Al-Khwarezmi universiteti bilan hamkorlik
Biz, REVO jamoasi, IT-ta'lim va biznes integratsiyasi yo'lida yana bir muhim qadam tashladik va bir necha kun avval nufuzli Al-Khwarezmi xalqaro universiteti bilan strategik hamkorlik memorandumini imzoladik. 🤝
Maqsadimiz bitta: akademik bilimlarni real ishlab chiqarish tajribasi bilan mustahkamlash.
Kelishuv doirasidagi asosiy yo'nalishlarimiz:
🔹 Amaliyot va kadrlar: Iqtidorli talabalar uchun @RevolutionGlobalLLC jamoasida maxsus stajirovka o'tash va doimiy ishga joylashish imkoniyatini yaratish;
🔹 Startap va mentorlik: Kompaniyamiz mutaxassislarini jalb qilgan holda, talabalarning innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash va ularni tijoratlashtirishga yordam berish;
🔹 Yirik IT musobaqalar: O'tgan yilgi "REVO CUP 2025" musobaqamizning mantiqiy davomi sifatida, birgalikda dasturlash va kiberxavfsizlik bo'yicha nufuzli olimpiadalar tashkil etish.
Fursatdan foydalanib, yaqinda bo'lib o'tgan "REVO DAY 2026" tadbirimizni tashkil etishdagi amaliy yordami uchun Al-Khwarezmi xalqaro universiteti rahbariyati va jamoasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Kuchli kadrlar — kuchli biznes va rivojlangan IT-infratuzilma garovi. Shu yo'lda ishonchli hamkorlar bilan birga ishlayotganimizdan faxrlanaman! REVO jamoasi o'z nomiga munosib tarzda, O'zbekiston IT-bozorida katta o'zgarishlar qilishda davom etadi 🚀
#REVO #cooperation
@dev_story

👍13 3🔥1🏆1 1
⚡️ Toshkentda ilk bor — CEVF 2026 (Central Eurasian Venture Forum)
Kecha mintaqamizning eng yirik venchur va IT tadbirlaridan biri — CEVF 2026 da qatnashish nasib qildi. Bu yilgi forum Qozog’istondan keyin ilk marotaba mamlakatimizda o'tkazilmoqda va u yerdagi muhit haqiqatan ham diqqatga sazovor.
Tadbirda asosan qaysi mavzular ko'tarildi:
• “Smart Capital” (Aqlli sarmoya) tushunchasi va AI startaplarini global darajada rivojlantirish;
• Markaziy Yevroosiyoda venchur investitsiyalarining yangi to'lqini;
• Xalqaro investorlar hamda mahalliy startaplar o'rtasidagi hamkorlik aloqalari.
Dunyoning turli burchaklaridan kelgan venchur fondlari rahbarlari va startap asoschilari bilan bo'lgan networking jarayonida sohadagi eng so'nggi trendlarni muhokama qilindi.
Bu kabi xalqaro muhit va tajriba almashish biz uchun juda muhim. Sababi, REVO kompaniyasi ham o'z oldiga doim katta maqsadlarni — mamlakatimiz IT ekotizimida o'zining innovatsion yechimlari bilan mustahkam o'rin egallash va global miqyosga chiqishni maqsad qilgan. Biz loyihalarimiz orqali jarayonlarni avtomatlashtirish, yangi imkoniyatlar yaratish va sohada yetakchilardan biri bo'lish yo'lida harakat qilishda davom etamiz 🚀
#event #networking

👍11⚡6 4🔥1
Forwarded from Pivot.uz | Startap va texnologiya
O‘zbekiston startaplari uchun Afrika va MENA bozorlariga yangi ko‘prik qurilmoqda
O‘zbekiston startap ekotizimi xalqaro maydonga faol integratsiya qilinmoqda. Yaqindagina nufuzli CEVF 2026 forumida "Eng yaxshi ekotizim ishtirokchisi" deb topilgan Startup Garage Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) bozorlariga rasman kirdi.
Tashabbus shunchaki xorijiy bozorga chiqish emas, balki O'zbekiston loyihalari uchun yagona "soft-landing" infratuzilmasini yaratishni ko'zda tutadi. Bu mahalliy founderlarga:
Ushbu strategik qadamning bozorga ta'siri, raqamlar va ekotizim yetakchilarining batafsil fikrlari bilan Pivot tahliliy maqolasida tanishing.
👉 Batafsil
@pivotuzbekistan

• Xalqaro miqyosda tanilish;
• Xalqaro fondlar va angel investorlarga to'g'ridan-to'g'ri chiqish;
• Cross-border (B2B/B2G) hamkorliklar o'rnatish imkonini beradi.
Ushbu strategik qadamning bozorga ta'siri, raqamlar va ekotizim yetakchilarining batafsil fikrlari bilan Pivot tahliliy maqolasida tanishing.
@pivotuzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7⚡3👍3🏆1 1 1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GITEX Africa 2026!
Afrika qit'asining eng yirik texnologik va startap ko'rgazmasida @RevolutionGlobalLLC jamoasi nomidan, shuningdek, yurtimizning yetakchi IT kompaniyalari — Startup Garage va Asaxiy asoschilari bilan birgalikda ishtirok etyapmiz. Kuchli davra, yangi g'oyalar va xalqaro networking uchun ajoyib muhitdamiz🤝🌍
Tashrifimizdan maqsad — raqamli transformatsiya, IT sohasidagi yangi trendlarni o’rganish va global hamkorliklar orqali o’z mahsulotlarimizni MENA bozorlariga olib chiqishdir.
Yangi insight'larni amaliyotga tatbiq etish vaqti keldi, barchaga omad 🚀
#REVO #event

👍6❤2🔥2
GITEX Africa 2026 dan qaytyapman, Kasablanka - Turkiya - Toshkent - Urganch, sal kam 1 sutka yo'l va 3 ta parvoz…
Yaqinda bir biznes hamkorimizning tavsiyasi bilan ryukzagimga "SOS - savol ortidagi savol" kitobini solib olgandim. Kitobni 1-parvoz payti boshlab hozir Istanbul aeroportida o’tirib o’qib tugatdim.
Kitobdagi "O'zingizni o'zgartiring" degan qismlarini o'qib, 1,5-2 yil oldingi davrim esimga tushdi. Boshlang'ich rahbarlarda ko'p uchraydigan holat - jamoaga mas'uliyat topshirishga biroz ikkilanib, hamma yukni o'z bo'ynimga olar edim. Ayrim vaziyatlarda diqqatni to'g'ri yechimga emas, balki noto'g'ri savollarga qaratgan paytlarim ham bo'lgan.
Agar bu kitobni o'sha paytlari o'qiganimda, ehtimol bu jarayonlarni biroz tezroq bosib o'tgan bo'lardim. Lekin hozir o'qib turib, bir narsadan juda xursand bo'ldim: REVO jamoamizda allaqachon har qanday vaziyatda javobgarlikni hech ikkilanmay o'ziga ola biladigan odamlar yig'ilib bo'lgan va bundan faxrlanaman. Agar siz ham boshqaruvda endi tajriba to'playotgan bo'lsangiz yoki jamoangizga mas'uliyatni topshirishga qiynalayotgan bo'lsangiz, o'qib chiqishga arziydigan kitob.
Yangi energiya bilan Urganch ofisi sari yo'ldaman va borishimiz bilan katta rejalar bizni kutmoqda…
Ps: kitobdagi eng yoqqan jumla: Shaxsiy javobgarlik eng oxirgi manzil emas!
#reading

👏12🔥7❤4 2
Hozir Frankfurtdan Berlin tomon poyezdda “Startup pufagidagi millionlar” kitobini o‘qiyapman. Kitob startaplar yoki investitsiya haqida emas, muallifning ishdan bo‘shatilish tarixi bilan boshlanadi. Shu joyida o‘zim ham IT sohasida so‘nggi paytlar kuzatayotgan o‘zgarishlar haqida o‘ylab qoldim.
AI paydo bo‘lishi bilan IT bozorida yangi davr boshlandi. Oldin kompaniyalar ko‘proq odam yollardi, hozir esa kamroq jamoa bilan ko‘proq ish qilish mumkin bo‘lib qoldi. Bir vaqtlar 10 kishilik jamoa qiladigan ishni bugun 3-4 kishi bajarishi mumkin va allaqachon ko’pchilik katta IT komlaniyalar xodimlarni qisqartirishini e’lon qilib ulgurgan. Bu esa tabiiy ravishda:
- ish o‘rinlari qayta shakllanishiga
talab qilinadigan ko‘nikmalar o‘zgarishiga
- IT'dagi "barqaror ish" tushunchasining o‘zgarishiga olib kelmoqda
Men uchun oldindan ham eng muhim skill - bu faqat kod yozish emas. Eng muhim skill - tez o‘rganish, moslashish va muammoni tushuna bilish qobiliyatidir.
Oldinlari ko‘pchilik kompaniyalar coder’larni ko‘p ishga olishardi. Hozirga kelib esa deyarli barcha IT kompaniyalar coderlardan voz kechib, xodimning boshqa xislatlariga ko‘proq e’tibor bera boshladi: fikrlash, mas’uliyat, tashabbus, AI bilan ishlash qobiliyati va boshqalar…
Kim tez moslashsa - yutadi. Kim eski modelda qolsa - qiyinlashadi. IT bozori o‘zgaryapti. Bu endi boshlanishi xolos. 🚄🤖
#thoughts

1🔥9👍6❤2🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda bo'lib o'tgan REVO DAY 2026 tadbirida startap uchun sarmoya qanday jalb qilinishi mavzusida qizg'in davra suhbati bo'lib o'tgan edi. 🚀
Tadbirimiz mehmonlari Yashin Boltaev (@yashin_boltaev Founder and CEO — Mohirlar) va Tohirjon Mirzajonov (@mirzajonov_tohirjon Co-founder and CEO — Imkon Ventures) bilan birgalikda Xorazm yoshlarining startaplarni moliyalashtirish borasidagi eng dolzarb savollariga amaliy va hayotiy javoblar berdik. 💡
Ushbu qisqa videoda suhbatimizning asosiy xulosalari bilan bo'lishyapmiz. REVO DAY 2026 tadbirining to’liq versiyasini quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://youtu.be/5M3BOu7oMq4
#revoday #revo #startups

🔥8👍4🎉2❤1
🇩🇪 Hannover Messe’dan salomlar!
Bugun dunyoning eng yirik sanoat va texnologiyalar ko'rgazmasida bo'lib, bitta narsani juda aniq his qildim: biz texnologik poygada o'ylaganimizdan ham tezroq harakat qilishimiz kerak.
Tadbirdagi daraja O'zbekiston yoki O’rta Osiyo bozoridagi yechimlardan ancha farq qiladi va bu yerda men ITni shunchaki xizmat ko'rsatish emas, balki og'ir sanoatni to'liq o'zgartiruvchi kuch sifatida ko’rdim.
Nimalarga guvoh bo'lyapman?
- Kvant kompyuterlari: Bu endi shunchaki laboratoriya nazariyasi emas. Ularni real ishlab chiqarish va murakkab hisob-kitoblarga joriy etish ustida ishlayotgan jiddiy loyihalar taqdim etilyapti.
- Mutlaq avtomatlashish: Zavod va fabrikalarda inson omilini minimallashtiradigan, nosozliklarni o'zi oldindan aniqlab, o'z-o'zini boshqaradigan tizimlar.
- Robototexnika: Harakatlari odamdanda aniq va tez bo'lgan, nafaqat qolipdagi ishlarni, balki nostandart vaziyatlarda ham qaror qabul qila oladigan sanoat robotlari.
- Sun'iy intellektning yangi darajasi: Biz AIni asosan LLM'lar, matn yoki rasm generatsiyasida ko'rsak, bu yerda sun'iy intellekt butun boshli ishlab chiqarish tarmoqlarining "miyasi"ga aylangan. U butun zavod logistikasi va energiya tejamkorligini sekundiga boshqaryapti.
Bu kabi chuqur texnologiyalarni (deep tech) kuzatar ekanman, loyihalarimiz va kelajakdagi maqsadlarimiz qamrovini yanada kengaytirish kerakligini anglayapman. Eng ilg'or texnologiyalarni faqat kuzatish emas, ularni o'zlashtirish ustida jiddiy ishlashimiz kerak…
#event #travel

🔥14❤5👍4
Forwarded from REVO Global LLC
REVO jamoasi GITEX AI Kazakhstan 2026 xalqaro texnologiyalar maydonida!
🚛 Kuni kecha jamoamiz Qozog‘istonning Olmota shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli GITEX AI Kazakhstan 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalar kelajagi muhokama qilingan ushbu xalqaro platformada biz:
⏺ eng so‘nggi trendlar bilan tanishdik;
⏺ xorijiy ekspertlar bilan tajriba almashdik;
⏺ yangi hamkorliklar uchun muhim; uchrashuvlar o‘tkazdik.
💡 Eng muhimi — REVO yangi bosqichga chiqmoqda!
🚀 Biz startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida o‘zimizning REVO Lab inkubatsiya va akseleratsiya kompaniyamizni rasman ishga tushirdik
Endilikda GITEX AI Kazakhstan davomida olingan bilim, tajriba va xalqaro netvork yosh va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni inkubatsiya qilish hamda global bozorga olib chiqishga xizmat qiladi.
🌍 REVO — mintaqamiz texnologik kelajagini yaratishda davom etadi.
❗️ Barchasi endi boshlanmoqda. Biz bilan qoling va yangiliklarni kuzatib boring!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | YouTube | web-site
Sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalar kelajagi muhokama qilingan ushbu xalqaro platformada biz:
💡 Eng muhimi — REVO yangi bosqichga chiqmoqda!
🚀 Biz startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida o‘zimizning REVO Lab inkubatsiya va akseleratsiya kompaniyamizni rasman ishga tushirdik
Endilikda GITEX AI Kazakhstan davomida olingan bilim, tajriba va xalqaro netvork yosh va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni inkubatsiya qilish hamda global bozorga olib chiqishga xizmat qiladi.
🌍 REVO — mintaqamiz texnologik kelajagini yaratishda davom etadi.
❗️ Barchasi endi boshlanmoqda. Biz bilan qoling va yangiliklarni kuzatib boring!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | YouTube | web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2🔥1
Bugun REVO jamoasi uchun nihoyatda muhim kun bo‘ldi.
Imkon Ventures tomonidan Avtomato.uz loyihasiga $100 000 investitsiya kiritilgani rasman e'lon qilindi.
Bir yil oldin biz O‘zbekistondagi chakana savdo bizneslarining kundalik muammolarini chuqur o‘rganishni boshlagan edik. Ko‘plab tadbirkorlar savdo jarayonlari, ombor nazorati, qarzdorlik, xodimlar va mijozlar bilan bog‘liq jarayonlarni qo‘lda boshqarayotganini guvohi bo‘ldik. Bu esa vaqt, mablag‘ va imkoniyatlarning yo‘qotilishiga sabab bo‘layotgan edi.
Shu ehtiyojdan kelib chiqib Avtomato yaratildi.
Avvalo, REVO jamoasiga alohida rahmat aytmoqchiman. Bu natija ko‘p mehnat, tajriba va fidoyilik mahsuli. Ishonamizki, Avtomato.uz O‘zbekiston tadbirkorlari uchun biznesni boshqarishning eng qulay va ishonchli platformasiga aylanadi.
Barchaga rahmat!
#startup #REVO

Bugungi kunda platformamiz orqali 100 dan ortiq tadbirkorlar o‘z biznes jarayonlarini avtomatlashtirmoqda. Bu hali yo‘lning boshlanishi, xolos. Imkon Ventures jamoasining bizga bildirgan ishonchi va qo‘llab-quvvatlovi uchun alohida minnatdorlik bildiramiz. Ushbu investitsiya bizga platformani yanada rivojlantirish, jamoani kengaytirish va yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish imkonini beradi.
Avvalo, REVO jamoasiga alohida rahmat aytmoqchiman. Bu natija ko‘p mehnat, tajriba va fidoyilik mahsuli. Ishonamizki, Avtomato.uz O‘zbekiston tadbirkorlari uchun biznesni boshqarishning eng qulay va ishonchli platformasiga aylanadi.
Barchaga rahmat!
#startup #REVO
@dev_story
2👍15❤13🔥8💯2⚡1
Yozni yaxshi natijalar bilan yakunladik.
SUMMER VIBES’da men uchun eng muhim narsa raqamlar yoki taqdimotlar emas, balki REVO’ning bugun qanday jamoaga aylanib borayotganini ko‘rish bo‘ldi.
Oldimizga katta marralar qo‘yganmiz. Yangi loyihalar, katta mas’uliyat va yanada yuqori ko'rsatkichlar kutib turibdi. Buning uchun har bir bo‘lim alohida kuchli bo‘lishi yetarli emas — REVO bir butun jamoa sifatida kuchli bo‘lishi kerak.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida eng faol xodimlarimizni taqdirlaganimiz esa alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki har qanday katta natijaning ortida uni yaratadigan insonlar turadi.
Biz yozni sarhisob qildik.
Ammo eng katta ishlarimiz hali oldinda.
#summervibes #REVO

Avtomato va to‘lov o‘tkazmalari yo‘nalishidagi yangi qadamlar, REVO Lab’ning sarhisobi, HR’dagi tizimli o‘zgarishlar va qisqa vaqt ichida REVO Media ko‘rsatgan natijalar — bularning barchasi bir katta maqsadning alohida qismlari.
Oldimizga katta marralar qo‘yganmiz. Yangi loyihalar, katta mas’uliyat va yanada yuqori ko'rsatkichlar kutib turibdi. Buning uchun har bir bo‘lim alohida kuchli bo‘lishi yetarli emas — REVO bir butun jamoa sifatida kuchli bo‘lishi kerak.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida eng faol xodimlarimizni taqdirlaganimiz esa alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki har qanday katta natijaning ortida uni yaratadigan insonlar turadi.
Biz yozni sarhisob qildik.
Ammo eng katta ishlarimiz hali oldinda.
#summervibes #REVO
@dev_story
🔥5👏2 2 1
Forwarded from REVO Global LLC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
Mustaqillik — o‘z kelajagimizni o‘zimiz yaratish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish va katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir.
Bugun O‘zbekiston zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va yangi tashabbuslar bilan taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Revolution Global jamoasi ham ushbu rivojlanishning bir qismi bo‘lib, yangi loyihalar va raqamli yechimlar orqali yurtimiz kelajagiga munosib hissa qo‘shishga intiladi.
Revolution Global jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklaydi!
Mustaqilligimiz abadiy, taraqqiyotimiz bardavom bo‘lsin! 🇺🇿

🔥6 3👍1