Davlat xizmatlari yangiliklari
48.8K subscribers
9.79K photos
868 videos
8 files
8.2K links
Download Telegram
#Bu_qiziq

Davlat xizmatlari markazlariga aholi vakillarining tashrif buyurishi o‘rganilganda murojaat etuvchilar soat 09-00dan – 12-00gacha ko‘p, 12-00dan – 16-00gacha o‘rtacha hamda 16-00dan – 18-00gacha kam sonni tashkil etishi aniqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

🔊Endilikda elektron raqamli imzoni O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali olish mumkin

Hukumatning 413-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

⚡️Endilikda, chet elda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin.

📌Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom:

🔸 diplomatik vakolatxonalari, konsullik boʻlimlari va konsullik muassasalariga murojaat qilish tartibi;

🔸ERI sertifikatini berish tartibi va uning amal qilish muddati;

🔸xizmat uchun konsullik yigʻimining miqdorini tartibga soladi.

🏢Konsullik muassasasi orqali ERI kalitlarining sertifikatlarini roʻyxatdan oʻtkazish va berish vakolatli organ tomonidan idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimida amalga oshiriladi.

ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ERI roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab 2 yildan oshmasligi kerak.

📋ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va ERI yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron yoki qogʻoz shaklidagi hujjat ERI kalitining sertifikati hisoblanadi.

📎Sertifikat kalit undan foydalanish uchun masʼul boʻlgan maʼlum bir shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi. Hujjat elektron yoki qogʻoz shakliga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_hudud

🔊Namangan viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi xodimlari dehqon bozorlari va Savdo komplekslarida aholi tadbirkorlik subʼektlariga sayyor xizmat koʻrsatmoqda.

Tadbirlar davomida, davlat xizmatlari sohasiga doir yangilik va maʼlumotlardan fuqarolarni xabardor qilib borilmoqda. Keng koʻlamli targʻibot tadbirini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularga sayyor tartibda davlat xizmatlarini koʻrsatishdan iborat.

Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tuman Davlat Soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Oqtosh” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan “Oqtosh dehqon bozori” MChJ hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda, tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtish tartibi davlat bojlari va boshqa davlat xizmatlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Shuningdek, “Oqtosh” va “Yuqori Moʻgʻiltoy” mahallari fuqarolariga 35 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Shuningdek, Chortoq tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi tuman markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan "Beshtol" mahallasidagi “Beshtol dehqon bozori”da sayyor xizmat tadbiri amalga oshirildi. Unda, aholi va tadbirkorlik subʼektlariga 50 ga yaqin bukletlar tarqatilib, 23 ta davlat xizmati koʻrsatildi.

Norin tumanidagi “Norin avto bozor” hududida oʻtkazilgan tushuntirish targʻibot tadbirlari davomida 10 nafar fuqaroning uzogʻi yaqin boʻlishiga koʻmaklashildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
⚡️Nostrifikasiya qanday hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi?

🔅Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi:

📃Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta, o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish ta’limi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari;

🏢O‘zbekiston Respublikasi hududida alohida bo‘linmalari (filiallari) va qo‘shma ta’lim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

📈O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

📒Tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining yo‘llanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

📕1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabgorlarning hujjatlari;

📗Oliy ta’limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;

📘Amerika Qo‘shma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;

📙xorijiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari;

📓O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_hudud

Jomboylik 74 yoshli onaxon tug‘ilganlik guvohnomasi oldi

Bugun adliya organlarining xalq orasiga kirib borayotgani o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Boisi, joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, sayyor qabullar, o‘tkazilayotgan monitoring va o‘rganishlar chog‘ida odamlarni uzoq yillar mobaynida qiynab kelgan muammolar yuzaga chiqmoqda va ular o‘z yechimini topmasdan qolayotgani yo‘q.

Jomboylik Oftob aya Ortiqova ham muammosi hal bo‘lishini bir oy, bir yil yo nari boring 10 yil kutgani yo‘q. Aya umrining 74 yilini shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish orzusida o‘tkazdi. Eshigini taqillatib borgan mas'ullar esa ishni paysalga solishgan. O‘z haq-huquqlarini bilmagan, huquqiy savodxonligi bo‘lmagan oddiy bir ayol shu asnoda 70 yildan oshiq vaqtni kutish bilan o‘tkazdi.

Buning oqibatida fuqaro na pasport ololdi, na pensiyaga chiqoldi. Jomboy tuman adliya bo‘limining FHDY bo‘limiga murojaat qilgach, masala qisqa fursatda ijobiy hal bo‘ldi. FHDY bo‘limi mudirasi G.Bahriddinova boshchiligida 1948-yilda tug‘ilgan Oftob aya Ortiqovaning tug‘ilganligi muddatini o‘tkazib qayd qilinib, guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

Fuqaro endi ushbu guvohnoma asosida shaxsini tasdiqlovchi pasport olib, pensiyaga chiqishni rejalashtirgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI ORQALI XIZMATLARDAN FOYDALANMOQCHIMISIZ?

❗️VAQTINGIZNI VA NAQDINGIZNI TEJANG!

🔅DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIGA TASHRIFINGIZNI OLDINDAN REJALASHTIRING!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

❗️Javob:

Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

🔅Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

⚡️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

📌 Ma’lumot uchun: Ushbu davlat xizmati jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilib, oxirgi 12 oy davomida xizmatdan 541 107 martadan ko‘p foydalanilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

🔊Adliya vazirligi axborot va kiberxavfsizlik boʼyicha birinchi oʼrinni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ–4751-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq "Kiberxavfsizlik markazi" DUK davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta'minlanganligi holati yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha reyting baholash o‘tkazib kelmoqda.

Ushbu reyting natijalari Kiberxavfsizlik markaziga davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan axborot va kiberxavfsizlikni monitoring qilish tizimi doirasida taqdim etilayotgan ma'lumotlar asosida shakllantiriladi.

Kuni kecha 2022-yil II chorak yakuni bo‘yicha reyting natijalari e'lon qilindi (csec.uz).

Ushbu reytingga ko‘ra Adliya vazirligi 97.3 ball bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari orasida 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, kuchli uchlikdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat statistika qo‘mitasi o‘rin oldi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_nazorat

Davlat xizmatlarini rivojlantirishda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyati juda muhim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4193-son qarori hamda PF-5930-son va PF-6269-son farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.

📋O‘rganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:

🔹Bandlik va mehnat munosbatlari vazirligi – 50 dan ortiq;

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;

🔹Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;

🔹“O‘zsuvta’minot” AJ – 600 dan ortiq;

🔹“Hududgazta’minot” AJ – 300 dan ortiq;

🔹“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 40 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

🔊 Biznes jarayonlarini boshqarish tizimini yaratish (BPMN) boʻyicha oʻquv treningi oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi masʼul xodimlari uchun BPMN - Biznes jarayonlarini boshqarish tizimini yaratish yuzasidan oʻquv treningi oʻtkazilmoqda.

Trening maqsadi, vazirlik va markaz masʼul xodimlarini axborot tizimlarini yaratish va joriy qilishda BPMN 2.0 va СOMUNDA tizimidan foydalangan holda adliya vazirligi tizimida yaratilayotgan axborot tizimlarini boshqarish, tizimlashtirish, optimallashtirish va aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini yanada optimallashtirish, ortiqcha keraksiz boʻgʻimlarni qisqarirish orqali xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va xizmat koʻrsatish vaqtini qisqartirish boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirmoqdalar.

Oʻquv treningi maʼruza hamda amaliyot mashgʻulotlaridan iborat boʻlib, maʼruza davomida olingan bilimlari asosida hozirgi kunda mavjud jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tarzida oʻtkazilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxs, Yakka tartibdagi tadbirkor

💠
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 750 000 so'm (BHMning 2,5 baravari)

💠To‘lanadigan davlat boji miqdori:

🔸
“Ichki turizm”yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati uchun — 600 000 so'm (BHMning 2 baravari)
🔸“chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm uchun — 1 500 000 so'm (BHMning 5 baravari)

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati — Cheklanmagan.

🔅Faoliyat turlari:

🔹Turoperatorlik faoliyati. Ichki turizm yo‘nalishi

🔹Turoperatorlik faoliyati. Chiqish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini (shu jumladan tibbiy va ta’lim turizmi) amalga oshirish)

🔹Turoperatorlik faoliyati. Kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarni jalb qilishga oid turizm faoliyatini amalga oshirish)

🔹Turagentlik faoliyati. Ichki turizm yo‘nalishi (O‘zbekiston Respublikasi ichida turizm faoliyatini amalga oshirish)

🔹Turagentlik faoliyati. Chiqish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini (shu jumladan tibbiy va ta’lim turizmi) amalga oshirish)

🔹Turagentlik faoliyati. Kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarni jalb qilishga oid turizm faoliyatini amalga oshirish)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Prezident huzuridagi ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aholini qiynab kelayotgan byurokratik to‘siqlar, xizmatlar ko‘rsatilishidagi qonunchilikdagi kamchiliklarni hal etish, natijada qulay, shaffof, sifatli xizmatni ko‘rsatish haqidagi masalalar bo‘yicha adliya vaziri Ruslanbek Davletov fikr bildirdi.

@adliyangiliklari
#Bu_muhim

Yuridik texnikumlarda o‘qish uchun my.gov.uz orqali onlayn hujjat topshirishingiz mumkin

📲 Buning uchun my.gov.uz dagi “Yuridik texnikumiga o‘qishga kirish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va so‘rovnomani to‘ldiring.

💁🏻Talabgorlar respublikamizning 14 ta hududida tashkil etilgan yuridik texnikumlarga hujjat topshirib, ta’limning kunduzgi yoki sirtqi shaklini tanlashlari mumkin.

❇️ O‘qish muddati – 2 yil.

▶️ Yo‘nalishlar:

▫️Sud-huquqiy faoliyat
▫️Yuridik xizmat
▫️Davlat-huquqiy faoliyat

📝Yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

♻️Test sinovlari tarix hamda xorijiy til (ingliz, nemis yoki fransuz tillari) fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qish istagida bo‘lgan talabgorlar 20-avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lov va bojlarni to‘lashda 10 foizlik chegirmadan qanday foydalanish mumkin?

❗️Javob:

Davlat xizmatlari uchun davlat bojlarini yoki yig‘imlarni to‘lashda 10 foizlik chegirmadan foydalanish uchun my.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tib, kerakli xizmatni topish va undan foydalanishning o‘zi kifoya. Bunda foydalanuvchiga to‘lanadigan davlat boji yoki yig‘im uchun qancha mablag‘ to‘lanishi kerakligi, o‘z-o‘zidan chegirmani hisobga olgan holda taqdim etiladi.

⚖️ Huquqiy asos:

🔅 “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har qanday davlat xizmatini olish, shu jumladan litsenziya, ruxsatnoma olish, davlat ro‘yxatidan o‘tish va boshqa xizmatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda murojaat etilganda davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki xizmat ko‘rsatuvchi organlarga bevosita murojaat etilgan taqdirda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat