15 subscribers
418 photos
142 videos
1 file
77 links
Download Telegram
Forwarded from Mr Karimov's blog
Biz har kuni vaqtimizni boshqarishga harakat qilamiz. Lekin, biz xoxlaganimizdan boshqa ishlar bo'lib ketadi. Sabablari ko'p.

Bir sababi - bu energiya (quvvat) boshqaruvi bo'lishi mumkin. Biz kun davomida ko’p ish qilishni xoxlaymiz. Ammo quvvatimiz yo’qligi uchun chala qilishimiz, qilmasligimiz mumkin.

Oxirgi 1-2 oydan beri shu mavzu haqida chuqur o'yladim va qanday qilib quvvatimizni boshqara olish hayotimizga mazmun, natijalar olib kelishini tahlil qildim. Buni 2 ta kategoriyaga ajratdim.

1. Energiyamizni oshiradigan ishlar;

- 7-8 soat uyqu
- sog’lom ovqat
- namoz
- sport mashg’ulotlari
- oldimizda energiya beruvchi, ambitsiyali odamlar ko’p bo’lishi
- tabiatga yaqin bo’lish
- teran ish

2. Energiyamizni tushiradigan ishlar;

- Instagramdan foydalanish, reels ko’rish
- Telefonni yotoqxonaga olib kirish, ertalab turganda birinchi telefonga qarash
- noliydigan odamlar ko’p bo’lishi va bu yuqumli
- uydan chiqmaslik
- kech uyg’onish

Shuning uchun ham, hozir qilayotgan ishimiz bizga energiya berayaptimi yoki yo’q deb so’roq qilib turishimiz kerak.

Shu sabab, o’ylab qoldim. Balki energiya boshqaruvi vaqt boshqaruvidan muhimroqdir.

P.s. Muallif tepada yozilgan ishlarni o’zi har doim ham mukammal bajarmaydi, lekin harakat qilyapti. U bu mavzuda hali o’zini no’noq deb biladi va izlanishda. Aybga buyurmaysiz.

@mrkarimovblog
Forwarded from Zohid Sunnatullayev
Erkak kishi o'zini xuddi poygada yurgandek his qiladi: asosiy maqsad — marraga birinchi yetib borish. Lekin u shuni unutadiki, bu poygada marraga birinchi yetib kelgan emas, aksincha, yo'l-yo'lakay manzaradan zavqlanib, oxirigacha sherigi bilan birga qolgan yutadi.

"Finish"ga hammadan oldin kelib, "Xo'sh, qalay bo'ldi?" deb so'rash — bu g'alaba emas, bu shunchaki "o'yindan tashqari holat". Spidometrni biroz pasaytiring, do'stlar, asosiysi tezlik emas, haydash mahorati!

#Erkaklar
❤1🔥1
Shu paytgacha kuzatuvimda yoshlar orasida muvaffaqiyat korinishi doim o'zgarib kelgan. Avval boshida davlat universitetiga kirish muvaffaqiyat, hozir chet elga kirish muvaffaqiyat, avval shaxsiy moshina, uy joy sotib olish muvaffaqiyat sifatida ko'rsatilgan bo'lsa, hozir chet elga sayohatga, safarlar katta muvaffaqiyat sifatida ko'rsatilyapti. O'zbekistondan tashqariga chiqmagani bu uni muvaffaqiyatsiz qilib qo'ymaydi, narigi bolano avtobusda yurishi ham uni muvaffaqiyatsiz qilib qo'ymaydi. Muvaffaqiyat bu boshqalar belgilab bergan plankalarga yetishish emas, muvaffaqiyat bu o'zimiz istagan plankalarga yetishganimizni ko'rinishi
🔥2
Forwarded from Shaha Dolimov
O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish yoshi 72,5 ekan.

Nafaqaga (pensiya) chiqish yoshi esa 60.

Aytaylik, 25 yoshdan to 60 gacha ishlasangiz, bu umringizni 35 yili degani.

Ya'ni siz 12,5 yil uchun 35 yil ishlab berishingiz kerak. Agar shu 12,5 yil ham nasib qilgan bo'lsa.

Agar o'rtacha odamga o'xshab hayot kechirsangiz, 60 yoshda sizda na pul na sog'lik bo'ladi.

Nafaqaga chiqish yoshi bundan keyin oshsa oshadi lekin hech qachon pasaymaydi.

Shuning uchun erta nafaqaga chiqish haqida o'ylash va unga hozirdanoq kirishish, hayotingizda qilgan ENG to'g'ri qarorlardan bo'ladi.

Nafaqaga degani, tapchanda yotib olib ko'k choy ichish degani emas. Agar shunday deb o'ylasangiz, 60 yoshgacha kutganingiz ma'qul.

Nafaqa bu inson vaqt, moliya, va joy erkinligiga erishish degani. Va erta nafaqa uchun uchalasi ham birdek muhim.

30-40 yosh oraligi'da bu ishni amalga oshira olsangiz eng ideali deb o'ylayman.

Unga qanday erishishni, o'zingiz hayot tarzingizdan kelib chiqib hal qiling.

Lekin albatta qiling...

@shahadolimov
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Ozuqalar

Qalb:
• Namoz
• Quron
• Alloh zikri

Tana:
• Uyqu
• Taom
• Harakat

Ong:
• Ustoz
• Kitob
• Tafakkur

Cho’ntak:
• Mehnat
• Ehson
• Sarmoya

Munosabatlar:
• Xabar olish
• Shirin so’z
• Yaxshiliklar
Forwarded from Azamat Akbar | Lektorium
Кутилмаган харажатлар тасодиф эмас — улар бир кун албатта юз беради.

Машина бузилиши, шифохона харажатлари ёки уй билан боғлиқ муаммолар ҳар кимнинг ҳаётида учраши мумкин. Агар сизда молиявий захира бўлмаса, бундай вазиятларда қарз олишга тўғри келади.

Бугунги кунда қарз кўпчилик учун одатий ҳолатга айланиб бормоқда. Марказий банк маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 5 миллиондан ортиқ фуқаро камида битта кредитга эга. Бу дегани, ҳар 4 нафар одамдан қарийб 1 нафари кредит тўламоқда. Қарздорларнинг 27 фоизи эса бир вақтнинг ўзида икки ёки ундан ортиқ кредитни тўлаб келмоқда. Энг хавотирлиси, кредит олганларнинг 40 фоизи ойлик даромадининг ярмидан кўпроғини қарз тўловларига сарфламоқда. Бундай шароитда ҳатто кичик кутилмаган харажат ҳам инсонни янада оғир молиявий аҳволга солиб қўйиши мумкин.

Молиявий захираси бор инсон кутилмаган харажатларни ўз маблағи ҳисобидан қоплайди ва ҳаётини давом эттиради. Захираси йўқ инсон эса яна қарз олишга мажбур бўлади. Қарз эса келажакдаги даромадни бугун сарфлаш деганидир.

Кўпчилик яхши ҳаётни янги машина, замонавий таъмир ёки қиммат жиҳозлар билан боғлайди. Аммо агар буларнинг барчаси кредит ҳисобига бўлса, бу бойлик эмас, балки молиявий мажбуриятдир.

Шунинг учун молиявий эркинликнинг биринчи қадами янги кредит эмас, балки захира жамғармасидир. Агар ҳали бошламаган бўлсангиз, биринчи мақсадингиз камида 10.000-20.000 долларлик фавқулодда вазиятлар жамғармаси йиғиш бўлсин. Бу пул iPhone 17, таътил ёки бошқа хоҳишлар учун эмас, балки ҳаётда муқаррар равишда учрайдиган кутилмаган вазиятлар учун керак.

Эсда тутинг: бойлик катта даромаддан эмас, аввал молиявий хавфсизликдан бошланади. Захира жамғармаси — молиявий эркинлик сари қўйилган биринчи қадамдир.
❤2🔥2💯2
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Kasalliklar

Qalb:
• kibr
• riyo
• ujub

Tana:
• jarohat
• saraton
• semizlik

Ong:
• g’aflat
• jaholat
• shubha

Cho’ntak:
• qarz
• isrof
• sustlik

Munosabat:
• gina
• g’iybat
• minnat
❤1🔥1👏1
Rivoyat qilinishicha, xorazmlik Abu Ya'qub Sakkokiy temirchilik bilan shug‘ullangan. U o‘ttiz yoshlarida juda ham bejirim va kichkina siyohdon hamda unga mos jajji qulf yasab, bu san'at asarini amirga sovg‘a qilish uchun saroyga boradi. Amir va uning a'yonlari uning ishini ko‘rib, uncha ahamiyat bermaydilar. Sakkokiy rohimahulloh bu holatdan xafa bo‘lib turganida, saroyga bir kishi kirib keladi. Amir uni o‘rnidan turib qarshi olib, o‘z joyiga o‘tkazadi. Hurmat-ehtirom ko‘rsatib, savollarini so‘rab bilib oladi. Mehmon ketgach, Sakkokiy uning kimligini qiziqib so‘raganida:
— "U inson falonchi olim", — deb aytishadi.

Ana shu lahzadan boshlab Sakkokiy olimga bo‘lgan qadr-hurmat san'atkorga bo‘lgan hurmatdan yuqoriligini ko‘rib, ilm olishga qaror qiladi.

Shu qiziqish ortidan Sakkokiy madrasaga boradi, lekin yoshi kattaligi va zehnining zaifligi tufayli darslarni mutlaqo o‘zlashtira olmaydi. Hatto bir oddiy fiqhiy qoidani o‘nlab marta takrorlasa ham, ertasiga esidan chiqib qolaveradi. Sheriklari uning ustidan kula boshlashgach, umidsizlikka tushadi va madrasani tark etib, toqqa chiqib ketadi.

Bir kuni tog‘da dam olib o‘tirsa, uzoqdan bir buloqqa ko‘zi tushadi. Buloqning yuqorisidan tomchilayotgan suv pastdagi toshni teshib qo‘yganini ko‘rgach, Sakkokiy o‘ziga o‘zi shunday deydi:
"Mening qalbim bu toshdan qattiq emas, ilm esa bu suv tomchisidan yumshoq emas. Agar suv tomchisi muntazamlik bilan toshni teshsa, demak, mening tinimsiz harakatim ham ilmni qalbimga singdira oladi."

Sobiq temirchi bu voqeadan so‘ng tinimsiz takrorlash va sabrni o‘ziga shior qilib oladi.
Sakkokiy madrasaga qaytib, tinimsiz mehnat qiladi. Natijada arab tili, grammatikasi, mantiq va balog‘at (notiqlik va uslubiyat) ilmida o‘z davrining peshqadamiga aylanadi. Uning "Miftohul ulum" asari 12 ta ilmni o‘z ichiga olgan qomusiy asar hisoblanadi.

Sakkokiyning hayoti tug‘ma qobiliyatning zaifligini barqaror ko‘nikma orqali yengish mumkinligiga tarixiy misoldir.

Insondagi holatlar uni baxtga eltishi uchun ixtiyoriylik, davomiylik va xolislik shartlariga javob berishi zarurligini ta'kidlaydi Farobiy.

Har bir inson o‘z fitratini ongli ravishda qaysi tomonga yo‘naltirishiga qarab unda yangi ko‘nikmalar hosil bo‘ladi. Demak, inson qanday xulq va zehnda bo‘lishini o‘zi ixtiyor qiladi va shu bilan birinchi shart amalga oshgan bo‘ladi.

Baxtga erishishimiz uchun gohida yoki tasodifan yaxshilik qiladigan qobiliyat emas, balki har doim va har qanday vaziyatda sobit turadigan ko‘nikma zarur bo‘ladi. Tug‘ma fitrat esa bizga bunday kafolatni bera olmaydi, chunki u o‘z tabiatiga ko‘ra egiluvchan va ikki tomondan biriga og‘ib ketish ehtimoli bor.

Ilm-fan tadqiqotlariga ko‘ra, inson miyasida bazal gangliyalar (bazal yadrolari — harakatlarni boshqarish, muvozanatni saqlash, odatlarni shakllantirish va kognitiv jarayonlarda muhim vazifa bajaradi) deb ataluvchi qism mavjud. Kishi yangi ishni o‘rganish jarayonida miyaning asosan old qismi ishlaydi. Bajarilayotgan ish takrorlanib, ko‘nikmaga aylanganida esa boshqaruv old qismdan bazal gangliyalarga o‘tib, inson bu ishni avtopilot rejimida, kuch sarflamasdan bajara boshlaydi. Farobiy aytgan baxtga eltuvchi barqarorlikning fiziologik asosi aynan shu — yaxshilikni avtomatik bajarish darajasiga chiqishdir.
Hikmat
"Biz nimani qayta-qayta qilayotgan bo‘lsak, demak, o‘shamiz."
— Aristotel

"Baxtga yo'llanma"

@jahongirmirzoversiyasi
Lola - bu musulmon olamida Alloh bilan bog‘lanadigan gul ekanligini bilarmidingiz?!


"Lola” so‘zining etimologiyasi fors-turkcha “sallа” so‘ziga borib taqaladi. Bu atama Yevropaga Muqaddas Rim Imperiyasi elchisi — Oje Giselin de Busbek orqali kirib kelgan. U safar chog‘ida ko‘rgan bu gulni juda yoqtirib qolgan va unga yo‘lboshchilik qilgan kishi bu o‘simlikni sallaga (turban) o‘xshatgan. Shu tarzda “tulip” (tulpan, ya'ni lolaning yevropacha nomi) so‘zi paydo bo‘lgan.

Turk tilida lola “Lala” (لاله ) deb ataladi. Ushbu so‘z yozilishi jihatidan “Alloh” (الله) lafziga o‘xshaydi. Shu o‘xshashlikdan ilhomlangan naqqoshlar lola gulini nafaqat bezaklarda, balki Qur’onning go‘zal naqshlarida ham ishlatganlar.

Lola gullari Usmoniylar sulolasi ramziga aylangan. Sulaymon Qonuniy Istanbuldagi Topkapi saroyida ko‘p lola ekkan ekan.

Shuningdek, askarlar jangga ketishda lolani tumor sifatida ishlatishgan. Ular lolaning tasvirini qalqon, dubulg‘a yoki kiyimlariga tushirib, bu orqali Xudoning ularni asrayotganiga ishonishgan.

Rus tilidagi erkak va ayollar bosh kiyimi ham "Тюрбан" deyilishi bejiz emas, bu yuqorida keltirganimizdek, "Тюлпан" (Lola) so'zining buzilgan shaklidir, bosh kiymi ham lola guliga o'xshagani bois shunday deyilgan.

@jahongirmirzoversiyasi
Hayotda aqlli, bilimli, muvaffaqqiyatli, lekin baxtsiz insonalarni uchratganmisiz?
Buning sababi nimada Deb o'ylaysiz?

Baxt biz umid qilgan istagan muvaffaqqiyat, munosabat, yutuq va hokazolarga erishganda keladigan his tuyg'u. Hayotdagi kutuvlarimiz kichik bo'lsa erishgan Har bir yutuq bizga baxt beradi. Hech Kimdan hech Narsa kutmagan odamga bir dona Gul sovg'a qiling, baxtdan chehrasi yorishib ketadi.
Biz baxtli bo'lamiz potensialimizdan ozrog'ini kutsak. Shuncha bizda failure hissi kamroq bo'ladi. Barchasiga oson erishib ketaveramiz. Ishonch, sadoqat Sevgi va boshqa tuyg'ularni ham kamroq kutsak, bizga berilgan kichik munosabat va e'tibor bizni baxtli qiladi. Baxtsizlar ko'p narsa kutganlar. Va o'zidan atrofidan, va hayotdan hafsalasi pir bo'lganlar.
Shaxsiy fikrlar. Balki to'g'ri balki xato
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy qanday qilib texnogigantga aylangani haqida yaxshi tushuntirish bo‘libdi (#)
Forwarded from BURXONOV 2.0
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Stress quvonchni o‘g‘irlaydi.
Ego rivojlanishga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘rquv taraqqiyotni to‘xtatadi.
Bahonalar natijalarga to‘sqinlik qiladi.
Ortiqcha o‘ylash harakat qilishga xalaqit beradi.
Ikkilanish imkoniyatlarga to‘sqinlik qiladi.
Kechiktirish esa sur'atni pasaytiradi.