga bilimni qiynalib olganman deb bilimingizni pullamang. Sababi insoniylik puldan ancha buyukroq kuchdir!
Kuchli dasturchi bo'lishda eng muhimi dasturlashni o'rganish emas, uni kerakli joyda qo'llay bilishdir. Ko'pchilik dasturchilarning eng katta xatolaridan biri dasturlashni o'rgansa ham amaliyotda buni sinab ko'rmasligidadir. Amaliyot dasturchini eng kuchli darajaga erishishiga yordam beradigan narsadir.
Amaliyot qilmagan dasturchi bir tiyinga arzimaydigan dasturchidir....

<DevCon />
http://telegra.ph/PHP-haqida-06-28
Shaxsan o'zim ham ushbu dasturlash tilidan foydalanaman. Juda qulay va tezkor dasturlash tili hisoblanadi.
Gap dasturlash tilida emas, shu dasturlash tilini qanchalik yaxshi bilishda.
P.S: Bir ustozim fikrlaridanO'zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida qurilgan Is'hoqxon ibrat majmuasi uchun tayyorlagan veb saytimni sizlarga taqdim qilmoqchiman.
Internet haqida
Internet - butun jahon o'rgimchak to'ri deb nomlanishiga sabab, uni tuzilish strukturasi o'rgimchak to'rinikiga o'xshab ketadi. Undan tashqari uni kosmosdagi yulduzlar va gallaktikalar joylashuviga ham o'xshatish mumkin. Internerga birinchi martta AQSh da DARPA tashkiloti tomonidan asos solingan bo'lib, maqsad agar AQShda urush bo'lib qoladigan bo'lsa, axborot almashish uchun ishlatish bo'lgan.
Umuman olganda internet oddiy bir kompyuterlarni bir-biriga ulagan tarmoqga o'xshaydi. Faqatgina uning miqyosi butun dunyo bo'yicha tarqalgan. Demak, tarmoq hosil qilingandan so'ng undagi kompyuterlar bir-biri bilan bog'lanishi uchun ularga nom berib chiqish kerak. Buni bizga IP lar amalga oshirib beradi. IP bo'yicha biror kompyuterga ma`lumot uzatishda maxsus qoida bo'lishi kerak, axir butun jahon kompyuter tarmog'i bo'lganidan keyin unda har xil operatsion tizimli, turli xil kompyuterlar joylashadida. Ular bir birlari bilan maxsus belgilangan qoida asosida bog'lanadilar.
Bu qoidani TCP/IP protokoli (yani qoidalar majmuasi) amalga oshirib beradi. Endi, kompyuterlar bir-biri bilan nima uchun bog'lanadilar? - albatta biror ma`lumot olish uchun, axir DARPA tashkil qilgan ARPANET ni ham maqsadi shu ediku. Ma`lumotni foydalanuvchiga berish uchun, internetda mahsus Serverlar tashkil qilinadi. Ma`lumot turi esa biror ko'rinishdagi fayl bo'lishi mumkin, yoki pochta xabari, yoki web sayt va hokazo...shularga mos tarzda fayl serverlari, pochta serverlari, web serverlar va boshqalar tuziladi. fayl serveriga murojaat FTP protokoli orqali, pochta serveriga murojaat SMTP va boshqa pochta protokollari orqali, Web serveriga murojaat esa HTTP protokoli orqali amalga oshirilishi mumkin.Bilamizki, fayl serverida har xil fayllar (masalan rasm, musiqa, kino va hokazo...) turadi, pochta serverida kelgan, jo'natilgan va boshqa pochta xatlari turadi. WEb serverdachi? - web serverda turli xil web saytlar turadi. Xo'sh, agar internetda barcha kompyuterlar, serverlar bir birini IP adres orqali tanisa, qanday qilib bizni brauzer adres qatorida yozgan oddiy harflardan iborat so'zimiz bizni kompyuterimizni qaysidir joyda turgan web server bilan bog'ladi? - buning uchun mahsus DNS serverlar yordamga keladi. u yerda saytlarni adreslari va ular uchun mahsus berilgan IP adreslar turadi, xuddi quyidagicha:
www.mail.ru 217.69.141.22
www.google.ru 173.194.35.151

va hokazo... Siz qachonki brauzer adres qatoriga mail.ru yozganizda bu so'rov DNS serveriga borib, u yerdan mail.ru ga mos turgan ip adresli serverga yo'naladi. Hohlasangiz mail.ru yozmasdan yuqorida keltirilgan joydagi mail.ru ni to'g'risidagi ip adresni brauzer adres qatoriga yozing, sizga mail.ru saytini ochib beradi. Ma`lumki brauzer HTTP so'rovini yuboradi, shu sabab bu so'rovni web server o'ziga qabul qiladi. bu huddi ko'p eshikli binoni biror eshigi bo'yicha kirishga o'xshaydi. Masalan, siz HTTP yo'lagi bo'yicha borsangiz sizni web server kutib oladi. Buni ilmiy tilda "web server 8080- portni(eshikni) tinglab turadi" deyiladi, bu eshikga esa HTTP yo'lagi bo'yicha boriladi deb tushunish ham mumkin :) . Demak web server sizni so'rovingizni qabul qiladi va sizga javob beradi. Web serverda nimalar turadi, u sizga qanday qilib javob beradi va shunga o'xshash boshqa narsalarni keyingi maqolalarimda yozib borishlikga harakat qilaman, bu maqolamni esa mandan web sayt yasash uchun nimalar qilish kerak? - deb so'raganliklari uchun yozishni boshlagandim...Endi internetdagi kompyuterlarni fizik bog'lanishiga keladigan bo'lsak, siz uyingizdagi kompyuterga internet ulash uchun avval modem o'rnatasiz, so'ng biror provayderni kartochkasini registratsiya qilib, so'ng ulanasiz. Demak, sizga internetni provayder ta`minlab berdi. Provayderga ulanish yo'llari har xil bo'lishi mumkin, masalan telefon liniasi orqali, usb modem orqali, yoki EVO, SOHO kabilarga besprovodnoy set - radiosignal orqali ulanish mumkin. provayder ham o'z navbatida internetni o'zidan katta biror provayderdan oladi, u katta provayder ham, o'zidan katta boshqa provayderdan oladi, eng yirik provayderlarni esa yirik magistral kanali bog'lab turadi. har bir provayder ma`lum darajada chegaralangan IP adreslar to'plamiga ega bo'ladi va o'ziga ulangan mijozlarga shu IP adreslarni taqsimlab beraveradi...
O‘zbekistonlik 19 yoshli yigit Dota 2 kompyuter o‘yinidan hozirga qadar 100 ming AQSH dollariga yaqin pul ishladi
«Championat.asia» nashri dunyoda kibersport sohasiga ko‘proq e’tibor berilib, unga katta mablag‘ sarflanayotganini qayd etgan, deb Daryo.uz yozmoqda. Bu borada o‘zbekistonlik kibersportchilar ham qarab turgani yo‘q.
Xususan, Dota 2 o‘yinining dunyo reytingida o‘zbekistonlik Akbar To‘rayev 9-o‘rinni egallab turibdi. 19 yoshli bu yigit jahonning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan Natus Vincere a’zosi hisoblanadi. Toshkentda tug‘ilgan Akbar To‘rayev faoliyatini Cleave Gaming klubida boshlagan. Jamoaning shubhali natijalariga qaramay, Empire’dan taklif olgan. 2014 yil Power Rangers bilan, oradan bir yil o‘tib Natus Vincere bilan shartnoma imzolagan.
Akbar To‘rayev turli ko‘rinishdagi turnirlardagi ishtirokidan hozirga qadar 95 ming 756 dollar ishlab topgan. U kerak vaqtda o‘z jamoasiga sardorlik ham qiladi.