Давлат хизматига дастлабки қадам
25.2K subscribers
1.18K photos
559 videos
46 files
682 links
Шахсий ва касбий компетенцияларингизни доимий ошириб боринг
Download Telegram
#Расман

⚡️ 2025 йилда муборак Қурбон ҳайитининг биринчи куни 6 июнь – жума кунига тўғри келади. 2025 йил 7 июнь (шанба) куни олти кунлик иш ҳафтаси тартиби бўйича ишлайдиган ходимлар учун қўшимча дам олиш куни этиб белгиланди — президент қарори

❗️Шундай қилиб, Қурбон ҳайитида барча ходимлар кетма-кет уч кун (жума, шанба, якшанба) дам олишади.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb
🎉 1-iyun – Xalqaro bolalar himoya qilish kuni

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. O'zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g'amxo'rliklar og'ushida voyaga yetmoqda.

Shu o'rinda dunyodagi o'zining kulgusi orqali insoniyatga olam-olam quvonch ulashayotgan barcha kichkintoylarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Unutmang, Siz borsiz hayotimiz go'zal va bardavom.

Hurmatli ota-onalar! Bugun farzandlaringizga ko’proq vaqt ajrating. Ularni hursand qiling. Zero, ular kelajagimiz davomchilari.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb
Bugun 2-iyun 2025-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon ovqat hazm qilishning buzilishiga qarshi kurash kuni.
🌏 Qog‘ozdan varrak va samolyotlar uchirish kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇷 Argentina - Ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar kuni.
🇧🇸 Bagam Orollari - Mehnat kuni.
🇧🇬 Bolgariya - Xristo Botev kuni (Usmonlilar qulchiligiga qarshi mamlakat ozodligi uchun kurashda qurbon bo‘lgan kurashchilarni xotirlash kuni).
🇧🇹 Butan - O'rmon xo'jaligi kuni.
🇮🇹 Italiya - Respublika kuni.
🇨🇦 Kanada - Faxriylar kuni.
🇲🇭 Marshall Orollari - Yoshlar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Fuqaro aviatsiyasi kuni.
🇷🇺 Rossiya - To‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha ovqat iste’molidan saqlanish kuni.
🇸🇮 Sloveniya - Temir yo'lchilar kuni.
🇸🇧 Solomon Orollari - Isabel provinsiyasi kuni.
🇹🇭 Tailand - Ananaslar festivali.

👉 VOQEALAR:

🔹 1183 - Gempey urushi paytida Kurikara jangi sodir bo'lgan
🔹 1474 - Kremlda tugallanmagan Uspenskiy cherkovi qulab tushdi.
🔹 1625 - Ispaniyada Spinola qoʻmondonligidagi qo‘shin 9 oylik qamaldan so‘ng Breda shahrini ishg‘ol qildi.
🔹 1652 - Xmelnitskiy qo'zg'oloni: Batog jangi bo'lib o'tdi.
🔹 1800 - Napoleonning Ikkinchi Italiya kampaniyasi: fransuzlar Milanni qo‘lga kiritishdi.
🔹 1842 - Gogolning „Oʻlik jonlar“ romani nashr etildi.
🔹 1848 - Pragada Slavyan kongressi ish boshladi.
🔹 1851 - Meyn (AQSh) birinchi bo'lib o‘z hududida “quruq qonun“ (suxoy zakon) ni joriy qildi.
🔹 1857 - Virjiniya shtatidan Jeyms Gibbs bitta ipli tikuv mashinasini patentladi.
🔹 1868 - Zirabuloq jangi boshlandi.
🔹 1896 - Rossiya va Xitoy o'rtasida Xankoudagi rus konsessiyasi to'g'risida kelishuv.
🔹 1896 - Italiyalik Guglelmo Markoni AQShda radioni patentladi.
🔹 1910 - Gollandiyaning Yangi Gvineyasida Pigmey qabilasi topildi.
🔹 1924 - AQSh ning hamma hindulari fuqarolik olishdi.
🔹 1946 - Italiya Qirolligidagi referndumda mamlakatning Respublika boʻlishiga koʻpchilik ovoz berdi.
🔹 1953 - Yelizaveta II Buyuk Britaniya Qirolichasi boʻldi.
🔹 1955 - Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromiga asos solindi.
🔹 1962 - Novocherkasskdagi qonli voqealar.
🔹 1973 - Amsterdamda Vinsent van Gog muzeyi ochildi.
🔹 2003 - Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromidan „Mars-ekspress“ kemasi uchirildi.
🔹 2010 - Kumbriya qirg'ini (Buyuk Britaniya). Derrik Berd 12 kishini otib tashlagan, 25 kishini jarohatlagan va keyin o'z joniga qasd qilgan.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1740 - Donasyen Alfons de Sad (1814) - fransuz yozuvchisi va faylasufi, zodagon, sadizm asoschisi.
🔸 1743 - Alessandro Kaliostro (Juzeppe Balzamo, 1795) - italyan grafi, astrolog, mistik va avantyrist.
🔸 1843 - Mixail Pevsov (1902) - rus sayohatchisi, Markaziy va O‘rta Osiyoda tadqiqot olib borgan.
🔸 1857 - Karl Gjellerup (1919) - Daniyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1917).
🔸 1904 - Jonni Vaysmyuller (1984) - amerikalik suzish ustasi, besh karra olimpiada chempioni, 67 ta jahon rekordini o‘rnatgan.
🔸 1909 – Abdurauf Boltayev - aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔸 1930 - Charlz Konrad (1999) - amerikalik astronavt, Oy sathiga qadam qo‘ygan uchinchi kishi.
🔸 1930 - Andrey Saxarov - sovet va rossiyalik tarixchi.
🔸 1940 - Konstantin II - Gretsiyaning so‘nggi qiroli (1964-1974).
🔸 1942 - Eduard Malofeyev - sovet futbolchisi, sovet va Rossiya futbol murabbiyi.
🔸 1952 - Uillyam Jon „Liam“ Neeson - irland millatiga mansub britaniyalik aktyor.
🔸 1961 - Liam Cunningham - irlandiyalik aktyor.
🔸 1972 - Uentuort Miller - amerikalik aktyor,
🔸 1973 - Kevin Faygi - amerikalik produser va Marvel Studiosning asoschilaridan biri.
🔸 1974 - Gata Kamskiy - amerikalik shaxmatchi, grossmeyster, SSSRda tug‘ilib o‘sgan.
🔸 1981 - Nikolay Davidenko - rossiyalik tennischi.
🔸 1988 - Serxio Aguero - argentinalik futbolchi, olimpiada chempioni.
🔸 1998 - Durdona Qurbonova - oʻzbek kinoaktrisasi.

👉
@davlatxizmatchisi_uzb
Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan sud tizimini aniqlang.
Anonymous Quiz
10%
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
8%
O‘zbekiston Respublikasi Hakamlik sudlari
58%
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
24%
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
So‘z yoki so‘zlar guruhiga maxsus ajratilgan ko‘rsatmalar xoxlagan dasturlar mos Elektron ma’lumotni chiqaruvchi dastur bu-… .
Anonymous Quiz
41%
Elektron lug‘at
10%
Elektron test
12%
Elektron tajriba
36%
Elektron kutubxona
Berilgan gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yiladigan uslubiy jihatdan mos so‘zni belgilang. “Sizning 615-sonli murojaatingizni ... yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.”
Anonymous Quiz
13%
o‘rganilgan holda
23%
o‘rganib chiqib
61%
o‘rganish natijalari
4%
o‘rganish samarasi
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi qanday nomlanadi?
Anonymous Quiz
64%
Qonunchilik palatasi
8%
Umumpalata
17%
Senat
10%
Oliy Kengash
… – tarkibiga turli tipdagi tuzilgan axborot vositalaridan (matn, illyustratsiya, tovush, video va boshqalar) tuzilgan gipermatn.
Anonymous Quiz
23%
Giper murojaat
60%
Gipermediya
13%
Global kriteriyalar
4%
Global kriteriyalar
“Hushyor qilmoq, yaxshi-yomonni tushunadigan qilmoq” ma’nosini anglatuvchi iborani aniqlang.
Anonymous Quiz
30%
ko‘zi pishmoq
57%
ko‘zini ochmoq
9%
ko‘zini yog‘ bosdi
4%
ko‘zi to‘rt bo‘ldi
Bugun 3-iyun 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:


🇺🇳 BMT - Xalqaro velosiped kuni.
🌏 Xalqaro suv havzalarini tozalash kuni.
🌏 Butunjahon sidr kuni.
🌏 Parashyutning tug'ilgan kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh, Tennesi - Konfederatorlar xotirasi kuni.
🇦🇺 Avstraliya - Mabo kuni.
🇧🇬 Bolgariya - Atirgullar festivali.
🇨🇦 Kanada - Salomatlik va fitnes kuni.
🇲🇾 Malayziya - Qirol Yang di-Pertuan tug‘ilgan kun.
🇳🇦 Namibiya - Namibiya Qurolli kuchlari kuni.
🇲🇪 Chernogoriya — Mustaqillik kuni.
🇹🇭 Tailand - Qirolicha Sutxida tug'ilgan kun.
🇺🇬 Uganda - Shahidlar kuni.
🇨🇳 Xitoy - Drakon festivali (“Duanu” bayrami) kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 1098 - Salibchilar Antioxiyani egallashdi.
🔹 1326 - Novgorod kelishuvi imzolandi.
🔹 1539 - Florida Ispaniya hududi deb e'lon qilindi.
🔹 1571 - Qrim xoni Davlat I Girey Moskvani yoqib yubordi
🔹 1780 - „Lord Gordon inqilobi“ natijasida Nyuget qamoqxonasidan mahbuslar qochdi.
🔹 1784 - Annapolis (Merilend) AQShning poytaxti bo‘lish maqomidan ayrildi.
🔹 1785 - Londonda Fransua Blanshar birinchi parashyutni sinovdan o‘tkazdi.
🔹 1789 - Aleks Makenzi Kanadadagi Makenzi daryosini kashf etdi.
🔹 1828 - Kolumbiya-Peru urushi boshlanishi.
🔹 1830 - Sevastopolda vabo isyoni.
🔹 1839 - Lin Zeysuy 1,2 mln. kg. giyohvand moddalarni yoʻqotishni buyurib, Afyun urushlariga yoʻl qoʻydi.
🔹 1896 - Xitoy Rossiyaga Xitoy-Sharqiy temir yo'lini qurishga ruxsat beruvchi maxfiy shartnoma imzolandi.
🔹 1927 - Moskvaning qayta rekonstruksiyasi boshlanishi.
🔹 1927 - Gretsiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi.
🔹 1937 - Britaniya qiroli Eduard VIII Uellis Simpsonga uylandi.
🔹 1954 - Sahroi Kabirda fir’avn Sanxetning (mil.avv.2570 yil) qabri topildi.
🔹 1959 - Singapurda Konstitutsiya qabul qilindi.
🔹 1961 - Venada N. S. Xrushyov va Jon F. Kennedi o'rtasida ikki kunlik muzokaralar boshlandi.
🔹 1968 - Valeri Solanas rassom Endy Warhallni otib tashladi.
🔹 1979 - Meksika qoʻltigʻida 600 ming tonna neft dengizga toʻkilib ketdi.
🔹 1987 - Leningrad rok-klubida Viktor Soy „Gruppa krovi“ qoʻshigʻini ijro etdi.
🔹 1994 - Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Bolalar folklor-etnografik festivali yakunlandi.
🔹 2006 - Chernogoriya parlamenti mamlakat mustaqilligini e'lon qildi.
🔹 2010 - Mars-500 loyihasining uchinchi bosqichi boshlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1843 - Kliment Arkadevich Timiryazev (1920) - rus botanigi va tabiatshunosi.
🔸 1865 - Georg V (1936) - Buyuk Brutaniya qiroli (1910-1936).
🔸 1873 - Otto Lyovi (1961) - avstraliyalik fiziolog va farmakolog, Nobel mukofoti sohibi (1936).
🔸 1899 - Dyord fon Bekeshi (1972) - venger va amerika fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1961).
🔸 1906 - Sergey Gerasimov (1985) - rus kino rejissyori, kino nazariyotchisi.
🔸 1924 - Torsten Nils Vizel - Shved vrach-neyrofiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1981).
🔸 1929 - Verner Arber - shvetsariyalik genetik olim, Nobel mukofoti sohibi(1978).
🔸 1931 - Raul Kasstro - kubalik inqilobchi va davlat arbobi, 2011-yidan Kuba kompartiyasi rahbari.
🔸 1932 - Kalontarov Emmanuel (1984) – kino rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (1979).
🔸 1936 - Bozorboy O‘rinboyev - taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor.
🔸 1962 - Tom Kruz - amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis va kino prodyuseri.
🔸 1974 - Sergey Rebrov - Ukrain futbolchisi.
🔸 1980 - Shayx Tamim ibn Hamad al Tani - 25-iyun 2013-yildan Qatar amiri.
🔸 1982 - Yelena Isinbayeva - Rus yengilatletika ustasi, ikki karra Olimpiada chempioni.
🔸 1986 - Rafael Nadal - Ispaniyalik taniqli raketka ustasi, “Katta dubulg‘a” turnirlarining 17 karra g‘olibi, ikki karra Olimpiada chempioni.
🔸 1992 - Dilraba Dilmurat - xitoylik aktrisa, boshlovchi, raqqosa va uygʻur millatiga mansub model.
🔸 1992 - Mario Getse - nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
🔸 1994 - Nodirjon Mirzaahmedov - oʻzbek bokschisi, havaskorlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021).

👉
@davlatxizmatchisi_uzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Иш ҳақи, пенсия, нафақа ва стипендиялар 10 фоизга оширилади

Президентнинг бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсия, нафақа ва стипендияларни 10 фоизга, яъни инфляциядан паст бўлмаган даражага оширишга доир фармони имзоланди.

Бош вазир ўринбосари, Иқтисодиёт ва молия вазири Жамшид Қўчқоров парламент қуйи палатасидаги чиқишида мазкур ҳужжат яқин соатларда эълон қилинишини маълум қилди.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb
⚡️ Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги Фармонига мувофиқ:

2025 йил 1 июлдан бошлаб пенсиялар ва нафақалар ҳамда кам таъминланган оилаларга болалар нафақалари ва моддий ёрдам тўловлари миқдорлари 10 фоизга оширилади.

2025 йил 1 августдан бошлаб бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялар миқдори 10 фоизга оширилади.

2025 йил 1 июлдан бошлаб:
▪️ пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 471 000 сўм этиб;

2025 йил 1 августдан бошлаб:
▪️ меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 1 271 000 сўм;
▪️ базавий ҳисоблаш миқдори – 412 000 сўм этиб белгиланади.

Шунингдек,
▪️ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 918 000 сўм;
▪️ногиронлик пенсияларининг энг кам миқдори – ойига 1 012 000 сўм;
▪️ кам таъминланган оилалар учун моддий ёрдамнинг ойлик миқдори – 420 000 сўм этиб белгиланди.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb