Demokrat.Uz | Rasmiy kanal
12.4K subscribers
13.3K photos
2.28K videos
2 files
13.1K links
«Demokrat.Uz» telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun va takliflar: @demokratuz_aloqabot

Reklama hamkorlik: @fazliddin_8888
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
46 yoshli YPX xodimi 20 yoshli qoidabuzar yigitni 30 soniyada qo‘lga olgan

Qoraqalpog‘istondagi "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘layotgan maktab yonida avtomobilni katta tezlikda, telefondan foydalangan holda boshqargan yigit maktab o‘quvchisi emas edi.

Endi tarmoqqa chiqqan videoni YPX xodimini obro‘sizlantirishga olib keladigan darajada montaj qilib tarqatgan shaxsni BHMning 50 baravarigacha jarima yoki 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi kutmoqda.

Holat haqida batafsil izoh videoda

Instagram | YouTube | Facebook
Rossiya urush boshlanganidan buyon Ukrainaga eng yirik havo hujumini amalga oshirdi: kamida 12 kishi halok bo‘ldi

Dam olish kunlari Rossiya Ukraina mintaqalari bo‘ylab har xil turdagi 367 ta raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan hujum qilgan. Bu hujumlar urush boshlanganidan beri ukrain shaharlariga qilingan eng yirik havo hujumi sifatida qayd etilgan. 12 kishining halok bo‘lgani, 60 dan ziyod ukrainalik jarohatlangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Ukraina Tramp uchun «yangi Afg‘oniston»ga aylanishi mumkin — Bloomberg

Agar Donald Tramp AQSH prezidenti sifatida Ukrainaga yordamni to‘xtatsa, bu strategik yutqizish va shaxsiy obro‘sining yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Bloomberg tahlilchilari ushbu ehtimolni Afg‘onistondagi AQSH mag‘lubiyati bilan taqqoslamoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
Endi liftlar talabga javob bermasa, bino bitgan hisoblanmaydi

Endilikda yangi qurilgan yoki qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda liftlar talab darajasida o‘rnatilmasa, o‘sha uy to‘liq bitgan deya hisoblanmaydi. Ya’ni ko‘p qavatli uylarni o‘z egalariga topshirishdan avval liftlar nazoratdan o‘tadi.

Bu bo‘yicha 2025 yilning 1 may sanasidan boshlab Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining xavfsiz lift idoralararo elektron platformasi ishga tushdi.

Bunda liftda kuzatuv kameralari va ikki tomonlama so‘zlashuv tizimga ulanganligi tekshiriladi. Liftlarning ko‘rinadigan qismiga QR-Kodli ma’lumotnoma joylanib u orqali fuqarolar lift haqida to‘liq ma’lumot ega bo‘lishi mumkin.

Bazaga buyurtmachi tomonidan kerakli hujjatlar to‘liq kiritilmagan bo‘lsa, buyurtmachiga rad javobi qaytariladi hamda bino bitgan hisoblanmaydi.

Instagram | YouTube | Facebook
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi

Mask siyosatdan ketish qarorini shu hafta boshida e’lon qildi. U kelajakda siyosatga ancha kam vaqt ajratishni rejalashtirayotganini va Tesla kompaniyasini boshqarishga e’tiborni kuchaytirmoqchi ekanini aytdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Endi O‘zbekistonda faqat milliy mahsulotlardan iborat katta savdo markazi bo‘ladi

Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Savdo do‘konlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Shuningdek, to‘qimachilik va charm korxonalariga ehtiyojmand odamlarni ishga olish bo‘yicha 15 foizli me’yor 2 barobar kamaytiriladi. Bundan buyon imtiyoz olish uchun korxonada ehtiyojmand odamlar bilan birga nogironligi bor ishchilar ham hisobga olinadi.

Instagram | YouTube | Facebook
Iroqda suv zaxiralari so‘nggi 80 yilda eng past darajaga tushdi

Iroqda suv taqchilligi tobora kuchayib bormoqda. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda suv zaxiralari keskin kamayib, o‘tgan asrning o‘rtalaridan buyon bunday og‘ir ahvol kuzatilmagan.

Instagram | YouTube | Facebook
Texas shtatida musulmonlarga tegishli masjid va markazlarga hujum uyushtirildi

AQSHning Texas shtati Ostin shahridagi Nueses masjidi, Islomiy Ahli Bayt uyushmasi (IABA) va Ostin Din ishlari markaziga tegishli bannerlar va kirish eshiklari atrofiga Dovud yulduzi kabi ramzlar chizib ketildi.

Instagram | YouTube | Facebook
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Jorja Meloni Samarqand shahriga rasmiy tashrif bilan birgalikda, Italiya–Markaziy Osiyo sammitida qatnashadi.

Instagram | YouTube | Facebook
Rakat masjidi imomi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi

Haj mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga ellikboshi sifatida yuborilgan Toshkentdagi Rakat masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev Madina shahrida vafot etdi. Imom Saudiya Arabistonida betob bo‘lib, komaga tushib qolgani aytilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
Rossiya Ukrainaga bir vaqtda mingdan ortiq Shahed uchirishga tayyorlanmoqda — OAV

Atigi bir yil oldin bir kunda 30 ta dron hujumi g‘ayrioddiy hodisa bo‘lgan. Ukraina dushman tomon kuniga 500 ta Shahed ishlab chiqarayotganini ma’lum qildi.

Instagram | YouTube | Facebook
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan ikki kishi ushlandi

Ulardan biri Toshkentdagi Adliya boshqarmasi, ikkinchisi Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimi bo‘lgan.

Instagram | YouTube | Facebook
“Mall of Uzbekistan” savdo markazlari ishga tushiriladi

O‘zbekistonda milliy mahsulotlarni keng targ‘ib qilish va aholiga yagona savdo maskanida taqdim etish maqsadida “Mall of Uzbekistan”, deb nomlangan yirik savdo markazlari tashkil etiladi.

Instagram | YouTube | Facebook
“U butkul aqldan ozgan”. Tramp Putinni tanqid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni Ukraina shaharlari bo‘ylab 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yopirilma zarbalardan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putinni keskin ohangda tanqid qildi.

Tramp oldin ham Putinning harakatlarini qoralagan, bu safargi so‘zlar esa Istanbulda tinchlik muzokaralarini qaytadan boshlashga urinish fonida yangradi.

Instagram | YouTube | Facebook
Norasmiy zargarlik faoliyati qonuniylashtiriladi

Endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda prezident ishtirokida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Norasmiy zargarlik rastalari zamonaviy ko‘rinishga keltirib, ularning faoliyati qonuniylashtiriladi.

Chetdan mutaxassis olib kelish xarajatining 2,5 ming dollargacha qismi kamida 5 nafar shogird chiqarish sharti bilan qoplab beriladi.

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi.

Instagram | YouTube | Facebook
5-iyundan abituriyentlar uchun hujjat qabul qilish boshlanadi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 2025-yil 5-iyundan 25-iyungacha hujjat topshirishlari mumkin.

Instagram | YouTube | Facebook
Isroil Gʻazo sektoriga barcha asosiy harbiy brigadalarini kiritdi

Isroil armiyasi Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlarini kengaytirdi. Barcha oddiy piyoda va tank brigadalarining kiritilishi hududdagi zo‘ravonlik kuchayishiga olib kelmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan "shappati" yedi

Yelisey saroyi buni “fitna nazariyotchilari e’tiboriga tushishiga arziydigan hodisa emas”, deb hisobladi.

Instagram | YouTube | Facebook
Ukrainaga qarshi urushga borgan 20 yoshli o‘zbekistonlikka 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Sud materialida qayd etilishicha, sudlanuvchi I.J. 2024-yilning 23-fevral kuni “Toshkent-Sankt-Peterburg” yo‘nalishidagi aviareys orqali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga mavsumiy ishlash maqsadida borib, 2024-yilning 12-iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bir yil davomida har oyda 195 ming rubl miqdorida oylik maosh olish evaziga muddatli harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida shartnoma imzolab, Rossiya tarafini olib, Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etishga rozilik bildirgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Bashar Asad davrida millionlab suriyaliklar kuzatuvda bo‘lgan

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad boshqaruvi davrida maxsus xizmatlar taxminan sakkiz million kishini kuzatgan, qidirgan yoki ular haqida ma’lumot to‘plagan. Bu ko‘rsatkich Suriya xalqining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi.

Instagram | YouTube | Facebook