DDEITI Rasmiy kanal
103 subscribers
1.5K photos
54 videos
7 files
255 links
Дон ва дуккакли экинлар илмий-тадқиқот институти. Расмий канали
Download Telegram
Qoraqalpog‘istonlik mirishkorlar ham suv tejovchi texnologiyalardan keng foydalanmoqda

🇺🇿Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.

🌱Tashrif dasturiga ko‘ra, Amudaryo tumanida joylashgan “Bekman Olloberganov” fermer xo‘jaligi dala maydonlarida parvarishlangan g‘alla hosilini yig‘ib olish jarayoni bilan tanishdi.

📝Mazkur xo‘jalikda 15 gektar yer maydoniga g‘allaning “Alekseyevich” navi ekilgan bo‘lib, bu bug‘doy doni bo‘liq-bo‘liq shaklda bo‘ladi va ayni paytda bug‘doy dalasida g‘alla o‘rim-yig‘imi uyushqoqlik bilan bo‘lib o‘tmoqda.

🗣Vazir o‘z navbatida g‘alla dala maydoniga tashrif chog‘ida har gektariga o‘rtacha 88 sentnerdan hosil olinayotgan bo‘lsa, ayrim bug‘doy dalasida 90-110 sentnerdan don hosili olinayotganini ko‘zdan kechirdi.

📰Ushbu xo‘jalik g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilganligi bug‘doy hosilining cho‘g‘i yuqori bo‘lishga xizmat qilgani aytib o‘tildi.

🌱Shuningdek, ushbu g‘alla maydoniga tutash hududda joylashgan g‘o‘za maydoni ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda ham 10 gektar maydonda mahalliy “Sulton” g‘o‘za navi 60 sxemada ekilib parvarishlanmoqda.

🟢Gektariga o‘rtacha 120 ming g‘o‘za niholi qoldirilgan bo‘lib, ularga ko‘proq o‘g‘it berib o‘z vaqtida hosilga kirishiga yangi xorijiy agrotexnologiyadan foydalangan holda 55-60 sentnerdan paxta hosili olish rejalashtirilmoqda.

Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dala chetlarida ijtimoiy issiqxonalar tashkil etish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega

🟢Ayni paytda Xorazm viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov navbatdagi manzil bo‘yicha Xiva tumanidagi fermer xo‘jaligi dala maydonlarida parvarishlanayotgan g‘o‘za nihollarining rivojlanish holati va u yerda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.

Ish rejasiga muvofiq navbatdagi manzil Xorazm viloyati Xiva tumanidagi fermer xo‘jaligi dala maydonlarida parvarishlanayotgan g‘o‘za nihollarining rivojlanish holati va u yerda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishildi.

💬Tanishuvning e’tiborli jihati – xo‘jalik tomonidan paxta dalasi chetlaridan maqsadli foydalanish uchun tashkil etilgan 2 sotixli ijtimoiy issiqxonaning afzalliklari haqida fikr almashildi.

🟢Ushbu ijtimoiy issiqxonada suv tejovchi texnologiya joriy qilingan va devorlari an’anaviy tarzda paxsadan ko‘tarilgani va ustki qismi maxsus plyonka hamda ko‘rpa bilan yopilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 12 oy davomida hosil olish kafolatini beradi. Qurilishi kam xarjligi hamda daladagi tabiiy quyosh yorug‘ligi va haroratini o‘zida saqlashi, shuningdek, paxta dalasidagi g‘o‘za nihollaridan ajraladigan issiqlik quvvatidan ham unumli foydalanish imkoniyati yaratiladi.

💬Vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida parvarishlanayotgan g‘o‘za nihollarining vegetativ holati va bajarilgan agrotexnik tabdirlar bilan tanishar ekan, paxta dala maydonida amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholab, xo‘jalikning dala chetlaridan samarali foydalanish uchun tashkil etgan bu kabi ixcham, kam xarj ijtimoiy issiqxonalar faoliyatini ma’qulladi hamda bu tashabbusni boshqa fermer xo‘jaliklar dala maydonlari chetida ham ommalashtirish taklifini bildirdi.

📌Binobarin, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi va ularning narx-navosi barqarorligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligining har bir qarich yeridan unumli va samarali foydalanish bugunning muhim dolzarb talablaridan biri hisoblanadi. Bunda, albatta, ixcham ijtimoiy issiqxonalarni dala chetlarida tashkil etishni ommalashtirish bozor savdo rastalarimizning to‘kin-sochinligiga va fermer xo‘jaliklariga qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xivada ilmga asoslangan mehnat tufayli baraka xirmonlari bunyod etilmoqda

📍Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Xorazm viloyatiga qilgan ishchi tashrifi davom etmoqda. Navbatdagi manzil viloyatning Xiva tumani “Shomoxulum” MFY hududidagi Xudoybergen ota fermer xo‘jaligi dala maydoni bo‘ldi. Bu yerda ayni paytda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in olib borilmoqda.

🌲Shuni aytib o‘tish kerakki, fermer bu yil 34 gektar yer maydoniga g‘allaning xorijiy “Vassa” navini ekkan bo‘lib, gektaridan o‘rtacha 80 sentnerdan hosil olinmoqda.

🟢Vazir Ibrohim Abdurahmonov dalaning o‘zida viloyat va tuman mutasaddilari, fermer xo‘jaligi vakillari bilan g‘allaning hosildorligi, va vegetatsiya davrida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar haqida fikr almashar ekan, mamlakatimizning cho‘l mintaqasi uchun hosildorlikda bunday natijaga erishish yaxshi ko‘rsatkich ekanini e’tirof etdi.

🔘G‘allachilikda suyagi qotgan mirishkorlar va ilmiy tadqiqot olib boruvchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yurtimizda ekilgan Rossiyaning “Vassa” g‘alla navida mingta donning o‘rtacha og‘irligi 40-42 grammni tashkil etishi lozim.

🟢Fermerning dalasidan yig‘ishtirib olinayotgan donlarning 1000 donasi o‘rtacha vazni esa 45-46 grammni tashkil etishi bilan birga, yirikligi va to‘laligi jihatidan ham alohida ajralib turibdi. Albatta, buning zamirida tinimsiz mehnat va ilmga asoslangan holda o‘z vaqtida o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar yotibdi.

💬️️️️️️Suhbat jarayonida vazir tinimsiz qilingan samarali mehnatning mevasi o‘z vaqtida nest-nobud qilinmasdan yig‘ishtirib olinsagina shirin bo‘lishiga e’tibor qaratar ekan, agar o‘rim-yig‘im mavsumi kechikadigan bo‘lsa, aynan tashqi omillar tufayli g‘alla o‘rilmasdan turgan joyda kuniga 1 sentnerdan hosil yo‘qotilishi mumkinligini asosli dalillar bilan tushuntirib berdi va bu bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM