Data Maxmudov
868 subscribers
32 photos
31 files
71 links
Ushbu kanalda Sizlar bilan birgalikda data mutaxassisi bo'lamiz!

Admin: @wmteam95

πŸ’° Donat: https://t.me/ka_donat
Download Telegram
dars_8_uy_ishi.sql
4 KB
Videodarsda ishlatilgan va uyga vazifalar SQL fayllari

Uyga vazifani mustaqil bajaring, qiyinchilikka duch kelsangiz birgalikda bajaramiz πŸ’ͺ.

YouTube I Telegram
πŸ‘2πŸ‘Œ1
Nega darslar chiqmayapti?

Oxirgi darsni joylaganimizga ham 4 kundan oshibdi. Darslar yozmayotganimga sabab o'zimni MAAB'dagi o'qishimda bir nechta mavzularda qolib ketganim. Shuni yetkazib olish harakatidaman.

Boshida parallel olib borayotgan edim, lekin Baraa akani kursi bilan MAAB'dagi kurslarni ketma-ketligi turlicha ekanligi meni orada qolib ketishimga sabab bo'ldi.

Lekin ko'ngilni cho'ktirmaymiz, nasib qilsa oxirigacha boramiz. Ungacha bor videolarni to'liq o'rganib, uy ishilarini bajarib chiqishni tavsiya qilamiz.

YouTube I Telegram
❀6πŸ‘5πŸ”₯2
O'rganishlarim qanday ketyapti?

MAAB'da subquery, cte va window funksiyalarini ham o'tib bo'lishdi (men lekin sekin yetib olyapman). Hozirgacha subquery'ni ko'rib chiqdim, chatgpt bergan topshiriqlarni bajarib 8.5/10 baho oldim. Ayni paytda CTE'larni o'rganyapman.

Nasib qilsa yaqin kunlarda darslarimizni davom etamiz va ikkovini parallel olib ketishga harakat qilamiz.

YouTube I Telegram
πŸ‘4πŸ”₯1
Data Maxmudov
Qaytyapmiz... YouTube I Telegram
Navbatdagi darsda son va sanaga oid funksiyalarni o'rganamiz inshaalloh.

Sana funksiyalari SQL'da juda muhimlaridan hisoblanar ekan, sababi ko'pincha hisobotlarda biror muddat oralig'ida so'ralishi sababli sanalar bilan ishlashga ishimiz ko'p tushar ekan.

YouTube I Telegram
πŸ‘6
9-dars. Son va sana funksiyalari
#sql_kurs

ℹ️ Ushbu darsda sana va vaqt bilan ishlashda eng ko'p ishlatiladigan SQL funksiyalari hamda sonlar ustida amallar bajarishda kerak bo'ladigan funksiyalar bilan tanishamiz.

βœ… Dars davomida:
β€’ GETDATE
β€’ YEAR, MONTH, DAY
β€’ DATEADD
β€’ DATEDIFF
β€’ DATEPART
β€’ DATETRUNC
β€’ EOMONTH
β€’ DATENAME
β€’ FORMAT
β€’ CAST
β€’ CONVERT
β€’ ISDATE
β€’ ROUND
β€’ ABS


Ushbu mavzu real loyihalarda hisobotlar tayyorlash, vaqt oralig'ini hisoblash va ma'lumotlarni tahlil qilishda juda ko'p ishlatiladi.

🎞 Videodarsni ko'rish

Loyihamiz yangi bo'lgani uchun darslar haqida fikringiz va qo'llab-quvvatlashingizga juda ham muhtojmiz.

YouTube I Telegram
πŸ‘4πŸ”₯1
dars_9_uy_ishi.sql
3.2 KB
Videodarsda ishlatilgan va uyga vazifalar SQL fayllari

Uyga vazifani mustaqil bajaring, qiyinchilikka duch kelsangiz birgalikda bajaramiz πŸ’ͺ.

YouTube I Telegram
πŸ‘5πŸ₯°1
Eng ko'p kerak bo'ladigan formatlar.sql
1.8 KB
SQL Server'dagi FORMAT() funksiya uchun eng ko'p kerak bo'ladigan formatlar

YouTube I Telegram
πŸ‘5πŸ”₯2
SalesDB.bak
3.5 MB
Videodarsda ishlatilgan tayyor db fayli

YouTube I Telegram
πŸ‘4
Boshida NULL funksiyalari unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan mavzu deb o'ylardim, lekin o'rganish davomida bu mavzuni o'rganmasak kelajakda muammolarga duch kelishimiz mumkinligiga amin bo'ldim.

Nasib qilsa 10-dars NULL funksiyalari bo'yicha bo'ladi, hamma narsa tayyor, video yozsak bo'lgani.

YouTube I Telegram
πŸ”₯3πŸ‘¨β€πŸ’»1
πŸ‘‡ Kelinglar biroz test ishlaymiz:

Testlar SQL Server asosida bo'ladi!

YouTube I Telegram
πŸ’―2🀝1
Customers jadvalida 100 ta mijoz bor. Orders jadvalida esa 80 ta buyurtma mavjud. Buyurtma bermagan mijozlarni topish kerak. Qaysi JOIN ishlatiladi?
Anonymous Quiz
24%
INNER JOIN
32%
LEFT JOIN
25%
LEFT ANTI JOIN
19%
CROSS JOIN
SELECT
DATEADD(MONTH, 2, '2025-06-15')
Anonymous Quiz
47%
2025-08-15
14%
2025-04-15
20%
2027-06-15
19%
2025-06-17
SELECT LEN('SQL Server')
Anonymous Quiz
26%
9
55%
10
4%
11
14%
8
MAAB'dagi SQL tugadi...

Kecha MAAB'dagi SQL bo'yicha oxirgi imtihonimiz bo'ldi, shu bilan SQL darslari tugadi. Imtihonda puzzle'lar ishlashga qiynaldim. Nasib qilsa shanba kunidan Python'ni boshlar ekanmiz.

❓ Blogimizdagi darslar nima bo'ladi?
Blogimizdagi SQL kursini oxirigacha yetkazib qo'yamiz, bunda Baraa akani kursini ketma-ketligidan foydalanishni davom etamiz.

❓Qachon SQL bo'yicha real loyiha qilamiz?
Birovga "SQL'ni o'rgandim" desangiz, "Nimani qoyillatding?" deyishi mumkin (normal tanqidchi shunday savol beradi). Shu uchun hozir ChatGPT bilan suhbat qurdim va kaggle'dagi katta bir dataset asosida SQL bo'yicha portfolio loyiha qilishni reja qildim. Nasib qilsa loyihani qilish jarayonlarini ham mini kurs sifatida shu blogimizga joylayman. Yuqoridagi rasmda biz tanlagan dataset'dagi fayllar keltirilgan.

⚠️ Real loyiha qilishdan oldin kursimizni tugatib qo'yishimiz kerak, chunki hali real loyihada kerak bo'ladigan yana bir qancha mavzularni o'rganishga ulgurmadik.

YouTube I Telegram
πŸ‘8πŸ”₯6⚑1