Давлат хизматига дастлабки қадам
25.1K subscribers
1.17K photos
552 videos
46 files
678 links
Шахсий ва касбий компетенцияларингизни доимий ошириб боринг
Download Telegram
Deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq tuziladigan hujjat turini belgilang.
Anonymous Quiz
27%
ishonchnoma
43%
shartnoma
27%
dalolatnoma
3%
ma’lumotnoma
Daraxtlarning zarrin barglari to‘kilib tugalgan, yer yuzi o‘zining qishki kumushrang to‘nini kiygan edi. Ushbu parcha qaysi uslubga xosligini belgilang.
Anonymous Quiz
70%
badiiy uslub
14%
rasmiy uslub
9%
ilmiy uslub
8%
so‘zlashuv uslubi
⚡️ 9 май - Хотира ва қадрлаш куни

Барча юртдошларимизни 9 май - Хотира ва қадрлаш куни ҳамда Иккинчи жаҳон урушида қозонилган буюк Ғалабанинг 80 йиллиги билан чин юракдан муборакбод этамиз.

Бугунги озод ва эркин ҳаёт учун азиз жонини аямасдан курашган уруш фахрийлари олдида доимо қарздормиз.

Ватанимизнинг бугунги тинч-осойишта ҳаёти учун жасорат кўрсатиб фидо бўлган юртдошларимиз хотирасини ёд этиш, бу йўлда меҳнат қилган нуронийларимизни эъзозлаш, кексаларга ғамхўрлик кўрсатиш, уларни ҳолидан хабар олиш, ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш барчамизнинг вазифамиздир.

Фурсатдан фойдаланиб Сизларга сиҳат-саломатлик, бахт-саодат, хонадонингизга қут-барака тилаймиз. Кексаларимиз доимо ҳаётимизга файз бериб, эл-юртимиз ардоғида бўлиб юришларини тилаб қоламиз.


👉 @davlatxizmatchisi_uzb
Bugun 10-may 2025-yil, shanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Butunjahon “Salomatlik uchun” harakati kuni.
🌏 Butunjahon obyektlarni boshqarish kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇿 Ozarbayjon — Gullar bayrami.
🇩🇪 Germaniya — Kitoblar kuni.
🇫🇷 Fransiya - Qullik bekor qilingan kun.
🇰🇬 Qirg‘iziston — Bank xodimlari kuni.
🇫🇲 Mikroneziya — Davlat tuzilgani e’lon qilingan kun.
🇹🇭 Tailand — Non yetishtiruvchilar kuni.
🇹🇼 Xitoy Respublikasi — Matsu (dengiz ilohasi) kuni.

👉 VOQEALAR:

🔹 1497 - Amerigo Vespuchchining Yangi dunyoga ikkinchi sayohati boshlandi.
🔹 1503 - Xristofor Kolumb Kayman orollarini ochdi.
🔹 1811 - Angliyada ilk qog‘oz pullar muoamalaga chiqarildi.
🔹 1844 - Kanada poytaxti Kingstondan Monrealga ko‘chirildi.
🔹 1857 - Hindistonda Sipohilar qoʻzgʻoloni.
🔹 1871 - Frankfurtda Fransiya va Germaniya o‘rtasida sulh shartnomasi imzolandi.
🔹 1877 - Ruminiya Usmonlilar imperiyasidan mustaqil boʻldi.
🔹 1881 - Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi.
🔹 1906 - Rossiya davlat Dumasining birinchi majlisi ochildi.
🔹 1913 - Dunyodagi birinchi toʻrt motorli samolyot parvozi.
🔹 1932 - Leningradda “Kominter” zavodi dastlabki 20 ta sovet televizorini chiqardi.
🔹 1933 - Germaniyada ommaviy kitob yoqishlar boshlandi.
🔹 1940 - "Gʻalati urush"ning tugashi.
🔹 1940 - Georg IV Cherchillni rasman premyer-minstrlikka tayinladi.
🔹 1950 - Gaitida davlat to'ntarishi sodir bo'ldi, natijada prezident Dyumars Estime ag'darildi. Harbiy xunta hokimiyatga keldi.
🔹 1965 - Quddusda “Isroil muzeyi” ochildi.
🔹 1992 - Oʻzbekiston va Eron, Pokiston, Yaman, Bahrayn davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
🔹 1993 - Qirg‘iziston milliy valyutasi som muomalaga chiqarildi.
🔹 1995 - rubl Tojikistonnig milliy valyutasiga aylandi.
🔹 2000 - Gretsiyada Sidney-2000 Olimpiada mash'alasi o‘t oldirildi.
🔹 2005 - Koreya Respublikasi Prezidenti No Mu Xyon rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
🔹 2008 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida “Korean Air” aviakompaniyasi raisi Yang Xo Choyni qabul qildi.
🔹 2008 - Yevropadagi eng ulkan vulqon - Etna uyg‘ondi.
🔹 2010 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Ummon Sultonligi tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Yusuf bin Alaviy bin Abdullanni qabul qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

🔸 1760 - Klod Rujye de Lill (1836) - fransuz shoiri va bastakori, “Marseleza” ijodkori.
🔸 1795 - Ogyusten Tyerri (1856) - fransuz tarixchisi.
🔸 1850 - Tomas Lipton (1931) - angliyalik tadbirkor, yirik choy ishlab chiqarish kompaniyasi asoschisi.
🔸 1891 - Mahmud Muxtor (1934) - misrlik haykaltarosh.
🔸 1903 - G‘afur G‘ulom (1966) - Atoqli o‘zbek adibi, shoir, akademik.
🔸 1909 - Yo‘ldosh A’zamov (1985) - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, kinorejissyor, SSSR xalq artisti (1979).
🔸 1910 - Ashot Petrosyans - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, dirijyor, pedagog.
🔸 1923 - Geydar Aliyev (2003) - Sovet va ozarbayjon partiya va siyosiy arbobi, Ozarbayjonning 3-prezidenti (1993-2003).
🔸 1935 - Shahob Hamrayev - ortopedtravmatolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1999).
🔸 1937 - Xotam Fayziyev - Mashhur o‘zbek kinooperatori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
🔸 1938 - Tilash Xoʻjamberdiyev (2001) - sozanda (chang), bastakor, Oʻzbekiston xalq artisti (1998).
🔸 1939 - Asqar Xolmurodov (1997) - biotexnolog olim.
🔸 1949 - Miuchchia Prada Bianki - taniqli italyan modelyeri, Prada moda imperiyasining asoschisi Mario Pradaning nabirasi, milliarder.
🔸 1956 - Vladislav Listyev (1995) - rossiyalik jurnalist, teleboshlovchi, ORT ning birinchi bosh direktori.
🔸 1960 - Bono - irlandiyalik rok-musiqachi, U2 guruhining sardor-vokalisti.
🔸 1962 - Anvar Chingizug’li - Ozarbayjon yozuvchisi, tarixchi va jurnalist.
🔸 1969 - Denis Bergkamp - golland futbolchisi.
🔸 1985 - Odette Juliette Annable - amerikalik aktrisa va model.
🔸 1995 - Gabriela Papadakis - fransuz figurali uchish ustasi (muz ustida raqs), 4 karra jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni).
🔸 1997 - Risharlison - braziliyalik futbolchi, Olimpiya chempioni (2020).

👉
@davlatxizmatchisi_uzb
Ariza va tushuntirish xatining o‘xshash jihati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
Anonymous Quiz
55%
yozilish shakli
13%
yozilish mavzusi
9%
yozilish asosi
22%
yozilish sababi
Word matn protsеssorida yaratilgan fayllar nomi qanday kеngaytmaga ega bo‘ladi?
Anonymous Quiz
12%
.xls
7%
.bmp
14%
.ppt
68%
.doc
Jismoniy shaxsning familiyasi, uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat?
Anonymous Quiz
72%
Anonim murojaat
10%
Elektron murojaat
14%
Murojaatning dublikati
4%
Takroriy murojaat
Qaysi javobda tutuq belgisi noto‘g‘ri qo’llangan?
Anonymous Quiz
39%
ma’sul
41%
ma’raka
10%
ma’mur
10%
ma’qul
Diskka 1024 Kbayt axborot yozilgan, shu malumot necha Mbaytdan iborat?
Anonymous Quiz
17%
1000
8%
8
60%
1
15%
128
⚡️ Якшанба — оила куни

Инсондаги муқаддас хислатлар - ватанпарварлик, юксак маънавият, халқпарварлик оилада шаклланишни бошлайди. 

Ҳурматли давлат фуқаролик хизматчилари! Ҳафтанинг ҳар якшанба кунини оилангиз даврасида ўтказинг!

Театрлар, китоб дўконлари, сайлгоҳлар, истироҳат боғларига боринг. Ота-онангизни зиёрат қилиб, яқинларингиз, фарзандларингиз билан дилдан суҳбатлашинг.

Оиласи бағрида яхши дам олган, хотиржам бўлган, шахсий юмушларини жой-жойига қўйган давлат хизматчиси ҳар куни куч-ғайрат, креатив ғоялар билан фаолиятга киришади.

Унутманг, мустаҳкамлиги ва оила бағридаги ҳордиқ - самарали фаолиятингиз, маънан соғлом ёш авлод вояга етиши кафолати.

👉 @davlatxizmatchisi_uzb