Iftorlik tadbirlari davom etmoqda
Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi kunlarida yurtimiz bo‘ylab, aholi vakillari uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Dehqonobod tumanidagi mahallalarida ham bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun 1-sektor hududidagi “Tog'aytemir” mahallasida yashovchi ro'zadorlarga iftorlik dasturxoni yozildi.
Inson qadrini ulug‘lash, muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida yozilgan to‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan nuroniylar yurtimizga tinchlik, oilalarga totuvlik, dasturxonimizga qut-baraka, shunday ehsonlarga bosh-qosh bo‘lib turgan barcha rahbarlar ishlariga rivoj tilab, duo qilishdi.
Kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.me/dehqonobodpress

Konstitutsiyaviy islohotlar bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi
Tibbiyot kollejida Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Nizomjon Mahmudov, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i Shavkat Amirov ishtirokida "Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to'sqinlik qilish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka sabab bo'lishi'' va "Yangi O'zbekiston — huquqiy demokratik davlat, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asoslari, qonunchilikni yanada rivojlantirish istiqbollari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash bo‘yicha qonunning qabul qilinishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilishga va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini olishga, shifokorlik kasbining maqomi hamda nufuzini oshirishga, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.

📊 Qashqadaryo viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi qancha?
✅ 2022-yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 68,1 foizni tashkil etdi.
Kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.me/dehqonobodpress
✅ 2022-yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 68,1 foizni tashkil etdi.
Kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.me/dehqonobodpress
Xayrli ishlar davom etmoqda
Dehqonobod tuman 3-sektori rahbari, tuman IIB boshlig'i G'ayrat Haydarov hamda tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Husniddin Azizov "Bozortepa" mahallasida yashovchi ehtiyojmand, boquvchisini yo'qotgan Xadicha Qodirovaning holidan xabar olib, iftorlik uchun oziq-ovqat mahsulotlari olib bordi.

Muborak Ramazon oyi insonning go‘zal xulq fazilatlari bilan ziynatlangan muqaddas oydir. Bu ulug‘ oyda qilingan duolar ijobat bo‘lib, nafs turli illatlardan tozalanadi va qalb poklanadi. E’tiborlisi, ushbu muborak oyda insonlar o‘rtasida asrlar osha sayqallashib kelayotgan mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi xislatlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bugun tumanidagi "Yangiobod" mahallasida yashovchi ro‘zadorlar uchun iftorlik dasturxonlari yozildi.
Iftorlik dasturxoni atrofida kechgan suhbat jarayonida tumanda hududlarni obodonlashtirish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilib, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab, duoga qo‘l ochishdi.
Shuningdek, Zoir Aliqulov mahallada yashovchi ehtiyojmand oila holidan xabar olib, iftorlik uchun oziq-ovqat mahsulotlari olib bordi.