Demokrat.Uz | Rasmiy kanal
12.5K subscribers
13.3K photos
2.28K videos
2 files
13.1K links
«Demokrat.Uz» telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun va takliflar: @demokratuz_aloqabot

Reklama hamkorlik: @fazliddin_8888
Download Telegram
Emomali Rahmon o‘z o‘g‘lini Putindan "oq fotiha" olishga yubordimi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston rahbarining o‘g‘li, hozirgi vaqtda Milliy Majlis raisi lavozimini egallab kelayotgan Rustam Emomali bilan uchrashdi. Xalqaro tahlilchilarga ko‘ra, prezident Emomali Rahmon o‘z o‘g‘lini Putinga Tojikistonning bo‘lajak yetakchisi sifatida taqdim etish uchun Moskvaga yuborgan.

Instagram | YouTube | Facebook
“Sun’iy intellektdan umumbashariyat manfaatlari yo‘lida oqilona va samarali foydalanish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Tashkent Law Spring IV xalqaro yuridik forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida sun’iy intellekt yo‘nalishida tizimli hamkorlikni kuchaytirish muhimligini aytdi.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekistonda sun’iy intellekt statistika to‘plash uchun odamlarga telefon qiladi

Janubiy Koreya hukumati O‘zbekiston statistika tizimini rivojlantirish uchun 3,8 mln dollar grant ajratdi. Statistika qo‘mitasining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu pullar hisobidan CATI tizimi joriy qilinadi. Hozirgi tanlanma kuzatuvlarda xodimlar joyiga chiqib, odamlar bilan intervyu o‘tkazayotgan bo‘lsa, CATI orqali kompyuter avtomatik ravishda aholi vakillaridan telefonda intervyu oladi.

Instagram | YouTube | Facebook
Osiyoda koronavirusning yangi to‘lqini boshlandi

Xitoyda aniqlangan NB.1.81 shtammi Hongkong va bir qator Osiyo davlatlari orqali AQSHga ham tarqalmoqda. Mutaxassislar shtammning yuqish tezligiga e’tibor qaratishmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
Nogironlik pensiyalari endi avtomatik tarzda tayinlanadi

2025 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonda pensiya va kompensatsiya tayinlash tartibi yanada soddalashtiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, endi ayrim toifadagi fuqarolarga murojaatsiz, avtomatik tarzda davlat yordamlari beriladi.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekistonda Italiya yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Melonining yuzma-yuz hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Samarqanddagi ko‘chaga Rim shahri nomi berildi

Tantanali tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ishtirok etdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Fransiyada 299 nafar bolani zo‘rlagan jarroh 20 yilga qamaldi

Jabrlanuvchilar o‘rtacha 11 yoshda bo‘lib, jinoyat vaqti hushsiz bo‘lgan.

Instagram | YouTube | Facebook
NATO Germaniyadan 40 ming askar so‘radi — Reuters

Germaniya armiyasining o‘ziga 20 ming doimiy harbiy yetishmayapti.

Instagram | YouTube | Facebook
Jahon banki Markaziy Osiyoga 60 million dollar ajratdi

“Yagona salomatlik” dasturi inson va hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilishni maqsad qilgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda daraxt ekdi

O‘zbekiston yetakchisi Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Instagram | YouTube | Facebook
“Amerika ovozi” barcha xodimlarini ushbu haftada ishdan bo‘shatishi mumkin

Politico ma’lumotiga ko‘ra, AQSHning davlatga qarashli Voice of America (VOA) axborot tarmog‘i qolgan 800 nafar doimiy xodimni ham yaqin kunlarda ishdan bo‘shatishi mumkin.

Bu jarayon Tramp ma’muriyati boshlagan qisqartirishlarning davomi sifatida baholanmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
Sud Tramp kiritgan ko‘plab bojlarni noqonuniy deb topdi

AQSh savdo sudi prezident Donald Tramp tomonidan kiritilgan tariflarning bir qismini noqonuniy deb topdi. Sudyalarga ko‘ra, Tramp o‘z vakolati doirasidan chiqqan, chunki mamlakat konstitutsiyasiga binoan, tashqi savdo masalalari Kongress tomonidan nazorat qilinadi.

Sud qarori dunyo bo‘ylab moliya bozorlarida ijobiy reaksiya berdi.

Instagram | YouTube | Facebook
NATO Germaniyadan 40 ming askar so‘radi — Reuters

NATO Germaniyadan yettita brigada, taxminan 40 ming askar ajratishni so‘radi. Bu taklif 2022-yilda Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya tahdidiga qarshi chora sifatida baholanmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
NYT: Tramp dunyoni qayta taqsimlamoqchi

Ayrim tahlilchilarining fikricha, Tramp uchta buyuk davlat deb atagan AQSH, Xitoy va Rossiyaning har biri yer sharining o‘ziga xos qismida hukmronlik qiladigan dunyoni tasavvur qilyapti.

Dunyoning bunday qayta bo‘linishi "XIX asr imperatorlik boshqaruvi uslubiga qaytish bo‘ladi".

Instagram | YouTube | Facebook
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda migratsiya tartib-taomillarini tezlashtirish chora-tadbirlari va patentlarni rasmiylashtirish bosqichlarining bir qismini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Instagram | YouTube | Facebook
Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Italiya" sammitida ishtirok etadi

Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya bosh vaziri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Angrenda ayanchli YTH: ota va uning farzandi halok bo‘ldi

27 may kuni Angren shahrida mast haydovchi yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodalar – ota va uning 2 farzandini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Erdo‘g‘an Eronni Zangezur koridoriga qo‘shilishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ozarboyjondan qaytganidan so‘ng Zangezur koridorini ochish zarurligini ta’kidlab, Eronni mintaqaviy tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Instagram | YouTube | Facebook
AQSH Apellyasiya sudi Tramp joriy etgan bojlar bo‘yicha taqiqni to‘xtatdi

AQSH Federal Apellyasiya sudi prezident Donald Tramp joriy etgan import bojlariga nisbatan kuni kecha boshqa sud tomonidan chiqarilgan taqiq qarorini vaqtincha to‘xtatdi.

Apellyasiya jarayoni davomida bojlar kuchda qoladi. Amerika matbuotining yozishicha, ish katta ehtimol bilan Oliy sudgacha yetib boradi.

Instagram | YouTube | Facebook