Davlat xizmatlari yangiliklari
49K subscribers
9.79K photos
868 videos
8 files
8.2K links
Download Telegram
#Adliya_xabari #Bu_muhim #Doimiy_nazorat

⚡️35 000 dan ortiq fuqarolarga parvarishlash nafaqasi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi 74-son Farmoniga ko‘ra 2022-yil 1-apreldan Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasi tayinlanishi joriy etildi.

💠Mazkur xizmatdan foydalanish jarayonida fuqarolar bir qator muammo va kamchiliklarga duch kelayotganligi holati yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning JShShIR ma’lumotlarini axborot tizimiga xato va o‘z vaqtida kiritilmaganligi holatlari aniqlanib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko'rildi.

Batafsil👈👈👈

Kasalliklar ro‘yxati👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌Vaqtincha turgan joyi bo'yicha hisobga qo'yish xizmatidan onlayn foydalanish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Bu_qiziq
#Davlat_xizmatlari_alifbosi

⚡️"Davlat xizmatlari alifbosi" ruknida "E" harfi.

💠Elektron
raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish.

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi davlat organi: Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi.

📝Davlat xizmatidan foydalanish tartibi:

🔹 DXMga kelgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali so‘rovnoma yuboriladi.

🔹Onlayn tarzda murojaat etilganda:
pasporti yoki ID-kartaning nusxasi va asosiy sahifasi bilan “selfie” usulida olingan fotosurat.

📌ERIning paroli mobil telefon raqamga “SMS” xabar shaklida yuboriladi.

🔹Yig‘im miqdori:
– yuridik shaxslar va tadbirkorlik subyektlaridan – BHMning 10 foizi;
– jismoniy shaxslardan – BHMning 7 foizi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATda ro‘yxatga olingan va I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foizi miqdorida chegirma mavjud

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati – real vaqt rejimida.

🔹ERIning amal qilish muddati – 2 yil.

❗️Ma'lumot uchun: Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

⚡️Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_tabrigi

Aziz yoshlar!

Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go‘zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo‘lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Ezgu intilishlaringizni ro‘yobga chiqarish yo‘lida boshlagan har bir ishingizda ulkan zafarlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

🔈Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash natijalari boʻyicha tahliliy hisobot muhokama qilindi

🗓Joriy yilning 30-iyun kuni Adliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi masʼul xodimlari uchun “ERGO ANALYTICS” masʼuliyati cheklangan jamiyati ekspertlari tomonidan tayyorlangan “Oʻzbekistonning 7 ta pilot hududida Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash natijalari boʻyicha tahliliy hisoboti” natijalarining taqdimoti oʻtkazildi.

✅️Mazkur taqdimot Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etildi.

💠Taqdimot jarayonida Oʻzbekistonning 7 ta pilot hududida oʻtkazilgan soʻrovlar asosida ishlab chiqilgan tahliliy hisobot natijalari boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida kelib chiqayotgan muammolar va ularni yechimi boʻyicha fikr almashildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari
#Bu_qiziq
#Davlat_xizmatlari

🔊Toshkent shaharidgi Davlat xizmatlari markazlarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi.

Poytaxtimizda joylashgan Davlat xizmatlari markazlarga tashrif buyuruvchilar uchun salomatlik burchaklari, investorlar xonasi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari tashkil etilgan.

Endilikda ushbu afzalliklar qatoriga bepul Wi-Fi zonalari ham qo‘shildi. Ya’ni, Toshkent shaharidagi 7 ta tuman, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy hamda Yangihayot Davlat xizmatlari markazlariga murojaat bilan kelgan har bir fuqaro bepul Wi-Fi tarmog‘idan ham foydalanishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n oltinchi majlisida qatnashdi

👉Batafsil
_______

#Сообщение_юстиции

Министр юстиции Русланбек Давлетов принял участие в шестнадцатом заседании Совета министров юстиции государств – участников Содружества Независимых Государств

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Markazlarimiz

🔊Paxtaobod tumanida zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi

🏢
Bino qurilishida, zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor berildi.

📌Davlat xizmatlari markazining eski binosida bir kunda 300 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, yangi maskanda bir kunda 1000 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko'rsatish imkoniyati yaratildi.

🔹Batafsil👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Bilasizmi #Bu_qiziq

📹 Ma'muriy tartib-taomillarda ishonchning himoya qilinishi prinsipi nima?

Batafsil👇👇👇

https://www.youtube.com/watch?v=uuaVt4mk7jc

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Qozog‘istonda

Ayni kunlarda Adliya vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya tomonidan Qozog‘iston Respublikasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda Mobil-ID tizimidan foydalanish tajribasi o‘rganilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari