Davronbek | SWE πŸͺ
890 subscribers
583 photos
113 videos
66 files
449 links
More: Python | Go | VueJs

- Loyihalardagi xatoliklar va ularni xal qilishdagi ba'zi tavsiyalarni yozib boraman.

Don't be shy, say hi πŸ‘‹ | @firdavs_dev | https://davronbekdev.uz
Download Telegram
Assalomu alaykum πŸ‘‹

Bugungi postim EPAM Systems, Exadel, iTechArt kompaniyalarida interviewsi jaroyini va unga qaysi mavzular bo'yicha tayyorlanish kerakligi haqida bo'ladi. Agar ushu kompaniyalarda ishlash niyatingiz bo'lsa ushu post foydali bo'ladi degan umiddaman.
Interview uchun Backend(Node.js) dasturchi uchun talablarni aytib o'taman. EPAM Systems kompaniyasida Senior Software Engineer va Resouce Manager lavozimida ishlaganman va sizlar bilan o'z tajribabni ulashgim keldi.

1. CV topshiring yoki sizni referal(ushbu kompaniyda ishlaydigan hodim sizni tavsiya) qilishlarini so'rang. CVgiz to'liq va qaysi kompaniyada nima ish qilganingiz va qanday mas'uliyatga ega bo'lganingizni yozing va LInkedin orqali topshiring recruiter javobini kuting. Recruiter sizni CVizga qarab hulosa chiqaradi va keyingi bosqichga o'tishingizni hal qiladi.

2. Technical Interview - Har bir kompaniyada Technical interview bo'lib o'tishi hech kimga sir emas, interview ingliz tilida bo'ladi. Technical Interviewga qanday tayyorlanish kerak ? O'zimni shaxshiy tajribamga asoslanib shularni tavsiya qila olaman:
* O'zingizni tashtiruvchi nutqni tayyorlagan. Gaplar o'zingiz maqtaydigan uzun bo'lishi kerak emas, qisqachada qanday tajribaga egasiz, qaysi biznes domenda ishlagansiz, qaysi stekda ishlaysiz, qanday loyihalarda ishlagansiz, qanday vazifalarni bajargansiz ? Interviewerni savollari sizni nima deyishingizga va CVda nima yozganingizga bog'liq bo'ladi.
* Jamoa bilan ishlash haqida savollarga tayyorlaning, Agile nima, Scrum nima, Estimation qanday qilinadi.
* Git bilan qanday ishlash bo'yicha savollar bo'ladi. Gitflow haqida o'qib chiqishni tavsiya beraman.
* CodeReview haqida tushunchangiz bo'lsa buni ayting, loyihangizda CodeReview qilgan bo'lsangiz yaxshi.
* CI/CD haqida umumiy tushunchaga ega bo'ling.
* JavaScript dasturlash tili asoslarini yaxshilab o'rganing, interview davomida til bo'yicha kichik savollar bo'lishi mumkin.
* Sizdan sodda masalani yechishni so'rab qolishi mumkin, agar siz leetcode yoki codewars masalalarini yechib yurgan bo'lsangiz bu sizga muammo bo'lmaydi.
* Keyin esa Node.js bo'yicha savollar boshlanadi. Eng ko'p so'raladigan mavzular bu: Event Loop, Event Emitter, Stream, Error Handling, HTTP module haqida tayyorlaning.
* Docker haqida asosiy tushunchalarga ega bo'ling.
* Ma'lumotlar ombori bo'yicha kichik savollar tayyorlaning, masalan Indexlar haqida.
* SQL vs NoSQL ma'lumotlar ombori solishtirishni o'rganing. Qaysi loyiha uchun qanday ma'lumotlarni omborini ishlatsa bo'ladi
* Cloud Providerlar haqida o'rganing masalan AWS, Azure.
* Node.js dasturlarni Performance optimization bo'yicha savollar bo'lishi mumkin. Masalan Caching, Debuging, Log, Grafana, Sentry
* OWASP Top 10 haqida o'qib chiqing (https://owasp.org/www-project-top-ten/)
Shu mavzular bo'yicha tayyorlanib bemalol technical interviewga bo'ravering. Technical interviewdan so'ng recruiter sizga feedback beradi. Feedback bo'yicha keyingi bosqichga borish bormasligingiz aniqlashadi.

3. Manager(yoki offer) Interview - Bu interviewda sizning bo'lajak Manageringiz bilan suhbat ko'rasiz, umumiy tajriba bo'yicha va technical savollar bo'lishi mumkin. Shundan so'ng Manager bilan EPAMga ishga kirishni kelishib olasiz. Yani oylik, sharoitlar, lavozim. Managerdan siz o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin. Siz managerga bo'lajak proektingiz bo'yicha qandaydir ta'qiqlaringiz bo'lsa aytishingiz kerak. Masalan kimdir kreditga bog'liq proektlarda ishlashni hohlamaydi. Hammasini kelishib olsangiz manager oxirida ishga olish yoki olmaslik qarorini chiqaradi. Agar hammasi yaxshi o'tsa pochtangizga Job Offer keladi.

Tabriklaymiz siz ishga qabul qilindingiz 😊

Agar post foydali bo'lgan bo'lsa blogimga obuna bo'ling:
https://t.me/davron_coder
Rahmat.
πŸ‘311
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Welcome training bo'lib o'tmoqda... πŸ”₯

Unda Kompanya haqida tuliqroq malumotlar berildi
❀2πŸ”₯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎳Artelning asosiy office joylaridan biri ( Ashqabot parkining yonginasida πŸŽͺ)

P/s)
Ishdan chiqib parkni ham aylanib ma'naviy ma'rifiy hordiq chiqarsak boβ€˜ladi πŸ˜‡
Yulingiz tushsa shu tomonlarga, aloqaga chiqing (18:00 dan soβ€˜ng) park aylanaveramiz πŸ‘
❀3πŸ‘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“šMilliy kutubxona Co-working uchun ajoyib atmosfera mavjud ekan (salqin, tinch) πŸ€“
.
Har shanba iloji boricha shunde joylarga kelib shaxsiy rivojlanish ustida ishlab tursa bular ekan πŸ˜‡
❀2πŸ‘2πŸ”₯2
Davronbek | SWE πŸͺ
πŸ“šMilliy kutubxona Co-working uchun ajoyib atmosfera mavjud ekan (salqin, tinch) πŸ€“ . Har shanba iloji boricha shunde joylarga kelib shaxsiy rivojlanish ustida ishlab tursa bular ekan πŸ˜‡
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keyingi Yana bir Co-working uchun dasturchilar bor muhit atmosferasi bu PDP.uz akademiyasi Chorsu bozor tarafda joylashgan. πŸ‘

Hozirda xonalar soni oβ€˜quvchilar bilan toβ€˜lgan va shovqin. πŸ˜•
.
Ammo har safar oβ€˜quv markaz yonidan utganimda unutulmas onglar yodimga kelaveradi ilk uzimning shaxsiy jamoani shu markazda yigβ€˜gan edim πŸ˜‡

🌐 @itpro_uzb
❀3πŸ”₯1
Instagram sahifamda juda kuplab foydali malumotlar joylab va ularni saqlab yurgan ekanman. Endilikda undagi foydali bloglarni telegram kanalimga va Linkiddin profilimga quyib sizlar bilan bo'lishib borishga qaror qildim πŸ”₯

Instagram: Davronbek_Dev
Linkiddin: https://linkedin.com/in/davronbek-boltayev/
Telegram: @davron_coder
Github: github.com/firdavsDev
Website: Soon...
πŸ”₯2❀1πŸ‘1
Haftada bitta "dangasalik kuni" bo'lishi kerak βœ”οΈ

Biz odatda hafta davomida g'ildirak ichida harakatlangandek yuguramiz. Va hatto hafta oxiri kelganda ham, dushanba kuni muammo bo'lmasligi uchun biz ulardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz. Natijada, biz zavqni his qilmaymiz.
Dam olish kunlari biror narsa qilish majburiyat sifatida qabul qilinadi.

✨ "Shafqatsiz doira"ni buzishning ajoyib usuli - bu hamma narsadan to'liq dam olishdir. Bu "dangasa kuni" deb ataladi. Haftada bir marta o'zingizga to'liq dam olish kunini e'lon qiling.

Manba ?
πŸ‘3❀2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Advanced JavaScript πŸ”₯

Takrorlash πŸ”„πŸ™ƒ
Video by: @Islomjon2566 πŸ‘
❀2πŸ‘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TeamPro(ZedSoft) jamosi frontend dasturchisi sifatida 2oy ishlagan vaqtlarimdan estalik arxiv video...(2chi ishxona)
.
(ZedSoft ko'plar bilsa kerak πŸ˜•)
πŸ‘3🀝1