Demokrat.Uz | Rasmiy kanal
12.6K subscribers
13.2K photos
2.28K videos
2 files
13K links
«Demokrat.Uz» telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun va takliflar: @demokratuz_aloqabot

Reklama hamkorlik: @fazliddin_8888
Download Telegram
Rakat masjidi imomi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi

Haj mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga ellikboshi sifatida yuborilgan Toshkentdagi Rakat masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev Madina shahrida vafot etdi. Imom Saudiya Arabistonida betob bo‘lib, komaga tushib qolgani aytilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
Rossiya Ukrainaga bir vaqtda mingdan ortiq Shahed uchirishga tayyorlanmoqda — OAV

Atigi bir yil oldin bir kunda 30 ta dron hujumi g‘ayrioddiy hodisa bo‘lgan. Ukraina dushman tomon kuniga 500 ta Shahed ishlab chiqarayotganini ma’lum qildi.

Instagram | YouTube | Facebook
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan ikki kishi ushlandi

Ulardan biri Toshkentdagi Adliya boshqarmasi, ikkinchisi Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimi bo‘lgan.

Instagram | YouTube | Facebook
“Mall of Uzbekistan” savdo markazlari ishga tushiriladi

O‘zbekistonda milliy mahsulotlarni keng targ‘ib qilish va aholiga yagona savdo maskanida taqdim etish maqsadida “Mall of Uzbekistan”, deb nomlangan yirik savdo markazlari tashkil etiladi.

Instagram | YouTube | Facebook
“U butkul aqldan ozgan”. Tramp Putinni tanqid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni Ukraina shaharlari bo‘ylab 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yopirilma zarbalardan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putinni keskin ohangda tanqid qildi.

Tramp oldin ham Putinning harakatlarini qoralagan, bu safargi so‘zlar esa Istanbulda tinchlik muzokaralarini qaytadan boshlashga urinish fonida yangradi.

Instagram | YouTube | Facebook
Norasmiy zargarlik faoliyati qonuniylashtiriladi

Endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda prezident ishtirokida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Norasmiy zargarlik rastalari zamonaviy ko‘rinishga keltirib, ularning faoliyati qonuniylashtiriladi.

Chetdan mutaxassis olib kelish xarajatining 2,5 ming dollargacha qismi kamida 5 nafar shogird chiqarish sharti bilan qoplab beriladi.

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi.

Instagram | YouTube | Facebook
5-iyundan abituriyentlar uchun hujjat qabul qilish boshlanadi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 2025-yil 5-iyundan 25-iyungacha hujjat topshirishlari mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
Isroil Gʻazo sektoriga barcha asosiy harbiy brigadalarini kiritdi

Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlarini kengaytirdi. Barcha oddiy piyoda va tank brigadalarining kiritilishi hududdagi zo‘ravonlik kuchayishiga olib kelmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan "shappati" yedi

Yelisey saroyi buni “fitna nazariyotchilari e’tiboriga tushishiga arziydigan hodisa emas”, deb hisobladi.

Instagram | YouTube | Facebook
Ukrainaga qarshi urushga borgan 20 yoshli o‘zbekistonlikka 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Sud materialida qayd etilishicha, sudlanuvchi I.J. 2024-yilning 23-fevral kuni “Toshkent-Sankt-Peterburg” yo‘nalishidagi aviareys orqali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga mavsumiy ishlash maqsadida borib, 2024-yilning 12-iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bir yil davomida har oyda 195 ming rubl miqdorida oylik maosh olish evaziga muddatli harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida shartnoma imzolab, Rossiya tarafini olib, Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etishga rozilik bildirgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Bashar Asad davrida millionlab suriyaliklar kuzatuvda bo‘lgan

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad boshqaruvi davrida maxsus xizmatlar taxminan sakkiz million kishini kuzatgan, qidirgan yoki ular haqida ma’lumot to‘plagan. Bu ko‘rsatkich Suriya xalqining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekiston elchixonasi Isroilga ta’ziya bildirdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi AQSHda ikki isroillik diplomatning otib ketilishi yuzasidan Isroil davlatiga hamdardlik bildirgan.

“Biz bu vahshiyona hujumni qat’iy qoralaymiz, diplomat xodimlarga bo‘lgan har qanday hujum xalqaro huquq normalariga zid va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat”, deyiladi elchixonaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida.

Ushbu holatga Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi ham o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Rossiya zaxirada 500 ta ballistik raketaga ega, - The Economist

Shu bilan birga, Ukraina ularni tutib olish uchun vositalar taqchilligiga duch kelmoqda: bitta nishonni yo‘q qilish uchun odatda ikkita PAC-3 raketasi kerak bo‘ladi, ulardan yiliga atigi 650 tasi ishlab chiqariladi, deyiladi maqolada.

Nashr yozganidek, Kiyev Patriot tizimlarini har qanday narxda sotib olishga tayyor, biroq AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlash ustuvorligi pasayib borayotgani va Trampning oldindan aytib bo‘lmaydigan pozisiyasi tufayli yetkazib berish so‘roq ostida qolmoqda. Germaniyada PAC-3 ishlab chiqarish 2026-yil oxirigacha boshlanmaydi va Ukrainaning mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari hali ham past.

Instagram | YouTube | Facebook
Hindiston Yaponiyani ortda qoldirib, dunyoda to‘rtinchi yirik iqtisodiyotiga aylandi

Hindiston rasman dunyodagi to‘rtinchi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. Bu haqda mamlakatning bosh iqtisodiy tahlil organi — NITI Aayog rahbari B.V.R. Subramanyam ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Hindiston Yaponiyani ortda qoldirib, 4 trln dollarlik yalpi ichki mahsulot hajmiga erishgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Sirdaryoda quduqdagi gazdan zaharlanish oqibatida uch kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan fojea natijasida uch nafar fuqaro quduq ichidagi zaharli gaz ta’sirida halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar ota va o‘g‘il hamda ularning qo‘shnisi bo‘lgan.

Hodisa paytida zaharli gaz ta’sirida hushini yo‘qotgan yana ikki kishi o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam tufayli hayotga qaytarildi. Ayni vaqtda ular shifoxonada nazorat ostida.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Ehtimoliy ravishda, quduq ichida metan yoki boshqa turdagi zaharli gaz yig‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
Putin: “Bizni urush ochishga majbur qilishdi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni Rossiya biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvda mamlakatining Ukrainadagi urush uchun ayblanayotganini tushunmasligini bildirdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Qizning Rossiyaga borish uchun yo‘l haqi va boshqa xarajatlari Sankt-Peterburgda yashovchi “Zulya” ismli ayol tomonidan qoplangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Liverpulda mashina odamlar ustiga haydadi, 47 kishi yaralandi

Liverpul futbol klubining Premyer-Ligadagi chempionlik sharafiga uyushtirilgan qutlov paradi vaqtida bir avtomobil odamlar orasiga bostirib bordi. Polisiya 53 yoshli oq tanli ingliz erkakni qo‘lga oldi. Hodisa terakt sifatida baholanmadi.

Instagram | YouTube | Facebook
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo 1,5 mlrd dollarga yaqinlashdi

2025 yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 1,4 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 168 mln dollarga ko‘p.

Instagram | YouTube | Facebook