Davronbek | SWE 🪐
770 subscribers
636 photos
97 videos
66 files
479 links
SWE: (Python | Go)

- Tajribamdagi xatoliklar va ularni xal qilishdagi ba'zi tavsiyalar haqida yozib boraman.

Don't be shy, say hi 👋 | @firdavs_dev | https://davronbek.dev
Download Telegram
#xato #tajribalar

Eng katta xato - async'ni hamma joyda ishlatish aslida...

Menda ham production'da async ishlatib
keyin uni o'chirib tashlagan joylarim ham ko'p bo'lgan.

Async'ni qurol deb bilsak,
qachon ishlatishni bilmasak o'zimizga qarshi ishlaydigan qurol bo'ladi...

Shu sabab async ishlatishda savol shunaqa bo'lishi kerak:

WHY → WHEN → HOW
🔥742🎉1
Hozirgi kunda AI agentlardan foydalanish... 😅

AI fikrlashni tezlashtirishi kerak,
O’g’irlashi emas.

Aks holda kasbimiz nomi sekin o’zgaradi:
Software Engineer
Prompt Operator

#lazy #meme
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🤣5🔥3😁1🎉11
Hammaga salom👋
Odatda tez-tez so‘rovnoma yubormayman.

Hozir AsyncIO [python] bo'yicha maxsus kurs platformasi ustida ishlayapman.

Maqsad - faqat nazariya emas balki real production case'lar asosida o’zbek tilida video darslar tayyorlash.

Buni imkon qadar foydali qilish uchun sizning fikringiz juda muhim.

Shu sababli 2-3 daqiqa vaqt oladigan qisqa so‘rovnoma tayyorladim darajangiz qaysi joylarda qiynalayotganingiz va sizga haqiqatan nima kerakligini tushunish uchun.

👉 So'rovnoma

🎁 Bonus: so'rovnomani to'ldirgan barcha ishtirokchilar uchun keyinroq maxsus bonus ham bo'ladi.

Oldindan rahmat ) 🙌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4🔥42
Davronbek | SWE 🪐
Hammaga salom👋 Odatda tez-tez so‘rovnoma yubormayman. Hozir AsyncIO [python] bo'yicha maxsus kurs platformasi ustida ishlayapman. Maqsad - faqat nazariya emas balki real production case'lar asosida o’zbek tilida video darslar tayyorlash. Buni imkon qadar…
So’rovnomaga qatnashga hammaga rahmat.

So’rovnomadan kurib turibdiki muammo asosan midldle dasturchilar o’rtasida ham ko’p muammolar va qiziqish bildirishganlarini.

Ko’p savol kelibdi, LLM yoki YouTube ko’rib o’rganilsa ham bo’ladiki deb:
- YouTube va LLM sizga async/await yozishni o’rgatadi.
Bu kurs esa qachon uni yozmaslik kerakligini va qanday qaror qabul qilishni o’rgatadi. LLM sizga kod yozib uni ishladi qib berishi mumkin, lekin ishladi degani doim ham to’g’ri ishlamoqdq degani emas

Yanvar oyi kurs 1 moduli tugatish reja qilinmoqda:
Module 1 — Nega Async Mavjud

(Foundations & Computer Science context)
* Blocking I/O muammosi
* Thread modeli: qayerda ishlaydi, qayerda yo‘q
* GIL va Python’dagi cheklovlar
* Event-driven arxitektura qayerdan paydo bo‘lgan
* AsyncIO nimani hal qiladi, nimani hal qilmaydi

Takliflar bo’lsa bemalol: ✏️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍31🎉11
Forwarded from Dr. Algorithm
Dasturchining odatlari

O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!


Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.

Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat?


1. Daraja.

O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.

Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi?


Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.

Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi?


Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.

2. Soft skill

Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...

Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi.


1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish. 
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.

3. Jamoada ishlash.

Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.

Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.

"Menga nima?" - deyishmagan ekan-a?


Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.

Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish 
+ Hashar
+ Ehson

Manimcha, biz nimanidir xato qildik.


Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.

~~~

Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz?


Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani. 

Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan? 

+ Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi. 
+ Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak. 
+ Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni.
+ Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi. 

bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?

Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda. 

Yechim

Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak. 
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz. 
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.

#dasturlash #odatlar

30.12.2025 London
@DrAlgorithm
134👍2🔥2🤝1
Davronbek | SWE 🪐
2024-yil sarhisobi 🗒️ Alhamdulillah, bu yil shaxsiy va professional rivojlanishda muhim qadamlarning kichiklari bo’ldi deb o’ylayman: - Karyera: Go tilini o’rganib, Django va Vue.js bo’yicha tajriba oshirildi. - Life balans: Sog’lom ovqatlanish va…
Do'stlar.

2026-yilda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik hamda rejalashtirgan barcha orzu va maqsadlaringizga yetishingizni tilab qolaman.

2025-yildagi tajribalarimiz uchun barcha bug, error va mummolarga rahmat 😉

Men bu yerda sizlar bilan dasturlashdagi o’z tajriba, xatolarim haqida ulashishda davom etaman, birgalikda o‘sishimizni hoxlayman 🚀

Hammaga rahmat va omad )
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍521
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁62👍1🔥1
But Why?

Uyqu oldi savollar🧠:

• Why is everything a file in Linux?
• Why does reading 1 byte load 4KB from disk?
• Why only 0 and 1? Why binary? (not 1, 3..)
• Why computers can’t generate true random numbers?
• Why are goroutines so cheap in Go?
• Why is malloc/free slow?
• Why is everything an object in Python?

#butWhy
🤷‍♂7🤣3🤨2👍1🔥1🤔11
Davronbek | SWE 🪐
Open to new (remote) opportunities ☕️ [more] #OpenToWork
#vacancy #backend

🏢 Ish joyi: Vazirlik qoshidagi agentlik (Davlat tashkiloti)
📍 Manzil: Toshkent shahar. (Next mall yonida)
Ish vaqti: Dushanba – Juma, 9:00 – 18:00
💰 Maosh: 20 – 25 mln so‘m (suxbat natijasiga qarab)
Status:
Yopildi ⚠️

Ishxonamiz taklif qiladi:
☕️ Qulay ish muhiti & tekin kofe & Swags
💼 Barqaror, doimiy ish
📈 Yangi bilimlar qiziqarli murakkab loyihalarda o‘sish imkoniyati.
💧 Chanqoqga qarshi kuler

Kimni qidiryapmiz?
3 yil tajriba: Python (Django, DRF, Celery, Web-sockets, etc...)
SQL va RDBMS bilan ishlash ko‘nikmasi
API, Git (Github/Gitlab), Docker, CI/CD, AWS bilan ishlash tajribasi
SOLID, DRY tamoyillari asosida kod yoza olish tajribasi
Kodni doimiy tahlil qilish, optimallashtirish va kengaytirish;
Oliy maʼlumotga ega boʼlish!

Afzal ko‘riladi:
🚀 Golang
🌍 Rus va ingliz tili.
• Domain Driven mikroservis arxitekturasi
• Frontend texnalogiyalari (React, Js)

Agar bu talablarga mos bo‘lsangiz, resume’ni yuboring: 👉 @ulugbek_axtamov

Sharing is caring🤝
» @davron_coder
1👍114🔥2🎉11
🚀 Django rest api loyihangiz uchun yangi pip paket

Django REST Framework ishlatadigan loyihalarda Swagger ko‘pincha juda oddiy yoki eski ko‘rinishda bo‘ladi.

Maqsadi: API endpointlarni zamonaviy ko‘rinishda ko‘rish, test qilish va boshqarish.

Asosiy imkoniyatlar:

• Modern API explorer UI
• Endpointlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri browserdan test qilish
• Har bir request uchun latency ko‘rsatish
• API request history saqlash
Analytics – qaysi endpoint ko‘p ishlatilayotganini ko‘rish
Team access – endpointlarga user yoki team bo‘yicha ruxsat berish
• Super admin orqali endpoint permission management

O‘rnatish :
pip install modern-drf-swagger

Hozircha paketni o‘zimning DRF loyihalarimda ishlatib test qilyapman.
Yaqin kunlarda yana yangi funksiyalar qo‘shiladi.

Feedback bo‘lsa yozing:
[more]
1🔥18👍633🎉2
Assalomu Alaykum do’stlar, kasbdoshlar, Ramazon Hayiti barchamizga muborak bo’lsin 🌙
18🔥5👍32🎉1
🤖 Claude Code'da yangi custom command yozdim - /sentry

Har hafta Sentry'dagi xatolarni qo'lda tekshirib chiqish o'rniga, endi bitta buyruq yetarli:

/sentry → sungi 7 kun
/sentry 14 → 14 kun
etc...

Qanday ishlaydi?
1. Sentry API orqali unresolved issue'larni tortib oladi
2. Jadval ko'rinishida ko'rsatadi: xato nomi, soni, oxirgi ko'ringan vaqt, fayl
3. Qaysi xatolarni tuzatishni so'raydi
4. Har bir tanlangan issue uchun stacktrace'ni o'qib, faylni topib, fix qiladi
5. Har bir fix uchun alohida git commit qiladi: fix: ... (Sentry #issue_id)

[Qo'llanma]
1👍8🔥321
Claude - imkoniyatlaridan 10’dan 1 foydalanayotgan bo’lishimiz mumkin.


Har yerda AI agentlar era’si boshlanganligi haqida postlar ko’ryapman, kod yozish arzon bo’lib qoldi, endilikda Ai engineer (ai’dan max darajada foydalana oladigan), system design biladiganlarga talab oshib borishi mumkin.

“Token xo’r”-degan ibora ham bekorga emas. Raqobatda qolish uchun endilikda Ai tool max darajada to’g’ri ishlata olish kerak bo’lmoqda. Ishlatganda ham AI nima qilayotgani ongli ravishta kuzatib(review), bilib ishlatish kerak.

Bu narsalarni bilmay turib CLAUDE ishlatayotgan bo’lsangiz biling, siz pulingizni Anthropic kompaniyasiga hayriya qilyapsiz holos:

- CLAUDE.md
- MCP
- rules/
- hooks/
- skills/
- agents/
- etc..

* [more]
* [more]

p.s) For more follow.
2634👍1🔥1😁1🎉1🤝1
Davronbek | SWE 🪐
Claude - imkoniyatlaridan 10’dan 1 foydalanayotgan bo’lishimiz mumkin. Har yerda AI agentlar era’si boshlanganligi haqida postlar ko’ryapman, kod yozish arzon bo’lib qoldi, endilikda Ai engineer (ai’dan max darajada foydalana oladigan), system design biladiganlarga…
Demak insha’allah shanba [18.04.2026] kuni 21:00 da sizlar bilan:

- Claude code qanday qilib to’g’ri set up qilish, prompt engineering va etc.. haqida stream’da gaplashamiza.

Claude code haqida savolarni stream’da yoki shu post ostida yozib qoldirangiz batafsil javob berishga harakat qilaman!
214👍52🎉2🔥1🤝1
Setup Claude Code like a Pro

Stream qo'shilgan hammaga raxmat)

Stream’da ishlatilgan content’lar:
[blog]
[ppt]

Sharing is caring🤝
» @davron_coder
10🔥52👍1🎉1🤝1
Forwarded from Far·hod·jon
Agar Claude Code yoki Codex uchun tokenlarni ancha tejaydigan rejim kerak bo’lsa, ularni g’or odamiga o’xshab gapirtiradigan skill/plugin bor. Tokenlarni 75% tejarkan.

Manavinaqa uzuuuun javob o’rniga:
Sure! I'd be happy to help you with that. The issue you're experiencing is most likely caused by your authentication middleware not properly validating the token expiry. Let me take a look and suggest a fix.


bunaqa lo’nda javob beradi:
Bug in auth middleware. Token expiry check use < not <=. Fix:


Tosh asriga bu yerda qaytamiz:

https://github.com/JuliusBrussee/caveman
👍7🔥211
Davronbek | SWE 🪐
#vacancy #backend 🏢 Ish joyi: Vazirlik qoshidagi agentlik (Davlat tashkiloti) 📍 Manzil: Toshkent shahar. (Next mall yonida) Ish vaqti: Dushanba – Juma, 9:00 – 18:00 💰 Maosh: 20 – 25 mln so‘m (suxbat natijasiga qarab) Status: Yopildi ⚠️ Ishxonamiz taklif…
#vacancy #DevOps

3+ yil real loyihalarda tajribasi bor bo'lgan Results-driven DevOps Engineer tanishingiz bo'lsa referal qilishingiz mumkin!

🏢 Ish joyi: Vazirlik qoshidagi agentlik (Davlat tashkiloti)
📍 Manzil: Toshkent shahar. (Next mall yonida)
Ish vaqti: Dushanba – Juma, 9:00 – 18:00
💰 Maosh: (suxbat natijasiga qarab)
Status:
Foal

Ishxonamiz taklif qiladi:
☕️ Qulay ish muhiti & tekin kofe & Swags
💼 Barqaror, doimiy ish
📈 Yangi bilimlar qiziqarli murakkab loyihalarda o‘sish imkoniyati.
💧 Chanqoqga qarshi kuler

Req:
Automation: Experience with Ansible, Bash, Python, and other scripting languages.
CI/CD: Practical knowledge of Gitlab, Github, Docker, Kubernetes, Argo CD.
Secret: Sops, vault
Version Control: Expert in Git, GitLab, and GitHub.
Cloud & IaC: AWS (EC2, S3, IAM, VPC), Terraform
Monitoring: All System and Service (Prometheus, Grafana, Loki, Alertmanager, Exporters ,Uptime-kuma)

Agar bu talablarga mos bo‘lsangiz, resume’ni yuboring: 👉 @davronbek_dev

Sharing is caring🤝
» @davron_coder
🔥5👍32🤝1