Daryo | Dunyo
620 subscribers
23.3K photos
37 videos
23.3K links
“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali.

Rasmiy – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Tezkor xabarlar – @daryo_live
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Fransiyada fermer o‘z yeridan 4 mlrd yevrolik oltin zaxirasini topdi

Dastlabki baholashlarga ko‘ra, yer ostida 150 tonnadan ortiq oltin mavjud bo‘lishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/lQbAv4AW

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Hindistonda kuchli yomg‘ir, shamol va chaqmoq zarbalari oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

Chitrakut va Ambedkarnagar shaharlarida ikkita odam chaqmoq urishidan vafot etgan.

Batafsil — https://daryo.uz/lQVAYBNI

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosga 8 soatlik chiqishni amalga oshirdi

Taykonavtlar stansiyaga 24-aprelda boshqariladigan “Shenchjou-20” kemasi orqali yetib borishgan
.

Batafsil — https://daryo.uz/ldhkZppm

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Apple, Samsung va shunga o‘xshash kompaniyalarga nisbatan bojlar iyun oyi oxirida kiritilishi mumkin” — Tramp

Shu bilan birga AQSH prezidenti agar elektronika ishlab chiqaruvchilari zavodlarini Amerika Qo‘shma Shtatlariga ko‘chirsa, bojlar qo‘llanilmasligini ma’lum qilgan
.

Batafsil — https://daryo.uz/lttAD5IZ

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Sunʼiy o‘tmish, soxta musulmon va makkor tulki. Suriya prezidenti uchun vorislardan biri sifatida ko‘rilgan, Netanyaxu jasadini qaytarishni so‘rayotgan isroillik super josus Eli Koen kim edi?

Dunyo bo‘ylab josuslik tashkilotlari ko‘p. Ammo ular orasida Mossad o‘zining yuqori professionalizmi bilan tanilgan. Maqola qahramonining asl millati yahudiy bo‘lsa-da, arab bo‘lishda suriyalikka, islom borasida uncha-muncha musulmonga dars bergan. U qisqa faoliyati davrida Suriya siyosiy establishmenti bilan yaqinlashib, oliy hokimiyatga daʼvogarlardan biriga aylandi. U hatto prezident Amin al-Asadning vorislaridan biri sifatida ko‘rilishga ulgurdi. Yakunda esa fojiali o‘lim topdi.

Batafsil — https://daryo.uz/lhhAmeRR

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tramp 2030-yilgacha 10 ta yangi yadroviy reaktor qurishni buyurdi

Bundan tashqari, u Energetika vazirligi rahbariga yopilgan atom elektr stansiyalarini qayta ishga tushirish imkoniyatlarini baholashni topshirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/lVhkmU0F

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Fransiyada blekaut: internet va mobil aloqa ishlamayapti

Blekaut tufayli Kann kinofestivali mukofotlash marosimini generatorlar yordamida o‘tkazadi.

Batafsil — https://daryo.uz/l72XpfPt

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Eronda ilk havo taksisi ishga tushirildi

Yangi transport turi Payam EIZga yangi investitsiyalarni jalb qilish, milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish va Alborz viloyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Batafsil — https://daryo.uz/lGtA4szE

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

Bu borada qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Batafsil — https://daryo.uz/lVqLYdS7

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

Yevropa Ittifoqining o‘z zaxirasi va qurol ishlab chiqarish imkoniyati pastligi sabab ushbu qaror qabul qilinishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/lS8OS4pj

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

Dronlar hujumining eng kuchli yo‘nalishlaridan biri poytaxt Kiyev bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor.

Batafsil — https://daryo.uz/lMmehGQ9

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Hindiston chegarachilari davlatga noqonuniy kirishga uringan pokistonlikni otib o‘ldirdi

U harbiylarning buyruqlarini e’tiborsiz qoldirib, yugurishda davom etgan.

Batafsil — https://daryo.uz/lcDb8ker

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Putinning Kursk viloyatiga tashrifida dronlar hujum qilgan — OAV

Rossiya prezidenti vertolyoti dronlar hujumi markazida bo‘lgani aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/lGK34fgO

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

“Talabalarning kimligini va qaysi mamlakatlardan ekanini bilishni istaymiz”, dedi AQSH prezidenti.

Batafsil — https://daryo.uz/lQnALTW9

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

Yahudiy armiyasi hujumni kuchaytirganidan beri G‘azoda 4 mingga yaqin odam halok bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/ldrk2zkT

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

Bemor kuniga uch litrgacha gazli ichimlik ichgani maʼlum qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/lBVH6w56

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

Uch kun ichida “1000 ga 1000” formatida asirlar ayirboshlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/lJnUiTXm

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Medvedev deyarli butun Ukrainani qamrab olgan bufer zonani ko‘rsatdi (video)

U Ukrainaga harbiy yordam davom etsa, bufer zonasi shunday ko‘rinishda bo‘lishi bilan tahdid qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/lHtgjtHF

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

Dajla va Frot daryolaridan keladigan suv oqimi kamaydi. Ko‘plab fermerlar yerini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/lWDANHqy

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

Olimlar obyekt nimaligini aniqlash uchun ilmiy muhokamaga chorladi.

Batafsil — https://daryo.uz/lnnnZVL6

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world