Yevropaning aynan shu jihatini yaxshi ko‘raman: Rossiyadagidek ko‘chada “проверка документов” degan gap yo‘q. Hatto aeroportda ham hech kim hujjatingni so‘ramaydi. Biletni olding, online check-in qilding, ryukzakingni rentgenga qo‘yding - tamom, yo‘l ochiq!
Hozir Vena shahridan Venetsiyaga uchish uchun aeroportdaman. Vena o‘zi menga birgina kartoshka salati tufayli “keldi-ketdi” joydek tuyulgandi. O’tgan safar ham birrovga salay yeyishga kirib o’tgandim holos ;) Boshida biroz zerikarli ko‘ringan bo‘lsa-da, “yana kelarmiding?” deyishsa, hech ikkilanmasdan “ha” deyman. Avstriya poytaxti xotiramda rassomchilik, musiqa va teatrning betakror markazi sifatida qoldi.
O‘tgan safar Yevropaga sayohatimda Venetsiyaga mashina bilan borib bo’lmasligi sabab uni o‘tkazib yuborgandim. Bu safar esa - nasib qilsa - u yerda meni ko‘plab yangi hissiyotlar kutyapti…
Ps: bu safar instagramga story qo’yishni ilojisi yo’q, biletim elektron ko’rinishda 🙂
@dev_story

🔥15👍3😁3⚡1👨💻1
Va nihoyat, yana bir yilni yakunladik.
Shunday gap bor: “нельзя верить чувствам - цифрам нужно”. Aynan shu tamoyilga tayanib yilni shu kunga kelibgina (post 15-yanvar kuni yozilishni boshlagan) yakunladik. Chunki haqiqiy yakun - bu his-tuyg‘ular emas, balki hisobotlar, soliqlar, xarajatlar va aniq raqamlar orqali ko‘rinadi va shundan keyingina yilni qanday o‘tkazganimizni real baholash mumkin.
2025 yil REVO jamoasi uchun boy berilmagan imkoniyatlar, sinovlar va muhim qarorlar yili bo‘ldi. Yilni kompaniyamizning 5 yilligini nishonlash bilan boshladik. Yil davomida jamoamiz taxminan 40% ga kengaydi. Oldimizga qo‘yilgan asosiy maqsadlardan biri - ish jarayonlarini yanada tizimlashtirish edi va bu borada bir nechta muhim bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tdik.
Ko‘pdan beri ishlab chiqilayotgan avtomato.uz startapini nihoyat ishga tushirdik va yil oxiriga kelib loyiha oylik daromadi deyarli shu oy xarajatlarini qoplaydigan darajaga yetdi. Bundan tashqari, yil davomida yana 3 ta turli yo‘nalishdagi loyihalarga start berdik va ulardan 2 tasini yil yakuniga qadar deyarli MVP bosqichiga olib chiqdik (ularni 2026 yilning 1-chi va 2-chi kvartalida ommaga taqdim etish rejalashtirilgan).
2025 yil davomida Toshkent va Urganch shaharlaridagi ofislarimizni kattaroq, qulayroq va jamoa uchun yanada shinam bo‘lgan yangi ofislarga ko‘chirdik. Eng muhim qadamlardan biri esa - global miqyosga chiqish yo‘lida Qatarda RevoTech LLC kompaniyasini ochganimiz bo‘ldi. Ishonamizki, aynan shu yangi “challenge” orqali xalqaro bozorda ham yangi loyihalar bilan o‘z o‘rnimizni topa olamiz.
Umuman olganda, 2025 yil yomon o‘tmadi. Ammo mendan “2025 yilni bir so‘z bilan ifodalab ber” deb so‘rashsa, hech ikkilanmay hamma sohada “remont” yili bo‘ldi, deb javob berardim 🙂. Haqiqiy “remont”lardan tashqari ichki jarayonlar, tizimlar, jamoa va fikrlash tarzini qayta yig‘ish, mustahkamlash bilan o‘tdi.
2026 yil boshlanishi bilan jamoamiz yana kengaya boshladi. Yanvar oyining o‘zidayoq 2 nafar yangi jamoa a’zosi REVO safiga qo‘shildi (2 si ham ICPC olimpiadalari o'z davri legendasi). Bu yilga rejalarimiz yanada katta: jamoa ish uslubini yanada yaxshilash, jarayonlarni chuqurroq tizimlashtirish, yangi mahsulot va startaplarni ishga tushirish, mavjud loyihalarni esa keyingi bosqichga olib chiqish.
2026 yil biz uchun o‘sish, masshtablash va global fikrlash yili bo‘lishi kerak. Kamroq shovqin, ko‘proq natija. Kamroq gap, ko‘proq bajarilgan ishlar. Oldinda qilinadigan ishlar ko‘p, yo‘nalish aniq. Har bir yangi qadam - kechagi tajribaga tayanib, bugungi imkoniyatlardan foydalanib, ertangi natija uchun tashlanadi.
Yangi yilga katta umidlar, aniq rejalar va kuchli jamoa bilan kirib kelyapmiz. Oldinda yanada qiziqarli yo‘l bor 🚀🚀🚀

🔥16❤9🏆7👏3⚡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biznesda har doim hisob-kitob va optimizatsiya muhim. Lekin oila masalasida buxgalteriya ojiz…
Ish, loyihalar va biznes kutib turadi. Lekin bolalarning bolaligi kutmaydi. Ular dengizni sog'inganda, narxlar va jadvallar ikkinchi darajaga tushar ekan. Ish jarayonidan kichik tanaffus olib, quvvat yig'ib kelamiz. 🔋
Ps: video hazil tariqasida olindi…

😁12❤7👍6🤣4🔥2💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zan strategik rejalashtirish mana shunday ko'rinadi. 🗺️😎
Yaxshi ishlash uchun — yaxshi dam ham kerak.
Keyingi bekat: Langkawi, Malayziya 🇲🇾
Ps: video hazil tariqasida olindi…
@dev_story
Yaxshi ishlash uchun — yaxshi dam ham kerak.
Keyingi bekat: Langkawi, Malayziya 🇲🇾
Ps: video hazil tariqasida olindi…
@dev_story
👍7😁6🔥5🕊4❤2🤣2
Pingvin bo‘lmang!
Ijtimoiy tarmoqlarda podasidan ajralib, yolg‘iz ketayotgan pingvin videosi katta trendga aylandi. Ko'pchilik buni o‘ziga xoslik va kuchli xarakter deb o‘ylab, o‘zlariga namuna qilishmoqda.
Lekin mening fikrimcha, "yolg‘iz pingvin" trendi – bu shunchaki qochish. Bu muammolardan berkinish va kurash maydonini tark etishdir.
Haqiqiy va hozirgi davr uchun zarur xarakter – bu Medoyed (Asalxo‘r bo‘rsiq) yoki Rosomaxa xarakteridir. Ular o‘zidan 10 barobar katta dushmanga ham tik boqadilar. Arilar talaydimi, ilon zaharlaydimi – farqi yo‘q. Ular og‘riqni yengib, baribir yana jangga kirishadilar. Ularning terisi qalin, ruhi esa sinmas.
Biznesda, ishda va hayotda ham xuddi shunday "qalin teri" va so’nmas “dux” kerak. Tanqidlar, qiyinchiliklar va inqirozlar – bularning barchasi xuddi ari chaqishi kabi: og‘riqli, lekin o‘ldirmaydi. Qiyinchilik kelganda pingvin kabi muzlikka qochmang. Medoyed va rosomaxa kabi muammoga tik boring va o‘z haqqingizni oling!
Medoyed haqida: https://www.youtube.com/watch?v=p1G8sE09VGo
Rosomaxa haqida: https://www.youtube.com/watch?v=74KGQEBQ61c
#имхо

🔥17❤4👏4🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Eng katta yolg‘on — bu “Keyin”…
Bizga tuyuladiki, hayot cheksiz. Hozir ishlash kerak, yugurish kerak, “haqiqiy hayot”ga esa keyinroq ulguradigandekmiz.
Lekin shuni unutmang: Ish — bu cheksiz jarayon, umr esa omonat. Biz rejalar bilan ovora bo’lganimizda, bolalar ulg’ayib, ota-onalar keksayib bormoqda.
Ishdagi o‘rningizni boshqa mutaxassis egallashi mumkin. Lekin oiladagi o‘rningizni — hech kim bosolmaydi.
“Keyin” so‘zi “Hech qachon”ga aylanib qolmasin. Bugun yashang!
🇷🇺 Самая большая ложь — это «Потом»…
Нам кажется, что жизнь бесконечна. Что сейчас нужно работать, бежать, а настоящую жизнь мы наверстаем позже.
Но не забывайте: Работа — это бесконечный процесс, а жизнь — конечна. Пока мы заняты планами, дети вырастают, а родители стареют.
Ваше место на работе может занять другой специалист. Но ваше место в семье — не займет никто.
Не дайте слову «Потом» превратиться в «Никогда». Живите сегодня!

🔥16👍13❤4👏4🥰1🙏1
15 million fuqaro ma'lumotlari: Xavf ostonadamizmi? 🚨
Bugun tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining 15 millionga yaqin shaxsiy ma'lumotlari sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu raqam - shunchaki statistika emas, bu har birimizning xavfsizligimiz masalasi.
Nega bu qo‘rqinchli? Chunki bu ssenariyni shaxsan o‘zim boshimdan o‘tkazganman. Oldinroq menga begona raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgandi: go‘shakni ko‘tarishim bilan ism-familiyamni aytib, bittasida juda ishonchli ohangda "kredit rasmiylashtirish jarayoni ketyapti" va keyingisida "telefon raqamingiz muddati tugadi, to‘lov qiling" deb tahdid qilishgan. Ular mening kimligimni bilishardi. Bu — ma'lumotlarimiz qayerdandir sizib chiqqanining yaqqol isboti.
IT mutaxassisi va Software Architect sifatida shuni ayta olamanki, xavfsizlik - bu shunchaki kuchli parol qo‘yish degani emas. Bu - tizimning poydevori. Afsuski, ko‘p hollarda tezroq natija ko‘rsatish yoki reliz qilish poygasida xavfsizlik masalalari ikkinchi darajaga tushib qoladi. Lekin bugungi voqea isbotlayaptiki, raqamli dunyoda arxitekturada qoldirilgan bitta kichik teshik (vulnerability) butun bir millatning shaxsiy ma'lumotlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Sifat va xavfsizlik - bu tanlov emas, bu majburiyat.
2026-yil prognozi: Kiber-hujumlar yili. Agar bugungi xabar rost bo‘lsa va aholining yarmini ma’lumotlari (pasport, manzil, telefon) g‘arazli niyatli shaxslar qo‘liga tushsa, 2026-yilda "ijtimoiy muhandislik" (social engineering) asosidagi jinoyatlar keskin ko‘payadi. Firibgarlar endi shunchaki "bankdanmiz" deyishmaydi. Ular sizning barcha ma'lumotlaringizni pesh qilib, ishonchingizga kirishadi, qo'rqitishadi va osonlikcha chuv tushirishadi.
Yechim bormi? Texnik himoyadan tashqari, eng kuchli qurol - bu xalqning savodxonligi. Odamlarga firibgarlarning psixologiyasini, ularning sxemalarini o‘rgatish kerak.
Yaqin qo‘shnimiz Qozog‘iston bu borada juda aqlli yo‘l tutdi: ular o‘tgan yili "Moshenniki" (Firibgarlar) serialini ishlab chiqib, katta muvaffaqiyatga erishdi. Ular quruq ma'ruza o‘qishmadi, balki real voqealar orqali xalqqa xavfni ko‘rsatib berishdi.
Bizning hukumatimizdan ham shunday zamonaviy, kreativ va xalqchil ogohlantirish usullarini kutib qolamiz. Ungacha esa, hushyorlikni yo‘qotmang. Agar kimdir sizning hamma ma'lumotingizni bilib turgan bo‘lsa ham - bu unga ishonish kerak degani emas!
#безопасность #имхо #ИТ

👍9🔥6👀1
Forwarded from REVO Global LLC
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6 yil.
Bir jamoa.
Minglab imkoniyatlar.
Telegram | Instagram | YouTube | web-site
Bir jamoa.
Minglab imkoniyatlar.
Revo - bu biz birga qurayotgan kelajak
Telegram | Instagram | YouTube | web-site
🔥4❤2👍2
REVO Global LLC
6 yil. Bir jamoa. Minglab imkoniyatlar. Revo - bu biz birga qurayotgan kelajak Telegram | Instagram | YouTube | web-site
Bugun, 5-fevral — REVO 6 yoshda 🎂
REVO — bu shunchaki nom yoki kompaniya emas. REVO — bu har kuni ertalab katta maqsadlar bilan uyg‘onadigan, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan va birgalikda yechim topadigan insonlardir. Bugungi 5-fevral sanasi esa aynan mana shunday kuchli insonlar birlashishni boshlagan kundir.
Biz yildan-yilga nafaqat son jihatdan, balki sifat va maqsadlar jihatdan ham ulg‘ayyapmiz. O‘zbekiston IT sohasida o‘z so‘zimizni aytish uchun yo‘lga chiqqanmiz va bu yo‘ldan og‘ishmaymiz. Men aynan shunday bir maqsad yo’lida birlashgan jamoa bilan ishlayotganimdan faxrlanaman. Har bir kuningiz, har bir g‘oyangiz va harakatingiz uchun rahmat.
Tug‘ilgan kuning bilan, REVO oilasi! Ishlashda, yaratishda va yuksalishda davom etamiz. 🚀
#birthday #REVO

🔥11❤7👍5🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Noutbuk O’zbekistonda, lekin mas'uliyat doimo men bilan...
Manzara shunchalar go‘zal... Dengiz, sohil, tropik osmon. Soatlab shunchaki kuzatib o‘tirging keladi.
Lekin reallik shundaki, biznes va mas'uliyat ta’tilga chiqmaydi. Bir vaqtning o‘zida ham Founder, ham Direktor, ham Software Architect, ham Team Lead bo‘lish — bu shunchaki lavozim emas. Bu 24/7 yelkadagi yuk.
Noutbukni ataylab O‘zbekistonda qoldirganman. Lekin ish baribir meni topib oldi.
Natija? Ish jarayonlari vaqtincha o‘g‘limning iPad’iga ko‘chdi. 🤷♂️ Multfilmlar o‘rniga — Google Meet. O‘yinlar o‘rniga — jamoa bilan muhim yechimlar.
Kunni yarmi shunday o‘tyapti. Chunki manzaradan zavq olish uchun avval tizim soatdek ishlashini ta’minlash kerak. Hatto dunyoning narigi chekkasida bo'lsang ham…
#life #REVO

🔥7❤3🏆3👍2👨💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi ishlash uchun, yaxshi dam olish ham kerak! 🌴✈️
Ta’til hali davom etmoqda, endi ikkinchi oilam - REVO jamoasi bilan birgalikda Tailandga yo’l oldik! Bizningcha, zo’r natijalar nafaqat qattiq mehnat, balki birgalikdagi ajoyib hordiq ortidan ham keladi. Oldinda bizni zo’r dam olish kunlari va jamoaviy sarguzashtlar kutmoqda.
Yangi kuch, ajoyib energiya va yangi g’oyalar bilan qaytamiz! 🚀
#revo #team #travel

🔥9❤5👍5
Kelajak keldi: Odamlarni "ijaraga olish" boshlandi
Hammamiz avtomatlashtirish, AI bizga xizmat qilishi haqida o'ylab yurgan bir paytda, https://rentahuman.ai/ servisi ishga tushdi. Tizim AI-agentlarga MCP protokoli orqali real dunyodagi fizik vazifalarni bajarish uchun haqiqiy odamlarni ishga yollash va ularga pul to‘lash imkonini beradi.
Tasavvur qilyapsanmi Karl, rollar almashdi - endi odamlar AI uchun ishlaydi!!!
Muallifning kallasiga tan berdim, hurmatim cheksiz. Sun'iy intellekt yordamida milliard dollarlik bahoga ega loyiha qura oladiganlar aynan mana shunday qolipdan tashqari fikrlaydiganlardan chiqadi. Menimcha bu 2026-yilning eng yirtqich startapi va ehtimol, bu yil bundan zo‘rini endi o‘ylab topishmas. Yanayam bilmadim...
#имхо #ИИ

🔥4🎃3😱2👨💻2❤1
📚 Ofisimizda korporativ kutubxona!
Ajoyib yangilik bilan bo‘lishmoqchiman! Bugun Urganch shahridagi ofisimizda o'zimizning korporativ kutubxonamizni yaratdik. Hozircha javonlarimizdan o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi jami 223 ta kitob o‘rin oldi, lekin bu hali boshlanishi xolos! 😎
Kitoblar ko'paygani sari ularning hisobini yuritish lozimligi ma’lum. Shu sabab, shaxsan o'zim korporativ admin panelimizga maxsus kutubxona modulini qo'shishga qaror qildim va buni zamon bilan hamnafas tarzda "vibe-coding" orqali amalga oshirdim. Bor-yo‘g‘i 10 daqiqada hammasi tayyor bo‘ldi! 🤖🪄
Endi korporativ admin panelimiz orqali:
👨💻 Kitoblarni bazaga kiritishda ISBN orqali ma'lumotlarni avtomatik to‘ldirish;
📖 Jamoa a’zosi qaysi kitobni o'qish uchun olganini qayd etish;
✅ Qachon qaytarib olib kelganini bemalol belgilash;
🔍 Audit funksiyasi orqali barcha kitoblarni bitta tugma bilan tekshirib, hammasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Qizig‘i shundaki, "vibe-coding" orqali kod yozishga atigi 10 daqiqa ketgan bo‘lsa, kitoblarni tizimga kiritish anchagina vaqtimizni oldi 😅. Mavjud kitoblarni javonlarga to'g'ri ajratish uchun ham AI dan foydalandik va hozirgina - tungi soat 01:00 da ishni to‘liq yakunladik.
Kutubxonamiz ertadan ishga tayyor! 🎉
#REVO

1🔥16❤5👍4 2
Kichik tanaffus va REVO'dagi yangiliklar oldidan...
Hammaga salom! Oxirgi 2 hafta davomida blogda biroz tanaffus kuzatildi. Shu sababli, REVO kompaniyasidagi qizg‘in jarayonlar va ishlarimiz haqida xabarlar uzilib qoldi.
Bunga sog‘liqdagi kichik muammolar sabab bo‘ldi — ketma-ket ikki marta kuzatilgan qattiq shamollash rejalarni biroz kechiktirdi.
Lekin bu vaqt oralig‘ida kompaniyadagi ketayotgan muhim ishlar to‘xtab qolgani yo‘q. Erta-indin barchamizni xursand qiladigan, juda yaxshi bir yangilik e'lon qilinadi.
Kutib qoling, tez orada batafsil ma'lumot beriladi! 🚀

1🔥9👍7🤔5 3⚡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Diqqat! REVO DAY 2026 ga taklif qilamiz!
Jamoamiz bilan birgalikda yilning eng kutilgan voqealaridan biri — REVO DAY 2026 tadbirini o'tkazayotganimizni xursandchilik bilan e'lon qilamiz! 🚀
Ajoyib muhit, qiziqarli dastur, yangi bilimlar va zo'r networking — barchasi tayyor! Faqat siz yetishmayapsiz. Barchangizni ushbu unutilmas kunda biz bilan birga bo'lishga chaqiramiz! ⚡️
👇 Tadbir tafsilotlari:
• 🗓 Sana: 24-mart
• ⏰ Vaqt: 14:00
• 📍 Manzil: Urganch shahri, Al-Khwarezmi universiteti
Vaqt oz qoldi, shuning uchun kalendaringizga belgilab qo'ying va do'stlaringizga ham bu xabarni ulashing! Tadbirda ko'rishguncha! 😉
#REVO #event

2❤7🔥4 4👍1🎉1🏆1💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍5❤3
Forwarded from REVO Global LLC
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤1❤🔥1🔥1
🔥 REVO DAY 2026: Biz endi shunchaki IT kompaniya emasmiz...
Kuni kecha REVO DAY 2026 tadbirini ko'tarinki ruhda o'tkazdik. Bu safargi tadbirimiz shunchaki yil sarhisobi emas, balki kompaniyamiz tarixidagi eng muhim strategik burilishlari haqida bo'ldi. Dasturchilikdan boshlangan yo'limiz bugun yirik bizneslarni boshqarish va investitsiyalash darajasiga yetib kelgani va mana shunday ko'lamdagi tadbirlarni o'tkazayotganimiz — butun REVO jamoasi uchun katta sharafdir.
Tadbirdagi chiqishimda oxirgi 1 yildagi o'zgarishlar - REVO DAYdan REVO DAYgacha bo'lgan davr haqida o'rtoqlashdim. Endilikda REVO shunchaki IT kompaniya emas, balki o'z loyihalarini rivojlantiruvchi investitsion "hub"ga aylanmoqda. CodePlay va REVO Media'ning "sub-organization" formatiga o'tishi, Qatarda "sub-organization" orqali yangi qadamimiz va 1.5 yil davomida yopiq test qilingan REVO Lab inkubatsiyasi – bular biz uchun shunchaki yangilik emas, balki butun jamoamiz bilan yillar davomida qilgan mehnatimizning faxrli natijasidir.
Tadbirning saviyasi va yoshlarga bergan qiymati haqida gapirganda, spikerlarimizning darajasini alohida ta'kidlashim kerak. Yevropa va Rossiyaning yirik kompaniyalarida ulkan tajriba orttirgan Maksim Kolesnikov hamda butun dunyo taniydigan, Rossiyaning №1 kiberxavfsizlik kompaniyasi - Positive Technologies'ning yetuk mutaxassisi va Android-ekspertiza jamoasi sardori Pavel Vasilievning aynan Xorazmga kelib o'z bilimlari bilan bo'lishishi mintaqa yoshlari uchun juda katta voqea bo'ldi.
Shuningdek, startap ekotizimida katta o'ringa ega do'stlarim – "Imkon Ventures" asoschisi Tohirjon Mirzajonov va o'z startap studiyasi orqali loyihalarni "unicorn" darajasiga olib chiqish ustida ishlayotgan Yashin akalarning startaplarni moliyalashtirish bo'yicha bergan qimmatli fikrlari va tahlillari haqiqiy master-klass bo'ldi.
Eng qizig'i tadbirning rasmiy qismi tugaganidan keyin mehmonlarimiz va REVO jamoasi a'zolari bilan yana 2 soat mobaynida yoshlar qurshovida qolib ketdik. Hech kim ketishni xohlamadi, jonli suhbat davom etdi va yoshlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Bu intilishni ko'rib, qilayotgan ishlarimiz va qo'yayotgan qadamlarimiz bejiz emasligiga yana bir bor amin bo'ldim.
Tadbirimizda qatnashgan barcha mehmonlar va ishtirokchilarga, o‘z bilim va tajribasi bilan bo‘lishgan spikerlarga hamda tadbirni shunday ko‘tarinki ruhda tashkil etishga hissa qo‘shgan REVO jamoasiga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Barchangizga rahmat!
Barchasi endi boshlanmoqda. Biz — REVO. Oldinga qadam tashlashda davom etamiz! 🚀

❤12 9🔥7👏5 3
Al-Khwarezmi universiteti bilan hamkorlik
Biz, REVO jamoasi, IT-ta'lim va biznes integratsiyasi yo'lida yana bir muhim qadam tashladik va bir necha kun avval nufuzli Al-Khwarezmi xalqaro universiteti bilan strategik hamkorlik memorandumini imzoladik. 🤝
Maqsadimiz bitta: akademik bilimlarni real ishlab chiqarish tajribasi bilan mustahkamlash.
Kelishuv doirasidagi asosiy yo'nalishlarimiz:
🔹 Amaliyot va kadrlar: Iqtidorli talabalar uchun @RevolutionGlobalLLC jamoasida maxsus stajirovka o'tash va doimiy ishga joylashish imkoniyatini yaratish;
🔹 Startap va mentorlik: Kompaniyamiz mutaxassislarini jalb qilgan holda, talabalarning innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash va ularni tijoratlashtirishga yordam berish;
🔹 Yirik IT musobaqalar: O'tgan yilgi "REVO CUP 2025" musobaqamizning mantiqiy davomi sifatida, birgalikda dasturlash va kiberxavfsizlik bo'yicha nufuzli olimpiadalar tashkil etish.
Fursatdan foydalanib, yaqinda bo'lib o'tgan "REVO DAY 2026" tadbirimizni tashkil etishdagi amaliy yordami uchun Al-Khwarezmi xalqaro universiteti rahbariyati va jamoasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
Kuchli kadrlar — kuchli biznes va rivojlangan IT-infratuzilma garovi. Shu yo'lda ishonchli hamkorlar bilan birga ishlayotganimizdan faxrlanaman! REVO jamoasi o'z nomiga munosib tarzda, O'zbekiston IT-bozorida katta o'zgarishlar qilishda davom etadi 🚀
#REVO #cooperation

👍13 3🔥1🏆1 1