Demokrat.Uz | Rasmiy kanal
12.6K subscribers
13.2K photos
2.28K videos
2 files
13K links
«Demokrat.Uz» telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun va takliflar: @demokratuz_aloqabot

Reklama hamkorlik: @fazliddin_8888
Download Telegram
Rossiya zaxirada 500 ta ballistik raketaga ega, - The Economist

Shu bilan birga, Ukraina ularni tutib olish uchun vositalar taqchilligiga duch kelmoqda: bitta nishonni yo‘q qilish uchun odatda ikkita PAC-3 raketasi kerak bo‘ladi, ulardan yiliga atigi 650 tasi ishlab chiqariladi, deyiladi maqolada.

Nashr yozganidek, Kiyev Patriot tizimlarini har qanday narxda sotib olishga tayyor, biroq AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlash ustuvorligi pasayib borayotgani va Trampning oldindan aytib bo‘lmaydigan pozisiyasi tufayli yetkazib berish so‘roq ostida qolmoqda. Germaniyada PAC-3 ishlab chiqarish 2026-yil oxirigacha boshlanmaydi va Ukrainaning mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari hali ham past.

Instagram | YouTube | Facebook
Hindiston Yaponiyani ortda qoldirib, dunyoda to‘rtinchi yirik iqtisodiyotiga aylandi

Hindiston rasman dunyodagi to‘rtinchi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. Bu haqda mamlakatning bosh iqtisodiy tahlil organi — NITI Aayog rahbari B.V.R. Subramanyam ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Hindiston Yaponiyani ortda qoldirib, 4 trln dollarlik yalpi ichki mahsulot hajmiga erishgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Sirdaryoda quduqdagi gazdan zaharlanish oqibatida uch kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan fojea natijasida uch nafar fuqaro quduq ichidagi zaharli gaz ta’sirida halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar ota va o‘g‘il hamda ularning qo‘shnisi bo‘lgan.

Hodisa paytida zaharli gaz ta’sirida hushini yo‘qotgan yana ikki kishi o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli hayotga qaytarildi. Ayni vaqtda ular shifoxonada nazorat ostida.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Ehtimoliy ravishda, quduq ichida metan yoki boshqa turdagi zaharli gaz yig‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
Putin: “Bizni urush ochishga majbur qilishdi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni Rossiya biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvda mamlakatining Ukrainadagi urush uchun ayblanayotganini tushunmasligini bildirdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Qizning Rossiyaga borish uchun yo‘l haqi va boshqa xarajatlari Sankt-Peterburgda yashovchi “Zulya” ismli ayol tomonidan qoplangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Liverpulda mashina odamlar ustiga haydadi, 47 kishi yaralandi

Liverpul futbol klubining Premyer-Ligadagi chempionlik sharafiga uyushtirilgan qutlov paradi vaqtida bir avtomobil odamlar orasiga bostirib bordi. Polisiya 53 yoshli oq tanli ingliz erkakni qo‘lga oldi. Hodisa terakt sifatida baholanmadi.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo 1,5 mlrd dollarga yaqinlashdi

2025 yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 1,4 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 168 mln dollarga ko‘p.

Instagram | YouTube | Facebook
Kuvayt va Saudiya Arabistoni yangi neft konlarini ochdi

Kuvayt va Saudiya Arabistoni neytral hududda yangi neft konini aniqladi. Bu 2020-yildan beri birinchi bor qo‘shma ishlab chiqarish hududidagi muhim topilma bo‘lib, ikki mamlakatning global energiya yetkazib beruvchi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida 24 may kuni soat 10:15 larda Howo rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi.

Instagram | YouTube | Facebook
AQSH generali: Ukraina Qrimni qaytarib olishi mumkin

AQSH armiyasining Yevropadagi sobiq qo‘mondoni Ben Xodjes Ukraina Qrimni harbiy yo‘l bilan o‘ziga qaytarishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, Qrimni izolyasiya qilish va strategik zarbalar orqali Rossiyani bu hududdan chiqarish mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi

2025-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlari uchun yangi tariflar amaliyotga joriy etiladi. Ushbu qaror Xalq deputatlari viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Yangi tariflar:
Ichimlik suvi:
Aholi uchun: 1 m³ — 2 600 so‘m;
Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun: 1 m³ — 15 000 so‘m.

Oqova xizmati:
Aholi uchun: 1 m³ — 1 300 so‘m;
Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun: 1 m³ — 3 000 so‘m.

Barcha narxlar QQSsiz belgilangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Irlandiya Isroil kompaniyalari bilan savdoni cheklashni boshladi

Yevropa Ittifoqida birinchi bo‘lib Irlandiya Isroil kompaniyalari bilan savdoga cheklov kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Bu qaror Gʻazoda davom etayotgan harbiy mojarolar va uning og‘ir oqibatlari fonida qabul qilinmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
To‘rtta davlat Ukrainaga uzoq masofali qurollar bilan Rossiyaga zarba berishga ruxsat berdi

G‘arb davlatlari uzoq masofali raketalarni Ukrainaga yetkazib bergan bo‘lsa-da, ulardan foydalanishga cheklovlar qo‘ygandi.

Instagram | YouTube | Facebook
Tramp Bayden ma’muriyatini “sarqitlar” deb atadi

Uning aytishicha, Jo Baydenning sobiq Amerika ma’muriyati a’zolari hokimiyatda bo‘lgan 4 yil davomida mamlakatni vayron qilishga uringan, millionlab odamlarga AQSH hududiga noqonuniy kirishga yo‘l ochgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Namangandagi “Co‘nggi qo‘ng‘iroq“ bayramida gazli sharlar portlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi qo‘ng‘iroq bayramida gazli sharlar portlab, qizlarni sochi yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2025-yilning 1-choragida amalga oshirgan ishlari va faoliyat natijalariga bag‘ishlangan BRIFING

2025-yilning 3-oyligida Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 6042 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan 742 tasi penitensiar muassasalarida saqlanayotgan shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va himoyachi (advokat)laridan yuborilgan.

Ombudsman tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan davlat tashkilotlari yoki mansabdor shaxslarga 43 ta ta’sir choralari shaklidagi hujjatlar kiritildi.

Instagram | YouTube | Facebook
Xitoyda elektromobil bozoridagi yangi urush: BYD narxlarni tushirib, raqobatni kuchaytirdi

BYD kompaniyasining 20dan ortiq modellarga narxlarini pasaytirishi Xitoydagi elektromobillar ishlab chiqaruvchilar aksiyalarining qator keskin tushishiga sabab bo‘ldi. Yangi “narx urushlari” bozordagi raqobatni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi

Ular qariyb bir yildan beri har dam olish kunlari 450 km yo‘l bosib, mushuk yo‘qolgan hududga plakatlar ilib chiqmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekiston Interpoli tomonidan odam savdosi va firibgarlik uchun qidirilayotgan ikki ayol fuqaro Ummondan ekstradisiya qilindi

Interpolning O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvi ostida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar ayol fuqaro Maskat shahridan Toshkentga olib kelindi.

Instagram | YouTube | Facebook