Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.53K subscribers
5.13K photos
476 videos
3 files
1.41K links
Ушбу канал орқали Денов туман мактабгача ва мактаб таълими бўлимида олиб борилаётган ислохотлар билан танишиб борасиз

Денов тумани мудирига мурожаат учун: @mmtbmurojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev bugun Denov tumanida bo‘lib, 82-umumta'lim maktabida o‘tkazilayotgan "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan suhbatda bo‘lib, seminar yuzasidan fikr almashildi.

☑️Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tumanning "Buyuk kelajak" mahallasi hududida joylashgan 44-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Бугун тумандаги 82-умумий ўрта таълим мактабида "Умумтаълим мактабларида тарбиявий ишлар самарадорлигини ошириш, тизимли муаммолар ва уларни бартараф этиш, истиқболдаги режалар” мавзусида ўқув-семинари ўтказилди

Семинарда Сурхондарё вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Хусниддин Мамадиев иштирок этди. Ўтказилган семинар давомида маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарлари билан семинар юзасидан фикр алмашилди.

Шунингдек, бошқарма бошлиғи "Буюк келажак" маҳалласи ҳудудида жойлашган 44-сонли давлат мактабгача таълим ташкилоти фаолияти билан танишиб, мавжуд камчиликларни бартараф этиш бўйича масъулларга тегишли кўрсатмалар берилди.

Денов тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

🕊@dthaxborotxizmati 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farzandim bilan bir kun…

🔷 Joriy yilning 11-may kuni Denov tumanidagi 103-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Farzandim bilan bir kun" mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda boshlang'ich sinf o'quvchilarining ota-onalari taklif qilindi.

🔷 Bunda 4 ta shart bo’yicha 20 nafar oila bellashdi. Tadbir ota-onalarda chuqur ta’surotlar qoldirdi. Tadbir so'ngida g'olib bo'lgan ota-onalar maktab ma’muriyating estalik sovg'alar va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/denov_mmtb

I Facebook  I Telegram I Youtube I
🔰 DENOV TUMANIDA SEMINAR-TRENING BO’LIB OTDI…

✔️ Seminar-trening Denov tumanidagi 82-sonlu umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Umumta'lim maktablari fan o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, muammo, yechim va takliflar” mavzusida fizika, matematika, kimyo hamda biologiya fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

✔️ Umumta'lim maktablarining metod birlashma rahbarlari ishtirokida kaskad usulida o‘tkazilgan seminar-treninglarda PISA xalqaro tadqiqoti, Tabiiy yo'nalishdagi fanlarni o'qitishda STEAM ta’limining ahamiyati, o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan pedagoglarga tushgunchalar berildi.

✔️ Qizg‘in, kreativ usullarda olib borilgan trening jarayonlarida malakali pedagoglar tomonidan ishtirokchilar bilan o‘zaro fikr almashildi. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida uchraydigan muammolar tahlil qilinib, ularga ijobiy yechim izlandi.

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/denov_mmtb

I Facebook  I Telegram I Youtube I