<DevCon />
83 subscribers
54 photos
4 videos
7 files
107 links
DevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi.

Murojaat va takliflar uchun:
http://t.me/iplosvoy
support@devcon.uz
Download Telegram
1876-yil — rus matematigi P. L. Cheboshev tomonidan o‘nliklarni uzluksiz berish bilan yig‘indi chiqaruvchi apparat yaratildi. 1881-yilda uning o‘zi apparatga ko‘paytirish va bo‘lish uchun qo‘shimcha (Cheboshev arifmometri)ni yaratdi.

1884–1887 yillar — Xollerit elektr quvvatida ishlovchi tabulyatsiya tizimni yaratadi, undan 1890 va 1900-yillarda AQSH’da va 1897-yilda Rossiya imperiyasi aholisini hisoblashda foydalanildi.

1927-yil — Massachuset texnologik institutida (MIT) Venivar Bush tomonidan mexanik analog kompyuteri yaratiladi. 1938-yil — muhandis Konrad Suze 1935-yilda Berlin politexnika institutini tamomlagandan so‘ng ko‘p o‘tmay, Z1 deb atalgan o‘zining birinchi mashinasini quradi (uning hammuallifi sifatida Gelmut Shreyer (Helmut Schreyer) ham tilga olinadi). Bu to‘la mexanik dasturlashtiriladigan raqamli mashina. Model sinov namunasi bo‘lgan va amaliy ishda foydalanilmagan. Uning qayta tiklangan versiyasi Berlindagi Germaniya texnika muzeyida saqlanadi.

1941-yil — Konrad Suze zamonaviy kompyuter barcha xususiyatlariga ega birinchi Z3 hisoblash mashinasini yaratadi. 1942-yil — Ayova shtati Universitetida Jon Atanasov va uning aspiranti Klifford Berri (ingl. Clifford Berry) AQSH’da birinchi AVS elektron raqamli kompyuterini yaratadilar (aniqrog‘i — ishlab chiqadilar va yig‘a boshladilar). Ushbu mashina oxirigacha yetkazilmagan bo‘lsa ham (Atanasov harakatdagi harbiy xizmatga ketdi), tarixchilar yozishlaricha u ikki yil keyin ENIAK EHM’ni yaratgan Jon Mokliga katta ta’sir ko‘rsatdi.

1943-yil boshi — Amerika XDF murakkab ballistik hisoblashlarini bajarishga mo‘ljallangan Mark I dastlabki amerika hisoblash mashinasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

1943-yil oxiri — Colossus maxsus mo‘ljallangan britaniya hisoblash mashinasi ishlay boshladi. Mashina maxfiy kodlarni tahlil qilish ustida ishladi.

1944-yil — Konrad Suze yanada tezroq ishlovchi Z4 kompyuterni hamda birinchi yuqori darajadagi Plankalkyul dasturlash tilini yaratadi.

1946-yil — birinchi ENIAK universal elektron hisoblash mashinasi yaratildi.

1957-yil — amerikaning NCR firmasi birinchi tranzistorlarda ishlaydigan kompyuterni yaratdi.

1958-yil — N. P. Brusentsov hamfikrlari guruhi bilan hisoblash pozitsion simmetrik uchlik tizimi bilan «Setun» birinchi uchlik EHM’ni yaratdi.
Zamonaviy kompyuterlarni vazifasiga qarab turlarga ajratish

• Каlkulyator
• Konsolli kompyuter
• Minikompyuter
• Meynfreym
• Shaxsiy kompyuter
• Ish joyi kompyuteri
• Noutbuk (Leptop)
• Subnoutbuk
• Netbuk
• Smartbuk
• Planshetli kompyuter
• Planshetli shaxsiy kompyuter
• Ingichka shaxsiy kompyuter (Slate PC)
• Ultramobil ShK
• Internet-planshet
• Elektron kitob (qurilma)
• O‘yin pristavkasi (O‘yin konsoli)
• Cho‘ntak kompyuteri (KPK)
• Kommunikator
• Smartfon
• Qo‘l kompyuteri
• Ishchi stansiya
• Server
• Superkompyuter
Коmpyuterlar evolyutsiyasi. Bundan keyin nima bo‘ladi

Birinchidan
, kompyuterlar faqat hisoblashlar uchun yaratilgan (bu holat «kompyuter» va «EHM»larda aks ettirilgan). Eng oddiy kompyuterlar ham ushbu sohada insonlardan (ba’zi noyob odam-hisoblagichlarni hisobga olmasak) ko‘plab marta ustun. Maxsus matematik hisoblashlarni bajarish uchun yuqori darajali dasturlash tili bejiz Fortran bo‘lmagan.

Ikkinchidan, ulkan qo‘llanilishi ma’lumotlar bazasi bo‘lgan. Birinchi navbatda, ular hukumatlar va banklar uchun kerak bo‘lgan. Ma’lumotlar bazasi axborotni kiritish-olish va saqlash rivojlangan tizimlari bilan yanada murakkab kompyuterlarni talab qiladi. Mana shu maqsadda, Kobol tili ishlab chiqiladi. Keyinchalik dasturlashtirish o‘z shaxsiy tillari bilan SUBD’lar paydo bo‘ldi.

Uchinchidan, qo‘llanilishi turli qurilmalarni boshqarishdan iborat bo‘ldi. Bu yerda rivojlanish tor ixtisoslashtirilgan qurilmalardan (ko‘pincha analogli) asta-sekin boshqaruvchi dasturlar ishga tushiriladigan standart kompyuter tizimlarini tatbiq etish bilan boradi. Bundan tashqari, borgan sari texnikaning katta qismi boshqaruvchi kompyuterni o‘z ichiga ola boradi.

To‘rtinchisidan. Kompyuterlar juda tez rivojlanib ofisda ham va uyda ham asosiy axborot vositasi bo‘lib qoldi. Endi axborot bilan deyarli har qanday ishlar — matn terish bo‘lsin yoki filmlarni tomosha qilish bo‘lsin ko‘pincha kompyuter orqali amalga oshiriladi. Bu axborotni saqlashga ham va uni aloqa kanallari bo‘ylab jo‘natishga ham taalluqli. Zamonaviy uy kompyuterlari asosiy qo‘llanilishi — Internetdan foydalanish va o‘yinlardan iborat.

Beshinchidan. Zamonaviy superkompyuterlar murakkab fizik, biologik, meteorologik va boshqa jarayonlarni kompyuterli modellashtirish va amaliy masalalarni yechish uchun foydalaniladi. Misol uchun, yadro reaksiyalarini yoki iqlim o‘zgarishlarini modellashtirish. Ba’zi loyihalar ko‘p sonli nisbatan bo‘sh kompyuterlar bir vaqtda umumiy masalaning kichik qismlari ustida ishlab, shu tariqa juda qudratli kompyuter hosil qilganda, taqsimlangan hisoblashlar yordamida amalga oshiriladi.

Eng murakkab va kompyuterlarni qo‘llash bo‘sh rivojlangan tomoni sun’iy intellekt — kompyuter aniq belgilangan ortiqmi yoki kammi oddiy algoritm bo‘lmagan masalalarni yechish uchun qo‘llash qurilmasi hisoblanadi. Mana shunday vazifalarga misollar — o‘yinlar, matnni mashina yordamida tarjima qilish, ekspert tizimlari.
Yigirma yildan keyin uchta qilgan va uchta qilmagan ishingiz uchun afsus chekasiz. Yaxshisi tinch, xotirjam hayotdan voz keching. Orzu qiling kashf qiling.
Mark Twen
NATIJASIZLIKDAN CHARCHASH HAQIDA

Siz
web sohaga qadam qo'ydingiz. Siz boshida o'zingizga juda ham ishonar edingiz. Ammo vaqtlar o'tib, dasturlash kodlarini yodlasangiz ham unuta boshladingiz. O'zingiz xoxlagan natijaga umuman erisha olmayapsiz. Hayolingizdagi sayt boshqa-yu, siz tayyorlayotganingiz boshqacha bo'lyapti. Saytni did bilan yarata olmayapsizmi? Unda bu maqola aynan siz uchun.

Sayt bu kim xoxlasa yaratib ketaveradigan narsa emas. Sayt bu yuksak did bilan dizaynlangan, yuksak bilim bilan dasturlashtirilgan, yuksak e'tibor bilan optimizatsiyalangan va eng muhimi pul ishlash uchun emas, balki o'z karierasidan kelib chiqib yaratiladigan mahsulotdir.

Siz kimnidir tayyor dasturini, qo'shimcha modulini yoki saytini topib olsangiz darhol pullashga shoshilmang. Axir u kimningdur necha kunlik, haftalik, oylik mehnati natijasiku...

Siz bir bora bunaqa g'irromlikka o'rgansangiz keyin doim shunaqa bo'lib qolasiz. Bu esa odamlarning sizdan yuz o'girishiga olib keladi.

Siz dasturlashga kirdingizki, kun yoki tun bo'yi shu bilan shug'ullanmang. Sababi dasturlash miyani tez charchatadi. Shunday paytlarda ko'chaga chiqib, aylaning, qo'l-yuzingizni sovuq suvda yuving, yengilgina ovqatlaning. Qisqasi miyangizni charchatib qo'ymang.

Bir paytda murakkab dasturlashga o'tib ketmang. O'zingizni o'zingiz men bu tilni bilaman deb ishontirgandan ko'ra, boshqalarga ayting sizga shu yo'nalishda qiyin qiyin savollardan berishsin.

O'rganishga eng zo'r usul bu savol javobdir. Hech qachon bir dasturlash tilini to'liq o'rganmasdan boshqa dasturlash tiliga o'tib ketmang. Bu dasturlashni o'rganaman deb vaqt yo'qotib natijaga erisha olmaydiganlarning eng buyuk xatolaridan biridir.

Eng kuchli dasturchi bo'lmoqchi bo'lsangiz maqtanishni unuting. Boshqalarga bilimni qiynalib olganman deb bilimingizni pullamang. Sababi insoniylik puldan ancha buyukroq kuchdir!

Kuchli dasturchi bo'lishda eng muhimi dasturlashni o'rganish emas, uni kerakli joyda qo'llay bilishdir. Ko'pchilik dasturchilarning eng katta xatolaridan biri dasturlashni o'rgansa ham amaliyotda buni sinab ko'rmasligidadir. Amaliyot dasturchini eng kuchli darajaga erishishiga yordam beradigan narsadir.

Amaliyot qilmagan dasturchi bir tiyinga arzimaydigan dasturchidir....
<DevCon />
http://telegra.ph/PHP-haqida-06-28
Shaxsan o'zim ham ushbu dasturlash tilidan foydalanaman. Juda qulay va tezkor dasturlash tili hisoblanadi.
Gap dasturlash tilida emas, shu dasturlash tilini qanchalik yaxshi bilishda.
P.S: Bir ustozim fikrlaridan
O'zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida qurilgan Is'hoqxon ibrat majmuasi uchun tayyorlagan veb saytimni sizlarga taqdim qilmoqchiman.
Veb saytning ko'rinishi