Data Maxmudov
868 subscribers
32 photos
31 files
71 links
Ushbu kanalda Sizlar bilan birgalikda data mutaxassisi bo'lamiz!

Admin: @wmteam95

πŸ’° Donat: https://t.me/ka_donat
Download Telegram
Hozir ChatGPT bilan loyihani rivojlantirish, kanallardagi qamrovni oshirish bo'yicha suhbat qildik. YouTube'dagi kanalimiz va telegramdagi blogimizning statistikalarini skrinshot qilib tashlab berdim.

Umumiy xulosa sifatida "loyiha rivojlanishi yomon emas, hozirda faqat SQL bo'yicha kontent bo'lsa ham auditoriyani qiziqishi bor ekan" dedi. Bu uchun Siz obunachilarga rahmat aytaman (ilmni yo'lida bo'lganingiz uchun).

Yaxshilash bo'yicha hozircha video nomlari va video ustida turgan rasmlarni yangilashni tavsiya qildi hamda o'zi amalga oshirib berdi. Va albatta SQL kursni tugatib, ko'proq amaliyotga oid videolar qilishni tayinladi (buni ham amalga oshiramiz nasib qilsa).

Yuqorida shu paytgacha ishlatgan video obloshkasi va ChatGPT yasab berganini yuklayapman. Vijdonan ayting qaysi biri sizga ko'proq yoqyapti :)

πŸ”₯ - eski obloshka
πŸ‘ - ChatGPT'ning ijodi

YouTube I Telegram
πŸ‘9πŸ”₯3
Data Maxmudov
Photo
SQL funksiya turlari
#sql

ℹ️ SQL'da funksiyalar quyidagi tartibda ishlaydi:

Input value (dastlabki qiymat) -> Funksiya -> Output value (natijaviy qiymat)

Ya'ni funksiya dastlabki qiymatga qandaydir ishlov berishi natijasida natijaviy qiymatga erishiladi.

Shundan kelib chiqib funksiyalarni 2 guruhga bo'lish mumkin:
1. Single-row funksiyalar - faqatgina bir qatorga ta'sir qiluvchi funksiyalar.
Masalan, 'MARIA' -> lower() -> 'maria' bu yerda lower() faqat bir qatordagi ma'lumotga ishlov berdi.

2. Multi-row funksiyalar - bir qancha qatorlarga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan funksiyalar.
Masalan, 30/10/20/40 -> sum() -> 100 bu yerda sum() bir qancha qatordagi ma'lumotga ishlov berdi.

πŸ“ Endi esa yuqoridagi 2 guruhni ham bir qancha kichik guruhlarga bo'lamiz:
β€’ Single-row funksiyalar: string, son, sana va null funksiyalar
β€’ Multi-row funksiyalar: agregat (boshlang'ich), windows (murakkab) funksiyalar

"Single-row funksiyalar ma'lumotlarni tayyorlash, turli o'zgarishlar qilib Multi-row funksiyalar uchun tayyorlab berishga xizmat qiladi" deyishimiz mumkin.


πŸ”œ Biz kursimiz davomida barcha bo'limlari bilan tanishib chiqamiz. Kelayotgan videoda string funksiyalarini o'rganamiz.

YouTube I Telegram
πŸ‘1
Boshlang'ich SQL mavzularini o'rganish va mashq qilish uchun platforma
#sql

ℹ️ SQL'ni boshlang'ich mavzularini o'tib bo'ldik, mavzularni o'rganish davomida uy ishlarini ham bajardik.

βœ… Yana ham mustahkamlayman desangiz quyidagi saytdan foydalanishingiz mumkin:

https://sqlbolt.com/lesson/

YouTube I Telegram
❀3πŸ‘1
8-dars. String funksiyalari
#sql_kurs

ℹ️ SQL String funksiyalari yordamida matnlarni birlashtirish, tahrirlash va kerakli qismlarini ajratib olishni o'rganamiz. String funksiyalari SQL'da eng ko'p ishlatiladigan mavzulardan biri bo'lib, real loyihalarda ism, familiya, telefon raqami, manzil va boshqa matnli ma'lumotlar bilan ishlashda keng qo'llaniladi.

βœ… Dars davomida:
β€’ CONCAT
β€’ UPPER / LOWER
β€’ TRIM
β€’ REPLACE
β€’ LEN
β€’ LEFT / RIGHT
β€’ SUBSTRING

🎞 Videoni ko'rish

Loyihamiz yangi bo'lgani uchun darslar haqida fikringiz va qo'llab-quvvatlashingizga juda ham muhtojmiz.

YouTube I Telegram
πŸ‘2
dars_8_uy_ishi.sql
4 KB
Videodarsda ishlatilgan va uyga vazifalar SQL fayllari

Uyga vazifani mustaqil bajaring, qiyinchilikka duch kelsangiz birgalikda bajaramiz πŸ’ͺ.

YouTube I Telegram
πŸ‘2πŸ‘Œ1
Nega darslar chiqmayapti?

Oxirgi darsni joylaganimizga ham 4 kundan oshibdi. Darslar yozmayotganimga sabab o'zimni MAAB'dagi o'qishimda bir nechta mavzularda qolib ketganim. Shuni yetkazib olish harakatidaman.

Boshida parallel olib borayotgan edim, lekin Baraa akani kursi bilan MAAB'dagi kurslarni ketma-ketligi turlicha ekanligi meni orada qolib ketishimga sabab bo'ldi.

Lekin ko'ngilni cho'ktirmaymiz, nasib qilsa oxirigacha boramiz. Ungacha bor videolarni to'liq o'rganib, uy ishilarini bajarib chiqishni tavsiya qilamiz.

YouTube I Telegram
❀6πŸ‘5πŸ”₯2
O'rganishlarim qanday ketyapti?

MAAB'da subquery, cte va window funksiyalarini ham o'tib bo'lishdi (men lekin sekin yetib olyapman). Hozirgacha subquery'ni ko'rib chiqdim, chatgpt bergan topshiriqlarni bajarib 8.5/10 baho oldim. Ayni paytda CTE'larni o'rganyapman.

Nasib qilsa yaqin kunlarda darslarimizni davom etamiz va ikkovini parallel olib ketishga harakat qilamiz.

YouTube I Telegram
πŸ‘4πŸ”₯1
Data Maxmudov
Qaytyapmiz... YouTube I Telegram
Navbatdagi darsda son va sanaga oid funksiyalarni o'rganamiz inshaalloh.

Sana funksiyalari SQL'da juda muhimlaridan hisoblanar ekan, sababi ko'pincha hisobotlarda biror muddat oralig'ida so'ralishi sababli sanalar bilan ishlashga ishimiz ko'p tushar ekan.

YouTube I Telegram
πŸ‘6
9-dars. Son va sana funksiyalari
#sql_kurs

ℹ️ Ushbu darsda sana va vaqt bilan ishlashda eng ko'p ishlatiladigan SQL funksiyalari hamda sonlar ustida amallar bajarishda kerak bo'ladigan funksiyalar bilan tanishamiz.

βœ… Dars davomida:
β€’ GETDATE
β€’ YEAR, MONTH, DAY
β€’ DATEADD
β€’ DATEDIFF
β€’ DATEPART
β€’ DATETRUNC
β€’ EOMONTH
β€’ DATENAME
β€’ FORMAT
β€’ CAST
β€’ CONVERT
β€’ ISDATE
β€’ ROUND
β€’ ABS


Ushbu mavzu real loyihalarda hisobotlar tayyorlash, vaqt oralig'ini hisoblash va ma'lumotlarni tahlil qilishda juda ko'p ishlatiladi.

🎞 Videodarsni ko'rish

Loyihamiz yangi bo'lgani uchun darslar haqida fikringiz va qo'llab-quvvatlashingizga juda ham muhtojmiz.

YouTube I Telegram
πŸ‘4πŸ”₯1
dars_9_uy_ishi.sql
3.2 KB
Videodarsda ishlatilgan va uyga vazifalar SQL fayllari

Uyga vazifani mustaqil bajaring, qiyinchilikka duch kelsangiz birgalikda bajaramiz πŸ’ͺ.

YouTube I Telegram
πŸ‘5πŸ₯°1
Eng ko'p kerak bo'ladigan formatlar.sql
1.8 KB
SQL Server'dagi FORMAT() funksiya uchun eng ko'p kerak bo'ladigan formatlar

YouTube I Telegram
πŸ‘5πŸ”₯2
SalesDB.bak
3.5 MB
Videodarsda ishlatilgan tayyor db fayli

YouTube I Telegram
πŸ‘4