Forwarded from Hikmatillo Ashurov🗽
2023 yilning 7-8 sentabr kunlari Samarqand shahrida Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro konferensiyada Don va dukkakli ekinlari ilmiy tadqiqot instituti direktori q.x.f.d., professor Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Qishloq xo‘jaligi akademiyasining Donli ekinlar instituti bilan hamkorlikda bug‘doy va makkajo‘xori ekinlarini zamonaviy yetishtirish agrotexnologiyalarini joriy etish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Forwarded from Hikmatillo Ashurov🗽
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro konferentsiyada Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.N.Xoshimov hamda Tojikiston iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligini tizimli rivojlantirish instituti direktori, professor D.S.Parizoda bilan boshoqli, dukkakli, moyli va noa’nanaviy ekinlarni innovatsion va resurstejamkor texnologiyalar asosida yetishtirish, agrar soxada kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Forwarded from Milliy markaz (AKIS) RASMIY
#Bizning navlar
🌾 Bug‘doyning “Asr chilgisi” navi
✅Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan.
✅Yarim pakana bo‘yli poyasi tikka o‘sadi. Bo‘yi 79,7-82,2 sm, poyasi yotib qolishga chidamli. O‘ta tezpishar, tuplanishi va mahsuldor poyalar shakilanishi yuqori. Boshog‘i piramidasimon, boshoqda boshoqchalar o‘rtacha joylashgan, boshog‘i yirik 8-9 sm, har bir boshoqda 17-20 tagacha boshoqcha hosil qiladi.
✅O‘rtacha hosildoriligi gektaridan 70 sentnerni tashkil qilgan. 1000 dona don vazni 40-42 gramm. Mineral o‘g‘itlar nisbati to‘g‘ri qo‘llanilganda qimmatbaho don shakllantiradi.
Dala sharoitida sariq zanga o‘rtacha chidamli, septarioz kasalliklariga chidamli.
Nav “qimmatbaho” don beradi va nonbopligi yaxshi.
✅Ekish muddati: Navn mintaqa uchun maqbul va kechki muddatlarda ekish tavsiya etiladi.
✅Ekish me’yori: 4,0-4.5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekish tavsiya etiladi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Forwarded from Shahzod
Jizzax viloyatida o‘tkazilgan seminar
❇️Jizzax viloyati Paxtakor tumanida “Silver Leafe”agroklasteri tomonidan kungaboqar urug’ligini tayyorlash va fermer xo’jaliklari bilan xamkorlikda kungaboqar xom ashyosini yetishtirish xamda qayta ishlash bo'yicha o‘tkazilgan seminarda Jizzax viloyat agroxizmatlar markazi mutaxassislari ham munosib qatnashmoqda. Qishloq xo‘jaligi tajribalari hamda o‘zimizning ilmiy ishlanmalar bilan “Silver Leafe” mutaxassislar o’rtasida o’zaro tajriba almashmoqdalar.
Bu seminarda Qishloq xo’jaligi vazir A.Voitov xam qatnashdilar.
Klasterlar, fermerlar, dehqon xo'jaliklari qishloq xo'jalik sohasida faoliyat olib boruvchi institutlar o'rtasidagi integratsiyani yanada mukammalashtirishga qaratilgan xalqaro davra suhbatlari shular jumlasidan. Ko‘rgazmada, qishloq xo‘jaligi qayta ishlangan maxsulotlar, milliy maxsulot brendlari namoyish etilmoqda.
Bizni kuzatib boring 🌍 Jizzax AKIS
✅Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram | 📹 YouTube
|✅ Tik-Tok |🕊 twitter |🖼 Pinterest

#Seminar
🌱Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish
✅Bugun Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri A. Voitov kirish so‘zi bilan ochib, viloyatda ushbu yo‘nalishda erishilayotgan ijobiy natijalarni targ‘ib qilish va boshqa hududlarda ham tatbiq qilish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Batafsil👉https://akis.uz/uz/news/moyli-ekinlar-urugchiligini-rivojlantirish

Ma’naviyat insonni kamolotga yetaklaydi
✅ Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi muhim omil sanaladi. Zero, insonning jamiyatdagi o‘rni uning moddiyati bilan emas, aksincha ma’naviyati-ma’rifati bilan belgilanadi. Ma’rifatli insonlar elaro doim qadr topgan.
✅ Mamlakatmizda ayni yo‘nalishdagi ishlar samarali tashkil etilgan. Bu boradagi ishlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlarida ham diomiy e’tiborda
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy - tadqiqot institutida ham bugungi ish kuni madaniy va ma’rifiy tadbirlarni o‘z vaqtida samarali tashkil etish vazifasining ijrosi bilan boshlandi.
✅ Yig‘ilishni institut direktori R. Siddiqov olib bordi. Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga ma’sul bo‘lgan xodimlarga jamoaviy va oilaviy teatrga borish kunlarini belgilash, shuningdek, jamoada kitobxonlikni targ‘ib etish masalasi yuzasidan topshiriqlar berildi.

#teatr
Teatr bu — ibratxonadir
✅ Sarlavhadagi ibratli gapni o‘z zamonasida ma’rifatparparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan.
✅ Bugun ham davlatimiz rahbari ma’naviyat va ma’rifat masalasi insonni komillikka yetaklashi to‘g‘risida mudom ta’kidlaydilar.
✅ Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari jamoalari dam olish kunlarida ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan kutubxona, muzey va teatrlarga borishni kanda qilmaydilar.
✅ Bugun ham Milliy markaz tizimidagi Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi Andijon musiqiy drama teatrida “Super musofir yoxud taqdirlar” spektaklini miriqib tamosha qildilar. Spektaldan olingan taassurotlarini oila a’zolari bilan o‘rtoqlashdilar.