Давлат хизматига дастлабки қадам
25.2K subscribers
1.18K photos
559 videos
46 files
682 links
Шахсий ва касбий компетенцияларингизни доимий ошириб боринг
Download Telegram
Bugun 3-iyun 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:


🇺🇳 BMT - Xalqaro velosiped kuni.
🌏 Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni.
🌏 Butunjahon sidr kuni.
🌏 Parashyutning tug'ilgan kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh, Tennesi - Konfederatorlar xotirasi kuni.
🇦🇺 Avstraliya - Mabo kuni.
🇧🇬 Bolgariya - Atirgullar festivali.
🇨🇦 Kanada - Salomatlik va fitnes kuni.
🇲🇾 Malayziya - Qirol Yang di-Pertuan tug‘ilgan kun.
🇳🇦 Namibiya - Namibiya Qurolli kuchlari kuni.
🇲🇪 Chernogoriya — Mustaqillik kuni.
🇹🇭 Tailand - Qirolicha Sutxida tug'ilgan kun.
🇺🇬 Uganda - Shahidlar kuni.
🇨🇳 Xitoy - Drakon festivali (“Duanu” bayrami) kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 1098 - Salibchilar Antioxiyani egallashdi.
🔹 1326 - Novgorod kelishuvi imzolandi.
🔹 1539 - Florida Ispaniya hududi deb e'lon qilindi.
🔹 1571 - Qrim xoni Davlat I Girey Moskvani yoqib yubordi
🔹 1780 - „Lord Gordon inqilobi“ natijasida Nyuget qamoqxonasidan mahbuslar qochdi.
🔹 1784 - Annapolis (Merilend) AQShning poytaxti bo‘lish maqomidan ayrildi.
🔹 1785 - Londonda Fransua Blanshar birinchi parashyutni sinovdan o‘tkazdi.
🔹 1789 - Aleks Makenzi Kanadadagi Makenzi daryosini kashf etdi.
🔹 1828 - Kolumbiya-Peru urushi boshlanishi.
🔹 1830 - Sevastopolda vabo isyoni.
🔹 1839 - Lin Zeysuy 1,2 mln. kg. giyohvand moddalarni yoʻqotishni buyurib, Afyun urushlariga yoʻl qoʻydi.
🔹 1896 - Xitoy Rossiyaga Xitoy-Sharqiy temir yo'lini qurishga ruxsat beruvchi maxfiy shartnoma imzolandi.
🔹 1927 - Moskvaning qayta rekonstruksiyasi boshlanishi.
🔹 1927 - Gretsiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi.
🔹 1937 - Britaniya qiroli Eduard VIII Uellis Simpsonga uylandi.
🔹 1954 - Sahroi Kabirda fir’avn Sanxetning (mil.avv.2570 yil) qabri topildi.
🔹 1959 - Singapurda Konstitutsiya qabul qilindi.
🔹 1961 - Venada N. S. Xrushyov va Jon F. Kennedi o'rtasida ikki kunlik muzokaralar boshlandi.
🔹 1968 - Valeri Solanas rassom Endy Warhallni otib tashladi.
🔹 1979 - Meksika qoʻltigʻida 600 ming tonna neft dengizga toʻkilib ketdi.
🔹 1987 - Leningrad rok-klubida Viktor Soy „Gruppa krovi“ qoʻshigʻini ijro etdi.
🔹 1994 - Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Bolalar folklor-etnografik festivali yakunlandi.
🔹 2006 - Chernogoriya parlamenti mamlakat mustaqilligini e'lon qildi.
🔹 2010 - Mars-500 loyihasining uchinchi bosqichi boshlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1843 - Kliment Arkadevich Timiryazev (1920) - rus botanigi va tabiatshunosi.
🔸 1865 - Georg V (1936) - Buyuk Brutaniya qiroli (1910-1936).
🔸 1873 - Otto Lyovi (1961) - avstraliyalik fiziolog va farmakolog, Nobel mukofoti sohibi (1936).
🔸 1899 - Dyord fon Bekeshi (1972) - venger va amerika fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1961).
🔸 1906 - Sergey Gerasimov (1985) - rus kino rejissyori, kino nazariyotchisi.
🔸 1924 - Torsten Nils Vizel - Shved vrach-neyrofiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1981).
🔸 1929 - Verner Arber - shvetsariyalik genetik olim, Nobel mukofoti sohibi(1978).
🔸 1931 - Raul Kasstro - kubalik inqilobchi va davlat arbobi, 2011-yidan Kuba kompartiyasi rahbari.
🔸 1932 - Kalontarov Emmanuel (1984) – kino rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (1979).
🔸 1936 - Bozorboy O‘rinboyev - taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor.
🔸 1962 - Tom Kruz - amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis va kino prodyuseri.
🔸 1974 - Sergey Rebrov - Ukrain futbolchisi.
🔸 1980 - Shayx Tamim ibn Hamad al Tani - 25-iyun 2013-yildan Qatar amiri.
🔸 1982 - Yelena Isinbayeva - Rus yengilatletika ustasi, ikki karra Olimpiada chempioni.
🔸 1986 - Rafael Nadal - Ispaniyalik taniqli raketka ustasi, “Katta dubulg‘a” turnirlarining 17 karra g‘olibi, ikki karra Olimpiada chempioni.
🔸 1992 - Dilraba Dilmurat - xitoylik aktrisa, boshlovchi, raqqosa va uygʻur millatiga mansub model.
🔸 1992 - Mario Getse - nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
🔸 1994 - Nodirjon Mirzaahmedov - oʻzbek bokschisi, havaskorlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021).

👉
@davlatxizmatchisi_uzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Иш ҳақи, пенсия, нафақа ва стипендиялар 10 фоизга оширилади

Президентнинг бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсия, нафақа ва стипендияларни 10 фоизга, яъни инфляциядан паст бўлмаган даражага оширишга доир фармони имзоланди.

Бош вазир ўринбосари, Иқтисодиёт ва молия вазири Жамшид Қўчқоров парламент қуйи палатасидаги чиқишида мазкур ҳужжат яқин соатларда эълон қилинишини маълум қилди.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb
⚡️ Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги Фармонига мувофиқ:

2025 йил 1 июлдан бошлаб пенсиялар ва нафақалар ҳамда кам таъминланган оилаларга болалар нафақалари ва моддий ёрдам тўловлари миқдорлари 10 фоизга оширилади.

2025 йил 1 августдан бошлаб бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялар миқдори 10 фоизга оширилади.

2025 йил 1 июлдан бошлаб:
▪️ пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 471 000 сўм этиб;

2025 йил 1 августдан бошлаб:
▪️ меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 1 271 000 сўм;
▪️ базавий ҳисоблаш миқдори – 412 000 сўм этиб белгиланади.

Шунингдек,
▪️ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 918 000 сўм;
▪️ногиронлик пенсияларининг энг кам миқдори – ойига 1 012 000 сўм;
▪️ кам таъминланган оилалар учун моддий ёрдамнинг ойлик миқдори – 420 000 сўм этиб белгиланди.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb
Bugun 4-iyun 2025-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT - Xalqaro aybsiz bolalar - tajovuz qurbonlari kuni.
🇺🇳 Xalqaro kariyesga qarshi kurash kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:


🇧🇼 Botsvana - Hamdo‘stlik kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston - Davlat ramzlari kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Marhumlarni xotirlash kuni.
🇲🇩 Moldoviya - Bank xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSh - Oila kuni.
🇹🇴 Tonga - Mustaqillik kuni.
🇫🇮 Finlandiya - Mudoafa kuchlari kuni.
🇪🇪 Estoni - Bayroq kuni.
🇷🇺 Rossiya, Ingushetiya - Respublika tashkil topgan kun.
🇺🇸 AQSh, Alabama - Jefferson Devis kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 1039 - Genrix III Germaniya qiroli tojini kiydi.
🔹 1286 - Quddus qirolligi Kipr qirolligiga qo‘shib olindi.
🔹 1716 - Luiziana (Shimoliy Amerika) ga dastlabki afrikalik qullar keltirildi.
🔹 1800 - Vashingtonda Oq uy qurilishi yakunlandi. Prezident Jon Adams va xotini Oq uyga ko‘chib o‘tishdi.
🔹 1856 - Tretyakov gakereyasiga asos solindi.
🔹 1878 - Usmonlilar imperiyasi kelishuvga muvofiq Buyuk Britaniyaga Kipr orolini berdi.
🔹 1918 - Nemislar Litvani qirollik deb e’lon qilishdi.
🔹 1916 - Birinchi jahon urushi: Brusilov qamalini yorib oʻtish boshlandi.
🔹 1920 - Trianon shartnomasiga koʻra Vengriya 72 % hududi va 64 % aholisini yoʻqotdi.
🔹 1925 - “Kraysler” avtomobil konserni tashkil topdi.
🔹 1939 - AQSH kemada kelgan 963 yahudiylarni qabul qilmadi.
🔹 1942 - Birinchi jahon urushi: Miduey orollaridagi jang.
🔹 1970 - Tonga Britaniyadan mustaqil bo‘ldi.
🔹 1977 - SSSR Konstitutsiyasi loyihasi jamoat muhokamasi uchun e’lon qilindi.
🔹 1989 - Pekindagi talabalar qoʻzgʻolonining bostirilishi.
🔹 1989 - Ufadagi temiryoʻl halokati.
🔹 1999 - Putrajaya Malayziyaning yangi federal poytaxtiga aylandi.
🔹 2010 - Kanaveral burnidan “Falcon-9” raketasining birinchi uchirilishi amalga oshirildi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1738 - Georg III Gannoverskiy (1820) - Angliya qiroli (1760-1801).
🔸 1801- Mixail Bestujiyev-Ryumin (1826) - rus harbiyi, dekabrist.
🔸 1821 - Apollon Maykov (1897) - rus shoiri.
🔸 1907 - Rozalina Rassel (1976) - amerikalik aktrisa, besh karra “Oltin Globus” mukofoti sohibasi.
🔸 1908 - Aminov Mahmud (1992) - tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977).
🔸 1929 - Maʼrifat Ubaydullayeva - aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1983).
🔸 1930 - Viktor Tixonov (2014) - sovet xokkeychisi, mashhur xokkey treneri.
🔸 1939 - Po’latova Naima - aktrisa, xonanda (soprano), O’zbekiston xalq artisti (1997).
🔸 1957 - Mustafa Belyalov - sovet va oʻzbek futbolchisi.
🔸 1966 - Chechiliya Bartoli - italyan opera qo‘shiqchisi (messo-soprano).
🔸 1973 - Igor Lavrov - rus gandbolchisi, darvozabon, olimpiada chempioni (2000), Yevropa va jahon chempioni.
🔸 1975 - Anjelina Joli - amerikalik aktrisa, fotomodel, uch karra “Oltin Globus” hamda “Oskar” mukofotlari sohibasi.
🔸 1985 - Lukas Podolski - nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
🔸 1985 - Yevgeniy Ustyugov - rossiyalik biotlonchi, ikki karra olimpiada chempioni.
🔸 1986 - Faxriye Evcen O‘zchivit - turk kino va televideniye aktrisasi.
🔸 1990 - Jesun Pema Vangchuk - Butan qirolichasi.
🔸 1995 - Rashida Ellis - amerikalik bokschi, 60 kg gacha toifasida ishtirok etadi, Jahon chempioni (2019).

👉 @davlatxizmatchisi_uzb
Mobil aloqa vositalari yordamida abonеntlarning so‘zlashuvi, mobil intеrnеt va pochta хizmatlari amalga oshirishi nima?
Anonymous Quiz
11%
Mobil tеlеfon
10%
Mobil aloqa muhiti
50%
Mobil aloqa xizmatlari
29%
Mobil aloqa хizmati opеratorlari
⚡️Давлат хизматчиларининг Одоб-ахлоқ қоидаларига риоя қилиши уларни келгусида юқори лавозимларга тайинлашда инобатга олинади

Давлат хизматчиларининг Одоб-ахлоқ қоидаларига риоя этиши уларнинг фаолияти ҳамда хизматдаги ахлоқини баҳолашнинг асосий мезонларидан бири ҳисобланади.

Давлат хизматчилари томонидан Одоб-ахлоқ қоидаларига риоя қилиниши ҳолати уларни келгусида юқори лавозимларга тайинлаш ва раҳбар кадрлар захирасини шакллантиришда ҳисобга олинади.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb
⚡️ Комиссиясиз пул ўтказмаларини (Р2Р) амалга оширувчи банк иловалари

Банкларнинг қуйидаги иловалар орқали Uzcard карталари иштирокидаги (Uzcard-Uzcard, Uzcard-Humo, Humo-Uzcard) пул ўтказмаларини бир ойда белгиланган лимитгача бепул амалга ошириш имконияти мавжуд.

Хусусан,

💰 xazna иловасида – 5 млн сўмгача;

🏦 Smartbank иловасида – 5 млн сўмгача;

🏦 SQB MOBILE иловасида – 5 млн сўмгача;

📱 Mavrid иловасида – 5 млн сўмгача;

🏦 Davr Mobile иловасида – 3,5 млн сўмгача;

🏦 Milliy иловасида – 3 млн сўмгача.

Humo карталари ўртасидаги ўтказмаларни кўпчилик банк иловаларида комиссия тўловларисиз амалга ошириш йўлга қўйилган.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb
Web-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova?
Anonymous Quiz
26%
Fayl
12%
Matn
29%
Yordam oynasi
33%
Gipermatn