Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Xivada ilmga asoslangan mehnat tufayli baraka xirmonlari bunyod etilmoqda
📍 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Xorazm viloyatiga qilgan ishchi tashrifi davom etmoqda. Navbatdagi manzil viloyatning Xiva tumani “Shomoxulum” MFY hududidagi Xudoybergen ota fermer xo‘jaligi dala maydoni bo‘ldi. Bu yerda ayni paytda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in olib borilmoqda.
🌲 Shuni aytib o‘tish kerakki, fermer bu yil 34 gektar yer maydoniga g‘allaning xorijiy “Vassa” navini ekkan bo‘lib, gektaridan o‘rtacha 80 sentnerdan hosil olinmoqda.
🟢 Vazir Ibrohim Abdurahmonov dalaning o‘zida viloyat va tuman mutasaddilari, fermer xo‘jaligi vakillari bilan g‘allaning hosildorligi, va vegetatsiya davrida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar haqida fikr almashar ekan, mamlakatimizning cho‘l mintaqasi uchun hosildorlikda bunday natijaga erishish yaxshi ko‘rsatkich ekanini e’tirof etdi.
🔘 G‘allachilikda suyagi qotgan mirishkorlar va ilmiy tadqiqot olib boruvchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yurtimizda ekilgan Rossiyaning “Vassa” g‘alla navida mingta donning o‘rtacha og‘irligi 40-42 grammni tashkil etishi lozim.
🟢 Fermerning dalasidan yig‘ishtirib olinayotgan donlarning 1000 donasi o‘rtacha vazni esa 45-46 grammni tashkil etishi bilan birga, yirikligi va to‘laligi jihatidan ham alohida ajralib turibdi. Albatta, buning zamirida tinimsiz mehnat va ilmga asoslangan holda o‘z vaqtida o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar yotibdi.
💬️️️️️️ Suhbat jarayonida vazir tinimsiz qilingan samarali mehnatning mevasi o‘z vaqtida nest-nobud qilinmasdan yig‘ishtirib olinsagina shirin bo‘lishiga e’tibor qaratar ekan, agar o‘rim-yig‘im mavsumi kechikadigan bo‘lsa, aynan tashqi omillar tufayli g‘alla o‘rilmasdan turgan joyda kuniga 1 sentnerdan hosil yo‘qotilishi mumkinligini asosli dalillar bilan tushuntirib berdi va bu bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Agro-Olam.Uz | Расмий канал
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat #respect
Вазир ноҳақликларга учраганини очиқ айтиб ташлади
Ўзбекистонда ҳам халққа яқин вазирлар бор экан. Ҳатто кимдир устидан кулганигача очиқ айта олишни ўзи жасорат. Ноҳақликларга учраганини айтиш эса фантастика. Шундай эмасми?
Барча дўст ва яқинларга ҳам жўнатиб қўямиз
Обуна бўлинг👉 @agroolamuz
Вазир ноҳақликларга учраганини очиқ айтиб ташлади
Ўзбекистонда ҳам халққа яқин вазирлар бор экан. Ҳатто кимдир устидан кулганигача очиқ айта олишни ўзи жасорат. Ноҳақликларга учраганини айтиш эса фантастика. Шундай эмасми?
Барча дўст ва яқинларга ҳам жўнатиб қўямиз
Обуна бўлинг
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM