Demokrat.Uz | Rasmiy kanal
12.6K subscribers
12.8K photos
2.18K videos
2 files
12.6K links
«Demokrat.Uz» telegramdagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun va takliflar: @demokratuz_aloqabot

Reklama hamkorlik: @fazliddin_8888
Download Telegram
Samarqandda darsga kech kelgan o‘quvchiga tashlanib, tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Samarqanddagi 35-maktabda o‘qituvchi darsga kech kelgan o‘quvchiga tashlanib, tazyiq o‘tkazdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Instagram | YouTube | Facebook
Avtomobillarni ijaraga beruvchi Telegram-kanallarning 90 foiz aʼzosi maktab o‘quvchilari” — viloyat YHXB boshlig‘i Namanganda avtomobillarni ijaraga

Maʼlum qilinishicha, avtomobilini ijaraga berayotganlarning aksariyatining avtoulovi kreditga yoki «vikup»ga olingan.

👉 demokrat.uz/34881

Instagram | YouTube | Facebook
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va FVV rahbariyati voqea joyiga yetib borgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, qariyb bir soat ichida yong‘in bartaraf qilindi, fojia oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 20 foizga oshdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Instagram | YouTube | Facebook
Kanada G‘azoga oziq-ovqat va insonparvarlik yordami uchun 72 mln dollar xayriya qildi

Avvalroq Isroil G‘azoni to‘liq qamal qilgani tufayli anklavda oziq-ovqat tugab borayotgani xabar qilingandi.

Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇻🇦 Rim papasining dafn marosimida 200 ming odam qatnashgani aytilmoqda.

Bu haqda Vatikan ma’lum qildi.

Instagram | YouTube | Facebook
Eronning Shahid Rajaee portida kuchli portlash yuz berdi. Natijada yuzlab insonlar jarohatlandi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yonilg‘i sisternalaridan biri portlagan. Zarba to‘lqini ma'muriy bino va ko‘plab avtomobillarni butunlay vayron qilib, yaqin atrofdagi inshootlarga ham zarar yetkazgan.

Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 1 yoshli bola uy ichida qulflanib qolib ketdi

Qutqaruvchilar tomonidan eshik ochib berildi.

Instagram | YouTube | Facebook
Istanbulda yong‘in oqibatida vafot etgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Fuqaro Istanbulning Kadikoy tumani, Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda, noma‘lum sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan yong‘in oqibatida vafot etgan.

Instagram | YouTube | Facebook
Toshkentdagi maktablardan birida ikki o‘quvchi janjallashdi

Janjal vaqtida o‘quvchilardan biri jarohat olishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. Tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Instagram | YouTube | Facebook
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza olish imkonini yopib qo‘ydi

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun elektron vizaga murojaat qilish vaqtinchalik, haj mavsumida to‘xtatilgan.

Instagram | YouTube | Facebook
☀️ Bugun harorat 30-35 darajagacha ko'tariladi. Tog‘li hududlar ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin — “O‘zgidromet”

Instagram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahri, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida haj va umra safarlariga olib borish bilan aldab, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erondagi portda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Mamlakat janubidagi Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajai portida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 14 kishi vafot etdi, 750 dan ortig‘i jarohatlandi.

Instagram | YouTube | Facebook
🇹🇷Turkiyada o‘zbekistonlik enaga 2 yoshli bolani urib, tepib tashladi

U Istanbulning Fotih tumanida o‘zbekistonlik oilaning farzandiga zo‘ravonlik qilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Instagram | YouTube | Facebook
🇹🇭 Tailandda samolyot dengizga qulashi oqibatida olti nafar politsiyachi halok bo‘ldi — BBC

Hodisa bugun Bangkokdan 130 km janubi-g‘arbidagi Cha-Am hududida sodir bo‘ldi. Besh nafar politsiyachi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan.

Politsiya boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, uchuvchilar samolyotni aholi punktlariga qulashdan saqlab, dengiz tomon burgan va shu bilan katta falokatning oldi olingan.

Hozirda halokat sabablarini aniqlash uchun samolyotning "qora qutisi" ma’lumotlari o‘rganilmoqda.

Instagram | YouTube | Facebook