Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
6.08K subscribers
17.5K photos
3.63K videos
43 files
6.53K links
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi rasmiy telegram kanali

Rasmiy sayt: gov.uz/wcu

Facebook: facebook.com/wcuuzofficial

Instagram: instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi

Youtube: youtube.com/@Oilavaxotin-qizlarqomitasi
Download Telegram
#sayyor qabul

🇺🇿 Bugun Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan Olmazor tumani xotin-qizlari uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

💠 Qabulda Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi N.Umarova, Olmazor tumani hokimi va tegishli mutasaddilar ishtirok etishdi.

❗️ Shuningdek, sayyor qabulga tegishli qo'mita, vazirlik hamda agentliklar mutasaddilari ham jalb etildi..

💠 Qabul davomida 40 ga yaqin xotin-qizlar oʻz muammo va takliflari bilan qatnashishdi.

👉 Unda uy-joy, tibbiyot, tadbirkorlik masalalari boʻyicha muammolar oʻrtaga tashlandi va mutasaddi masʼullar tomonidan barcha taklif, murojaatlar tinglandi.

🙏 Murojaatlarning baʼzilari shu yerning oʻzida hal etildi.
Uzoq vaqt hamda mablag' talab etiladigan murojaatlar esa shartli muddat asosida mutasaddilarga topshiriq sifatida yuklatildi.

| Telegram | Facebook |YouTube
Муқобил энергия ускуналарини ўрнатиш истагида бўлган аҳоли ва тадбиркорлар бу имкониятлардан фойдаланиши учун бирон-бир идорага боришга мажбур бўлмайди. Барча ҳужжатлар ускуна харид қилинадиган жойнинг ўзида ҳал бўлади.

Бунинг учун:

- жамғарма маҳаллий ишлаб чиқарувчилар ҳамда ҳудудлардаги сотувчилар билан ҳамкорлик шартномаларини тузади;

- ишлаб чиқарувчиларнинг аҳоли ва тадбиркорларга ускуналарни бўлиб-бўлиб тўлашга бериш харажатлари жамғарма томонидан қоплаб берилади;

- жамғармага 100 млрд сўм ажратилади, ишлатишига қараб йил якунига қадар яна 100 млрд сўм берилади;

- жамғарманинг электрон портали ишга туширилиб, барча жараёнлар тўлиқ рақамлаштирилади.

Мутасаддиларга тизимни 1 сентябрдан амалиётга жорий қилиш топширилди.

Вилоят ҳокимлари олдига жорий йилда “дафтарлар”га кирган камида 5 мингта оилани, келгуси йилда яна 10 мингтасини сув иситиш қурилмаси билан таъминлаш чораларини кўриш вазифаси қўйилди.
“Xotin-qizlar va yoshlar haftaligi”ga start berildi.

🔰 Joriy yilning 9 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, AT Xalq banki bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Xotin-qizlar va yoshlar haftaligi”ga start berildi.

❗️ Ushbu haftalikda xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini taʼminlash sohasidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi tajribasi boshqa hududlarga tanishtiriladi.

💠 Mazkur haftalikning birinchi kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazida Hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi, Qoraqalpoq milliy liboslari modalar namoyishi hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan davra suhbatlari oʻtkazildi.

| Telegram | Facebook |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📽Qashqadaryoda davom etayotgan “INNOWOMENWEEK” haftaligi OAVlar nigohida.

| Telegram | Facebook |YouTube
EʼLON

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022 yil 7 martdagi PF–87-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlarda oliy maʼlumotli xotin-qizlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi 322-sonli “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi” toʻgʻrisida qarori imzolandi.

2022-2023 oʻquv yili uchun talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish muddatlari istisno tariqasida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanishini inobatga olib, joriy yil oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari boshlangan kundan 10 kun mobaynida Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, kollej va texnikumlarni bitirgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar tuman (shahar) boʻlimi ishchi guruhlariga ariza toʻldirib hujjat topshiradilar.

Arizaga quyidagi hujjat ilova etiladi:

1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.

2. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma.

3. Maʼlumotnoma-obʼektivka.

4. Oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;

tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;

oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

Tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar haqidagi maʼlumotlar ularning ish faoliyatiga mos boʻlgan yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritiladi;

Tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi;

kirish imtihonlari yakunlariga koʻra toʻplangan ball boʻyicha talabalikka tavsiya etilmagan, biroq toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizini va undan kam boʻlmagan ballni toʻplagan tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan taqsimlangan kvotalar asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda, alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida tanlovga koʻra toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi.

Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy taʼlim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

| Telegram | Facebook |YouTube
#monomarkaz ochilishi

🔰 Xotin-qizlarni kasb-hunarga yo'naltirish va bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar salmog'i sezilarli darajada ortib bormoqda.

❗️ Buning yaqqol misoli tariqasida Namangan viloyati Davlatobod tumanida yangidan ish boshlagan monomarkazni ko'rishimiz mumkin.

💠 5 ta yo'nalish bo'yicha erkaklar uchun payvandlash, erkaklar sartaroshi hamda zargarlik kasblari, ayollar uchun ayollar sartaroshi va tikuvchilik yo'nalishlarini o'z ichiga olgan monomarkazda tahsil oladigan xotin-qizlar kasb-hunar o'rganish bilan bir qatorda tadbirkorlik faoliyatini ham yo'lga qo'yishlari mumkin bo'ladi.

✍️ Manba: Namangan viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
MATBUOT XIZMATI

| Telegram | Facebook |YouTube
#Xiva_shahridan_reportaj

🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva ishtirokida Xiva shahar hokimligida yigʻilish oʻtkazildi.

💠 Unda Xorazm viloyat hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Gulsara Qurbonboyeva, Xiva shahar sektor rahbarlari, sud-huquq idoralari, adliya, ichki ishlar xodimlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.

💠 Yigʻilishda Raʼno Turdiboyeva mahallalarda “Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirish boʻyicha kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishga oid tavsiyalarni berdi.

❗️ Shuningdek, “Xotin-qizlar balansi” ishini toʻgʻri tashkil etish, talab darajasida bajarilishini taʼminlash boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻini raisi boshchiligida har bir mahallada toʻgʻri tashkil etilishiga oid koʻrsatmalarni berdi.

📝 Xorazm viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati.

| Telegram | Facebook |YouTube