Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.54K subscribers
4.85K photos
447 videos
2 files
1.33K links
Ушбу канал орқали Денов туман мактабгача ва мактаб таълими бўлимида олиб борилаётган ислохотлар билан танишиб борасиз

Денов тумани мудирига мурожаат учун: @mmtbmurojaat_bot
Download Telegram
Farzandim bilan bir kun…

🔷 Joriy yilning 11-may kuni Denov tumanidagi 103-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Farzandim bilan bir kun" mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda boshlang'ich sinf o'quvchilarining ota-onalari taklif qilindi.

🔷 Bunda 4 ta shart bo’yicha 20 nafar oila bellashdi. Tadbir ota-onalarda chuqur ta’surotlar qoldirdi. Tadbir so'ngida g'olib bo'lgan ota-onalar maktab ma’muriyating estalik sovg'alar va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/denov_mmtb

I Facebook  I Telegram I Youtube I
🔰 DENOV TUMANIDA SEMINAR-TRENING BO’LIB OTDI…

✔️ Seminar-trening Denov tumanidagi 82-sonlu umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar” mavzusida fizika, matematika, kimyo hamda biologiya fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

✔️ Umumta'lim maktablarining metod birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida o‘tkazilgan seminar-treninglarda PISA xalqaro tadqiqoti, Tabiiy yo'nalishdagi fanlarni o'qitishda STEAM ta’limining ahamiyati, o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan pedagoglarga tushgunchalar berildi.

✔️ Qizg‘in, kreativ usullarda olib borilgan trening jarayonlarida malakali pedagoglar tomonidan ishtirokchilar bilan o‘zaro fikr almashildi. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida uchraydigan muammolar tahlil qilinib, ularga ijobiy yechim izlandi.

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/denov_mmtb

I Facebook  I Telegram I Youtube I
🔰 Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish mavzusida seminar o‘tkazildi....

Denov tumanidagi 82-umumta'lim maktabida "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari fikr almashishdi.

Faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan hamda seminarda faol ishtirok etgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga bo‘lim ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/denov_mmtb

I Facebook  I Telegram I Youtube I