Forwarded from Sevgi She'rlari (•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•)
"Ket" desam ketmasang,
"Kel" desam kelmasang,
Yonimda boʻlmasang,
Netaman?
"Sev" desam sevmasang,
Qadrimni bilmasang,
Jonimni qiynasang ,
Ketaman!
"Kul" desam kulmasang,
"Yur" desam yurmasang,
Oʻzgani tanlasang
Oʻlaman,
"Jon" desang joningda,
"Qon" desang qoningda,
Bir umr yoningda,
Boʻlaman.
Vafodor yor boʻlsang,
Ham ahdi bor boʻlsang,
Yoʻlimga zor boʻlsang,
Kelaman.
Qolmay deb behabar,
Kezaman darbadar,
Dunyo-yu dun qadar,
SEVAMAN!
Tanamda jon qadar,
❤️❤️Sevaman❤️❤️
✍ Mumtozbegim
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
"Kel" desam kelmasang,
Yonimda boʻlmasang,
Netaman?
"Sev" desam sevmasang,
Qadrimni bilmasang,
Jonimni qiynasang ,
Ketaman!
"Kul" desam kulmasang,
"Yur" desam yurmasang,
Oʻzgani tanlasang
Oʻlaman,
"Jon" desang joningda,
"Qon" desang qoningda,
Bir umr yoningda,
Boʻlaman.
Vafodor yor boʻlsang,
Ham ahdi bor boʻlsang,
Yoʻlimga zor boʻlsang,
Kelaman.
Qolmay deb behabar,
Kezaman darbadar,
Dunyo-yu dun qadar,
SEVAMAN!
Tanamda jon qadar,
❤️❤️Sevaman❤️❤️
✍ Mumtozbegim
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Forwarded from Sevgi She'rlari (•M̷A̷Q̷S̷U̷D̷B̷E̷K̷•)
IKKIMIZ
Baxtim shu: bir osmon ikkimizniki,
Yashaymiz ikkimiz bitta zaminda.
Takrorlar, takrorlar dilim ismingni
Har bir «bismillo»da, har bir «omin»da.
Sen quyosh, men esa oy boʻlsam mumkin,
Gʻoyibdan bilamiz yoʻq, borimizni.
Bir yoqqa yursak-da muttasil, sekin,
Hech qachon koʻrmaymiz diydorimizni.
Qanday baxt, masofa sogʻinchga toʻlgan,
Bu boʻm-boʻsh borliqda jon yaqinimsan.
Hayotimni nondek ikkiga boʻlgan,
Umrimga oʻt qoʻygan zoʻr chaqinimsan.
Salim Ashur.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Baxtim shu: bir osmon ikkimizniki,
Yashaymiz ikkimiz bitta zaminda.
Takrorlar, takrorlar dilim ismingni
Har bir «bismillo»da, har bir «omin»da.
Sen quyosh, men esa oy boʻlsam mumkin,
Gʻoyibdan bilamiz yoʻq, borimizni.
Bir yoqqa yursak-da muttasil, sekin,
Hech qachon koʻrmaymiz diydorimizni.
Qanday baxt, masofa sogʻinchga toʻlgan,
Bu boʻm-boʻsh borliqda jon yaqinimsan.
Hayotimni nondek ikkiga boʻlgan,
Umrimga oʻt qoʻygan zoʻr chaqinimsan.
Salim Ashur.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Forwarded from She'riyART
ILTIJO
Subhlar ho‘playdi patli havoni,
Bir kun yolg'onchilik qiladi aprel.
Men sening kelishing hech istamayman.
Biroq kel.
Zar ip eshayapti yog‘dular tomib,
Zim-ziyo hovoncha ezg‘alaydi un.
Qavib, taxlab qo‘ydi shoyi ko‘rpani
Sen uchun tun.
Jarangdor soching ham bo‘lar po‘pakli,
Tillaqosh topilar ko‘k sandig‘ida.
Uch gaz bulut kessa bo‘lar chimildiq
Visol tog‘ida.
... Kiprikka ilingan shabnam cho‘gdayin,
Bir kun haqiqatgo‘y bo‘lmadi aprel,
Men sening kelishing hech istamayman,
Biroq kel,
Eshityapsanmi?
Anbar in’om etar senga chechaklar,
Tobe mamlakatdir senga xush chaman.
Men esa chimildiqqa kiraman-u,
Tizzanga bosh qo‘yib uxlab olaman.
Eshityapsanmi?
Girdoblar chulg'aydi patli havoni,
Bir kun o‘zi kabi laqmadir aprel.
Men sening kelishing hech istamayman,
Biroq kel...
© Abduvali Qutbiddin
P.S. Suratda daniyalik rassom Peter Ilstedning ,,Ochiq eshik'' (1910) nomli kartinasi
@sheriyart
Subhlar ho‘playdi patli havoni,
Bir kun yolg'onchilik qiladi aprel.
Men sening kelishing hech istamayman.
Biroq kel.
Zar ip eshayapti yog‘dular tomib,
Zim-ziyo hovoncha ezg‘alaydi un.
Qavib, taxlab qo‘ydi shoyi ko‘rpani
Sen uchun tun.
Jarangdor soching ham bo‘lar po‘pakli,
Tillaqosh topilar ko‘k sandig‘ida.
Uch gaz bulut kessa bo‘lar chimildiq
Visol tog‘ida.
... Kiprikka ilingan shabnam cho‘gdayin,
Bir kun haqiqatgo‘y bo‘lmadi aprel,
Men sening kelishing hech istamayman,
Biroq kel,
Eshityapsanmi?
Anbar in’om etar senga chechaklar,
Tobe mamlakatdir senga xush chaman.
Men esa chimildiqqa kiraman-u,
Tizzanga bosh qo‘yib uxlab olaman.
Eshityapsanmi?
Girdoblar chulg'aydi patli havoni,
Bir kun o‘zi kabi laqmadir aprel.
Men sening kelishing hech istamayman,
Biroq kel...
© Abduvali Qutbiddin
P.S. Suratda daniyalik rassom Peter Ilstedning ,,Ochiq eshik'' (1910) nomli kartinasi
@sheriyart
Sheriyart uchun
<unknown>
Bahorga oz qoldi, yana biroz kut,
Kaftimda dovuchcha,
Qo‘ynim to‘la ishq –
Olib bormoqdaman!
Barini unut,
Yodingda qolmasin qirov bosgan qish.
Shudring o‘yin tushib,
Maysalar bilan
Barmog‘ingga tegar – aylanar nurga.
Sochlaringga yashil barglarin ulab,
Daraxtlar yelkangni quchar – pajmurda.
Kechagi qiynoqdan etgaydir xalos
Derazang raxiga qo‘ngan bir juft qush,
Bugun ham chidagin!
Yangraydi bexos –
Ko‘ksingda ichikkan ozurda tovush...
Uyg‘onsang –
Qoshingda bepoyon dengiz,
Yig‘laysan to‘ldirib erk ko‘zasini.
Men yuvib tashlayman yuzingdan, ey qiz,
Yengiltak dunyoning muz bo‘sasini!
Ko‘nglimdan uchgin-u,
Kel, qo‘limdan tut,
Xazonga aylangan – tutilgan gulim!
Bahorga oz qoldi, yana biroz kut...
To‘kilsang, qushlarga to‘kil, sevgilim.
© Muhammad Siddiq
#obunachi_ijrosi
@sheriyart
Kaftimda dovuchcha,
Qo‘ynim to‘la ishq –
Olib bormoqdaman!
Barini unut,
Yodingda qolmasin qirov bosgan qish.
Shudring o‘yin tushib,
Maysalar bilan
Barmog‘ingga tegar – aylanar nurga.
Sochlaringga yashil barglarin ulab,
Daraxtlar yelkangni quchar – pajmurda.
Kechagi qiynoqdan etgaydir xalos
Derazang raxiga qo‘ngan bir juft qush,
Bugun ham chidagin!
Yangraydi bexos –
Ko‘ksingda ichikkan ozurda tovush...
Uyg‘onsang –
Qoshingda bepoyon dengiz,
Yig‘laysan to‘ldirib erk ko‘zasini.
Men yuvib tashlayman yuzingdan, ey qiz,
Yengiltak dunyoning muz bo‘sasini!
Ko‘nglimdan uchgin-u,
Kel, qo‘limdan tut,
Xazonga aylangan – tutilgan gulim!
Bahorga oz qoldi, yana biroz kut...
To‘kilsang, qushlarga to‘kil, sevgilim.
© Muhammad Siddiq
#obunachi_ijrosi
@sheriyart
Forwarded from She'riyART
Ketishim shart edi.. Na iloj, ketdim,
yolg‘izlik qa’rida qoldirib seni.
Shu ma’yus ko‘zlarga jo bo‘lar endi
tun degan azobning bo‘yi va eni.
Xush damlar hamdaming – ko‘zgu bu kecha
tikka turgan ko‘ldek yutishga tayyor.
Bir paytlar baxtingdan shahodat bergan
yulduzlar bu oqshom olis va bekor.
Oq yostiqqa boshni gamgin bosasan,
oqlikda ilinjsiz to‘lganar gavda.
Sochlaring yuzing‘ga ashgana tortar,
tutilgan quyoshdek qora, bezovta.
Soat birmi-ikki.
Turib yurasan
yostiq sezmasin deb qalb sanchig‘ini.
Kulib, jim quchasan haligina men
o‘tirgan kursining suyanchig‘ini.
Ko‘nglim, o‘zingdan ko‘r: endi hech tinmay
ta’qib etar seni ul ma’yus nigoh –
ayolni tun bilan yolg‘iz qoldirmoq
gunohlar ichida eng og‘ir gunoh!
©️Omon Matjon
P.S. Suratda ingliz rassomi Frenk Bremlining ,,Tun osoyishtaligi'' (1857) nomli kartinasi
@sheriyart
yolg‘izlik qa’rida qoldirib seni.
Shu ma’yus ko‘zlarga jo bo‘lar endi
tun degan azobning bo‘yi va eni.
Xush damlar hamdaming – ko‘zgu bu kecha
tikka turgan ko‘ldek yutishga tayyor.
Bir paytlar baxtingdan shahodat bergan
yulduzlar bu oqshom olis va bekor.
Oq yostiqqa boshni gamgin bosasan,
oqlikda ilinjsiz to‘lganar gavda.
Sochlaring yuzing‘ga ashgana tortar,
tutilgan quyoshdek qora, bezovta.
Soat birmi-ikki.
Turib yurasan
yostiq sezmasin deb qalb sanchig‘ini.
Kulib, jim quchasan haligina men
o‘tirgan kursining suyanchig‘ini.
Ko‘nglim, o‘zingdan ko‘r: endi hech tinmay
ta’qib etar seni ul ma’yus nigoh –
ayolni tun bilan yolg‘iz qoldirmoq
gunohlar ichida eng og‘ir gunoh!
©️Omon Matjon
P.S. Suratda ingliz rassomi Frenk Bremlining ,,Tun osoyishtaligi'' (1857) nomli kartinasi
@sheriyart
Forwarded from Sevgi She'rlari (Gulcha🌸)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OTANGIZ ONANGIZ BIR QUCHIB QO'YING..
Dildan ketsin qayg'u va armon.
Qalbingiz qiynasa xijronli gumon.
Yaxshilik ishingiz savobga yo'ying.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
Osmonda porlagan quyoshimsiz deng.
Qo'ldagi duosi tillolarga teng.
Borida qadrlab visolga to'ying.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
Taqdirning zarbasi bersa xam ozor.
G'iybatingiz pulsiz sotsada bozor.
Siz uchun dunyoda panohingiz bor.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
Atrofga quvonch-u kulguni yoying.
Namozlar o'qib, siz dunyoda boying.
Dunyo tashvishlarin bir chetga suring.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
Ko'z yoshin oqqanda soyabon bo'ling.
Dardlarin aritib qo'llarin tuting.
Ikkita non olib ko'rgani borib.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
👇Kanaliga a'zo bo'ling👇
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Dildan ketsin qayg'u va armon.
Qalbingiz qiynasa xijronli gumon.
Yaxshilik ishingiz savobga yo'ying.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
Osmonda porlagan quyoshimsiz deng.
Qo'ldagi duosi tillolarga teng.
Borida qadrlab visolga to'ying.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
Taqdirning zarbasi bersa xam ozor.
G'iybatingiz pulsiz sotsada bozor.
Siz uchun dunyoda panohingiz bor.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
Atrofga quvonch-u kulguni yoying.
Namozlar o'qib, siz dunyoda boying.
Dunyo tashvishlarin bir chetga suring.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
Ko'z yoshin oqqanda soyabon bo'ling.
Dardlarin aritib qo'llarin tuting.
Ikkita non olib ko'rgani borib.
Otangiz onangiz bir quchib qo'ying.
👇Kanaliga a'zo bo'ling👇
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Forwarded from Alloh oshiq yigit
Jigarlar
Toʻy-tomosha qilsang kelgan doʻst, yoring,
Sal qoqilsang oʻzin yiroq tutarlar.
Sinovlarda tinglagani yurak zoring,
Oʻgʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
Sevdim desang hiyonatni koʻrasan,
Armonlarni senga tuhfa etarlar.
Egilasan, qoqilasan, turasan,
Oʻgʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
Koʻcha-koʻyda oshna boʻlib yurganing,
Davring kelsa birga davron surarlar.
Butun umr joningga jon boʻlganing,
Oʻgʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
Ular uchun qiziq emas savlating,
Sal siqilsang, ular ichdan tugarlar.
Qiziqtirmas yiqqan mol-davlating,
Ogʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
Kerak emas begonaning dilhuni,
Butun umr sendan nolib oʻtarlar.
Tobutingni koʻtarishar bir kuni,
Ogʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
✍
Toʻy-tomosha qilsang kelgan doʻst, yoring,
Sal qoqilsang oʻzin yiroq tutarlar.
Sinovlarda tinglagani yurak zoring,
Oʻgʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
Sevdim desang hiyonatni koʻrasan,
Armonlarni senga tuhfa etarlar.
Egilasan, qoqilasan, turasan,
Oʻgʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
Koʻcha-koʻyda oshna boʻlib yurganing,
Davring kelsa birga davron surarlar.
Butun umr joningga jon boʻlganing,
Oʻgʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
Ular uchun qiziq emas savlating,
Sal siqilsang, ular ichdan tugarlar.
Qiziqtirmas yiqqan mol-davlating,
Ogʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
Kerak emas begonaning dilhuni,
Butun umr sendan nolib oʻtarlar.
Tobutingni koʻtarishar bir kuni,
Ogʻir kunda kerak boʻlar jigarlar!
✍
Forwarded from Alloh oshiq yigit
Meni tushinsayding.
Meni mendan ko‘ra tushinsang agar,
Yuragimni tukib, ochib, sochardim.
Bilsang so‘zlarim ko‘p bir senga aytar,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Har bitta davrada birga yurardik.
Sayohat qilardik dunyo kurardik.
Yurakdan soatlab suhbat qurardik,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Sen o‘zga dunyosan men o‘zga dunyo.
Sen kimga ro‘yosan men kimga ro‘yo.
Birga yashaymizu begona go‘yo,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Xuddi begonadek yashaymiz deysan,.
Bo‘lar bo‘lmas so‘zlab asabim yeysan.
Og‘ir kelib ozroq, tilingni tiy san,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Hafa qilib quysam o‘zim o‘zimdan.
Kungling og‘risa goh kechir so‘zimdan.
Men nima istayman o‘qib ko‘zimdan,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Kucha hayotidan yiroq qochardim.
Dilda gaplarimni tukib sochardim.
Meni shu holimcha sevib yurakdan,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
✍
Meni mendan ko‘ra tushinsang agar,
Yuragimni tukib, ochib, sochardim.
Bilsang so‘zlarim ko‘p bir senga aytar,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Har bitta davrada birga yurardik.
Sayohat qilardik dunyo kurardik.
Yurakdan soatlab suhbat qurardik,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Sen o‘zga dunyosan men o‘zga dunyo.
Sen kimga ro‘yosan men kimga ro‘yo.
Birga yashaymizu begona go‘yo,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Xuddi begonadek yashaymiz deysan,.
Bo‘lar bo‘lmas so‘zlab asabim yeysan.
Og‘ir kelib ozroq, tilingni tiy san,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Hafa qilib quysam o‘zim o‘zimdan.
Kungling og‘risa goh kechir so‘zimdan.
Men nima istayman o‘qib ko‘zimdan,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
Kucha hayotidan yiroq qochardim.
Dilda gaplarimni tukib sochardim.
Meni shu holimcha sevib yurakdan,
Meni tushinsayding qalbim ochardim.
✍
Forwarded from Alloh oshiq yigit
Duo soʻrab erta tong turgan,
Uylaringiz nurlarga toʻlsin.
Hamma savob shu oyda bilgan,
Hayit bayram muborak boʻlsin.
Sabir berdi Ollohga shukur
Koʻngillar ham oldiku huzur,
Yaqinlardan soʻraylik uzur,
Hayit bayram muborak boʻlsin.
Qutlugʻ boʻlsin bayram bizlarga,
Tinchlik tilab oʻgʻil qizlarga,
Takror takror aytsam sizlarga,
HAYIT BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN.
Aziz musulmon va muslima birodarlarimizni dinimizning buyuk HAYIT ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Keyingi yil hayitlarni sogʻ - salomat kutib olish barchamizga nasib aylasin.
HAYOT BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN
B.Q
Uylaringiz nurlarga toʻlsin.
Hamma savob shu oyda bilgan,
Hayit bayram muborak boʻlsin.
Sabir berdi Ollohga shukur
Koʻngillar ham oldiku huzur,
Yaqinlardan soʻraylik uzur,
Hayit bayram muborak boʻlsin.
Qutlugʻ boʻlsin bayram bizlarga,
Tinchlik tilab oʻgʻil qizlarga,
Takror takror aytsam sizlarga,
HAYIT BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN.
Aziz musulmon va muslima birodarlarimizni dinimizning buyuk HAYIT ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Keyingi yil hayitlarni sogʻ - salomat kutib olish barchamizga nasib aylasin.
HAYOT BAYRAM MUBORAK BOʻLSIN
B.Q
Forwarded from OTAM ONAM KANALI (IJODKOR ANDIJONIM)
Дўстман деб ишончим қозонди аста,
Ёлғон сўзла юрагим қилдилар ҳаста.
Гуноҳим не, кўнглим эмасди соҳта,
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
Соҳта меҳрибонлардан тўйдим мен она,
Ярим кўнглим синдирдилар кўрдизми она,
Дўстим дея уялмасдан келдилар яна,
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
Қанийди берилса ортга бир имкон,
Дедилар ёлғонмас чин сўзим ишон.
Қанийди бўлса энг ҳуш сокин макон,
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
Кимгадир малол келди кўз ёшим,
Ишончимни олиб эгдилар бошим.
Сизсиз тотли бўлмас есамда ошим,
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
Ҳаёт уммонида бир ҳасдек оқиб,
Дарду азоблардан юрагим ёқиб.
Ўткинчи дунёдан боряпман ўтиб.
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
✍Фаришта
Ёлғон сўзла юрагим қилдилар ҳаста.
Гуноҳим не, кўнглим эмасди соҳта,
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
Соҳта меҳрибонлардан тўйдим мен она,
Ярим кўнглим синдирдилар кўрдизми она,
Дўстим дея уялмасдан келдилар яна,
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
Қанийди берилса ортга бир имкон,
Дедилар ёлғонмас чин сўзим ишон.
Қанийди бўлса энг ҳуш сокин макон,
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
Кимгадир малол келди кўз ёшим,
Ишончимни олиб эгдилар бошим.
Сизсиз тотли бўлмас есамда ошим,
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
Ҳаёт уммонида бир ҳасдек оқиб,
Дарду азоблардан юрагим ёқиб.
Ўткинчи дунёдан боряпман ўтиб.
Мени ҳеч ким сиздек суймади она.
✍Фаришта
Forwarded from Alloh oshiq yigit
❗️Опа-сингилар.
Яхши кўришликни сиздан ўрганар.
Акам ё укам деб ичлари ёнар.
Дада деб дойимо ёнида турар.
Опаю сингиллар борига шукир.
Соғ бўлинг бахтимга тилагим шудир.
Хар қандай ишларни четка сурасиз.
Дойимо шодлигу қувонч берасиз.
Ўн беш кун бир ойда уйга келасиз.
Опаю сингиллар борига шукир.
Соғ бўлинг бахтимга тилагим шудир.
Онани юзлари сизда акс эткан.
Нияти не бўлса муродга еткан.
Бир дайин куйинар гар кирса тикан.
Опаю сингиллар борига шукир.
Бахтимизга соғ бўлинг тилагим шудир.
Кечалар дуводан тўхтамас сира.
Юмуши учун ҳам сўрамас кира.
Э дўстим сен ҳам ҳабар об тура .
Опаю сингиллар борига шукир.
Бахтимизга соғ бўлинг тилагим шудир.
Қуёшли бўлади сизла кунларим.
Осуда ўтади бедор тунларим.
Эслаб қўйингларда Соҳиб Умарим.
Опаю сингиллар борига шукир.
Бахтимизга соғ бўлинг тилагим шу дир.
Яхши кўришликни сиздан ўрганар.
Акам ё укам деб ичлари ёнар.
Дада деб дойимо ёнида турар.
Опаю сингиллар борига шукир.
Соғ бўлинг бахтимга тилагим шудир.
Хар қандай ишларни четка сурасиз.
Дойимо шодлигу қувонч берасиз.
Ўн беш кун бир ойда уйга келасиз.
Опаю сингиллар борига шукир.
Соғ бўлинг бахтимга тилагим шудир.
Онани юзлари сизда акс эткан.
Нияти не бўлса муродга еткан.
Бир дайин куйинар гар кирса тикан.
Опаю сингиллар борига шукир.
Бахтимизга соғ бўлинг тилагим шудир.
Кечалар дуводан тўхтамас сира.
Юмуши учун ҳам сўрамас кира.
Э дўстим сен ҳам ҳабар об тура .
Опаю сингиллар борига шукир.
Бахтимизга соғ бўлинг тилагим шудир.
Қуёшли бўлади сизла кунларим.
Осуда ўтади бедор тунларим.
Эслаб қўйингларда Соҳиб Умарим.
Опаю сингиллар борига шукир.
Бахтимизга соғ бўлинг тилагим шу дир.