Demokrat.Uz | Rasmiy kanal
12.1K subscribers
13.4K photos
2.28K videos
2 files
13.2K links
«Demokrat.Uz» telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun va takliflar: @demokratuz_aloqabot

Reklama hamkorlik: @fazliddin_8888
Download Telegram
“Istanbulni tinchlik o‘rnatish markaziga aylantirish niyatidaman” — Erdo‘g‘on

U Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tganini ta’kidlab, muzokaralarning yanada yuqori darajada davom ettirilishiga umid bildirdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi

Loyiha doirasida Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida yapon tili, malaka imtihonlariga tayyorgarlik hamda ishga joylashish uchun kerakli ko‘nikmalar o‘rgatiladigan kurslar ochiladi.

Instagram | YouTube | Facebook
“Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

Oq uy rasmiysi Amerika rahbari Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvi bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarini bildirishi haqida ma’lum qilgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Juda ko‘p miqdorda firibgarlik qilgan o‘zbekistonlik AQSHdan ekstraditsiya qilindi

U jinoyatni O‘zbekistonda sodir etgan va qidiruvda bo‘lgan.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekistonda maoshlar 10 foizga oshiriladi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 3-iyun kuni Qonunchilik palatasida mazkur masala bo‘yicha prezident farmoni imzolanganini ma’lum qildi.

Maoshlar qaysi sanadan boshlab oshishi aniq aytilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil sentyabrda pensiya va nafaqalar 15 foizga, oktyabrda esa davlat tashkilotlari xodimlarining maoshi 10-15 foizga oshirilgandi.

Instagram | YouTube | Facebook
Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi boshlandi. Nomzodlar kim?

Saylov byulletenida besh nomzod bo‘lsa-da, asosiy raqobat uch nafari o‘rtasida kechmoqda. Ulardan biri AQSHning taktik yadro qurollarini Koreyada joylashtirish tarafdori.

Instagram | YouTube | Facebook
Britaniya armiyasi doimiy jangovar shay rejimga o‘tadi

Mamlakatda o‘q-dori ishlab chiqaruvchi oltita zavod quriladi. Britaniya Rossiyaning ehtimoliy hujumiga tayyorlanmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
G‘azo janubida gumanitar yordam kutib turgan odamlar yana bir bor o‘qqa tutildi

Ikki kun oldin ham xuddi shu hududda insonparvarlik yordami kutib turgan odamlarga o‘q uzilib, 30 dan ortiq kishi o‘ldirilgandi.

Yangi holatda kamida 24 qurbon haqida ma’lum qilinmoqda. Isroil harbiylari esa «shubhali» odamlarga qarata o‘q uzilganini aytmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

Variantlardan biri qator shartlarni, jumladan, rus tiliga rasmiy maqom berish, Ukrainada 100 kun ichida saylov o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

Instagram | YouTube | Facebook
Haj mavsumida ilk bor "aqlli" qutqaruvchi drondan foydalaniladi

Saudiya Arabistonida joriy yilgi Haj mavsumida ilk bor Falcon nomli o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi dron ishga tushiriladi. Sun’iy intellekt bilan jihozlangan dron baland tog‘larda yoki chekkaroq hududlarda yong‘inni o‘chirish va qutqaruv ishlarini olib borishga mo‘ljallangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi

Harbiylar adashib terrorchilar o‘rniga ularni quvib borgan tinch aholini nishonga olgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Toshkentda cho‘kayotgan qizlarni qutqarib, halok bo‘lgan fuqaro “Jasorat” medali bilan mukofotlandi

Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham medal bilan taqdirlangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritdi

Humans'ning Singapurdagi ta’sischisi “ayrim davlat tashkilotlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun” kompensatsiya undirmoqchi.

Avvalroq kompaniyaga qarashli UPay to‘lov tashkiloti Markaziy bank sanksiyasiga uchragan, keyinroq Humans'ning o‘zi “O‘zbektelekom”ning qarzlarni to‘lash, aks holda tarmoqdan uzib qo‘yilishi haqidagi ogohlantirishidan keyin, Raqobat qo‘mitasiga shikoyat kiritgan edi.

Instagram | YouTube | Facebook
Samarqandda 18 yashar qiz nega maktab o‘quvchisini “samosud” qilgani aytildi

U o‘rtog‘i bilan birga kelib, direktorga o‘zini bloger deb tanishtirgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari Yevropa rahbarlarini Netanyaxuga qarshi chiqishga undamoqda

Agentlik tahlilida Yevropadagi Isroilning “eng sodiq tarafdorlari” G‘azodagi urushga qarshi tobora ko‘proq salbiy fikr bildirmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekistonning IUCN bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) bosh direktori Gretel Agilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Volkswagen Germaniyada 20 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Shunday qilib avtomobil ishlab chiqaruvchisi xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishda sezilarli natijalarga erishmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayev sirtdan 11,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Shuningdek, u barcha davlat mukofotlaridan mahrum etilgan va mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

Instagram | YouTube | Facebook
WP: Tramp ikkinchi muddat davomida ijtimoiy tarmoqlarda uch barobardan ko‘proq xabarlarni e’lon qilmoqda

AQSH prezidentiga ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy akkauntlarni yuritishda yordamchilarning kichik guruhi ko'maklashadi.

Instagram | YouTube | Facebook
Qibrayda bir oy avval bedarak yo‘qolgan qiz o‘lik holda topildi

Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Instagram | YouTube | Facebook