<DevCon />
83 subscribers
54 photos
4 videos
7 files
107 links
DevCon P/E rasmiy telegram kanali. Informatsion texnologiyalar dunyosiga xush kelibsiz. Kanalda IT sohasiga oid qiziqarli ma'lumotlar va yangiliklar berib boriladi.

Murojaat va takliflar uchun:
http://t.me/iplosvoy
support@devcon.uz
Download Telegram
Agar sodda hujat yaratish mumkin bo'lsa, nima uchun funksiyalarga mazmunli nom berishimiz kerak?
Facebook va talaba
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Console programming yordamida yaratilgan ajoyib animatsiya.
Kompyuter sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Xiaomi янги смартфонларини бошқа бренд остида чиқаради
Батафсил: https://www.terabayt.uz/?p=57353
1983 - yilda kompyuter ekranidan screenshot olish
Dunyodagi birinchi dasturchilar ayollar bo'lgan. Shu sabab ham dasturlash tillarini tushunish qiyindur.
Kompyuter haqida nimalarni bilamiz

Bugungi
kunda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Ular bizga yozish, o‘qish, musiqa tinglash, film tomosha qilishimizga, ob-havo ma’lumotlari, internetdan foydalanish va hatto tibbiy tashhislar qo‘yishga yordam beradi. Kompyuterlar turlari shunchalik ko‘pki, yaqinda hatto muzlatgich yoki gaz plitasi ham to‘laqonli kompyuter bo‘lib qoladi. «Kompyuter» so‘zining o‘zi insoniyat tomonidan mana 115 yildan ortiq vaqt davomida foydalanilib kelishini ko‘pchilik bilmaydi. Bugun biz o‘quvchilarimizga kompyuter haqida qiziqarli faktlarni taklif etamiz.

Kompyuter (ingl. computer, «hisoblagich») — berilgan, aniq belgilangan ketma-ketlikda operatsiyalarni bajarishga qodir qurilma yoki tizimdir. Bu ko‘pincha raqamli hisoblashlar va ma’lumotlarni ishlab chiqish operatsiyalaridan iborat, biroq bunga kiritish-olish operatsiyalari ham kiradi. Operatsiyalar ketma-ketligi ta’rifi dastur deb ataladi.

Elektron hisoblash mashinasi, EHM — hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotni avtomatik ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi.

O‘zbek tili ilmiy adabiyotida qabul qilingan «EHM» nomi, kompyuter sinonimi hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu nom turmushda foydalanishdan deyarli siqib chiqarilgan va asosan raqamli elektronikada muhandislar tomonidan, yuridik hujjatlarda huquqiy termin kabi hamda tarixchilik mazmunida, 1940–1980 yillarda kompyuter texnikasini va shaxsiy qurilmalardan farqli ravishda, katta hisoblash qurilmalarini ifoda etish uchun foydalaniladi.

Elektron hisoblash mashinasi funksional qismlari sifatida elektron komponentlaridan foydalanishni nazarda tutadi, biroq kompyuter boshqa prinsiplarda ham qurilgan bo‘lishi mumkin — u mexanik qismlari holati o‘zgarishi, elektronlar, fotonlar harakatlari yoki boshqa fizik hodisalar hisobiga ishlab mexanik, biologik, optik, kvantli va shu kabi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ish bajarishi turiga qarab hisoblash mashinasi raqamli va analogli bo‘lishi mumkin.

Kompyuter so‘zi inglizcha compute, computer so‘zlari hosilasi hisoblanib, ular «hisoblash», «hisoblagich» (inglizcha so‘z o‘z navbatida lotincha computare — «hisoblash» so‘zidan kelib chiqadi) kabi tarjima qilinadi. Dastavval ingliz tilida ushbu so‘z mexanik qurilmalardan foydalanib yoki foydalanmasdan arifmetik hisoblashlarni amalga oshiruvchi insonni anglatgan. Keyinchalik uning mazmuni mashinalarning o‘ziga ko‘chiriladi, biroq zamonaviy kompyuterlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri matematika bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab vazifalarni bajaradi.

Birinchi bor kompyuter so‘zi talqini 1897-yilda Oksford ingliz tili lug‘atida paydo bo‘ldi. Uning tuzuvchilari o‘sha davrda kompyuterni mexanik hisoblash qurilmasi kabi tushunganlar. 1946-yilda lug‘at raqamli, analogli va elektron kompyuter tushunchalarini farq qilishga imkon beruvchi qo‘shimchalar bilan to‘ldirildi.