Demokrat.Uz | Rasmiy kanal
12.4K subscribers
13.3K photos
2.28K videos
2 files
13.1K links
«Demokrat.Uz» telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun va takliflar: @demokratuz_aloqabot

Reklama hamkorlik: @fazliddin_8888
Download Telegram
5-iyundan abituriyentlar uchun hujjat qabul qilish boshlanadi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 2025-yil 5-iyundan 25-iyungacha hujjat topshirishlari mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
Isroil Gʻazo sektoriga barcha asosiy harbiy brigadalarini kiritdi

Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlarini kengaytirdi. Barcha oddiy piyoda va tank brigadalarining kiritilishi hududdagi zo‘ravonlik kuchayishiga olib kelmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan "shappati" yedi

Yelisey saroyi buni “fitna nazariyotchilari e’tiboriga tushishiga arziydigan hodisa emas”, deb hisobladi.

Instagram | YouTube | Facebook
Ukrainaga qarshi urushga borgan 20 yoshli o‘zbekistonlikka 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Sud materialida qayd etilishicha, sudlanuvchi I.J. 2024-yilning 23-fevral kuni “Toshkent-Sankt-Peterburg” yo‘nalishidagi aviareys orqali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga mavsumiy ishlash maqsadida borib, 2024-yilning 12-iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bir yil davomida har oyda 195 ming rubl miqdorida oylik maosh olish evaziga muddatli harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida shartnoma imzolab, Rossiya tarafini olib, Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etishga rozilik bildirgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Bashar Asad davrida millionlab suriyaliklar kuzatuvda bo‘lgan

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad boshqaruvi davrida maxsus xizmatlar taxminan sakkiz million kishini kuzatgan, qidirgan yoki ular haqida ma’lumot to‘plagan. Bu ko‘rsatkich Suriya xalqining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekiston elchixonasi Isroilga ta’ziya bildirdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi AQSHda ikki isroillik diplomatning otib ketilishi yuzasidan Isroil davlatiga hamdardlik bildirgan.

“Biz bu vahshiyona hujumni qat’iy qoralaymiz, diplomat xodimlarga bo‘lgan har qanday hujum xalqaro huquq normalariga zid va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat”, deyiladi elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida.

Ushbu holatga Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi ham o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Rossiya zaxirada 500 ta ballistik raketaga ega, - The Economist

Shu bilan birga, Ukraina ularni tutib olish uchun vositalar taqchilligiga duch kelmoqda: bitta nishonni yo‘q qilish uchun odatda ikkita PAC-3 raketasi kerak bo‘ladi, ulardan yiliga atigi 650 tasi ishlab chiqariladi, deyiladi maqolada.

Nashr yozganidek, Kiyev Patriot tizimlarini har qanday narxda sotib olishga tayyor, biroq AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlash ustuvorligi pasayib borayotgani va Trampning oldindan aytib bo‘lmaydigan pozisiyasi tufayli yetkazib berish so‘roq ostida qolmoqda. Germaniyada PAC-3 ishlab chiqarish 2026-yil oxirigacha boshlanmaydi va Ukrainaning mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari hali ham past.

Instagram | YouTube | Facebook
Hindiston Yaponiyani ortda qoldirib, dunyoda to‘rtinchi yirik iqtisodiyotiga aylandi

Hindiston rasman dunyodagi to‘rtinchi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. Bu haqda mamlakatning bosh iqtisodiy tahlil organi — NITI Aayog rahbari B.V.R. Subramanyam ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Hindiston Yaponiyani ortda qoldirib, 4 trln dollarlik yalpi ichki mahsulot hajmiga erishgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Sirdaryoda quduqdagi gazdan zaharlanish oqibatida uch kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan fojea natijasida uch nafar fuqaro quduq ichidagi zaharli gaz ta’sirida halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar ota va o‘g‘il hamda ularning qo‘shnisi bo‘lgan.

Hodisa paytida zaharli gaz ta’sirida hushini yo‘qotgan yana ikki kishi o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli hayotga qaytarildi. Ayni vaqtda ular shifoxonada nazorat ostida.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Ehtimoliy ravishda, quduq ichida metan yoki boshqa turdagi zaharli gaz yig‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
Putin: “Bizni urush ochishga majbur qilishdi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni Rossiya biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvda mamlakatining Ukrainadagi urush uchun ayblanayotganini tushunmasligini bildirdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Qizning Rossiyaga borish uchun yo‘l haqi va boshqa xarajatlari Sankt-Peterburgda yashovchi “Zulya” ismli ayol tomonidan qoplangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Liverpulda mashina odamlar ustiga haydadi, 47 kishi yaralandi

Liverpul futbol klubining Premyer-Ligadagi chempionlik sharafiga uyushtirilgan qutlov paradi vaqtida bir avtomobil odamlar orasiga bostirib bordi. Polisiya 53 yoshli oq tanli ingliz erkakni qo‘lga oldi. Hodisa terakt sifatida baholanmadi.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo 1,5 mlrd dollarga yaqinlashdi

2025 yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 1,4 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 168 mln dollarga ko‘p.

Instagram | YouTube | Facebook
Kuvayt va Saudiya Arabistoni yangi neft konlarini ochdi

Kuvayt va Saudiya Arabistoni neytral hududda yangi neft konini aniqladi. Bu 2020-yildan beri birinchi bor qo‘shma ishlab chiqarish hududidagi muhim topilma bo‘lib, ikki mamlakatning global energiya yetkazib beruvchi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida 24 may kuni soat 10:15 larda Howo rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi.

Instagram | YouTube | Facebook
AQSH generali: Ukraina Qrimni qaytarib olishi mumkin

AQSH armiyasining Yevropadagi sobiq qo‘mondoni Ben Xodjes Ukraina Qrimni harbiy yo‘l bilan o‘ziga qaytarishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, Qrimni izolyasiya qilish va strategik zarbalar orqali Rossiyani bu hududdan chiqarish mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi

2025-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlari uchun yangi tariflar amaliyotga joriy etiladi. Ushbu qaror Xalq deputatlari viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Yangi tariflar:
Ichimlik suvi:
Aholi uchun: 1 m³ — 2 600 so‘m;
Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun: 1 m³ — 15 000 so‘m.

Oqova xizmati:
Aholi uchun: 1 m³ — 1 300 so‘m;
Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun: 1 m³ — 3 000 so‘m.

Barcha narxlar QQSsiz belgilangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Irlandiya Isroil kompaniyalari bilan savdoni cheklashni boshladi

Yevropa Ittifoqida birinchi bo‘lib Irlandiya Isroil kompaniyalari bilan savdoga cheklov kiritish tashabbusi bilan chiqdi. Bu qaror Gʻazoda davom etayotgan harbiy mojarolar va uning og‘ir oqibatlari fonida qabul qilinmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
To‘rtta davlat Ukrainaga uzoq masofali qurollar bilan Rossiyaga zarba berishga ruxsat berdi

G‘arb davlatlari uzoq masofali raketalarni Ukrainaga yetkazib bergan bo‘lsa-da, ulardan foydalanishga cheklovlar qo‘ygandi.

Instagram | YouTube | Facebook